Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ДИНИЙ БАҒРИКЕНГЛИК – ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА МАФКУРАВИЙ ТАҲДИДЛАРГА ҚАРШИ КУРАШУВЧИ ОМИЛ

    Mohira TOSHBEKOVA (Muallif)

    XXI асрга келиб, жаҳон динларидан бири исломга қизиқиш кундан кунга ортиб бормоқда. Афсуски бу қизиқиш орқасида исломни ниқоб қилиб ўзининг сиёсий, жирканч мақсадларидан фойдаланишга уринаётганлар ҳам борки, улар нафақат тинчлик ва барқарорликка, балки исломнинг софлигига ҳам катта таҳдид солиб турибди. Экстремистларнинг ёвуз мақсадлари, бузғунчи ғоялари бизни доимо ҳушёр ва огоҳ бўлишга чақиради. Бугунги кунда  инсон  маълум  кучларнинг манфаатларига  хизмат  қиладиган  турли  маъно-мазмундаги  мафкуравий кучларнинг  доимий  таъсирини  сезиб  яшайди.  Дунёда юз бераётган глобаллашув жараёнлари, турли ахборот хуружлари ва мафкуравий таҳдидлар бизни ҳамиша огоҳ бўлишга ундамоқда Ана шундай шиддатли бир давирда мамлакатда ижтимоий-диний муҳитни соғломлаштириш, аждодларимиз меросини ўрганиш ва тадқиқ этиш бугунги куннинг долзарб масалаларидан бири саналади. Мамлакатда истиқомат қилиб турган 130 дан ортиқ миллат ва элатнинг ҳар бири ўзига хос маданиятга ва кўп асрлик анъаналарга эга. Ўзбекистон Республикаси ўтказаётган миллий сиёсатнинг энг муҳим устувор йўналиши барча миллатларнинг равнақи учун тинч шароит ва имконият яратиш, миллатлараро муносабатларни уйғунлаштиришдан иборат. Бу соҳада кейинги йиллардаги энг катта ютуғимиз умумий уйимиздаги тинчлик ва барқарорлик, диний бағрикенглик, миллатлараро ва фуқаролараро тотувликдир. Ушбу мақолада мамлакатимизда мафкуравий таҳдидларга қарши курашувчи омилларни шаклланиши ва амалга ошириш жараёнлари ҳамда жаҳон тажрибаси мухокама қилинган. Шунингдек, диний бағрикенглик, миллатлараро тотувликнинг шаклланиш ва ривожланиш унда мамлакатимиз ахолиси турли табақаларининг иштироки, уларнинг ўрни, ютуқ ва муаммолари ҳақида маълумот бериш билан биргаликда таклифлар ҳам киритилган.

    74 - 82
    313
    24
    27-06-2026
  • ISLOM TA’LIMOTIDA INSON SALOMATLIGI VA MUSULMON MAMLAKATLARIDA SHIFOXONALAR EVOLYUTSIYASI

    Lazizaxon Abbasovna ALIDJANOVA, Lazzat Kasymbekovna RYSBEKOVA (Muallif)

    Jahonda sodir bo‘layotgan global jarayonlar insonning ruhiy va jismoniy salomatligi masalasiga uyg‘un holda yondashuvni talab etmoqda. Zamonaviy tibbiyot amaliyotida diniy ta’limotlarga asoslangan tibbiy-ruhiy muolajalar orqali mavjud muammolarga yechim topish mumkin. Jahon dinlaridan hisoblangan xristianlik va islom ta’limotida ko‘p mingyillik tarix davomida insonning nafaqat ma’naviy, balki tibbiy salomatligi masalasini ham tartibga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va ular hayotga tatbiq qilib kelinmoqda. 2020-yil dunyoda yuz bergan COVID-19 bilan bog‘liq pandemiya sharoitida tibbiy muolaja bilan birgalikda, ruhiy-psixologik davolash jarayonlarining ommalashuvi diniy tibbiyotning ahamiyatini oshirdi. Shu jihatdan, ularning inson salomatligi masalalariga doir e’tiqodiy-ijtimoiy asoslarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.


    Islom ta’limotiga ko‘ra, har bir inson o‘z umri davomida bir qancha sinovlardan, jumladan, hosildorlik, qurg‘oqchilik, befarzandlik, boylik va boshqa yo‘llar bilan sinovdan o‘tadilar. Alloh tomonidan yuborilgan eng katta sinovlardan biri bu inson salomatligi va bemorligidir. Bu kabi sinovli kasalliklardan biri vabo bo‘lib, bu kasallik insoniyat tarixida katta jamiyatlarga ulkan tahdidlar solgan. XXI asrga kelib, Yer yuzida katta xavf solgan COVID-19 ham shu kabi vabo kasalligidandir. Shunga ko‘ra 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4668-son Prezident qarorida “Salomatlik, osoyishtalik, insonlarga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatishni ta’minlash, tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan yalpi qamrab olishni kengaytirish hamda iste’molchilarga o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish borasida ongli tanlov uchun imkoniyatlar yaratishda xalq tabobatining salohiyatidan foydalanish” belgilab qo‘yildi.


    Islom ta’limotida inson hayoti davomida uchraydigan barcha muammolarning yechimi ochiq bayon etilgan. Shuningdek, kasallik Alloh tomonidan berilganidek, uning shifosi va davosini ham Alloh taoloning o‘zi beradi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: “Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning o‘zi” (Shuaro surasi, 80-oyat). Shuningdek, kasallikdan saqlanish usullari ham Muhammad (s.a.v.) tomonidan Tibb an-Nabaviyda ochiq yoritib berilgan. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.)dan shunday deyayotganini eshitdim: “Idishlarning ustini yopib qo‘yinglar, suv meshlarni og‘zini mahkamlanglar, chunki yilning bir kechasida vabo tushadi. U usti yopilmagan idishlar va og‘zi ochiq meshlarga albatta tushadi” (Imom Muslim va imom Bayhaqiy rivoyati).


    Ushbu maqolada islom ta’limotida inson salomatligi va musulmon mamlakatlarida shifoxonalar tarixi va evolyutsiyasi jarayonlari tadqiq etilgan.


     

    47-58
    254
    21
    18-07-2026
  • ZAMONAVIY IJTIMOIY-SIYOSIY O’ZGARISHLARNING DOLZARB MASALALARINI TRANSFORMATSI YASI

    Rustam DJUMAEV (Muallif)

    Maqolada dunyo aholisining davrlar bo’yicha «moddiy turmush darajasi» (umr ko’rish davomiyligi, aholi jon boshiga iste’mol tovarlari, xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi) bo’yicha taxminlar keltirilgan. Jahon tarixida iz qoldirgan ko’plab olimlar va mutaxassislar, siyosatchilar va davlat arboblari «taraqqiyot» tushunchasi haqida o’ylashdi. Ularning aksariyati «taraqqiyot» g’oyasini faqat pastdan yuqoriga qarab qo’llab-quvvatladilar. Biri taraqqiyotning eng yuqori cho’qqisini «Xitoy kommunizmi» deb ta’riflasa, boshqasi uni «G’arb demokratiyasi» deb atagan. Ushbu bir tomonlama tushuntirish «beshta shaxs» nazariyasida aks ettirilgan (ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm yoki g’arbiy demokratiya). Barcha millatlar ushbu shakllanishlardan o’tishlari kerakligi ta’kidlandi.


    Yigirmanchi asrning oxiri nafaqat G’arbda «uzoq kutilgan» sotsialistik tizimning buzilishi, ikki qutbli dunyoning yo’q bo’lib ketishi va jahon kuch markazlarining paydo bo’lishi, barcha keyingi oqibatlari bilan oldindan aytib bo’lmaydigan aqldan ozgan globallashuv bilan tavsiflandi, ammo, allaqachon aniq bo’lganidek, yangi, ilgari ko’rilmagan tahdidlar va chaqiriqlar paydo bo’lishi bilan nafaqat ayrim mamlakatlarning suverenitetiga, balki, eng avvalo, har bir alohida shaxsning mavjudligiga tahdidlar bilan ta’riflanadi. 21-asrning birinchi choragi, har qachongidan ham, barcha og’riqli muammolarni - atrofmuhit, iqtisodiy, geosiyosiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa muammolarni tashqariga chiqarib qo’ydi va eng yuqori darajaga etkazdi. Nafaqat oddiy, balki birinchi navbatda ilmiy bilimlar darajasida ushbu tahdidlar va tahdidlarni adekvat tahlil qilish, bashorat qilish muammolari to’liq sinovdan o’tkazilmaganligi, uslubiy jihatdan tasdiqlanmaganligi katta tashvish uyg’otmoqda. Tahlil Yerdagi global, milliy xavfsizlik masalasi har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biri ekanligi va hozirgi talablarni o’z vaqtida anglash tahdid omili paydo bo’lishining oldini olishda muhim rol o’ynaydi degan xulosaga kelishimizga imkon berdi. Shunday qilib, davrni anglash tahdid omilining paydo bo’lishining oldini olishdagi eng muhim ehtiyojlardan biridir.

