هذه نسخة قديمة منشورة في 16-09-2026. إقرأ النسخة الأحدث.

المؤلفون

  • Saidumarxon BURGUTXONOV INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2023/3/40-48

الكلمات المفتاحية:

Ibn Hazm Andalusiy “al-Fisol fil milal val-ahva van-nihal” dinlar tarixi Xristianlik oqimlar nestorianlik ya’qubiylik melkaniylik.

الملخص

Musulmon sharqida dinlarni o‘rganish an’analari boy tajribaga va o‘ziga xos uslubiyat hamda tamoyillariga ega bo‘lib, bu sohaning keyingi rivojiga, uning ko‘p tarmoqli yaxlit fanga aylanishiga mustahkam asos sifatida xizmat qilgan. XIX asr o‘rtalarida G‘arb dinshunosligi vujudga keldi va mustaqil fan sohasi sifatida e’tirof etildi. Natijada, ko‘pgina manba va adabiyotlarda dinshunoslik fani Yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan, degan fikr ommalashib ketgan. Yevropada dinshunoslik XIX asrga kelibgina shakllana boshlagan bir paytda musulmon sharqi bu borada anchagina taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, boy tajribaga ega edi.

Ushbu maqolada musulmon olimlarining Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabati, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarida xristianlikdagi firqalar tarixi va ta’limotlari yoritilgan. Shuningdek, xristianlik haqida ma’lumot beruvchi asarlar orasida bu asarning tutgan oʻrni tadqiq qilingan. Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fi-l-milal va-l-ahva va-n-nihal” sari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va obyektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar tahlil etilgan. Ibn Hazm Andalusiy xristianlik firqalarini funksional uzluksizligiga qarab tasniflaganligi, Xristianlik bilan o‘zaro munosabatda shakllangan firqalar haqidagi qarashlari, Ibn Hazm xristianlik firqalarining asoschilari, ularning tarixiy taraqqiyoti va qaysi hududlarda ta’sir ko‘rsatganligi haqida ma’lumot berish bilan birga, manbalarda uchramaydigan ba’zi firqalarning qarashlarini ham tushuntirgan.

Shuningdek, Ibn Hazm ushbu asarida Xristianlik Oriyoniylik(Arianizm), Bulyoniyya(Paulizm), Makedoniylik(Makedonius), Barbariylik(Barabarizm), Nasturiylik (Nestorianizm), Ya’qubiylik(Yakobizm), Marqyuniylik(Markanizm), Maruniylik(Maronizm) firqalari tarixi va eʼtiqodlari haqida qimmatli maʼlumotlar bergan.

التنزيلات

تحميل البيانات غير متوفرة حتى الآن.

المؤلفات المشابهة

Saidumarxon BURGUTXONOV, IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI , ضياء الإسلام: مجلد 5 عدد 4 (2022)

Abdurakhmon Anvarjon ogli TURSUNALIYEV, ABUL QOSIM SOID IBN AHMAD AL-ANDALUSIYNING “TABOQOT AL-UMAM” ASARIDA DINSHUNOSLIK MASALALARINING YORITILISHI , ضياء الإسلام: مجلد 9 عدد 3 (2026)

Muborakxon IBROHIMOVA, MUSULMON  OLIMLARINING  DINLARNI TADQIQ  ETISHDAGI  USLUBLARI , ضياء الإسلام: مجلد 9 عدد 1 (2026)

Mumin Mirzo Murodjon ugli ABDUPATTAYEV, Bibigulnar Amalbaevna ERBOSYNOVA , O‘RTA ASR DINLAR TARIXIGA OID MANBALARDA YAHUDIYLIK OQIMLARI E’TIDOQLARINING AKS ETISHI , ضياء الإسلام: مجلد 7 عدد 1 (2024)

Mumin Mirzo ABDUPATTAEV, ABUL MAOLIY MUHAMMAD IBN UBAYDULLOHNING “BAYONUL ADYON” ASARI – SHARQ QIYOSIY DINSHUNOSLIGI MANBASI SIFATIDA , ضياء الإسلام: مجلد 9 عدد 2 (2026)

Lazizaxon Abbasovna ALIDJANOVA, Lazzat Kasymbekovna RYSBEKOVA, ISLOM TA’LIMOTIDA INSON SALOMATLIGI VA MUSULMON MAMLAKATLARIDA SHIFOXONALAR EVOLYUTSIYASI , ضياء الإسلام: مجلد 7 عدد 1 (2024)

Nozimakhon AGZAMOVA, XRISTIAN TARIXCHILARINING  CHERKOV TARIXI DAVRLANISHI BORASIDAGI YONDASHUVLARI , ضياء الإسلام: مجلد 7 عدد 2 (2024)

Pirnazar Sardor o‘g‘li RAJAPOV, SALJUQIYLAR DAVRI TARIXI YORITILGAN O‘RTA ASRLARGA OID MANBALAR TAHLILI , ضياء الإسلام: مجلد 6 عدد 2 (2023)

Abduqahhor A. RAXMONOV, ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI , ضياء الإسلام: مجلد 7 عدد 3 (2024)

Dilorom MUMINJONOVA, MUSULMОN DINSHUNОSLIGIDА ISRОILIYОT QISSАLАRINING TАDQIQ ETILISHI , ضياء الإسلام: مجلد 6 عدد 3 (2023)

يمكنك أيضاً إبدأ بحثاً متقدماً عن المشابهات لهذا المؤلَّف.