Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • АРАБ ТИЛИНИ ЎҚИТИШДА ЛОЙИҲАВИЙ ТАЪЛИМ УСУЛИ

    Yulduz ISMAILOVA (Muallif)

    Мақолада талабаларга араб тилини ўқитишда уларнинг ижодий салоҳиятларини ошириш, мустақил фикр юритиш ва тадқиқот олиб бориш (муаммони излаш, маълумотлар тўплаш, уларни таҳлил қилиш ва эришилган на­тижалар юзасидан хулосалар чиқариш каби) лаёқатларини шакллантириш ва ривожлантирилишни таъминловчи лойиҳавий таълим усулидан фойдаланиш йўллари ёритилган. Лойиҳавий таълим усули XIX асрнинг иккинчи яр­мида АҚШ қишлоқ хўжалиги мактабларида америкалик олим Ж. Дьюи ва унинг шогирди В. Х. Килпатрик томо­нидан қўлланила бошлаган ва аслида кўплаб мамлакатлар учун янги эмас. Мазкур таълим усулидан Ўзбекистонда XX асрнинг 90-йилларидан бери шахсга йўналтирилган таълим усули сифатида таълим олувчиларнинг дарсдан ташқари мустақил ишларини ташкил этишда фойдаланиб келинмоқда. Унга муаммоли таълим асос бўлиб хизмат қилиб, бу технология таълим жараёнида ўқитувчи томонидан муаммоли вазиятлар қўйилиши ва лойиҳа иштирок­чиларининг ушбу муаммони ҳал этиш орқали маълум интеллектуал маҳсулот яратишларига қаратилган. Лойиҳа иши доирасида талабаларни чет тилидаги турли материаллар билан ишлаш ва ўз мутахассисликлари бўйича мустақил таржима қилишга ўргатиш уларнинг келажакдаги касбий фаолиятига замин яратади ва алоҳида аҳамият касб этади.

    66-70
    45
    6
    27-06-2026
  • MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

    Mavlyuda Sabirovna XODJAYEVA, Barno Batirovna SAYDAKHMEDOVA (Muallif)

    Masofaviy ta’limni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish – fanga kiritilayotgan yangi ma’lumotlarni tezkorlik bilan o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi. Shuningdek, virtual o’rganilayotgan mavzu doirasidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tezkorlik bilan kiritish imkoniyatlari yaratiladi. Demak, masofaviy ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalarni kiritish usullari va ulardan samarali foydalanish uslublarini tadqiq etish, masofaviy ta’lim kurslarini yaratish, dolzarb ilmiy-texnik masalalar turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati juda yuqori. Tadqiqot ishining maqsadi – masofaviy ta’limda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish va uning samaradorligini tekshirishning nazariy asoslari. Maqolada Moodle tizimining imkoniyatlari, kurs elementlarining afzalliklari, fanni o‘qitishdagi samarali usullari keltirib o‘tilgan. Shuningdek zamonaviy raqamli texnologiyalar va aloqa vositalaridan masofaviy ta’limda foydalanish muhokama qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari keltirib o’tilgan, “Raqamli texnologiyalar”, “Raqamli ta’lim texnologiyalari” tushunchalarining ma’nosi va mazmuni aniqlangan. O’quv jarayonini qiziqarli tashkil etishda Kahoot va Quizizz dasturiy platformalari bo’yicha ma’lumotlar tavsifi berilgan. Mazkur platformaning imkoniyatlari  o’quvchilarning  intellektual  va  ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirishdagi afzalliklari ta‘kidlanadi. Ta’lim jarayoni an’anaviy yoki masofaviy ta’lim bo‘lishidan qat’iy nazar talabalarning darsga qiziqishini orttirish, ularni o‘z ustida ishlashlari uchun undash, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Dars jarayonini o’yinli platformalarda tashkil etish, elеktron testlar kompleksini yaratish va uni ta’limda qo`llash, dars samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, darsga qiziqishini orttirish, o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’lishiga darsga bo’lgan qiziqishi rivojlanishiga, darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishda ko’nikma va malakalari shakllanishiga, o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltirishda shuningdеk, o‘quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda raqamli texnologiyalardan o`quv jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

    59-67
    29
    5
    23-07-2026
  • PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHDA PSIXOLOG KASBIY-ETIKAVIY TAMOYILLARGA AMAL QILISHINING AHAMIYATI

    Nilufar RASULOVA, Dildorakhon ULMASOVA (Muallif)

    Bugungi kunda insonlarning psixolog hamdapsixoterapevtgamurojaatiyanahamommalashmoqda. Odamlar har kuni stressga tushiradigan, o’zi hal qilishi qiyin bo’lgan turli muammolar bilan to’qnash kelmoqdalar. Inson har doim ham o’zini qiynayotgan muammolarni yaqin insonlariga ayta olmagani bois psixologik xizmatga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham bugun yurtimizda ham psixologik xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirishha alohida e’tibor qaratilmoqda. xususan, Yoshlar ittifoqi muassisligda ham psixologik xizmat ko’rsatish markazlari tashkil etildi. vaziralar Mahkamasining 472-son 07.06.2019-yildagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra Respublikada bosqichma-bosqich reja asosida aholiga psixologik xizmat ko’rsatish sifatini oshirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilishi belgilab qo’yildi. Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatlarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash uchun “Psixologik xizmat” konsepsiyasini yaratish, bolalar, kattalar ruhiyatidagi o‘zgarishlarni tezda aniqlash, bunga olib kelgan sabablarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida psixolog mutaxassislarini tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat ko‘rsatish labaratoriyalari”ni tashkil etish hamda ular uchun o‘quv va metodik adabiyotlar yaratilishini tashkil etish kabi chora tadbirlari ishlab chiqildi. Maqolada psixologik xizmat ko’rsatishning sifatli hamda samarali bo’lishi bevosita psixolog faoliyatiga bog’liqligi tadqiq etilgan. Psixolog faoliyatining samaradorligi uning shaxsiy sifalari, kasbiy malakasi hamda etikaviy tamoyillarga qanchalik amal qilgani bilan o’lchanadi. Etika masalasi psixologiyaning terapiya va tadqiqotlar bilan bog’liq bo’lgan sohasida muhimdir. Patsientlar bilan ishlash va psixologik tadqiqotlar o’tkazish turli xil axloqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Amerika psixologlar assotsiatsiyasining etikaviy kodeksi psixologiya sohasida ishlaydigan mutaxassislar ish jarayonida axloqiy dilemmalarga duch kelganda nima qilish kerakligi haqida yaxshiroq ma’lumotga ega bo’lishlari uchun ko’rsatmalar beradi. Etikaviy tamoyillar psixologlar duch keladigan ko’pgina holatlar va umumiy qoidalarni qamrab olish orqali ularni turli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishini ta’minlashga mo’ljallangan. Eng yuqori xulq-atvor standartlariga intilish har bir psixologning shaxsiy burchidir. Shuning uchun ham ushbu maqolada Amerika psixologlar assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 5 asosiy punktdan iborat psixologning etikaviy tamoyillari tizimli tahlil etiladi. Bundan tashqari turli olimlar ilmiy izlanishlari asosida psixologik maslahat jarayonida psixolog ega bo’lishi lozim bo’lgan shaxsiy sifatlar hamda kasbiy malakalar bayon etiladi.

    192-200
    13
    4
    03-07-2026
  • TA'LIM JARAYONIDA TEST TUZISHNING O'RNI

    Dilbar KHASANOVA, Hugh CARTWRIGHT (Muallif)

    Deyarli har doim "test" so'zi deganda ko’z oldimizga to'rt yoki besh javobga ega savol gavdalanadi. O'quvchilarga test sinovlari topshirish haqida aytilganda, ular odatda bir nechta javobga ega savollarni tushunishadi. Aslida test deganda har xil savol shakllari orqali o'quvchilar bilimini tekshirishga aytiladi. Ushbu maqolada, O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyati tomonidan litsey va kollejlarning 2-kurs o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan oraliq test sinovlari haqida so’z boradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi - sinov savollarini o’rganib chiqish va agar ularning test jarayonlarida olingan natijalari sababi baholash printsiplari bilan bog'liq bo'lsa, ularning alternativ variantini taklif qilishdan iborat. Har ikkala oraliq testlar O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyatining mezonlariga asoslangan testlar sifatida ishlab chiqilgan. Tuzilgan testlar baholashga oson va aniq, shuningdek o'quv rejasiga asoslanganligi, hamda to’rt til kompetensiyasini tekshirishga mo’ljallangan bo’lganligi uchun, bu testni ishonchli va amaliy, testing to’rt prinsipidan ikkitasi rioya qilgan deb aytsak bo’ladi. Shuni aytish joizki, testing qolgan ikkita spetsifikatsiyasi, ya’ni ishlash uchun qulaylik hamda autentiklik darajasi test talablaridan, bizning fikrimizcha biroz uzoq. Garchi oraliq test sinov savollari to'rtta qobiliyatni tekshirishga qaratilgan bo'lsa-da, ushbu tadqiqot faqat talabalarga ishlashda qiyinchilik tug’diradigan qismini o’rganishga yo’naltirilgan, ya’ni o’qib tushunishni tekshirish qism savollarini rijojlantirishga. Maqolada yuqorida qayd etilgan test bo’limlari savollari tilshunos olimlar qarashlarini e’tiborga olgan va test prinsiplariga muvofiq bo’lgan holda tahlil qilinadi. Ingliz tili o'qituvchilari uchun ushbu test tahlili loyihasining ahamiyati shundaki, savollarni test prinsiplari va talablari asosida tuzilish, bo’lajak yoki kutilayotgan natijalarida muhim o’rin kasb etishini ko’rsaib beradi. Tushunarli bo'lishi uchun tayyor testlar va o'zgartirilgan variantlar o'rtasidagi farqlar quyidagi bosqichma bosqich test spetsifikatsiyalariga muvofiq tahlil qilinadi.

    166-174
    21
    3
    03-07-2026
  • НЕМИС НОКЛАССИК ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ КОНЦЕПЦИЯЛАРИ ВА ИСЛОМ МАДАНИЯТИ

    Asliddin SULTONOV (Muallif)

    Юртимизда юксак маънавиятни шакллантириш, виждон эркинлигини таъминлаш, динлараро бағрикенглик тамойилини ҳаётга татбиқ этиш борасида қатор ишлар амалга оширилмоқда. буюк аждодларимиз яратган бой диний-фалсафий меросни, жаҳон диний фалсафаси асарларини ўрганиш ва тадқиқ қилиш кенг йўлга қўйилиб, илмий жиҳатдан тадқиқ этилмоқда (President Shavkat Mirziyoyev addressed the 72nd Session of the United Nations General Assembly, 2017). Шунга мувофиқ 2018 йил 12 декабр куни БМТ бош Ассамблеясида «Маърифат ва диний бағрикенглик» деб номланган махсус резолюциянинг қабул қилинди. Бугунги кунда талабаларга ҳам дин борасида фалсафий фикрлар, таҳлиллар ва концепциялар тўғрисида маълумот бериб бориш, уларда мустақил таҳлил қилиш кўникмасини шакллантириш мақсадга мувофиқ. Мазкур мақола немис ноклассик диний-фалсафий концепциялари тадқиқига бағишланган. Мақолада немис классик файласуфларидан кейинги даврда шаклланган диний-фалсафий таълимотларни тарихий кетма-кетликда баён қилишга ва шу асосда улардаги муайян хусусиятларнинг ислом қадриятлари билан ҳамоҳанглиги таҳлил қилинган. Муҳими, аксарият немис ноклассик файласуфлари асарларида ҳам ислом қадриятларига яқин ғояларни ёритгани исботланиб, илмий муомалага киритилган.

    121-133
    13
    4
    02-07-2026
  • АГРЕССИВ ХУЛҚ-АТВОРЛИ БОЛАЛАР ВА ЎСМИРЛАР БИЛАН АМАЛИЙ ПСИХОЛОГНИНГ ПСИХОКОРРЕКЦИОН ИШИ

    Феруза РАСУЛОВА (Muallif)

    Болаларнинг тажовузкорлигини кучайиши нафақат ўқитувчилар ва психологлар, балки бутун жамият учун энг муҳим муаммолардан биридир. Ушбу мақолада тажовузкор болалар билан олиб бориладиган коррексион ишлари нинг йўналишлари ҳақида гап боради, салбий ҳолатларга муносабатни кўрсатадиган тузатиш усули ва техникаси кўрсатилган. Агрессив болалар билан ишлашнинг ушбу коррексион йўналишининг мақсадлари ва вазифалари болани муаммоли вазиятда ўзини назорат қилишнинг турли усулларини кўришга ўргатиш, шунингдек, болага конструктив хулқ-атвор кўникмаларини шакллантиришга ёрдам бериш, шу билан муаммоли вазиятда унинг хат ти-ҳаракатларига таъсир қилиш доирасини кенгайтириш ва минималлаштириш (идеал ҳолда олиб ташлаш) дан иборат. Агрессияга мойилликни бартараф этишнинг илмий ва услубий жиҳатлари ўсмирларнинг тажовузкор хат ти-ҳаракатларини психокорректсия қилиш масалалари, ушбу ишнинг методологияси, машғулотларнинг табиати ва уларнинг натижалари келтирилган. Бунда когнитив терапия, гесталт терапияси, хулқ-атвор терапияси ва пси хотерапиянинг бошқа соҳаларида қўлланиладиган ҳиссий касалликларни тузатиш бўйича услубий ёндашувлар таҳлили келтирилган. Хусусан, когнитив, гесталт ва хулқ-атворли ёндашувлар асосида «Хулқ-атворни модифи касия қилиш тренинги» дастури ишлаб чиқилган. Тренинг давомида қуйидаги вазифалар ҳал қилинади: ўз эҳти ёжларини англаш; салбий ҳис-туйғуларга жавоб бериш ва ҳиссий ҳолатни тартибга солишни ўрганиш; этарлича ўзини ўзи қадрлашни шакллантириш; мақсадли хулқ-атвор, ички ўзини ўзи бошқариш ва салбий таъсирларни олдини олиш усулларига ўргатиш; ижобий ахлоқий позитсияни шакллантириш, ҳаёт истиқболлари ва келажакни режалаштириш шулар жумласидандир.

    145 - 152
    15
    3
    29-06-2026
  • БАДИИЙ АСАРЛАР ВОСИТАСИДА ЁШЛАРНИ ЭСТЕТИК ТАРБИЯЛАШ ВА КИТОБХОНЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ

    M. MIRKASIMOVA (Muallif)

    Бадиий асарлар воситасида ёшларни эстетик тарбиялаш ва китобхонлик маданиятини шакллантириш

    128 - 138
    27
    7
    29-06-2026
1 - 7 from 7

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling