DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/1/47-58Kalit so‘zlar:
islom tibbiyot o‘rta asrlar salomatlik maskanlari shifoxona kasallik davolash Tibbun Nabaviy bioetika ruhiyatAnnotasiya
Jahonda sodir bo‘layotgan global jarayonlar insonning ruhiy va jismoniy salomatligi masalasiga uyg‘un holda yondashuvni talab etmoqda. Zamonaviy tibbiyot amaliyotida diniy ta’limotlarga asoslangan tibbiy-ruhiy muolajalar orqali mavjud muammolarga yechim topish mumkin. Jahon dinlaridan hisoblangan xristianlik va islom ta’limotida ko‘p mingyillik tarix davomida insonning nafaqat ma’naviy, balki tibbiy salomatligi masalasini ham tartibga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va ular hayotga tatbiq qilib kelinmoqda. 2020-yil dunyoda yuz bergan COVID-19 bilan bog‘liq pandemiya sharoitida tibbiy muolaja bilan birgalikda, ruhiy-psixologik davolash jarayonlarining ommalashuvi diniy tibbiyotning ahamiyatini oshirdi. Shu jihatdan, ularning inson salomatligi masalalariga doir e’tiqodiy-ijtimoiy asoslarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Islom ta’limotiga ko‘ra, har bir inson o‘z umri davomida bir qancha sinovlardan, jumladan, hosildorlik, qurg‘oqchilik, befarzandlik, boylik va boshqa yo‘llar bilan sinovdan o‘tadilar. Alloh tomonidan yuborilgan eng katta sinovlardan biri bu inson salomatligi va bemorligidir. Bu kabi sinovli kasalliklardan biri vabo bo‘lib, bu kasallik insoniyat tarixida katta jamiyatlarga ulkan tahdidlar solgan. XXI asrga kelib, Yer yuzida katta xavf solgan COVID-19 ham shu kabi vabo kasalligidandir. Shunga ko‘ra 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4668-son Prezident qarorida “Salomatlik, osoyishtalik, insonlarga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatishni ta’minlash, tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan yalpi qamrab olishni kengaytirish hamda iste’molchilarga o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish borasida ongli tanlov uchun imkoniyatlar yaratishda xalq tabobatining salohiyatidan foydalanish” belgilab qo‘yildi.
Islom ta’limotida inson hayoti davomida uchraydigan barcha muammolarning yechimi ochiq bayon etilgan. Shuningdek, kasallik Alloh tomonidan berilganidek, uning shifosi va davosini ham Alloh taoloning o‘zi beradi. Bu haqda Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: “Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning o‘zi” (Shuaro surasi, 80-oyat). Shuningdek, kasallikdan saqlanish usullari ham Muhammad (s.a.v.) tomonidan Tibb an-Nabaviyda ochiq yoritib berilgan. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.)dan shunday deyayotganini eshitdim: “Idishlarning ustini yopib qo‘yinglar, suv meshlarni og‘zini mahkamlanglar, chunki yilning bir kechasida vabo tushadi. U usti yopilmagan idishlar va og‘zi ochiq meshlarga albatta tushadi” (Imom Muslim va imom Bayhaqiy rivoyati).
Ushbu maqolada islom ta’limotida inson salomatligi va musulmon mamlakatlarida shifoxonalar tarixi va evolyutsiyasi jarayonlari tadqiq etilgan.
Yuklab olishlar
Bibliografik manbalar
1. A. Duri. (2013). Ba Hdād, in Encyclopayedia of Islam. Second Edition. /ed. P. Bearman, et al. Brill Onlayn.
2. Abu Bakr Al-Khassaf. (2008). A Ninth Century Treatise on the Law of Trusts (Being a Translation of Al-Khassaf, Ahkam Al-Waquf). / trans. Gilbert Paul Verbit. – Bloomington : Xlibris Corporation.
3. Andrew C Miller. (2006). Jundi-Shapur, Bimaristans, and the Rise of Academic Medical Centres. // Journal of the Royal Sociyety of Medicine.
4. Ann K. S. Lambton. (2013). Wakf in Persia, in Encyclopayedia of Islam, Second Edition. / ed. P. Bearman, et al.
5. Baron Carra De Vaux. (1993). Ṭibb, in First Encyclopayedia of Islam: 1913-1936, ed.
6. Byrne J.P. (2004). The Black Death. – Westport, CT : Greenwood Press.
7. Ch. Bürgel and R. Mottahedeh. (1988). A’od-Al-Dawla, in Encyclopayedia Iranica. – New York.
8. Conrad, The Arab-Islamic Medical Tradition. – PP. 136 – 137.
9. Conrad. (1993). The Arab-Islamic Medical Tradition.
10. Cyril Elgood, A Medical History of Persia and the Eastern Caliphate: From the Earliyest Times until the Year A.D. 1932. – Cambridge : Cambridge University Press, 1951). – PP. 131 – 133.
