- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
MОVERANAXR XALQLARINING ISLOM FANI VA MADANIYATIGA QO’SHGAN HISSASI
Shuxrat YOVQOCHEV (Muallif)Bugungi kunda Movarounnahr hududida yashab, islom ilm-fan va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlar merosi va ijodini o’rganish postsovet hududidagi yosh mustaqil davlatlarning o’zini-o’zi anglashidagi asosiy nuqtalardan biridir. Qolaversa, bu asarlar yosh avlod tarbiyasiga ko’maklashish bilan birga, diniy radikalizmga qarshi kurashishda ajoyib faktik va amaliy material bo’lib xizmat qilmoqda.
Maqolaning maqsadi Movaraunnahrning buyuk allomalari merosi naqadar boy ekanligini, undan nafaqat islom ilmlarini o’rganishda, balki yangi zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda, diniy ekstremizmga adekvat javob berishda ham foydalanish mumkinligini ko’rsatishdan iborat. Shuningdek, Movaraunnahr olimlarining islom madaniyati va fanlari rivojida qanday rol o’ynaganligini ko’rsatish. Ishda birlamchi manbalardan ham, XX-XXI asr boshlari olimlarining ikkilamchi tadqiqotlaridan ham foydalanilgan. Metodologiya asosi sifatida tarixiy va qiyosiy tahlillar olindi, xronologiya bo’yicha tizimlashtirish keng qo’llanildi. Maqolaning asosiy natijasi va xulosalaridan biri shundaki, u islom dinining mintaqa va undan tashqarida tarqalishi va rivojlanishida Movaraunnahr ulamo va zohidlarining mehnatlari, serqirra iste’dodlari naqadar ulkan bo’lganini haqiqatda yana bir bor isbotlaydi.
Maqolada Movaraunnahr xalqlarining islom ilm-fan va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasining ahamiyatini ko’rsatishga harakat qilingan. Ishda ko’rib chiqilgan asosiy mavzular mavzusi bo’yicha ishlar va ularning qisqacha tavsifi berilgan. Bugungi kunga qadar islom ilmlari va musulmon madaniyatining bayrog’i bo’lib kelayotgan ulamo va olimlarning asosiy asarlariga alohida e’tibor qaratilgan. Arablarning mintaqaga kirishi va ularning keyingi faoliyatiga imkon qadar tanqidiy va xolisona qaraladi. Maqolada o’rta asr olimlari faoliyatining bugungi kun bilan bog’liqligi ham tahlil qilishga harakat qilinadi. Maqolaning oxirida maqola bo’yicha umumiy xulosalar berilgan.
4 - 142102906-07-2026 -
TASAVVUFIY TAFSIRLARNING YUZAGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
Xalima HABIBULLAYEVA (Muallif)Ushbu maqolada islom ilmlarining mu him у о 'nalishlaridan biri - tasawuf va tafsir ilmining shakllanishi hamda ularning о ‘zaro integratsiyasi natijasida tasavvufiy tafsirlarning paydo bo 'lish va rivojlanish bosqichlari ilmiy tahlil qilingan. Ta ’vil va tafsir tushunchalari, tasavvufga berilgan la ’riflar atrqflicha yoritilgan. Tafsir ilmi Qur ’on nozilbo 'Igan ilkdavrdan boshlab, ya’niPayg'ambar (s.a.v.) davri, sahobalar va tobeinlar davridan to hozirgi kunga qadar uzviy taraqqiy etib kelgan. Oyallarning tasavvufiy talqini ham ilk Payg’ambar (s.a.v.) davrlarida uchragani, sahoba va tobeinlar davrida yanada rivojlangani uning shakllanishida muhim asos bo ‘lib xizmat qilgan. Tasavvufiy tqfsirlar Qur ’on oyatlarining ichki, ramziy, majoziy ma ’nolarini anglashga qaratilgan bo 'lib, ushbu tafsirlarda ilhom, kashf kabi vositalardan foydalanish muhim о ‘rin egallaydi. Ishoriy tqfsirlar zohiriy ma ’noga zid bo Tmagan holda Qur ’on mazmunini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Tadqiqotda tasavvufiy tqfsirlar rivojlanishining besh bosqichi ajratilgan bo ’lib, ular Payg ‘ambar va sahobalar davri, ilk mutasavviflar davri, o'rta asr softy mufassirlar bosqichi, tasavvufiy tafsirlarning yuksalish davri (XIII-XVIII asrlar) va zamonaviy davr tafsirchilik (XIX asrdan to hozirgi kunga qadar) bosqichlarini о ‘z ichiga oladi. Har bir bosqichda tasavvufiy tafsirning shakli, uslubi va mazmuni tobora takomillashgan. Zamonaviy mutasavviflar tomonidan Qur ’on tafiirining ijtimoiy, axloqiy va ma ’naviyjihatlari bilan uyg ‘unlashgan holatlari ко ‘rib chiqilgan. Maqolada tasawuf ilmining tafsir bilan uzviy bog ‘liqligi, tasavvufiy tafsirlarning dastlabki shakllaridan boshlab, hozirgi kungacha yozilgan yirik ishoriy tafsirlarning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan. Tasavvufiy tafsirlarning qabul qilinishi uchun zarur bo ‘Igan shartlar va bu borada tafsir olimlarining qarashlari muhokama qilingan.25-324263722-05-2026 -
ХIХ АСР ОХИРИ – ХХ АСРНИНГ ЎРТАЛАРИГА ҚАДАР РУС ИНСТИТУТЛАРИ ВА ИСЛОМ ОЛИМЛАРИ ТОМОНИДАН АРАБ-МУСУЛМОН МАДАНИЯТИНИНГ ЎРГАНИЛИШИ
Ezozakhon Ramazon qizi MIRDJALALOVA (Muallif)XIX-XX asrlarda Rossiya islomshunosligi bir necha rivojlanish va modifikatsiya bosqichlaridan o'tdi. Asr boshida, 1917 yilgi inqilobgacha, islom Rossiya imperiyasida soni bo'yicha ikkinchi din edi. Davlat hokimiyati musulmon madaniyatini, jumladan, kitob nashriyoti, poligrafiya, haj va ta'lim tizimini faol qo'llab-quvvatladi. Biroq, ziddiyatlar va mafkuraviy kelishmovchiliklar ham mavjud edi. Oktyabr inqilobi va Sovet hokimiyatining o'rnatilishidan so'ng, Rossiyada islom va islomshunoslikning holati keskin o'zgardi. Diniy muassasalar repressiyaga uchradi; ko'plab masjidlar yopildi yoki qayta ixtisoslashtirildi. Shu bilan birga, sovet davrida islomni o'rganishga yangi yondashuvlar shakllandi. G'arbiy markazchilikdan Rossiya islomshunosligi Sharqqa yo'naltirilgan diskursni qayta ko'rib chiqishga o'tdi.
XX asr oxiridan boshlab, ayniqsa Sovet Ittifoqi qulagandan keyin, Rossiyada islomshunoslik yangi rivojlanish impulsini oldi. Islomni din sifatida, shuningdek, ijtimoiy-madaniy va tarixiy fenomen sifatida o'rganishga qiziqish ortdi. Islom va arab-musulmon dunyosiga bag'ishlangan nashrlar va tadqiqotlar soni ko'paydi, bu maqolani XIX-XX asrlarda Rossiya arab-musulmon madaniyati manbashunosligi muammosini qisman ko'rib chiqish va hal qilish uchun dolzarb qiladi. XIX-XX asrlarda Rossiya ilmiy institutlari va islomshunoslari tomonidan arab-musulmon madaniyati muammosining yoritilishi ushbu mavzuni o'rganish va Rossiya musulmon aholisi haqidagi ilmiy bilimlarni kengaytirishda muhim rol o'ynadi. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu davrning tarixiy tadqiqotlari arab-musulmon madaniyatiga nisbatan mafkuraviy bo'shliq bilan tavsiflangan.
