- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
МАДАНИЙ ТАРАҚҚИЁТНИНГ ЯНГИ ФАЛСАФИЙ ПАРАДИГМАСИ
Аслиддин СУЛТОНОВ (Muallif)Сўнгги йилларда ижтимоий жараёнларни ўрганишга қаратилган мамлакатимиздаги тадқиқотларнинг самарадорлик даражаси паст бўлиб қолаётгани ҳақиқат. Бунга кўплаб омиллар ўз таъсирини ўтказаётганини таъкидлаш жоиз. Бир томондан, жаҳон ҳамжамиятининг фаол ўзаро ҳамкорлиги ва глобаллашув тўлқинлари ижтимоий тадқиқотлардаги диагностик хулосаларни ишлаб чиқиш ва профилактик чора-тадбирларни амалиётга татбиқ этишдан олдинда кетаётгани, иккинчи томондан эса, жорий тадқиқотларда умумилмий аниқ ёндашув ва парадигмаларнинг етишмаслиги сабаб бўлаяпти. Амалга оширилаётган тадқиқотлардан конкрет парадигмал ёндашувни ОАК талаб қилаётганини ҳисобга олмаганда, илмий жамоатчилик орасида бунга интилиш сустлигича қолмоқда. Бизнингча, айнан шу сабабли ҳам тадқиқотларнинг реал амалиётни изоҳлаш ва самарали чора-тадбирларни мақсадга мувофиқ равишда ишлаб чиқишдаги аҳамияти деярли сезилмаяпти. Ижтимоий ҳаётда илмий жамоатчиликдан кўра, публицистик-блогерлик фаолиятининг ўрни кўпроқ бўлаётгани ҳам шу билан изоҳланади.
Шундай экан, ижтимоий жараёнларни теран тасаввур этиш, уларни маданий тараққиётга мувофиқ йўналишда ташкил этиш, кузатилаётган муаммоларнинг илмий ечимларини топиш имкониятларини ошириш учун «маданият»нинг фалсафий-концептуал таҳлилини амалга ошириш тақозо этилади. Мазкур мақола «маданият» тушунчасига оид турли ёндашувларнинг ўзаро детерминистик муносабатларини аниқлаш ва шу асосда, маданий тараққиётнинг замонавий меритологик парадигмасини ишлаб чиқишга бағишланади.
199 - 20613224-06-2026 -
GERMAN FARHAT – «BAHS AL-MATALIB VA HASS AL-TALIB» GRAMMATIK ASARINING MUALLIFI
Mukhlisabonu ISHANKHANOVA (Muallif)Maqolada Xalab (Aleppo, Suriya) shahridagi maronit arxiyepiskopi German Farhatning (1670-1732) hayoti va koʻp qirralik ijodi tadqiq qilingan. Oʻz navbatida, German Farhat arab adabiyoti tarixida muhim shaxs hisoblangan. Shuningdek, maqolada xristian-muallif tomonidan tuzilgan arab tili grammatikasi bо‘yicha birinchi grammatik asar «Bahs al-matalib va hass al-tolib» (“Masalalarni oʻrganish va talabalarini [arab tilini oʻrganishga] undash” tadqiq qilingan.
Ushbu maqolada Isroil Milliy Kutubxonasi fondida saqlanayotgan qoʻlyozma nusxasidan foydalandik (Inv. № 397, V. 1в-150в) va maqolada uni yozilish sabablariga oid masala koʻrib chiqilgan. Bahs al-matalib arab tilida so‘zlashuvchi bo‘lmaganlar uchun qo‘llanma bo‘lib, keyinchalik u Usmonlilar imperiyasining arab viloyatlari, ayniqsa, Livan tog‘idagi yarim avtonom mintaqadagi aniqrog`i, Bayrut (Livan)da 200 yildan ortiq, XX asr oʻrtalarigacha maktablarda, o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan. Ushbu grammatika kursi arab dunyosida katta rezonansga ega boʻlib, nasroniy muallif tomonidan yozilgan bu borada birinchi tadqiqot edi (hali ham ba’zi maktablarda oʻqitiladi). Arab adabiy uyg‘onish davri (Nahda) boshlanishidan bir asr oldin yashab, olim, yozuvchi va shoir sifatida tanilgan German Farhat, bu Nahdani amalga oshirish uchun kо‘p harakat qildi. Shuningdek, bu yerda arxiyepiskopning sintaksis, leksikologiya, morfologiya, stilistika, ritorika bо‘yicha yozgan asarlari ham qayd etilgan. U о‘z ishlari bilan Yaqin Sharqdagi xristian aholisining ta’lim darajasini oshirishga va “xristianlar Qur’onning muqaddas tilini mukammal о‘zlashtira olmaydi”, degan fikrni о‘zgartirishga harakat qilgan.
German Farhat cherkov xizmatini ishtiyoq va g`ayrat bilan bajarishga intilgani bilan mashhur bo`lgan. Livan monastir ordenining g‘oyaviy jihatdan ilhom bag`ishlovchisi va Usmonli Suriyaning eng muhim shaharlaridan birining arxiyepiskopi lavozimida xizmat qilgan. Uning faol ma’rifiy va ilmiy faoliyati о‘sha davrning kо‘plab olimlari va yozuvchilari e`tiborini tortgan. Arxiyepiskopning shaxsiyati va uning asarlariga qiziqish ishlari XIX asr oxiri – XX asr boshlariga tо‘g‘ri keladi.
68-764217-09-2026