    54 - 59
    399
    20
    05-07-2026
  • GLOBALLASHUV SHAROITIDA IJTIMOIY TARMOQ TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI

    Zoirkhuja ULMASKHUJAYEV (Muallif)

    Jahonda kechayotgan keskin globallashuv jarayonlarida axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilmoqda. Jumladan, zamonaviy ommaviy kommunikatsiyalar hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan davlatlarda muhim ehtiyoj vositasi hamda ommaviy muloqot subyekti darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda axborot makoni gomogenlashuvining yuzaga kelishi ilmiy-texnikaviy va texnologik yutuqlarning keng tarqalishi, ularning umumiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat imijini shakllantirishdagi ya’ni, davlatlarning qo‘lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ‘ib qilishdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Biroq, inson qadriyatini noaxloqiy yo‘nalgan ko‘rinishlarining ommalashishi, shaxs dunyoqarashiga nisbatan yot g‘oyalar bilan ta’sir ko‘rsatish insoniyatning milliy zamini va o‘zligidan begonalashuviga olib kelmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu omillarni shaxs dunyoqarashiga ta’siri, oqibati va tahdid yo‘nalishlarini aniqlash dolzarb ahamiyatga ega.


    Rivojlangan davlatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyati, xulq-atvori hamda ijtimoiylashuvi jarayonlarini qamrab olgan siyosiy ong, siyosiy qadriyatlar, jamiyatda ishonch omilini mustahkamlovchi fenomen sifatida mafkuraviy tarbiya hamda ijtimoiy tarmoqlar vositasida mamlakat imijini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnolgiyalarni kashf etish va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda dunyoda globallashuv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan g‘oyaviy tuzoqlar va ularning madaniyat omiliga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongini manipulyatsiya qilish hamda har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarga raxna solish, siyosiy qadriyatlarga tajovuz qilish, insoniyatning tarixiy xotirasini buzishga urinishlarning oldini olishning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yechimlarini tadqiq etish ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu borada axborotlashgan jamiyatni yaratish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, ushbu sohalarning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir.


    Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ma’naviy va mafkuraviy qadriyatlar uyg‘unligida amalga oshirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jumladan, mamlakat tarixi va hozirgi yutuqlarini butun dunyoga targ‘ib qilishda va shu orqali davlat imiji, obro‘sini oshirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, hozirda rivojlanishning yangi davrini boshlagan mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tizimli ravishda tadqiq etish ehtiyoji ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi.


    Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoq tushunchasi mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy-siyosiy, diniy-mafkuraviy, ommaviy madaniyatning turli ko‘rinishlari va uning jamiyat xavfsizligiga ta’siri masalalari tadqiq qilingan.

    89-99
    305
    23
    17-09-2026
  • “HIBATU-L-HAQOYIQ”DA KELGAN BILIM MAVZUSIDAGI TO’RTLIKLARNING MAZMUNIY VA SHAKLIY TAHLILI

    Abdulazizkhan NIG‘MONOV (Muallif)

