Mualliflar

  • Feruza NIZAMOVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2021/3/68-77

Kalit so‘zlar:

forsiy adabiyot Parvin Eʼtisomiy badiiy timsol nazm shoir janr tahlil asar til.

Annotasiya

Eronning jahon miqyosida shuhrat qozongan badiiy soʻz ustalari orasida xotin-qiz shoiralar ham kam emas edi. Maqolada ana shu shoiralar osmonining yorqin yulduzlaridan biri Parvin Eʼtisomiyning merosini oʻrganilib, tadqiq qilingan. Parvin Eʼtisomiy 1907-yil 15-martda Tabriz shahrida mashhur adib Yusuf Eʼtisomiy oilasida tugʻildi. Boʻlgʻusi shoiraning otasi oʻqimishli kishi boʻlib, adabiyotga ixlosi baland edi. Maqolaning maqsadi shoira sheʼriyatidagi mafkuraviy va badiiy usulni oʻrganish, mahoratini aniqlash, shuningdek, uning ijodini tahlil qilish orqali eron adabiyoti tarixida uning asarlari oʻrnini aniqlashdan iboratdir. Eron adabiyotshunoslari Rashid Yosimiy, doktor Notil Parviz Xonlariyning aytishlaricha, Parvinning otasi tarjimon va isteʼdodli stilist ham edi. Uning adabiyot sahnasidagi xizmatlaridan biri – “Bahor” jurnalini nashr ettirganligidir. Parvin Yusuf Eʼtisomiyning yagona qizi edi. Yoshlik chogʻida ota-onasi va akasi bilan birga Tehronga koʻchib kelgan Parvin qizlar oʻrta maktabiga kirib oʻqiy boshlaydi. Maktabda Parvin oʻzining favqulodda isteʼdodi, qunti, odobi va kamtarligi bilan ajralib turardi. Maktabni muvaffaqiyat bilan tugatgani tufayli sinfdoshlari orasida yolgʻiz Parvin oʻqituvchilikka tavsiya etiladi. Parvinning dunyoqarashining shakllanishiga, ajoyib talantining gullab-yashnashiga otasi Yusuf Eʼtisomiy katta taʼsir koʻrsatadi. U otasidan fors va arab adabiyoti boʻyicha ham koʻp maʼlumot oldi. Otasi rahbarligida Parvin oʻz xalqi yaratgan boy adabiyot va sanʼatni qunt bilan oʻrgandi. Fransuz, ingliz, turk va arab tillarini yaxshi bilgan Parvin Yevropa va jahon adabiyoti bilan tanishadi. Ana shunday sharoitda ulgʻaygan Parvin yoshligidanoq sheʼr yoza boshlaydi. Eʼtisom-ul-mulkning uyida koʻpgina shoirlar yigʻilishib turardi. Ana shunday yigʻilishlarda qatnashgan Eron shoirlari Malik-ush-shuaro Bahor, Muhammad Qazviniy, Said Nafisiy va boshqalar isteʼdodli shoira Parvinning yangi ijodidan bahramand boʻlardilar. Bu sheʼrlarga ular tomondan berilgan yuksak baho va tahsinlar kamtarin xislatli, uyatchan Parvinni magʻrurlantirmasdan, aksincha isteʼdodli shoirani yanada koʻproq qunt bilan ishlashga undardi. Maqolada Parvin Eʼtisomiyning faoliyati va merosi qator olimlarning tadqiqotlari oʻrganilib, tahlil qilingan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. I jild. –T.: Fan, 1978. –18 b.

2. Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. II jild. – T.: Fan, 1979.– 449 b.

3. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik. 2-jild. Lirika. – Toshkent: Fan, 1992. – 247 b.

4. Bertels Ye.E. (1988) Istoriya literaturы i kulturы Irana. –M.: Nauka, 1988. –559 b.

5. Imomnazarov.M. (2013) X-XV asrlar. Fors mumtoz sheʼriyati (Davrlashtirish muammolari. Adabiyotning mustaqil maʼnaviy mohiyatining shakllanishi). – T., 2013. – B. 310.

