- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
ФАТВОЛАРНИНГ МУСУЛМОН ДАВЛАТЛАРИДАГИ ТАРТИБГА СОЛУВЧИ РОЛИ
Baxromjon MAMADIYEV (Muallif)Фатво – янги ва баҳсли масалаларга доир мусулмон олимлари ва уламоларнинг жавоби ва изоҳидир. Фатво ислом ҳуқуқшуносининг индивидуал, шариат ва фиқҳ билимдонларидан бир гуруҳининг умумий ёхуд махсус органнинг хулосаси шаклида бўлиши мумкин. Замонавий мусулмон давлатларда фатво институти кундалик маиший масалалардан тортиб, ички ва ташқи сиёсат даражадаги масалаларни ҳал этишгача бўлган жараёнга кучли таъсир ўтказади. Фундаментал қарашга эга бўлган уламолар янгиликлардан юз ўгиришга чақирса, бошқалари янги масалалар бўйича адолатли фатволарни чиқариш учун ислом меъёрлари асосида чуқур ўрганишлар ўтказилиши тарафдоридир. Кўп мамлакатлар ҳукумати фатво институтларидан ички барқарорликни сақлаш, ўз қарорлари моҳиятини тушунтириш ва жамиятдаги тушунмовчиликларнинг олдини олишда кенг фойдаланади. Ана шу муносабат билан мусулмон мамлакатларида фатво институтларининг роли, исломий қарорларнинг ҳуқуқий кучи ва уларни ишлаб чиқиш механизмига асосан таснифлаш масалаларини тадқиқ қилиш муҳим ҳисобланади.
42-4789825-06-2026 -
FATVOLAR VA MUSULMON MAMLAKATLARIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY MUAMMOLARNI HAL QILISHDAGI ULARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLI
Bakhromjon MAMADIEV (Muallif)Maqolada zamonaviy musulmon mamlakatlaridagi fatvo tushunchasi va ma’nosi ochib berilgan. Islom huquqshunosligi har doim ham yangi hayot sharoitida paydo bo’ladigan savollarga to’g’ridan-to’g’ri javob bermaydi, lekin bu shariat normalari eskirgan degani emas. Zamonaviy olimlarning ta’kidlashicha, shariat bo’yicha savollarga javoblar bor, ularni to’g’ri chiqarib olish kerak va buning uchun ilohiyotdan tortib eng zamonaviy bo’lgan bilimlarf ega bo’lish juda muhimdir. Fatvo musulmon huquqshunosning individual fikri yoki bir guruh ekspertlar yoki maxsus organning jamoaviy fikrining ifodasi bo’lishi mumkin. Fatvoning ahamiyatiga baho berishda, o’rganilayotgan davlatning huquqiy tizimini hisobga olish kerak. Yuridik ahamiyat nuqtai nazaridan fatvolar quyidagilarga bo’linadi: 1) yuridik ahamiyatga ega - bu qonunlar shariat asosida tuzilgan mamlakatlarga taalluqlidir; 2) cheklangan yuridik kuchga ega - fatvoning bu shakli shariat muayyan hududlarni tartibga soluvchi mamlakatlarda keng tarqalgan; 3) tavsiya xarakteriga ega bo’lgan va yuridik kuchga ega bo’lmaganlar - ular din davlatdan ajratilgan mamlakatlarda keng tarqalgan. Zamonaviy hukumatlar va islom ulamolari turli ijtimoiy va siyosiy masalalarda yaqindan hamkorlik qiladilar. Dunyoviy qonunlarga ega bo’lgan musulmon davlatlarida fatvo tavsiyaviy kuchga egadir. Deyarli barcha musulmon mamlakatlarida fatvo institutlari davlat idoralari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Ushbu diniy tashkilotning davlat idoralari tomonidan muvofiqlashtirish talabga ega, chunki zamonaviy tarixda ijtimoiy va siyosiy qarama–qarshiliklarga olib kelgan nazoratsiz ulamolar tomonidan fatvo e’lon qilinganligi to’g’risida ko’plab faktlar mavjud. Ichki siyosiy fitna maydonida fatvolar barqarorlikni saqlash, nizolarning oldini olish va ba’zan hokimiyatni kuchaytirish uchun ko’pchilikning ongiga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatishda muhim tartibga soluvchi rol o’ynaydi. Ko’plab musulmon mamlakatlarining zamonaviy tarixida ichki va tashqi siyosat muammolarini fatvo instituti yordamida hal qilishga misollar ko’p.
4-1430304-07-2026 -
MUSULMON MAMLAKATLARIDA AHOLINI DERADIKALIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN FATVOLARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLINI ILMIY-USLUBIY O‘RGANISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI
Bakhromjon MAMADIEV (Muallif)Maqolada musulmon mamlakatlarida aholini deradikalizatsiya qilishda qo‘llaniladigan fatvolarning tartibga soluvchi rolini ilmiy-uslubiy tadqiq qilish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ob’ekti – Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari tomonidan aholi ongini deradikalizatsiya qilishga qaratilgan fatvolar va predmeti – fatvolarni tartibga soluvchi roli va qo’llash jarayonlari.
Mavzuni o’rganish tarixiy, teologik, huquqiy, ijtimoiy-psixologik va siyosiy jihatlarni taqdim etadi va qo’yilgan vazifalarni hal qilish uchun bir qator ilmiy yondashuv va usullarni talab qiladi. Teologik va akademik yondashuvlarni qo’llashning ahamiyati asoslanadi.
Teologik yondashuvga ko’ra, ijtimoiy va boshqa barcha jarayonlar ilohiy nuqtai nazardan izohlanadi. Shuning uchun, asosan, jamiyatning real hayoti emas, balki diniy manbalarning tegishli normalari o‘rganiladi. Bu ilmiy yondashuv islom hukmlari va ularning asosiy tarkibiy qismlarini o‘rganishda qo‘l keladi. Tanlangan fatvoning har bir asosi – sura, Qur’on oyati, hadis yoki nufuzli ulamolarning xulosasi avvalo, diniy nuqtai nazardan tahlil va ko’rib chiqilishi kerak. Ammo, agar tadqiqot teologik jihat bilan bir qatorda tadqiqot ob’ekti va predmetining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa xususiyatlarini o’rganishni talab qiladigan radikallashuv muammosini nazarda tutsa, bu yondashuv amaliy xulosalar bermaydi. Shunday qilib, ilohiy yondashuv bilan bir qatorda akademik islomshunoslik yondashuvlarini ham qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Fatvolarning umumiy shakllari, turlari, munosabatlari, qoida va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ularning shakllanishi, qo‘llanilishi va samaradorligi bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rganuvchi qiyosiy metod ushbu tadqiqotning ilmiy-uslubiy asosining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usul fatvolarning oʻxshash shakllarini, shuningdek, oʻrganilayotgan har bir davlatning holati va sharoitiga qarab farqlarini ochib beradi.
Fatvolarni shakllantirish xususiyatlarini aniqlash uchun genetik usulni qo’llash kerak, ya’ni, ijtimoiy hodisalarni ularning rivojlanishini tahlil qilish asosida o‘rganish usuli. Ushbu ilmiy usulni qo’llashning ahamiyati birlamchi muammoni - ma’lum bir diniy masala bo’yicha paydo bo’lgan tushunmovchilik yoki nizoni aniqlash zaruratidadir.Fatvoning muhim tarkibiy qismi Qur’on me’yorlari, sunnat va nufuzli ulamolar xulosalariga tayanish bo’lib, chuqur tahlil qilish uchun rivoyat, mazmun tahlili usullarini, shuningdek, empirik yondashuvni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
46 - 5522306-07-2026