11. Cyril Elgood. (1932). A Medical History of Persia and the Eastern Caliphate: From the Earliyest Times until the Year A.D.
12. David S. Powers. (1993). The Islamic Inheritance System: A Socio-Historical Approach. // Arab Law Quarterly 8, no. 1.
13. Dunlop. (yili ko‘rsatilmagan). Bimaristan in Early Period and Muslim East. – New York.
14. Dunlop. (yili ko‘rsatilmagan). Bīmāristān in Early Period and Muslim East.
15. Emiliye Savage-Smith (1994). // Islamic Culture and the Medical Arts. – URL : http://www.nlm.nih.gov/exhibition/islamic_medical/index.html.
16. F.Rahman. (1987). Islam and Medicine: Health and Medicine in the Islamic Tradition: Change and Identity. – New York.
17. François P. (2005). Retiyef and Louise Cilliyers, "The Evolution of Hospitals from Antiquity to the Renaissance " Acta Theologica Supplementum.
18. Fussilat surasi, 44-oyat.
19. URL : https://hidoyat.uz/3920 (12.10.2022)
20. URL : https://www.youtube.com/watch?v=ZUoeLv0vAnI (12.10.2022)
21. Huff. (1993). The Rise of Early Modern Sciyence: Islam, China, and the West.
22. Isobek. (1981). Tariyx al-bimariston fil islom.
23. J. K. Anand. (2007). Etymology of the Word 'Bimaristan'. // Journal of the royal sociyety of Medicine.
24. John J. (2013). Donohuye, A.ud Al-Dawla, in Encyclopayedia of Islam, THRЕE. / ed. Gudrun Krämer, et al. Brill Onlayn.
25. Khan. (1996). Islamic Medicine, p. 6 ; Prioreschi, A History of Medicine: Byzantine and Islamic Medicine.
26. Lawrence I. (1995). Conrad, "The Arab-Islamic Medical Tradition," in The Western Medical Tradition: 800 Bc to Ad 1800. – Cambridge : Cambridge University Press.
27. Lev. (2005). Charity, Endowments, and Charitable Institutions in Mediyeval Islam.
28. Lutz Richter-Bernburg. (1978). Bo.tišu.
29. Metzler I. (2006). Disability in Mediyeval Europe: Thinking About Physical Impairment During the High Middle Ages. – New York : Routledge.
30. Michayel W. (1987). The Origins of the Islamic Hospital: Myth and Reality. // Bulletin of the History of Medicine 61, no. 3.
31. Michayel W. Dols. (1987). The Origins of the Islamic Hospital: Myth and Reality.
32. P.Morewedge. (1973). The Metaphysica of Avicenna (ibn Sina). – Columbia University Press, New York.
33. Pormann and Savage-Smith. (2007) Mediyeval Islamic Medicine.
34. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son
35. Rafat Jan. (1996). Rufaida Al-Asalmiya, the First Muslim Nurse, // Image: the Journal of Nursing Scholarship 28, no. 3.
36. Sabra. (1963). Poverty and Charity in Mediyeval Islam: Mamluk Egypt.
37. Schumm D. (2011). and Michayel S. Disability and Religious. – Diversity: Cross Cultural and Interreligious Perspectives. – New York : Palgrave MacMillan.
38. Shapur Shahbazi. (2012). "Gondešapur: The City," in Encyclopayedia Iranica, ed. Ehsan Yarshater. – New York : Columbia University Center for Iranian Studiyes.
39. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (2021). Tafsiri hilol. – Tashkent : Hilol-nashr.
40. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (2022). Hadis va hayot. – – Toshkent : Hilol-Nashr, 2022. – J. 18.
41. Yunus surasi 57-oyat.
42. Yvonne Dold-Samplonius (2008). Sinan Ibn Thabit Ibn Qurra, Abi Sa’ed," in Complete Dictionary of Sciyentific Biography. – Detroit : Charles Scribner’s Sons.
43. Bazelyuk N.N. (2008). Sotsialno-filosofskiye problemi zdorovogo obraza jizni i individualnogo (valeologicheskogo) zdorovya: Avtoref. … diss. kand. filos. nauk.
44. M.Hasaniy. 2011. 1001 tibbiy hikmat. – Toshkent : Fan va texnologiya.
45. Montford A. (2004). Health, Sickness, Medicine and the Friars in the Thirteyenth and Fourteyenth Centuriyes. – Burlington : Ashford.
46. Sulkarnayeva G.A. (1999). Integratsiya uchebnix dissiplin s selyu ispolzovaniya uchitelem valeologicheskogo bloka dlya realizatsii gumanisticheskoy konsepsii obrazovaniya: Avtoref. … diss. kand. ped. nauk.