6. Izzat Sulton. (1989) Adabiyot nazariyasi . –Toshkent: Oʻqituvchi, 1989. -378 b.

7. Muhammadrizo Ruzbeh. Hozirgi zamon Eron adabiyoti. –T., 2012.

8. Muhammadrizo Roʻzbeh. Hozirgi zamon Eron sheʼriyati: “yangi sheʼr”ning tarixiy tahlili. Sino // 2009-yil. –B. 34-35-36.

9. Mallayev N. (1976) Oʻzbek adabiyoti tarixi. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. 1-kitob. –Toshkent: Oʻqituvchi, 1976. – 662 b.

10. Nizamova F. (2019) The history of studying Khusrav Dekhlaviʼs work // The Light of Islam. – 2019. – T. 2019. – №. 2. – S. 95-99.

11. Osmanov N. (1974) Stil persidsko-tadjikskoy poezii IX–XVV. –M., 1974.

12. Osmanov N. (1970). Tip, metod i stil persidskoy poezii X v. // J. Narodi Azii i Afriki. –1970. – №1. – 156 b.

13. Ochilov E. (2016) Ruboiy tarjimasida shakl va mazmun birligi: fil. fan. nomzodi diss. Avtoref. – Toshkent, 1994. – 23 b.

14. .Parvin Eʼtisomi. (2017) Sheʼrlar. Jahon adabiyoti va madaniyati j-li. Mirza Kenjabek tarjimalari. – T., 2017.

15. Parvin Eʼtisomiy haqida maqolalar va sheʼrlar (1944). -Tehron, 1944. -B. 19.

16. Parvin Eʼtisomiy (1941). Sheʼrlar devoni. –Tehron, 1941. –B. 167.

17. Parvin Eʼtisomiy (1954). Sheʼrlar devoni. 4-nashri. – Tehron, 1954. – B. 268.

18. Parvin Eʼtisomiy (1954). Sheʼrlar devoni. 2-nashri. – Tehron, 1941. – B. 27.

19. Parvin haqidagi maqolalar va sheʼriy xotiralar. (1944) – Tehron, 1944. –B. 6–7.

20. Prigarina N.I. (1983) Obraznoye soderjaniye bayta v poezii na persidskom yazыke / Vostochnaya poetika Spetsifika xudojestvennogo obraza. –M., 1983. –B. 89–108.

21. Rubinchik Yu.A. (1963) tahriri ostida Persidsko-russkiy slovar. 2 tomlik -M., 1963.

22. Sovremennaya iranskaya proza. Antologiya iranskogo rasskaza. Tom I , II. SPb., 2010.

23. Sulaymonova F. (1997) Sharq va Gʻarb. –Toshkent: Oʻzbekiston, 1997.– 465 b.

24. Sulton Izzat. (1986) Adabiyot nazariyasi. –Toshkent: Oʻqituvchi, 1986. – 408 b.

25. Said Nafisiy (1323 h.). Parvin Eʼtisomiy. Payyome non j-li. –№2. 1323 h.y. -B. 99.

26. Turdiyeva O. (2015) Zamonaviy Eron hikoyanavisligi: monigrafiya. –Toshkent, 2015.

27. Turdiyeva O. (2020) Eron folklori: oʻquv qoʻllanma. –Toshkent, 2020.

28. Shomuhamedov Sh. (1963) Fors-tojik adabiyoti klassiklari. –T.: Oʻzdavbadadabnashr, 1963. –99 b.

29. Shomuhamedov Sh. (1968) Fors-tojik adabiyoti klassiklari ijodida gumanizm. –T.: Fan, 1968. – 432 b.

30. Shomuhamedov Sh. (1981) Xazinalar jilosi. – Toshkent: Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1981. – 400 b.

31. Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. –Toshkent: ToshDSHI, 2000. –140 b.