Manbalar shuni ko'rsatadiki, Sovet Ittifoqi rahbariyati va unga aloqador kuchlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan hukmron kommunistik mafkura madaniy va diniy jihatlarga bevosita ta'sir ko'rsatgan. Bu Rossiyadagi musulmon jamoasining tarixini va madaniyatini chuqurroq tushunishga yordam berdi, Ignatenko A.A., Novoseltsev A.P., Fil'shtinskiy I.M., Prozorov S.V., Bartold V.V., Frolova E.A., Shidfar B.Ya., Markov L.A., Naumkin V.V. va boshqa tarixshunoslar esa ilmiy ishlari orqali rus arab-musulmon madaniyati manbashunosliginig yaqqol namoyondalari hisoblanadi.
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asrning o‘rtalariga qadar rus institutlari va olimlari tomonidan arab-musulmon madaniyatining o‘rganilishi masalalari tadqiq etilgan.
44-512942518-07-2026 -
ARAB TILIDAGI FE’L MAYLLARI TASNIFI
Malika NASIROVA (Muallif)O‘rta asarlarning buyuk tilshunos olimi, Movarounnahr arab tilshunoslik maktabining asoschisi Mahmud Zamaxshariy 80 ga yaqin ilmiy asarlar muallifi hisoblanadi. Uning qalamiga mansub asarlarning aksariyati davrimizga qadar yetib kelgan, qo‘lyozmalari dunyoning mashhur fondlarida saqlanadi.
Allomaning arab tilshunosligiga oid yirik asari “Al-Mufassal fi san’ati-l-e’rob” deb nomlanadi. Mazkur asarda grammatik qoidalar arab tildagi so‘z turkumlari bo‘yicha tushuntiriladi. Shuningdek allomaning sharq madrasalari uchun mo‘ljallngan “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” o‘quv risolasi, ko‘p tilli lug‘ati “Muqaddamatu-l-adab”ning 4 va 5-boblari hamda olimning yaqinda topilgan “Al-Mufid fi-t-tasrif” asarlarida ham fe’l so‘z turkumi va uning katoriyalariga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Arab tilida so‘zlar fe’l o‘zaklaridan yasalishini inobatga oladigan bo‘lsak, fe’l so‘z turkumi alohida, jiddiy tadqiq qilishga sabab bo‘lishi oydinlashadi.
Arab tilida fe’l turkumi boshqa so‘z turkumlari ichida eng salmoqli o‘rinni egallaydi. Arab tilidagi fe’llarning morfologik xususiyatlarini bilmay turib, boshqa turkumlarga xos ko‘pgina grammatik qoidalarni o‘zlashtirish mumkin emas.
Arab tilida fe’llar ikki guruhga: asosiy va yordamchi, aniqrog‘i ko‘makchi fe’llarga bo‘linadi. Ko‘makchi fe’llar “sub’yektning ish harakatini bildiruvchi yetakchi fe’l bilan birga kelib, unga turlicha qo‘shimcha ma’no beruvchi fe’llar. Arab tilida ko‘makchi fe’llar mavzusi juda keng va murakkab mavzulardan hisoblanadi. Ular ““Bo‘lish” va ”bo‘lib qolish” mazmunini ifodalovchi fe’llar”, “Mulohaza fe’llari”, “O‘zgarish yoki aylanib qolishni ifodalovchi fe’llar”, “Ish-harakatning boshlanishini ifoda etuvchi fe’llar”, “Bo‘sag‘a mazmunini ifodalovchi fe’llar” kabi semantik guruhlarga bo‘linib, asosiy fe’lga mazkur ma’nolarni yuklaydi”(Nasirova,2020:141)
Shuningdek, arab tilidagi fe’llarning turli mayl shakllari ham mavjud bo‘lib, mazkur maqolada ularning asnifi masalasi ilmiy asoslangan. Unga ko‘ra fe’llar darak yoki aniqlik, shart, buyruq, istak hamda kuchaytirma mayl shakllarga ega.
Ushbu maqolada arab tilidagi fe’l mayllari Mahmud Zamaxshariy asarlari asosida tadqiq qilingan
36-412232218-09-2026 -
“HIBATU-L-HAQOYIQ”DA KELGAN BILIM MAVZUSIDAGI TO’RTLIKLARNING MAZMUNIY VA SHAKLIY TAHLILI
Abdulazizkhan NIG‘MONOV (Muallif)Inson hayotiga shakl bergan, uning yashashi va prinsiplarini belgilab bergan eng muhim unsur insoniy qadriyatlardir. Jamiyat a'zolarining hayotida muhim o'rin egallagan qadriyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim kategoriya holiga kelgan. Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida har bir jamiyatni bir orada tutgan va tarixan shakllangan qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimining eng old vazifalaridan biri ham milliy, ma'naviy, madaniy, insoniy va axloqiy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularda bu qadriyatlarni shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi axborot almashinuvi jadal kechayotgan, kundan kunga yoshlar ongi uchun kurash avj olayotgan davrda bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish va ularda milliy-ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati yanada ortmoqda. Jamiyatning mavjudligi ana shu qadriyatlarning barqaror va bardavomligiga bog'liqligi, shubhasizdir. Prezidentimiz tomonidan maʼrifatparvar olim Mahmudxoʼja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʼi maktabdir” degan fikriga alohida urgʼu berganligi va umumiy oʼrta taʼlim tizimida “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini taʼkidlagani bejiz emas. O'zbek jamiyatida oiladan boshlangan qadriyatlar tarbiyasini, tizimli ravishda o'rta va oliy ta'lim tizimida davom ettirilishi sog'lim va ma'nan yuksak naslning shakllanishi uchun zarur bo'lib bormoqda. Ta'limda yoshlarning faqatgina bilim olish va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratilishi jamiyat ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini saqlanib qolishiga, milliy o'zlikka xavf tug'diradi. Natijada jamiyat xudbin, axloqsiz, ma'nan qashshoq a'zolar sonining ortishi bilan tanazzulga yuz tutib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda ta'limda bilim va ko'nikma naqadar zarur bo'lsa, milliy-ma'naviy, diniy, axloqiy, insoniy va ijtimoiy qadriyatlar tarbiysi ham shu qadar zarurdir.
Ushbu maqolaning asosiy mavzusi ham ana shunday asarlardan biri bo'lgan "adiblar adibi, fozillar boshi" deya ulug'langan adib Ahmad Yugnakiy tomonidan uzoq yillik ta'lim-tarbiya natijasida qalamga olingan va pandnoma ruhidagi "Hibatu-l-haqoyiq" asarida aks etgan qadriyatlardan ayrimlarini tahlil etish va ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini baholashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tiborimizni har qanday qadriyatning o'zagi bo'lgan bilim va uning qiymatini, bilimlilik targ'ibi va foydalarini o'zida ifodalagan to'rtliklarga qaratamiz. Zero, axloq va odob, ijtimoiy qadriyatlarning avloddan avlodga ko'chishi bilimga e'tibor berilgan jamiyatdagina bardavom bo'ladi.
O'zida xalqimizning uzoq yillik ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini, inson kamoloti borasidagi qarashlarini ifodalagan to'rtliklarning bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishi va kelajak nasllarning ham ulardan foydlanishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
73-812672316-07-2026 -
XOJA AHROR – KISHILAR OʻRTASIDA TINCHLIK VA HAMJIHATLIK TARAFDORI
Nematullo MUKHAMEDOV (Muallif)Maqolada Xoja Ahrorning (XV asr) Naqshbandiya tariqatining yetakchisi sifatidagi faoliyati, xususan, oddiy odamlarning hayoti haqida qayg‘urish (ularga yer berish, undiriladigan soliqlarni kamaytirish), temuriylar o‘rtasidagi janjalda yarashtirish, va boshqalar.