    Inson hayotiga shakl bergan, uning yashashi va prinsiplarini belgilab bergan eng muhim unsur insoniy qadriyatlardir. Jamiyat a'zolarining hayotida muhim o'rin egallagan qadriyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim kategoriya holiga kelgan. Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida har bir jamiyatni bir orada tutgan va tarixan shakllangan qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimining eng old vazifalaridan biri ham milliy, ma'naviy, madaniy, insoniy va axloqiy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularda bu qadriyatlarni shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi axborot almashinuvi jadal kechayotgan, kundan kunga yoshlar ongi uchun kurash avj olayotgan davrda bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish va ularda milliy-ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati yanada ortmoqda. Jamiyatning mavjudligi ana shu qadriyatlarning barqaror va bardavomligiga bog'liqligi, shubhasizdir. Prezidentimiz tomonidan maʼrifatparvar olim Mahmudxoʼja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʼi maktabdir” degan fikriga alohida urgʼu berganligi va umumiy oʼrta taʼlim tizimida “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini taʼkidlagani bejiz emas. O'zbek jamiyatida oiladan boshlangan qadriyatlar tarbiyasini, tizimli ravishda o'rta va oliy ta'lim tizimida davom ettirilishi sog'lim va ma'nan yuksak naslning shakllanishi uchun zarur bo'lib bormoqda. Ta'limda yoshlarning faqatgina bilim olish va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratilishi jamiyat ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini saqlanib qolishiga, milliy o'zlikka xavf tug'diradi. Natijada jamiyat xudbin, axloqsiz, ma'nan qashshoq a'zolar sonining ortishi bilan tanazzulga yuz tutib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda ta'limda bilim va ko'nikma naqadar zarur bo'lsa, milliy-ma'naviy, diniy, axloqiy, insoniy va ijtimoiy qadriyatlar tarbiysi ham shu qadar zarurdir.


     Ushbu maqolaning asosiy mavzusi ham ana shunday asarlardan biri bo'lgan "adiblar adibi, fozillar boshi" deya ulug'langan adib Ahmad Yugnakiy tomonidan uzoq yillik ta'lim-tarbiya natijasida qalamga olingan va pandnoma ruhidagi "Hibatu-l-haqoyiq" asarida aks etgan qadriyatlardan ayrimlarini tahlil etish va ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini baholashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tiborimizni har qanday qadriyatning o'zagi bo'lgan bilim va uning qiymatini, bilimlilik targ'ibi va foydalarini o'zida ifodalagan to'rtliklarga qaratamiz. Zero, axloq va odob, ijtimoiy qadriyatlarning avloddan avlodga ko'chishi bilimga e'tibor berilgan jamiyatdagina bardavom bo'ladi.


    O'zida xalqimizning uzoq yillik ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini, inson kamoloti borasidagi qarashlarini ifodalagan to'rtliklarning bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishi va kelajak nasllarning ham ulardan foydlanishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

    73-81
    271
    24
    16-07-2026
  • ЗАМОНАВИЙ МИССИОНЕРЛИК УСЛУБЛАРИ ВА АМАЛГА ОШИРИШ ВОСИТАЛАРИ

    Jasur NAJMIDDINOV (Muallif)

    Инсоният тарихида XX аср йирик давлатлар томонидан ўз таъсир доираларини кенгайтириш учун олиб борилган курашлар даври бўлди. Бу жараёнда Осиё ва Африка мамлакатлари асосий кураш майдонига айланди. Бунда нефть ва нефть маҳсулотларига бўлган эҳтиёжнинг ортиши натижасида ёқилғининг қимматлашиши ва йирик давлатларнинг энергетик заҳиралар устидан назорат ўрнатиш учун улар жойлашган ҳудудларга ўз таъсирларини ўтказишга ҳаракат қила бошлаши муҳим аҳамият касб этди. Бу муаммо ҳозир ҳам долзарблигича қолиб, йирик давлатлар миссионерликдан айнан шундай геосиёсий мақсадлар йўлида фойдаланмоқдалар, десак муболаға бўлмайди. Миссионерларнинг бугунги кундаги фаолияти ҳеч бир минтақа, ҳеч бир давлат бундай таҳдиддан ҳоли эмаслигини кўрсатади. Бундай ҳолатларнинг олдини олиш учун эса миссионерликнинг моҳиятини тўғри ва чуқурроқ англаш, уни бартараф этиш йўлида мақсадли, тизимли ва тадрижий фаолият олиб бориш талаб этилади.


    Миссионерликни амалга ошириш усуллари деб, ушбу амалиётни самарали равишда амалга ошириш учун, муайян тажриба ва илмий асосга таянган ҳолда ишлаб чиқилган ҳамда тизимлилик характерига эга назарий хатти-ҳаракатлар мажмуасига айтилади.