32. Shomuhamedov Sh. (2003) Forsiy sheʼriyatning asosiy shakllari. –Toshkent: ToshDSHI, 2003. -102 b.

33. Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. –T.: ToshDSHI, 2000. –140 b.

34. Quronov D. (2007) Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent : Fan, 2007. – 226 b.

35. Homidiy X., Abdullayeva Sh., Ibroximova S. (1970) Adabiyotshunoslik terminlari lugati. – Toshkent : Oʻqituvchi, 1970. -299 b.

36. Quronov D. (2010) Adabiyotshunoslik lugʻati. – T: Akademnashr. 2010. 173-b.

37. Eron shoirlari. -Toshkent, 1958. -B. 60-61.

38. Yan Ripka. (1970) Istoriya persidskoy i tadjikskoy literaturы. –M., 1970.

39. Shamsulmuluk Javohir Kalom. Islom va Eronning mashhur ayollari. I tom. –B. 7.

40. Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. – T.: TDSHI, 2000. – 140 b.

41. Doneshnome-ye adab-e forsi. Jeld-e avval. –Tehron, 1380. –C. 1041.

42. Farhangnome-ye adab-e forsi. –Tehron, 1381. –C.1535.

43. Sirus Shamiso. Sabokshenosi-ye sheʼr. –Tehron, 1382. –C. 238-239.

44. Rashid Yosemi. Adabiyot-e maoser. –Tehron.

45. Said Nafisi. Norix-e moxtasari-ye adabiyote Iron. Solnome.

Tegishli maqolalar

Ramil ADYGAMOV, TATARISTON RESPUBLIKASINING MUSULMONLARINING DINI IDORASI VA UNINH TARKIBIY BO’LINMALAR VA MASJIDLARNING IJTIMOIY HAYOTIGAGI HISSASI , Islom ziyosi: Jild 5 № 1 (2022)

Muhabbatxon AGZAMOVA, АБУ ЖАЪФАР МУҲАММАД ИБН ЖАРИР ТАБАРИЙНИНГ ИЛМИЙ МЕРОСИ , Islom ziyosi: Jild 5 № 1 (2022)

Shuxrat YOVQOCHEV, MОVERANAXR XALQLARINING ISLOM FANI VA MADANIYATIGA QO’SHGAN HISSASI , Islom ziyosi: Jild 5 № 1 (2022)

Guzal SHARIPOVA, MALAYZIYA TARIXIDA  DINIY SINKRETIZM VA  MILLIY  O’ZIGA XOSLIKNING  SHAKLLANISHI , Islom ziyosi: Jild 9 № 1 (2026)

Zilola TOIROVA, YAHUDIYLIK VA  ISLOM TA’LIMOTLARIDA  NIKOH MASALALARINING  QIYOSIY TAHLILI , Islom ziyosi: Jild 9 № 1 (2026)

Nilufar RASULOVA, Dildorakhon ULMASOVA, PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHDA PSIXOLOG KASBIY-ETIKAVIY TAMOYILLARGA AMAL QILISHINING AHAMIYATI , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Azamat IBRAKHIMOV, Zuhra IBRAKHIMOVA, DEZINFORMATSIYA AXBOROT PSIXOLOGIK TA’SIR USULI SIFATIDA (ZAMONAVIY XORIJIY TADQIQOTLAR ASOSIDA) , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Kamronbek ABDULAZIMOV, XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDAISLOM OMILI VA YAQIN SHARQMINTAQASIDAGI GEOSIYOSIYJARAYONLARNING O‘ZIGA XOSXUSUSIYATLARI , Islom ziyosi: Jild 2 № 3 (2019)

Abduvali ISADJANOV, Ilyos GULMURATOV, O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MILLIY USTUVORLIKLAR , Islom ziyosi: Jild 3 № 1 (2020)

Zokir ARIFDJANOV, خواستن [XĀSTAN] FUNKSIONAL EKVIVALENTLARI VA ULARNING FORMAL INVARIANTLARI , Islom ziyosi: Jild 3 № 1 (2020)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.