Mualliflar

  • Nigora Alisherovna KHAKIMOVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif
  • Soliha Obidjon qizi YODGOROVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2026/2/17-22

Kalit so‘zlar:

ohod xabar hujjat mazhab zonniy usul al-fiqh isnod qiyos faqih.

Annotasiya

Mazkur maqolada ohod xabar tushunchasi va uning fiqhiy mazhablarda hujjat sifatidagi o‘rni va uni qabul qilishdagi metodologik mezonlar ilmiy-nazariy jihatdan keng qamrovli tahlil qilingan. Ohod xabar (xabar al-vohid) islom huquqi manbalari tizimida zonniy (ehtimoliy) dalil sifatida baholanishiga qaramay, amaliy-shar’iy hukmlarni chiqarishda muhim o‘rin egallashi ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqotda hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhablarining ohod xabarni qabul qilish mezonlari va metodologik yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Ohod xabarni qabul qilishning beshta ittifoq qilingan sharti (roviyning musulmon, oqil, adolatli, rostgo‘y va zabt sohibi bo‘lishi) hamda hanafiy va molikiylarning qo‘shimcha talablari batafsil yoritilgan. Molikiylar Madina ahli amaliyotiga (amal ahli Madina) zid bo‘lgan xabarlarni rad etgan bo‘lsalar, hanafiylar xabarning umum al-balvo (har bir musulmonga tegishli masala bo‘lib uning hukmini bilishga butun jamiyat muhtoj bo‘lishi) doirasida bo‘lmasligi, roviyning faqih bo‘lishi, rivoyatning qat’iy sobit bo‘lgan shar’iy asoslarga  zid  bo‘lmasligi kabi qo‘shimcha shartlarni ilgari surganlar. Shofeiy va hanbaliy mazhablari esa sahih isnodni asosiy shart deb bilgan holda, ohod xabarni nisbatan kengroq doirada qabul qilganlar.

Shuningdek, maqolada ahli ra’y va ahli hadis maktablari o‘rtasidagi metodologik farqlar atroflicha yoritilgan. Ohod xabarning qiyos bilan o‘zaro munosabati, xususan, hanafiy mazhabida Karxiy va Dabusiy o‘rtasidagi roviy faqihligi haqidagi nazariy ixtiloflar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida, mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflarning hadisni inkor etishdan emas, balki uni talqin qilish va huquqiy dalil sifatida qo‘llashdagi yondashuvlardan kelib chiqqani asoslab berilgan.

Natijada, ohod xabar islom huquqi manbalari tizimida muhim dalil sifatida o‘z o‘rniga ega ekani va mazhabdagi tafovutlar fiqhiy qarashlarning boyligini namoyon etishi xulosa qilingan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Al-Bayanuni, E. F. (2013). The Issue of Madhhabs and Jurisprudential Differences. Ravza Publications. (in Turkish).

2. Chetinturk, T. (2021). The conditions adopted by madhhabs for acting upon khabar al-wahid and their impact on rulings: The case of Kitab al-Jana'iz. Van Journal of Theology. (in Turkish).

3. Dabusiy, A. Z. (2001). Taqvim al-adilla fi usul al-fiqh. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya. (in Arabic).

4. Ghazzali, A. H. (1994). Al-Mustasfa. (I. M. Ramazon, Ed.) Bayrut: Dar al-arkom. (in Arabic).

5. Jassos, A. B. (1994). Al-Fusul fi al-usul. (M. Tamir, Ed.) Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya.(in Arabic).

6. Juvayniy, A. M. (nashr yili ko'rsatilmagan). Al-burhon fi usul al-fiqh (Vol. I). (A. Dib, Ed.) Qohira: Dor ul-vafo. (in Arabic).

7. Kamali, M. H. (2003). Principles of Islamic Jurisprudence. Cambridge: The Islamic text society.

8. Koshum, A. (2008). The Jurisprudential Aspects of the Distinction between Reason (Ra’y) and Transmission (Hadith) Journal of Islamic Law Studies. (in Turkish).