    Ушбу мақола, айнан, миссионер ташкилотлар ўз тарафдорларини кўпайтириш мақсадида фойдаланилаётган услуб ва воситалар ҳамда уларнинг таҳлилига бағишланган. Шунингдек, замонлар ўтгани сайин миссионерлик услуб ва воситалари ҳам такомиллашиб, бугунги кунда насронийликка мослаштириш, маданий мослашув, контекстуализация ва динлараро диалоги классик усуллар билан бир пайтда, янги, замонавий усул ва воситалар, жумладан, теле, аудио, видео, радио ва компьютер технологияларидан кенг фойдаланилаётгани каби масалалар ҳам таҳлил қилинган.


    Айни дамда, миссионерлик фаолиятда инсон психикаси билан боғлиқ факторларга алоҳида урғу берилиши, психологик жиҳатдан бир шахснинг эътиқодини ўзгартириш қандай босқичларда амалга оширилиши конкрет мисоллар асосида ёритилган.


    Мавжуд тенденциялар миссионерларнинг маҳаллий халқларга хос бўлган либосларни кийиши, ибодат давомида маҳаллий динларга хос бўлган атамаларни ўзлаштириши (Аллоҳ, Тангри, Худованд, Иблис) ҳам кўрсатилмоқда. Ўзбекистон мисолида олсак, баъзи христиан ташкилотлари томонидан масиҳийликни тарғиб қилишда Алишер Навоий шеърларидаги муайян мисралардан фойдаланишга уриниш ҳолатлари инкультурациянинг бир кўриниши дейиш мумкин.

    66 - 74
    192
    23
    06-07-2026
  • ЎЗБЕКИСТОН ВА ҚОЗОҒИСТОНДА КОНФЕССИЯЛАРАРО МУНОСАБАТ ЛАРНИНГ ҚИЁСИЙ ТАҲЛИЛИ

    Abdulla MIRZAKHOJAEV (Muallif)

    В статье рассмотрена история религий в контексте тюркского прошлого, исламского ренессанса, царского империализма и советского атеизма, современных реалий. Автор анализирует конституционный и профильный законы, описывает религиозное многообразие и культурный плюрализм, рассматривает систему и институты религиозного образования, определяет основные причины радикализации двух стран уделяя особое внимание специфике проявления религиозного радикализма в каждом из двух государств, их подходам к этой проблеме и путям противодействия террористической угрозе, а также систематизирует мнения различных ученых. Определены негативные последствия разных исторических и политических событий на религиозную жизнь узбекстанского и казахстанского общества. Выбор указанных государств обусловлен сходством их истории, культуры и политической системы. Сравнительный анализ состояния межконфессиональных отношений в Узбекистане и Казахстане проводится по следующим критериям: исторические этапы, законодательно-правовая база, религиозные объединения, религиозное образование, проблема религиозного экстремизма и фундаментализма. Цель статьи – определение особенностей взаимодействия казахстанской и узбекстанской властей с религиозными и конфессиональными структурами, а также выявление основных проблем межконфессиональных отношений и религиозной ситуации в целом.


    Данное исследование является ценным научным материалом, который способствует лучшему пониманию этноконфессиональной и межконфессиональной политики в современных реалиях, а также анализу состояния и прогнозу перспективы развития толерантных межконфессиональных отношений в Узбекистане и Казахстане в условиях религиозного плюрализма, глобализма и актуальных вызовов эпохи постмодерна. Необходимо поэтапное укрепление законодательной, политической и социально-экономической базы, которая будет направлена на светский путь развития наших стран, без ущемления конфессий и религиозных организаций, которые отделены от государства по определению. В тюркской истории на территории Центральной Азии имеется множество конкретных примеров, которые свидетельствуют о положительном опыте исторически мирного сосуществования различных религий в среднеазиатском тюркомусульманском регионе. Такие исторические факты должны и могут позитивно влиять на дальнейшее укрепление межрелигиозного сотрудничества и согласия.

