Mualliflar

  • Ugiljon ABDUVALIYEVA TASHKENT STATE UNIVERSITY OF ORIENTAL STUDIES Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2020/3/159-166

Kalit so‘zlar:

qo‘shma so‘z kopulyativ qo‘shma so‘z predlog infiks takror so‘z semantik yaxlitlik leksik birlik kompozit.

Annotasiya

So‘z yasalishi masalasi hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu masalaning dolzarbligi, ayniqsa, pashtu tili kabi kam o‘rganilgan tillar uchun ortib bormoqda, chunki bu masala tilning lug‘at boyligining zamon talabiga mos ravishda boyib borishi bilan bog‘lanib ketadi. Hayotning turli sohalaridagi taraqqiyot tufayli yuzaga kelayotgan yangi tushunchalarni ifodalash zarurati tilda mavjud bo‘lgan imkoniyat va resurslar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilish zaruratini tug‘dirmoqda. Bu jarayonni ilmiy asosda o‘rganish, uning yo‘nalishlarini aniqlash, o‘ziga xos jihatlarini til materiali tahlili asosida belgilab berish bugungi kunda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Kopulyativ qo‘shma so‘zlar yasalishi mazkur mavzuning har tomonlama qiziqarli va deyarli o‘rganilmagan sohalaridan deyish mumkin. Fanda bu masalaga qisman to‘xtalib o‘tilgan ishlar mavjud, ammo ularning ham eng oxirgilari nashr qilinganiga 40 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu muddat davomida pashtu tili lug‘at fondi tarkibida, shu jumladan kopulyativ qo‘shma so‘z yasalishi usullarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keldi. Tilning lug‘at fondi dinamik xarakterga ega bo‘lganligi uchun unda kechayotgan jarayonlarni sinxron planda tadqiq etish hamisha ilmiy ahamiyatga molik. Predlog-infikslar hamda bog‘lovchi infiks yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarni tadqiq etish ana shu masalaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqola pashtu tilida په [pә], نا [nā], پر [pәr], له [lә], د [dә] predlog-infikslari bilan birikib, hosil bo‘ladigan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning analitik va sintetik metodlari asosidagi tahlili shuningdek, او [aw] bog‘lovchi-infiksining kopulyativ qo‘shma so‘z yasashdagi o‘rniga bag‘ishlanadi. Maqolada masala konkret shaklda ̶ predlog-infikslar va او [aw] bog‘lovchi infiks yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar tadqiqot predmeti, hozirgi zamon pashtu tili materiallari esa tadqiqot ob’ekti etib belgilangan. Ishning ilmiy yangiligi mana shu masalalarda o‘z ifodasini topgan. Maqolada predlog-infikslar hamda bog‘lovchi infiks orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar         guruhlarga bo‘lib tahlil qilingan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Kalinina Z. M. (1972) Ocherki leksikologii sovremennogo pushtu. –Moskva, 1972. − S.67. (In Russ.).

2. Gryunberg A.L. (1987) Ocherk grammatiki afganskogo yazika (pashto). –Leningrad, 1987. − S.54-55. (In Russ.).

3. Sikoev R.R. (1976) Parnie slova v sovremennom literaturnom pushtu i ix rol v slovoobrazovanii // Indiyskaya i iranskayz filologiya. voprosi grammatiki. 1976, s. 192. (In Russ.).

4. Aslanov M.G. (1985) Pushtu-russkiy slovar’, M., 1985. С-498. (In Russ.).

5. Sikoev R.R. Imennoe slovoobrazovanie v sovremennom literaturnom pushtu. –Moskva, 1967. (In Russ.).

6. Aslanov M.G. (1948) Rasskazi i ocherki na vostochno-afganskom yazike (pahto), M., 1948, –S.123. (In Russ.).

7. Boyle A.D. (2014) Descriptive grammar of Pashto and its dialects. – Germany, 2014. P-137. (In Eng.).

8. Raverti H.G. (1855) Grammar of the Pukhto, Pushto or language of the Afghans. −Calcutta, 1855. (In Eng.).

9. Inomxo‘jayev R. (2015) Pashto an intermediate Textbook. − USA: Georgetown University Press, 2015. (In Eng.).

10. Penzl, Herbert. (1955) A grammar of Pashto: A descriptive study of the dialect of Kandahar, Afghanistan. Washington, DC: American Council of Learned Societies. 1955. (In Eng.).

11. Abbi, Anvita. (1985) ”Reduplicative Structures: A Phenomenon of the South Asian Linguistic Area” Oceanic Linguistics Special Publications, No. 20, pp. 159-171. Honolulu: University of Hawai’i Press, 1985. (In Eng.).

12. Motiur Rahman, Ph.D. (2012) A Linguistic Approach to Comprehensive Study of Compound Words. Saudi Arabia. 2012. P357-362. (In Eng.).

13. Tegey H., Robson B. (1996) A reference grammar of Pashto. –Washington, 1996. (In Eng.).

14. Azami Dawood. (2009) Learning Pashto. The Ohio State University, –Columbus, 2009. (In Eng.).

15. Inomkhojayev R. (2016) Pashto an intermediate Textbook. Georgetown University Press, USA, 2016.–P.73. (In Eng.).

16. S.Rishtin. (1994) Pashto Grammar. Peshowar., 1994. s-71. (In Pashto)

17. S.Rishtin. (2004) De pashto ishtiqaquna aw tarkibuna. Kabul., 2004. s-140. (In Pashto).

18. S.Rishtin. (1341) Jeb shodena, 1341. s-272. (In Pashto).

19. Akbar Baray. (2004) De spujmey sterga, Kabul, 2004. s-43. (In Pashto).

20. Gaws Khaybari. (1987) Pardes. Afghanistan. 1987. (In Pashto).

21. Shafaq Stanezay. (1975) Jongara aw maney. Afghanistan.1975. (In Pashto).

22. Latif Bahand. (2014) Jagra aw sula. 4 tok. Moscow. 2014. (In Pashto).

23. Zarin Andzur. (1996) De Sadr Khushkhalxan xatak jwand aw asar. Peshawar.1996. s-103. (In Pashto).

24. Lal Pacha Azmun. (1395) Jwand ta wugora, jwand ce dey?. Kabul.1395. (In Pashto).

25. Dzernmal Jwak. (1357) Paruney hindora., Kabul, 1357. s- 16. (In Pashto).

26. Sidiqullo Rishtin. Pashto qisse., s-29. (In Pashto).

27. Said Mir Mahdi. (1958) De budey tal., Peshowar. 1958. s-81. (In Pashto).

Tegishli maqolalar

Yunusjon Sh. AKHMEDOV, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA SUBYEKTI  SIFATIDA ETNO-MILLIY KONFLIKTLARGA TA’SIRI , Islom ziyosi: Jild 7 № 3 (2024)

Javoxirxon A. SOBIROV, O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGI: HAMKORLIK VA ISTIQBOL , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Salima RUSTAMIY, ARAB TILSHUNOSLIGIDA MAONIY ILMIGA XOS QARASHLAR , Islom ziyosi: Jild 7 № 4 (2024)

Malika NASIROVA, ARAB TILIDA TUB KO’MAKCHILARNING MA’NOLARI  (AL-MUFASSAL ASARI MISOLIDA ) , Islom ziyosi: Jild 7 № 2 (2024)

Abdulazizkhan NIG‘MONOV, “HIBATU-L-HAQOYIQ”DA KELGAN BILIM MAVZUSIDAGI TO’RTLIKLARNING MAZMUNIY VA SHAKLIY TAHLILI , Islom ziyosi: Jild 6 № 2 (2023)

Marg‘uba MIRQOSIMOVA, AHMAD YASSAVIYNING E’TIQOD TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI , Islom ziyosi: Jild 2 № 1 (2019)

Muhammadolim MUKHAMMADSIDIQOV, ЖАМИЯТ БАРҚАРОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА ДАВЛАТ ВА ДИН МУНОСАБАТЛАРИНИ ТАРТИБГА СОЛИШНИНГ АҲАМИЯТИ , Islom ziyosi: Jild 3 № 2 (2020)

M.M. MUKHAMMADSIDIQOV , PROBLEMS OF REGULATION OF SECULARISM AND RELIGIOUS PRINCIPLES IN ARAB COUNTRIES , Islom ziyosi: Jild 2 № Special Issue (2019)

Nigora MULLASODIQOVA, Kanagat ABDIRAMASHEVA, БАЛОҒАТ ИЛМИДА ФИКР ИФОДАЛАШ ЙЎЛЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 6 № 4 (2023)

Damir KHAYRETDINOV, XVII -  XIX ASR  BOSHLARIDA  MOSKVA MUSULMON  JAMOASI AN’ANALARINI SAQLAB  QOLISHDA  O‘ZBEKISTON MUSULMONLARINING  O‘RNI , Islom ziyosi: Jild 8 № 4 (2025)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.