- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
OVQATDAGI KASHRUT VA HALOL MASALASIDA YAHUDIYLIK VA ISLOM DININING XUSUSIYATLARI
Aziza QURBONOVA (Muallif)Dinlarning asosiy omillaridan biri oziq-ovqat tizimi bo’lib, u geografik, tarixiy, ijtimoiy va madaniy kabi ko’plab jihatlarni qamrab oladi. Umuman dinga qiziqish ortib borayotgan bir sharoitda anʼanaviy diniy
konfessiyalarning samoidentifikatsiyasi, jumladan, diniy jamoalarning birligi va yaxlitligini qoʻllab-quvvatlovchi meʼyoriy mexanizmlarni aniqlashtirish masalalari ayniqsa dolzarb boʻlib qoldi. Har qanday etnik guruhning ovqatlanish tartibi oziq-ovqat uchun ishlatiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, mahsulotlarni tayyorlash va saqlash usullari, ulardan tayyorlanadigan taomlarning navlari, oziq-ovqatning etnik o’ziga xosligi, ular bilan bog’liq urf-odatlar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirish usullari, oziq-ovqat cheklovlari, taqiqlar va afzalliklar, ovqatlanish tartibi va ovqatlar tayyorlanadigan va iste’mol qilinadigan joylar, oziq-ovqat mahsulotlarining milliy xususiyatlari va an’analaridan iborat.
Islom va yahudiylik kabi dinlarda oziq iste’moli qaysidir ma’noda o’xshashdir. Islomda, shuningdek, yahudiylik (iudaizm) dinlarida oziq-ovqat alohida o’rin tutadi va bu xalqlarning ovqatlanish madaniyati ularning diniy manbalarida bayon etilgan ko’plab me’yorlar bilan tartibga solinadi. Shunga qaramay, ushbu dinlar e’tiqodchilarining ovqatlanish madaniyatida diniy omilning rolini har tomonlama va muvofiqlashtirilgan o’rganish haligacha amalga oshirilmagani ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlarning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada islom va yahudiylik dinlaridagi asosiy oziq-ovqat ko’rsatmalarini, ularning paydo bo’lishi va rivojlanishi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot mavzusi dolzarb va ilmiy ahamiyatga ega, chunki oziq-ovqat ko’rsatmalari diniy tizimlarning muhim tarkibiy qismidir. Turli e’tiqodlarning ovqatlanish madaniyatini tahlil qilish ular o’rtasidagi bog’liqlik, o’xshashlik va farqli jihatlarini topishga imkon beradi, bu umuman dinni, xususan, uning jamiyatda faoliyat ko’rsatish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Tadqiqotning maqsadi – islom va yahudiylikda ovqatlanish madaniyatidagi diniy omilni tahlil qilishdir. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi: islom va yahudiylik dinlarida iste’mol madaniyatiga oid birlamchi tushunchalarni aniqlash, din va ovqat iste’mol qilish madaniyatini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini aniqlash, taqqoslash, diniy an’analarda halol va kashrutning umumiy tamoyillarini tadqiq qilishdir.
78-883018-09-2026 -
XVIII АСР – XX АСР БОШЛАРИДА ЯҲУДИЙ ЖАМОАЛАРИ ДИНИЙ ИЕРАРХИЯСИ ВА МАЪНАВИЙ ҲАЁТИ
Jamolitdin KARIMOV (Muallif)Яҳудийлар тарихий жараёнда узоқ йўлни босиб ўтдилар. Бу эса кундалик турмуш билан боғлиқ ижтимоий ва моддий маданиятнинг барча жабҳаларига ўз таъсирини ўтказди. Айтиш мумкинки, узоқ давом этган бу жараён турли хил босқинчиликлар ҳамда ўзаро ички низо ва урушларсиз кечмади. Албатта, яҳудийлар ҳам бошқа миллатлар сингари бу жараёнлардан четда қолмади. Бу нарса эса уларни турли шаҳарларга кўчиб ўтиш ва у ерда бирлашиб жамоавий тарзда яшай бошлашга замин яратди. Ўртаосиёлик яҳудийларнинг аксар қисми юқори чўққиларга эришди ҳамда савдо-тижоратда катта ўринга эга бўлди. Бунинг яна бир омили сифатида, Ўрта Осиё ҳар доим тараққий этиш, ривожланиш учун “Буюк ипак йўли”дан катта манфаатдор бўлиб турганини ҳам келтириб ўтиш ўринли бўлади. Ўрганишлар Бухоро шаҳрида яҳудий жамоаси ХIХ аср ўрталарида анчагина тараққий топган ва ўзининг тартибли бир ташкилот тузилмасига эга бўлганини кўрсатади. Маъмурият бошида “калонтар” номли шахс турган, “Муллойи калон” лақабли бош рабби эса диний масалалар бўйича вакил сифатида хизмат қилган. Вақти- вақти билан бир киши бу иккита вазифани бажариши ҳам кузатилган. Дунёвий ва диний маъмурият бир-бири билан чамбарчас боғланган, аммо автоном тарзда фаолият кўрсатган. Мақолада минтақада шаклланган бухоро яҳудийларининг ижтимоий-диний бошқарув тизими, “Калонтар”, “Муллойи калон”, “оқсоқол”, “кайвоний” кабиларнинг вазифалари, фаолияти, яҳудийлар ҳаётида тутган ўрни каби масалалар таҳлил қилинган. Шунингдек, бухоро яҳудийларининг таълим тизими, турлари, у ерда дарс берган мутахассислар ҳақидаги маълумотлар ҳам мақоладан ўрин олган. Мақолага бухоро яҳудийларининг оғзаки ва ёзма манбалари, диний матнлар таржималари жалб қилинган ҳамда бухоро яҳудийларининг саводхонлик даражасини оширишда ўлкан ҳисса қўшган олимларнинг фаолияти таҳлил қилинган.
53-5910304-07-2026 -
JEWS’ ENTRY INTO CENTRAL ASIA AND THE FORMATION OF JEWISH DIASPORA
Jamaliddin KARIMOV (Muallif)Since ancient times, the territory of Central Asia, particularly Uzbekistan, has become an abode for representatives of various nations and nationalities, which lived under the same sky and have become an integral part of our homeland. Among them should be noted the Jewish community. The article is devoted to analysis of views on the appearance of Jews in the Central Asia, formation, characteristics and social life of Jewish communities. Also are disclosed relationships of the Jews with local people (Persians, Tajiks, Uzbeks, and others.), customs, and rites, the similarities and differences in the costumes.
34726-06-2026