    60 - 67
    172
    22
    05-07-2026
  • MUSULMON MAMLAKATLARI TASHQI SIYOSATINI SIYOSIY TAHLIL QILISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Guzal QODIROVA (Muallif)

    Maqola islom omili jamiyatda muhim rol o’ynaydigan musulmon davlatlarining tashqi siyosatining o’ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan. Ma’lumki, diniy omil mamlakatning tarixiy merosi, madaniyati va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining xususiyatlariga bog’liq holda har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, u barcha musulmon davlatlarning tashqi siyosatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, Islom omili davlat tashqi siyosati strategiyasida ham, nodavlat ishtirokchilari ilgari surgan mafkura shaklida ham mavjud.Musulmon mamlakatlarining davlat siyosatida asosan islomning “o’z” mahalliy shaklini targ’ib qilish g’oyasi ustunlik qiladi. Arab Bahoridan keyin uning “yumshoq kuchi” yangi geosiyosatning ajralmas qismiga aylandi va hattoki bundan ham ko’proq, musulmon mamlakatlari o’zlarining Islomning “mo’’tadil” versiyasini yaratishga va targ’ib qilishga harakat qilmoqdalar va tashqi siyosatida unga rioya qilmoqdalar. Muallif, masalan, Musulmon Birodarlar Tashkiloti yoki Islomiy Davlat (ISIS) kabi nodavlat subyektlarni o’rganadi, ular musulmon davlatlarining mavjud rejimlarini tanqid qilib, ularning qonuniyligiga shubha tug’diradi. Shunday qilib, mavjud hokimiyatlarni nafaqat an’anaviy hokimiyat ma’nosida, balki diniy qonuniylik nuqtai nazaridan ham qiyinlashtirmoqda. Bu kabi har qanday da’volar hukumatlar tomonidan mavjud bo’lgan tahdid sifatida qabul qilinadi va boshqa davlatlar tomonidan mintaqaviy yoki xalqaro darajada targ’ib qilingan Islomning har qanday alternativ talqinlaridir. Maqolada qurolli qarama-qarshiliklar va mojarolarning kuchayishi tahlil qilinmoqda, ularning qo’shni davlatlarga tarqalishi geosiyosiy transformatsiya jarayoni tugaganini  va mintaqadagi kuchlarning yangi muvozanati hali aniqlanmaganligini ko’rsatmoqda

    28-38
    261
    24
    01-07-2026
  • ТИББИЁТ МАСАЛАЛАРИГА ДОИР АЙРИМ ФАТВОЛАР МУҚОЯСАСИ

    Baxromjon MAMADIYEV (Muallif)

    Тарих давомида ва шу кунгача, доимо глобаллашиб бораётган дунёда, ислом дини ва тиббиёт, айниқса ҳаёт ва ўлим масалалари, инсон аъзоларини трансплантация қилиш, аборт ва бошқа масалалар қизғин мунозараларга сабаб бўлган.


    Барча ислом ҳуқуқ мактаблари аёлнинг ҳаётига таҳдидни аборт қилишнинг мақбул сабаби деб билишади ва баъзи мазхаблар аборт қилиш аёлнинг соғлиғини сақлашга имкон беради деган позицияни эгаллайди. Ислом абортни онанинг ҳаёти учун хавф туғилиши, туғма нуқсон, ҳомила деформацияси ёки ҳомиладорлик гуноҳнинг оқибати бўлган тақдирда қўллаб-қувватлайди.


    Сунъий уруғлантириш масаласидаги фатволар таҳлили шуни кўрсатадики, бу жараён эр-хотинлар ўртасида жоиздир. Сунний мазҳабида аёлга эридан ташқари бўлган, бегона эркак уруғини ҳадя қилиш қатъиян ман этилади ва бу каби жараёнлар зинога тенглашади.


    Орган трансплантацияси нисбатан янги ва алтернатив бўлмаган усул бўлганлиги сабабли, баъзи уламолар бунга салбий муносабатда бўлишади, аммо замонавий ислом ташкилотлари муайян шароитларда орган трансплантациясига рухсат беридилар.


    Ҳаёт сифатини яхшилашга қаратилган ташқи нуқсонни ёки оғишни тузатиш бўйича жарроҳлик амалиёти дунёнинг бир қатор фатволарида қабул қилинган. Бу масалада уламолар фикрлари қарама-қаршилиги одамнинг жозибадорлигини ошириш учун амалга ошириладиган пластик ёки косметик жарроҳликда мавжуд.