9. Mansur, A. (2004). The Holy Qur’an: Translation and Commentary. Tashkent: Tashkent Islamic University. (in Uzbek).

10. Nujaym, I. (2001). Fath al-g'affor bi sharhi al-manor. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya.(in Arabic).

11. Qarofiy, A. A. (1993). Tanqih al-fusul fi ilmi al-usul. (T. Said, Ed.) Qohira: Dor al-fikr. (in Arabic).

12. Saraxsiy, A. S. (2005). Usul as-Saraxsiy. Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya. (in Arabic).

13. Shavkoniy, M. I. (2000). Irshod al-fahul (Vol. I). (A. H. Ushariy, Ed.) Ar-Riyod: Dor al-fozila. (in Arabic).

14. Shofeiy, I. (1961). Risola. (M. Xadduri, Trans.) Cambridge: The Islamic text society. (in English).

15. Taftazoniy, S. (nashr yili ko'rsatilmagan). Sharh at-talvih ala at-tadvih. Qohira: Maktabatu Muhammad Ali Sobih. (in Arabic).

16. Yusuf, M. S (2019). Usulul fiqh. Toshkent: Hilol-Nashr. (in Uzbek).

Tegishli maqolalar

Abdelwahed Awad MOHAMED Ali , NAHV VA  USUL  ILMLARI  O‘RTASIDAGI INTEGRATSIYA:  QAROFIYNING “NAFĀʾIS AL-UṢŪL” ASARIDAGI  HURUF AL-MA’ONIY  MISOLIDA , Islom ziyosi: Jild 8 № 4 (2025)

Muzaffar KAMILOV, МОВАРОУННАҲР  АЛЛОМАЛАРИНИНГ ФИҚҲ  ИЛМИ  РИВОЖИДАГИ  ЎРНИ , Islom ziyosi: Jild 9 № 1 (2026)

Bekzodbek MUKHTAROV, «АЛ-ФИҚҲ АН-НОФЕЪ» АСАРИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИНИНГ КОДИКОЛОГИК ТАҲЛИЛИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 4 (2019)

Soatmurod Uralovich PRIMOV, “АЛ-ФИҚҲ АЛ-АКБАР” АСАРИНИНГ МУАЛЛИФИ ВА САНАДИ БОРАСИДАГИ ҚАРАШЛАР , Islom ziyosi: Jild 7 № 2 (2024)

Abduvakhob UMAROV, TURKISTONDAGI (1867-1920) AN’ANAVIY TA’LIM TIZIMINING OLIY MAKTABLARI , Islom ziyosi: Jild 6 № 2 (2023)

Odiljon ERNAZAROV, DINIY OZCHILIK SHAROITIDA MUSULMON JAMOALARINING IJTIMOIY INTEGRATSIYALASHUV XUSUSIYATLARI , Islom ziyosi: Jild 9 № 2 (2026)

Ahmad SAAD Al-DAMANHURI, ABU ISO TERMIZIYNING AQIDA VA FIQHDAGI MAZHABI , Islom ziyosi: Jild 4 № 4 (2021)

Salima RUSTAMIY, ARAB TILSHUNOSLIGIDA MAONIY ILMIGA XOS QARASHLAR , Islom ziyosi: Jild 7 № 4 (2024)

Bakhromjon MAMADIEV, MUSULMON MAMLAKATLARIDA AHOLINI DERADIKALIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN FATVOLARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLINI ILMIY-USLUBIY O‘RGANISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI , Islom ziyosi: Jild 5 № 1 (2022)

Abdumannan ISMATULLAEV, МОВАРОУННАҲРДА ЁЗИЛГАН ТАЖВИД ВА ҚИРОАТ ИЛМИГА ДОИР МАШҲУРМАНБАЛАР , Islom ziyosi: Jild 3 № 2 (2020)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.