Xoja Axror Naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan rahnamolaridan biri, shuningdek, eng yirik siyosiy arbob va o‘z davrining eng katta boyliklaridan birining sohibi bo‘lgan. Uning nomi Naqshbandiya tariqatining siyosiy-iqtisodiy faoliyatining faollashishi va mafkurasining Markaziy Osiyo chegaralaridan tashqariga tarqalishi bilan chambarchas bog'liq.
Xoja Ubaydulla Ahror XV asrning buyuk siymolaridan biri, naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan murshidi, o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy hayotida katta iz qoldirgan. Bu davrda uning shuhrati nafaqat Movaraunnahrda, balki keng geografik mintaqada, jumladan, Xorazm, Dashti Qipchoq, Xuroson va Hindistonda ham tarqaldi. Temuriylar hukmdorlari Sulton Abu Said Mirzo va uning o‘g‘li Sulton Ahmad Mirzo o‘rtasida Hoji Ahrorning obro‘-e’tibori shu qadar baland bo‘lganki, ular o‘z murshidlari maslahatidan foydalanmasdan biron-bir masalani hal qilishga shoshilmasdilar.
Xoja Ahror valiy XV asrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida katta iz qoldirgan, naqshbandiylik tariqatining yirik namoyandasi va nazariyotchisi bo‘lgan aziz siymolardan biridir. O‘sha davrning olimu ulamolari, adiblari Fazlulloh Abullays Samarqandiy, Sa’diddin Koshg‘ariy, Sayid Qosim Anvor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar Xoja Ahrorni «Ka’bai maqsud» (murodlar ka’basi), «Murshidi ofoq» (yorug‘lik yo‘lini ko‘rsatuvchi pir, ustoz) deb e’tirof etganlar, unga bag‘ishlab, she’rlar, dostonlar, risola va boshqa asarlar yozganlar.
Ushbu maqolada naqshbandiya tariqatining yirik siymosi Xoja Ubaydullo Ahror (1404-1491) hayoti va faoliyati o‘rta asr manbalari asosida tadqiq etilgan. Xoja Ahrorning tinchliksevarlik faoliyati hamda kishilar o‘rtasida mehr-oqibat, halollik, saxovat, yaxshilik kabi qadriyatlarni targ‘ib qilgani tahlil etilgan.
4-103112115-07-2026 -
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Dinshunoslik fani insoniyatning madaniy, maʼrifiy, fikriy tarixini o‘z ichiga olgan gumanitar fanlar qatoriga kiradi. Bu fanning yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi ham nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr musulmon Sharqida ham alohida o‘rganilgan. Qiyosiy dinshunoslikning ilk asoschilari ham aynan musulmon olimlari hisoblanadi. Ular qatoriga Beruniy, Ibn Hazm, Shahristoniy, Kalbiy kabi bir qator olimlarni kiritish mumkin. Xususan, Ibn Hazm Andalusiy ham ilk bor dinlarni qiyosiy o‘rgangan musulmon olimlardan biri hisoblanadi. Beruniy va Ibn Hazm islom renessansi davrining yirik namoyondalaridan bo‘lib, ularning qiyosiy dinshunoslik sohasi bo‘yicha yozib qoldirgan asarlari soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Bu ikki qomusiy olimni dinshunoslar “Qiyosiy dinshunoslik sohasining otalari” deya e’tirof etishadi. Ular yozib qoldirgan asarlar hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va qiyosiy dinshunoslik sohasi tadqiqotchilari uchun asosiy manbalar bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu maqolada musulmon olamida qiyosiy dinshunoslik sohasining asoschilaridan biri hisoblangan Ibn Hazm Andalusiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va diniy muhit, shuningdek, olimning ilmiy merosi, uning bizgacha yetib kelgan asarlari, bir qator islomshunos va dinshunos olimlarning Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabatlari, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarining yozilish tarixi, asarda firqalar tasnifi va bu asarning dinlar va ulardagi firqalar tarixiga oid manbalar orasida tutgan oʻrni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va ob’yektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar batafsil bayon qilingan.
41-482231823-07-2026 -
САЪДУДДИН ТАФТАЗОНИЙНИНГ “ШАРҲ АЛ-АҚОИД” АСАРИДА ИРОДА-ИХТИЁР ЭРКИНЛИГИ ВА АХЛОҚИЙ ТАНЛОВ МАСАЛАСИНИНГ ҚИЁСИЙ ТАҲЛИЛИ
Mirzaqul Xidirovich NORQOBILOV (Muallif)Мазкур мақолада Саъдуддин Тафтазонийнинг калом илми борасидаги фалсафий-ахлоқий қарашлари рационал тафаккур нуқтаи назаридан чуқур таҳлил қилинган. Жумладан, Тафтазонийнинг “Шарҳ ал-ақоид” асарида калом фалсафасининг муҳим мавзуларидан бири – инсондаги ирода-ихтиёр эркинлиги ва ахлоқий танлов масаласининг аҳамияти очиб берилган. Жумладан, Тафтазоний асарда Яратувчининг яратувчилик сифатидан келиб чиқадиган хушхулқлик ва хайрли ишлар таърифи келтирилади ҳамда мазкур жараёнда инсонларни номақбул хулқ-атвор сабабидан содир бўладиган ҳатти-ҳаракатлардан сақланишга чақиради. Мақолада ирода-ихтиёр эркинлиги ва ахлоқий танлов тўғрисидаги концептуал ғоя ҳамда қарашлар Саъдуддин Тафтазонийнинг маънавий меросидаги энг долзарб мавзу эканлиги замон ва макон нуқтаи назаридан таҳлил қилинган. Жумладан, асарда шарафланмаган хулқ- атвор ва ижтимоий ахлоқ меъёрларида таърифланган гуноҳ ва маъсият мақомидаги ишлар инсоният учун номувофиқлиги айтиб ўтилади. Шунингдек, ижтимоий ахлоқ нормаларида бажарилиши таъқиқланган ҳатти- ҳаракатлар орқали кишиларнинг синовдан ўтказилиши ҳақидаги диний-ахлоқий кўрсатмалар ақлий ва нақлий манбалар асосида далилланган. Тафтазоний ўз асарида Яратувчи инсоният жамоасини доимо хайрли ишларга буюрганлиги, тақиқланган ишлардан қайтарганлиги ҳамда шаърий буйруқларга итоат қилишлик ёки қилмаслик каби ахлоқий мезонлар борасида инсоннинг эркини ўзида қолдирилганлигини юксак маҳорат билан ифодалаган. Тадқиқотда инсоннинг тақдири ва ундаги ихтиёр эркинлигини тасарруф этишда Саъдуддин Тафтазоний ғоялари билан замонавий фалсафадаги уйғунлик ҳамда номутаносибликлар ҳақидаги қарашлар қиёсланган. Шунингдек, ихтиёр-ирода эркинлиги ва ахлоқий танлов масаласида замонавий фалсафа фани терминологиясида мавжуд бўлган волюнтаризм ва фатализм каби атамаларнинг Тафтазоний қарашлари билан қиёсий таҳлили келтирилади. Жумладан, тадқиқотда Европа фалсафаси вакилларининг мазкур мавзудаги қарашлари билан Тафтазоний ғоялари ўртасидаги ўзаро алоқадорлик ва тафовутларининг қиёсий таҳлили ўрин олган. Мазкур тадқиқотни жамият маънавий ҳаёти ва тараққиётига татбиқ қилишда инсоннинг танлови қанчалик муҳим эканлигини инобатга олсак, бу танлов нафақат якка бир шахс манфаатига, балки умуминсоният манфаатига хизмат қилиши конструктив жиҳатдан аҳамиятлидир. Ирода-ихтиёр эркинлиги ва ахлоқий танлов масаласи юзасидан фикрларимизни «Шарҳ ал- ақоид» асарининг Британия давлати “Дюзбри” нашрида чоп этилган нусхасидан фойдаланган ҳолда баён қилишга ҳаракат қилдик.
71-812172204-07-2026 -
“AL-FIQH AL-ABSAT” ASARIDA AQIDAVIY MAVZULARNING YORITILISHI
Soatmurod PRIMOV (Muallif)Annotatsiya: Islom dini das flab Arabis ton yarim orolida paydo bo ‘Igan bo ‘Isakeyinchalikxulofoiroshidinlardavrida Fors va Shorn diyorlarigayetib bordi hamda о‘sha yerdagi mahalliy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘Idi. Umar (r.a.) davrida Fors mamlakati fath etildi. Shu qatorida Iroq hududlariga islom dini kirib bordi. Vaholanki, Iroq hududi - ikki daryo oralig'i qadimdan madaniyat markazlaridan biri hisoblanagan. В и mintaqada turli mill at va din vakil lari yashagan. Mahallaiy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘lishganidan keyin boshqa din va ta ’limoti vaikllari bilan muayyan e 'tiqodiy masalalar borasida turli ixtiloflar kelib chiqdi. Islom diniga mansub asosiy va dastlabki firqalar ham aynan Iroq hududida paydo bo ‘Igan. Xavorij, mo ‘tazila va shia kabi firqalar.
Hanqfiy mazhab asoschisi — I mom Abu Hanifa ham aynan mana shu zaminda yashagan va ijod qilgan. I mom Abu Hanifa ко ‘plab shogirdlariga fiqh va aqida imlarini о ‘rgatish barobarida о ‘sha vaqtda mavjud bo ‘Igan ко ‘plab firqa vakillari bahs-munozalar olib borgan hamda ahli sunna val jamoa aqidasni himoya qilgan. Manhalarda zikr qilinishicha Imom Abu Hanifa turli adashgan firqa vakillari bilan bahs-munozra qilish uchun yigirmadan ortiq marotaba Basra shahriga borgan. Imom Abu Hanifa aqoid ilmiga oid asarlarida ahli sunnaning sof e 'tiqodiy qarashlarni bayon qilish bilan birga adashgan firqalarga raddiyalar bergan. Mana shunday asarlaridan ibri "al-Fiqh al-absat" asari bo‘lib, savol-javoh shaklida aqidaviy masalalar bayon qilingan. Mazkur maqolada dastlab asarning muallifi borasidagi qarashlar tahlil qilingan. Shuningdek, bir nechta ulamolar nisbati berilgan yagona sharhi haqida muhim ma’lumotlar taqdim etilgan. “Al-Fiqh al-absat” asarida bahs yuililgan asosiy aqidaviy masalalar talqiniyoritib berilgan. Imom Abu Hanifa ко ‘plab о ‘rinlarda adashgan firqalaming noto ‘g‘ri aqidalariga raddiya berishda naqliy dalillar birga aqliy dalillarni keltirib о ‘tganini kuzatish mumkin. Asanring e’tiborlijihatlaridan biri uning savol-Javob shaklida yozilganligi. В и holat о 'quvchida aqidaviy masalalarni yanada tushunarli bo ‘lishiga va yodda qolishiga yordam beradi. Mazkur osar hanafiy mazhabiga oid dastlabki aqida matnlari sifatida e 'tirofetilgan.18-262893001-04-2026