    93 - 102
    161
    22
    23-06-2026
  • ҲАДИСЛАРНИНГ ТАКФИР ТАҲДИДИГАҚАРШИ КУРАШДАГИ АҲАМИЯТИ

    Aziz TAJIYEV (Muallif)

    Бугунги кунда турли экстремистик ва террористик гуруҳ ва ташкилотлар томонидан “такфир”, “ҳижрат”, “жиҳод”, “шаҳидлик” каби тушунчаларнинг ғаразли мақсадда нотўғри талқин қилиниш ҳолатлари кузатилмоқда. Жумладан, улар томонидан буткул бошқа маънода ишлатилаётган “такфир” тушунчаси айрим оқимлар томонидан ҳадисларнинг асл мазмун-моҳиятини нотўғри талқин қилиш, уларни шарҳлашда хатога йўл қўйиш ва нотўғри тушуниш натижасида шаклланган, исломнинг илк давридан бугунги кунга қадар мусулмонлар учун энг катта таҳдид туғдириб келаётган муаммолардан бири ҳисобланади. Ушбу тушунча мусулмонларга қарши уруш очиш, уларнинг жони ва молларига ноҳақ тажовуз қилиш мақсадида ишлатилмоқда.


    Мақолада “куфр” ва “такфир” тушунчаларининг асл моҳияти аҳлу-с-сунна ва-л-жамоа таълимотига биноан ёритиб берилган. Мутаассиб оқимлар томонидан қўлланилаётган такфирнинг инсоният тараққиёти, тинчлик, хусусан, мусулмонларнинг бирдамлигига туғдираётган таҳдиди ва хатарли оқибатлари таҳлил қилинган, уларнинг ушбу масаладаги қарашларига оят ва ҳадислар асосида раддиялар берилган. Мусулмонларни ноҳақ куфрда айблаш мумкин эмаслиги исломнинг бирламчи манбалари орқали кўрсатиб берилган. Мақолада “такфир” тушунчасини нотўғри талқин қилувчи бузғунчи оқимларнинг йўли нотўғри экани кўрсатиб берилган.

    89-97
    403
    17
    23-06-2026
  • MUSULMON  MAMLAKATLARI TASHQI SIYOSATINING  SIYOSIY TAHLILI

    Guzal KADIROVA (Muallif)

    Ushbu maqolada islom omili jamiyatda muhim rol o'ynaydigan musulmon davlatlarining tashqi siyosatining o'ziga xos xususiyatlari tadqiq qilingan. Ma ’lumki, diniy omil mamlakatning tarixiy merosi, madaniyati va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining xususiyatlariga bog'liq holda har xil ко ‘rinishda namoyon bo ‘ladi. Shu bilan birga, и barcha musulmon davlatlaming tashqi siyosatiga sezilarli ta sir ко ‘rsatadi. Shunday qilib, Islom omili davlat tashqi siyosati strategiyasida ham, nodavlat ishtirokchilari ilgari surgan mafkura shaklida ham mavjud.
    Musulmon mamlakatlarining davlat siyosatida asosan islomning “o'z” mahalliy shaklini targ'ib qilish g'oyasi ustunlik qdadi. “Arab Bahori"dan key in lining “yumshoq kuchi” yangi geosiyosatning ajralmas qismiga aylandi va hattoki, bundan ham ко ‘proq, musulmon mamlakatlari o'zlarining Islomning “mo'tadil” versiyasini yaratishga va targ'ib qilishga harakat qilmoqdalar va tashqi siyosatida unga rioya qilmoqdalar.
    Muallif maqolada “Musulmon Birodarlar” tashkiloti yoki “Islomiy Davlat ” (ISHID) kabi nodavlat subyektlarni о ‘rganadi, ular musulmon davlatlarining mavjud rejimlarini tanqid qilib, ularning qonuniyligiga shubha tug'diradi. Shunday qilib, mavjud hokimiyatlarni nafaqat an 'anaviy hokimiyat ma ’nosida, balki diniy qonuniylik nuqtai nazaridan ham qiyinlashtirmoqda. Bu kabi har qanday da’volar hukumatlar tomonidan mavjud bojgan tahdid sifatida qabul qilinadi va boshqa davlatlar tomonidan mintaqaviy yoki xalqaro darajada targ ‘ib qilingan Islomning har qanday alternativ talqinlaridir.
    Maqolada qurolli qarama-qarshiliklar va mojarolarning kuchayishi tahlil qilinmoqda, ularning qo shni davlatlarga tarqa/ishi geosiyosiy transformatsiya jarayoni tugaganini va mintaqadagi kuchlarning yangi muvozanati hali aniqlanmaganligini ко ‘rsatmoqda.

