- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Dinshunoslik fani insoniyatning madaniy, maʼrifiy, fikriy tarixini o‘z ichiga olgan gumanitar fanlar qatoriga kiradi. Bu fanning yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi ham nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr musulmon Sharqida ham alohida o‘rganilgan. Qiyosiy dinshunoslikning ilk asoschilari ham aynan musulmon olimlari hisoblanadi. Ular qatoriga Beruniy, Ibn Hazm, Shahristoniy, Kalbiy kabi bir qator olimlarni kiritish mumkin. Xususan, Ibn Hazm Andalusiy ham ilk bor dinlarni qiyosiy o‘rgangan musulmon olimlardan biri hisoblanadi. Beruniy va Ibn Hazm islom renessansi davrining yirik namoyondalaridan bo‘lib, ularning qiyosiy dinshunoslik sohasi bo‘yicha yozib qoldirgan asarlari soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Bu ikki qomusiy olimni dinshunoslar “Qiyosiy dinshunoslik sohasining otalari” deya e’tirof etishadi. Ular yozib qoldirgan asarlar hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va qiyosiy dinshunoslik sohasi tadqiqotchilari uchun asosiy manbalar bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu maqolada musulmon olamida qiyosiy dinshunoslik sohasining asoschilaridan biri hisoblangan Ibn Hazm Andalusiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va diniy muhit, shuningdek, olimning ilmiy merosi, uning bizgacha yetib kelgan asarlari, bir qator islomshunos va dinshunos olimlarning Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabatlari, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarining yozilish tarixi, asarda firqalar tasnifi va bu asarning dinlar va ulardagi firqalar tarixiga oid manbalar orasida tutgan oʻrni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va ob’yektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar batafsil bayon qilingan.
41-487223-07-2026 -
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL” ASARIDA XRISTIANLIK OQIMLARI TARIXI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Musulmon sharqida dinlarni o‘rganish an’analari boy tajribaga va o‘ziga xos uslubiyat hamda tamoyillariga ega bo‘lib, bu sohaning keyingi rivojiga, uning ko‘p tarmoqli yaxlit fanga aylanishiga mustahkam asos sifatida xizmat qilgan. XIX asr o‘rtalarida G‘arb dinshunosligi vujudga keldi va mustaqil fan sohasi sifatida e’tirof etildi. Natijada, ko‘pgina manba va adabiyotlarda dinshunoslik fani Yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan, degan fikr ommalashib ketgan. Yevropada dinshunoslik XIX asrga kelibgina shakllana boshlagan bir paytda musulmon sharqi bu borada anchagina taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, boy tajribaga ega edi.
Ushbu maqolada musulmon olimlarining Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabati, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarida xristianlikdagi firqalar tarixi va ta’limotlari yoritilgan. Shuningdek, xristianlik haqida ma’lumot beruvchi asarlar orasida bu asarning tutgan oʻrni tadqiq qilingan. Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fi-l-milal va-l-ahva va-n-nihal” sari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va obyektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar tahlil etilgan. Ibn Hazm Andalusiy xristianlik firqalarini funksional uzluksizligiga qarab tasniflaganligi, Xristianlik bilan o‘zaro munosabatda shakllangan firqalar haqidagi qarashlari, Ibn Hazm xristianlik firqalarining asoschilari, ularning tarixiy taraqqiyoti va qaysi hududlarda ta’sir ko‘rsatganligi haqida ma’lumot berish bilan birga, manbalarda uchramaydigan ba’zi firqalarning qarashlarini ham tushuntirgan.
Shuningdek, Ibn Hazm ushbu asarida Xristianlik Oriyoniylik(Arianizm), Bulyoniyya(Paulizm), Makedoniylik(Makedonius), Barbariylik(Barabarizm), Nasturiylik (Nestorianizm), Ya’qubiylik(Yakobizm), Marqyuniylik(Markanizm), Maruniylik(Maronizm) firqalari tarixi va eʼtiqodlari haqida qimmatli maʼlumotlar bergan.
40-485216-09-2026