    89-97
    279
    20
    18-05-2026
  • SIYOSIY  MADANIYATNING  JAMIYAT HAYOTIDAGI  O‘RNI VA  KORRUPSIYAGA QARSHI  KURASHDAGI AHAMIYATI

    Bakhtiyor ARABOV (Muallif)

    Annotatsiya. Hozirgi kunda korrupsiya global muammo sifatida nafaqat ayrim davlatlar, halki jahon hamjamiyatining barqaror rivojlanishiga tahdid solayotgan illatga aylanib ulgurdi. Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida, turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumlarda turlicha ko'rinishlarda namoyon bo‘lib kelgan. Afsuski, bu hodisa barcha davlatlarga xos bo ‘lib, bugungi kunda ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ham uchramoqda.
    Darhaqiqat, korrupsiya barcha davlatlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi, и iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini ishdan chiqaradi, ijtimoiy adolat tamoyillarini buzadi va demokratiya asoslarini yemiradi. Hech bir davlat ushbu illatdan butunlay xalos bo'lmagan, biroq ba'zi davlatlar korrupsiya darajasini sezilarli darajada pasaytirishga erishganlar. Bu jarayonda albatta, jamiyat siyosiy madaniyati muhim ahamiyat kash etadi.
    Jamiyat siyosiy madaniyati - bu jamiyatning siyosiy tizimga bo ‘Igan munosabati, uning me yorlarini qabul qilishi, siyosiy faollikning turli shakllari, siyosiy faoliyatning ijobiy va salbiy ко ‘rinishlariga munosabatini о ‘z ichiga oladi. Shu jihatdan, siyosiy madaniyatningyuksak darajasi jamiyatning korrupsiyaga bo 'Igan salbiy munosabati, korrupsiyaga qarshi kurashdagi faol ishtiroki, shaffofiik va ochiqlikka bo'lgan intilishini ta ’minlaydi.
    Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish faqat huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishnigina emas, balki jamiyatning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirishni ham talab etadi. Chunk! siyosiy ong va madaniyat yuksak bo ‘Igan jamiyatda har bir fuqaro о ‘zini davlat va jamiyat ishlarining faol ishtirokchisi deb his etadi, davlat organlari faoliyatining shaffofligini talab qiladi va korrupsiyaga mutlaqo yo 7 qo ‘ymaydi.
    Siyosiy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyatini, uning jamiyat hayotidagi о ‘rni va ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Siyosiy madaniyat - bu nafaqat siyosiy bilim va qarashlaryig ‘indisi, balki fuqaroning siyosiy faoliyatga, davlat boshqaruviga bo ‘Igan munosabati, unga nisbatan mas 'uliyat hissi va ishonch darajasini ifodalaydi. Bugungi globallashuv va tezkor siyosiy jarayonlar sharoitida siyosiy madaniyat darajasining yuksak bo ‘lishi - davlat va jamiyat о ‘rtasida barqaror, sog 'lorn aloqalarni ta 'minlovchi muhim omillardan biridir.
    Maqolada korrupsiyaning chuqur ildiz otgan jamiyatlarda siyosiy befarqlik, fuqarolarning huquqiy va siyosiy ongining pastligi ushbu illatning ildiz otishiga zamin yaratishini ta 'kidlayman. Shu bois, men siyosiy madaniyatni oshirish - fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz qarashni shakllantirish, adolatga intilish va davlat ishlarida faol ishtirok etish madaniyatini rivojlantirish orqali bu illatga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
    Maqolada 0‘zbekiston tajribasi asosida olib borilayotgan siyosiy va huquqiy islohotlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi, davlat organlari ochiqligi va hisobdorligini ta'minlashdagi о‘rni tahlil qilingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda faqat jazoga asoslangan yondashuv emas, balki ijtimoiy ongni, xususan, siyosiy madaniyatni yuksaltirish orqali barqaror va samarali natijalarga erishish mumkinligi ilgari surilgan.

    67-75
    244
    26
    15-05-2026
1 - 12 from 12

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling