Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ABU ALI IBN SINONING TABIIY-ILMIY VA FALSAFIY QARASHLARI

    Gularam MASHARIPOVA (Muallif)

    Maqolada Abu Ali ibn Sino tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari har tomonlama tahlil qilindi va ilmiy merosidagi o‘sha davr ijtimoiy munosabatlari o‘rganildi. Ibn Sinoning boy falsafiy sistemasini ifodalovchi asarlarida («Kitob ash-shifo», «Kitob an-najot», «Donishnoma») mantiq, fizika, matematika, metafizik falsafiy bilimlar nuqtai nazaridan ilmiy jihatdan o‘rganildi. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish orqali olimning qarashlari yoritildi. Olimning qiziqish va e’tibori ko‘proq falsafa va tibbiyotga qaratilganiga e’tibor berilib, «Avitsenna» sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, «Tib qonunlari» bo‘lsada, «Shayxur-rais» nomi, eng avvalo, uning buyuk faylasufligiga ishora qiladi.


    Abu Ali ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari bilan bir qatorda diniy qarashlari ham o‘rganildi. Ibn Sino qarashlariga asosan Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi hech qachon yo‘qolmaydi. Materiyaning eng sodda bo‘linmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan o‘zgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan 4 unsur yo‘qolmaydi, abadiy saqlanadi.


    Shuningdek, Abu Ali ibn Sinoning geologiya, mineralogiya, kimyo fanlariga oid qarashlari va bugungi kundagi ilmiy ahamiyati qiyosiy tahlil qilindi.

    58-65
    272
    14
    23-06-2026
  • МОВАРОУННАҲР  АЛЛОМАЛАРИНИНГ ФИҚҲ  ИЛМИ  РИВОЖИДАГИ  ЎРНИ

    Muzaffar KAMILOV (Muallif)

    Ушбу мақолада Мовароуннаҳр алломаларининг фиқҳ илми ривожидаги ўрни вауларнинг и слом ҳуқуқшунослиги тараққиётига қўшган беқиёс ҳиссаси бирламчи манбалар асосида илмий таҳлил қилинган. Тадциқот доирасида ҳадис ва фиқҳ илмларининг минтақада шаклланиши, уларнинг институционал ва интеллектуал асослари, шунингдек, Ироқ ва Хуросон илмий мактабларинингушбу жараёнга ижобий таъсири атрофлича баён қилинган. Икки мактаб олимларининг илмий ҳамкорлиги натижалари асрлар давомида ижобий натижа сифатида намоён бўлиб келгани изоҳланди. Шу билан бирга, Мовароуннаҳрда шаклланган илмий муҳит, Мадраса таълим тизими, илм аҳлига бўлган ижтимоий муносабат ҳамда сиёсий барқарорлик каби омиллар мазкур ҳудудда фиқҳ илмининг ривожланишига муҳим замин яратгани ўз ифодасини топган.
    Мақолада Имом Бухорий, Имом Мотуридий, Бурҳониддин Маргиноний ва Абулайс Самарқандий каби йирик алломаларнинг ҳадисшунослик ҳамда фиқҳ илми ривожига кўшган ҳиссаси илмий нуқтаи назардан ёритилган. Хусусан, уларнинг асарлари орқали ҳадис ва фиқҳ ўртасидаги узвий боглиқлик, назарий-ҳуқуқий қоидаларнинг амалий ҳаётга татбиқи ва ҳанафий мазҳабининг методологик асослари таҳлил қилинган. Шунингдек, Мовароуннаҳр фиқҳ мактаби қиёс, истиҳсон ва ижтиҳод каби ҳуқуқий усуллардан самарали фойдаланган ҳолда назарий фиқҳни амалий қозиёт ва фатво амалиёти билан уйгунлаштиргани кўрсатилган.
    Шу билан бирга, мақолада Мовароуннаҳр фиқҳ мактабининг минтақавий ва халқаро таъсири ҳам таҳлил қичинган. Марказий Осиё, Ҳиндистон ва Усмонли ҳудудларида ҳанафий ҳуқуқ анъанаюрининг тарқазишида Мовароуннаҳр уламолари мероси муҳим аҳамият касб этгани асослаб берилган. Бу жараёнда Мадраса института илмий билимларнинг узлуксиз узатилииш ва фиқҳий мероснинг кенг тарқалишида муҳим роль ўйнагани қайд этилган.
    Тадқиқот натижалари бўйича Мовароуннаҳр алломачари томонидан шакллантирилган илмий анъана фақат уз даври билан чекланиб цолмагани, бачки ислам ҳуқуқшунослигининг кейинги ривожига ҳам кучли таъсир кўрсатгани асосланган. Улар яратган улкан мерос фиқҳ илмини тизимлаштириш, унинг назарий ва амалий асосларини мустаҳкамлаш ҳамда ҳуқуқий тафаккурнинг бардавом ривожига хизмат қилган муҳим манба сифатида баҳоланган.

    4-12
    302
    38
    23-05-2026
  • ALI AL-QARINING HAYOTI VA ILMIY MEROSI

    Islom UBAYDULLAYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Ali al-Qarining “Anvorul qur’on va asrorul furqon” asari haqida mulohaza yuritiladi.


    Ali al-Qarining ilmiy merosi va hayoti, ayniqsa, “Anvorul Qur’on va asrorul furqon” asari XVI–XVII asrlarda Movarounnahr va Hijozning ilmiy va ma’naviy rivojlanishida kata ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu maqolada mazkur asarni o‘rganish va tadqiq qilish asnosida Qur’on va hadis ilmi rivojlanishining o‘ziga hos jihatlari va xususiyatlari bayon qilinadi.


    Asarda ilmiy tahlil qilingan hadislarning yoshlar mafkurasi va ongiga, ularning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sirining muhim ahamiyati yoritiladi. Ilmsizlik tufayli bemazhablik yo‘liga kirib qolgan yoshlarni qaytarish, ularni to‘g‘ri tushunchalar bilan tarbiyalash zarur masalalardan biri sifatida qaraladi.


    Maqolada Ali al-Qarining ta’lim olgan ustozlari, ta’lim bergan shogirdlari va yozgan kitoblari, ilm talab qilib ko‘plab yurtlarni kezib chiqqanligi, turli mamlakatlar madaniyatidan ham bohabar bo‘lganligi va nihoyat makkada muqim yashab qolganligi haqida ham batafsil yoritilgan. Bundan tashqari olimning ilmiy merosi Hanafiy mazhabi, undagi arkonlar bo‘yicha ham naqadar nodir namuna ekanligi to‘g‘risida ham ma’lumot beradi.

    67 - 74
    251
    24
    27-06-2026
  • ABU YUSUF – BUYUK FAQIH

    Dr Abduqahhor (Muallif)

    Аbu Yusuf VIII asrning so‘nggi choragida yashagan islom olamidagi eng muhim shaxslaridan biridir. U islom ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan mujtahid olim sifatida fiqh ilmi maktablaridan biri bo‘lgan hanafiylik mazhabining nazariy asoslarining shakllanishida beqiyos o’ringa ega.


    Ushbu maqolada Аbu Yusuf yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhit, ilmiy-ma’naviy holat, uning tavalludi va nasl-nasabi, yoshligi, hayoti-faoliyati va ilmiy merosi, kimlardan qanday talim olganligi, shogirdlari, qozilik davri va ayrim fiqhiy qarashlari tadqiq etilgan.


    Abu Yusuf hanafiylik mazhabida Abu Hanifadan keyingi hurmatga sazovor shaxs bo‘lgan va mazhabning usulini belgilovchi juda muhim faqihdir. Afsuski, Abbosiylar davlatida bosh qozi bo‘lib ishlagan, ayni paytda mazhab uslubini bevosita tatbiq etgan va uni qo‘llashning ilk namunalarini ko‘rsatgan Abu Yusuf haqida mamlakatimizda ko‘p tadqiqotlar olib borilmaganini ko‘rishimiz mumkin.


    Yurtimiz musulmonlarining aksariyati hanafiy mazhabiga mansub ekanini hisobga olsak, hanafiy mazhabini keng targ‘ib qilgan imom Abu Yusufning ilmiy merosi va uning fiqh ilmini chuqur bilishi muhim sanaladi. Abu Yusuf nafaqat Abu Hanifaning eng zabardast shogirdi edi, balki u Abu Hanifa usulini amaliy hayotga tatbiq qiluvchi mazhab nazariyotchisi hamdir. U islom olamida ulkan davlat bo‘lgan Abbosiylar xalifaligi davrida bosh qozi sifatida davlat boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan. U 100 ga yaqin  shogirdlarni yetishtirgan. Abu Yusufning mana shunday yuksak fazilatlari uning ilmiy merosini har tomonlama tadqiq etishni talab qiladi. Biroq uni bir maqola doirasida har tomonlama ochib berishning iloji yo‘q. Shu bois maqolada u zotning hayoti, ijodi va fiqhiy qarashlari tadqiq etiladi.

    47-56
    263
    26
    17-07-2026
  • ZOHID  KAVSARIY VA  UNING  ILMIY MEROSINI  O‘RGANISHGA  OID ZAMONAVIY TADQIQOTLAR

    Boburshox XABIBIDINOV (Muallif)

    Mazkur maqolada hanafiy fiqhining so 'nggi davr yirik namoyandalaridan biri — Muhammad Zohid al-Kavsariy (1879-1952) hayoti, ilmiy faoliyati va merosining zamonaviy islomshunoslikdagi o'rni tahlil qilingan. Tadqiqotda olimningfiqh, usuhd-fiqh, kalom, hadis va manbashunoslik sohalaridagi asarlari, ularning ilmiy-metodologik yondashuvlari hamda hanafiy!ik maktabining keyingi rivojlanish bosqichlariga ко ‘rsatgan ta siri chuqur о 'rganilgan. Zohid Kavsariy о 'z davrida diniy tafakkurda ijtihodiy fikr yuritish, ilmni zamon ehtiyojlari bilan uyg 'unlashtirish, shuningdek. shariatni zamonaviy ijtimoiy muammolarga tatbiq etish g 'oyalarini ilgari slogan.
    Uning "Maqolot”, “al-Tanbih al-waqi'at" va “aliiavi fi tarajim al-Hanafiyya ” kabi asarlari nafaqat fiqh ilmi, balki musulmon tafakkurining metodologik asoslarini mustahkamlashda ham muhim о ‘rin tutadi. Kavsariy ilmiy merosida hanafiy fiqhi va kalom о ‘rtasidagi о ‘zaro bog ‘liqlik, diniy-mantiqiy tafakkurning falsafiy asoslari, shuningdek. manbashunoslik yondashuvining yangi tamoyillari yoritilgan. Tadqiqotda tarixiy-taqqosiy, kontent-tahlil va manbashunoslik uslublari qo 'llanilib, Kavsariy merosiga zamonaviy arab, turk va о ‘zbek olimlari tomonidan berilgan baholar tahlil qilingan.
    Maqolada Kavsariy fikrlarining bugungi islomshunoslikda, xususan, fiqhiy yondashuvlarning modernizatsiyasi va ma 'rifiy tafakkurning rivojida tutgan о 'rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ко 'rsatadiki. Muhammad Zohid al-Kavsariy о 'z davrida ilmiy an ’analarni yangicha tafakkur bilan uyg ‘unlashtirgan, ijtihod eshigini ochiq saqlash zarurligini ta'kidlagan va diniy tafakkur mustaqilligini himoya qilgan allomadir. Uning ilmiy merosi bugungi kunda ham hanafiylik metodologiyasini, islom tafakkuri tarixini hamda diniy-ma 'naviy yangilanish g ‘oyalarini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida e ’tirof etiladi.

    81-88
    276
    24
    18-05-2026
  • РОЖИЙ МАРҒИНОНИЙ ТАЪРИХЛАРИ ТАРИХИЙ МАНБА СИФАТИДА

    Nodirjon ABDULAHATOV (Muallif)

    Мақолада фақиҳ ва шоир Хожажон Хожа – Рожий Марғиноний (1834–1918) таърихлари ҳақида маълумот берилган. ХIХ аср охири 0Ц ХХ аср бошларидаги Марғилон адабий муҳитининг истеъдодли вакилларидан бири етук олим, маърифатпарвар шоир Рожий Марғиноний эди. Хожажон қози шеъриятда «Рожий» (арабчада «умидвор») тахаллуси билан ижод қилган.  Рожий адабий мероси Ўрта Осиё маданиятига хос бўлган умумий хусусиятлар билан бир қаторда ўзига хос ранг ва ўзига хосликни ҳам ўз ичига олади. Рожий иккинчи солиҳ халифа Умар бин Хаттоб авлодидан ҳисобланади. Рожийнинг аждодлари бир неча ўн йиллар давомида Фарғона водийсида бообрў хонадон аҳллари орасида этакчи ўринларни эгаллаб келганлар. Улар Марғилонда энг юқори юридик ҳокимиятдаги қози-калон лавозимларида фаолият юртиб келганлар. Рожий шоир сифатида ўзининг ўтмишдошларининг энг яхши анъаналарини давом эттирди ва ривожлантирди. Рожий асарларида халқ золимларининг сатирик образлари бутун галереяси яратилган. Сатира аслида Рожийнинг асосий чақириғи. Фарғона водийси (қози-калонлар) бошлиғи сифатида у қозихонанинг сирларини, қозиларнинг ҳийлаларини билар эди. Рожийнинг кўпгина шеърлари, хусусан, маснавий (жуфтлик), марcия - таърих (хронограмма) табиатан фалсафий характерга эга. Шоир инсон ҳаётининг моҳияти, унинг ўтмиши ҳақида мулоҳаза юритади. Рожий Марғиноний фаолияти ва мероси Фарғона водийси халқларининг маънавий ва маданий ҳаётини ўрганишда муҳим аҳамият касб этади.

    130 - 138
    94
    20
    23-06-2026
  • УМРИНИНГ УЧ ЙИЛИНИ БУХОРОДА ЎТКАЗГАН ШАЙХ ХОЖА ҲАСАН БУЛҒОРИЙ: МУХТАСАР ТАЛҚИН ВА ТАҲЛИЛ

    Nematullo NASRULLAYEV (Muallif)

    Аннотация. Мазкур мақола Бухоро шаҳрининг тарихий, маданий ва илмий аҳамиятига, шунингдек, унинг ўтмишдаги буюк диний ва илмий шахсларидан бири Хожа Ҳасан Булгорий ҳаёти ва фаолиятига багишланган. Бухоро шаҳри, юртимизнинг қадимий ва машҳур илмий марказларидан бири сифатида, ўзининг бой тарихий мероси, диний, илмий ва маданий анъаналари билан Шарқда ало.ҳида у ринга зга. ХожаҲасан Булгорий, Бухоро шаҳрида ўзининг илмий фаолияти ва диний таълимоти билан танилган, шунингдек, у тасаввуф илмига оид ўгитлар ва амалиётлари билан ҳам машҳурдир.
    Ушбу мақолада Хожа Ҳасан Булгорий ҳаёти, унинг илмий ишлари, диний таълимотлари ва шогирдлари ҳақида батафсил маълумотлар келтирилган. Мақолада Булгорийнинг Бухородаги илмий ва диний фаолиятининг аҳамияти, шунингдек, унинг тасаввуфдаги ўрни ва халқ орасидаги таъсири тўгрисида суз боради. Булгорий нафақат ўз даврининг машҳур олими, балки унинг нафақат Бухорода, балки бу тун ўша даврдаги мусулмон дунёсида таъсир ўтказганлиги ҳам таъкидланади. Хожа Ҳасан Булгорийнинг шогирдлари орасида, масалан, Садруш-шариъа нами билан танилган Убайдуллоҳ ибн Масъуд каби йирик мутафаккирлар мавжуд эди, улар Булгорийдан олинган илмий ва диний ўгитларга асосланиб, уз фаолиятларини давом эттирганлар. Шунингдек, мақолада Булгорийнинг илмий услубининг хусусиятлари, унинг ҳаётига оид маълумотлар, шунингдек, унинг номи билан аталган Бухородаги «Хожа Булгорий» гузари ва масжидининг аҳамияти ҳақида ҳам батафсил маълумотлар келтирилган. Булгорийнинг тарихий мероси ва унинг илмий ютуқлари, бугунги кунда ҳам Бухоро шаҳрининг диний ва илмий ҳаётидаўзининг катта аҳамиятини сақлаб келмоқда.

    4-10
    293
    58
    01-04-2026
  • Zamonaviy fanda islom tarixi muammolari tadqiqi

    Kobiljon ZOHIDOV (Muallif)

    Ushbu ilmiy maqola Rossiya, Sovet Ittifoqi, arab va о ‘zbek sharqshunoslarining islom davlatchiligining ilk shakllanishi va taraqqiyotiga qo ‘shgan hissasini kompleks ravishda tahlil qilishga bag ‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida rus va sovet olimlari, jumladan, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold. A. Yu. Yakubovskiy va I.P. Petrushevskiylaming islom davlatchiligining vujudga kelish sabablari, uning siyosiy tuzilishi, boshqaruv mexanizmlari va xususiyatlari borasidagi qarashlari chuqur tahlil etilgan. Ularning ilmiy maqola va asarlari, nazariy yondashuvlari va islom sivilizatsiyasining siyosiy, ijtimoiy va madaniyjihatlariga oidfikrlari solishtirma ravishda о ‘rganilgan.
    Shuningdek, maqolada arab mualliflari, xususan, Muhammad Xudariy, Hasan Ibrohim Hasan, Abdulmuni’m Mojid, Mahmud Shokir, Akrom Ziyo Umariy va Muhammad Sallobiylarning asarlarida islom tarixining turli bosqichlari, siyosiy va ijtimoiy tuzilmalari, boshqaruv an ’analari va tarixiy manbalarga bo'lgan munosabati batafsil ко‘rib chiqilgan. Ushbu olimlarning ilmiy maqola va asarlari islom davlatchiligi tarixi bo ‘yicha muhim manba sifatida baholangan.
    Maqolaning muhim qismini о ‘zbek sharqshunoslarining ilmiy maqola va asarlari tashkil etadi. Ushbu qismda Usmonov Mutallib Ahmadovichning Qur oni karim tarjimasi va tafsiri, U.Uvatovning Imom Buxoriy, Imorn Termiziy, Mahmud Zamaxshariy va Abu Mansur Moturidiylarning merosini o‘rganishga bag'ishlangan tadqiqotlari, Sh.S. Kamoliddinovningklassik arab manbalari (“Kitab al-ansab ”, “Futuh al-buldan ”, “Surat al-ard”) tarjimasi va tahlili tadqiq qilingan. A. Hasanovning qadimgi Arabiston, Mamluklar davri va islomning ilk davri tarixiga oid tadqiqotlari, shuningdek, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va hayot” silsilasi va “Islom tarixi ” asarlarining ahamiyali yoritilgan.
    Maqolada islom davlatchiligi tarixini diniy va dunyoviy nuqtayi nazardan о ‘rganish, manbashunoslik, tarixshunoslik va diniy tafsirlarning о ‘zaro bog 'liqligiga e ’tibor qaratilgan. Zamonaviy ehtiyojlardan kelib chiqib yaratilgan ommabop asarlarning ahamiyati ham ta ’kidlangan. Tadqiqot natijalari islom sivilizatsiyasi, siyosiy tarix va tarixshunoslik sohalaridagi kelgusi tadqiqotlar uchun muhim asos bo ‘lishi mumkin.

    13-23
    372
    46
    12-05-2026
  • АЛИХОНТЎРА СОҒУНИЙНИНГ ТАРЖИМА АСАРЛАРИ: УМУМИЙ ТАВСИФ ВА БИРЛАМЧИ ТАҲЛИЛЛАР

    Zarifjon ARSLONOV (Muallif)

    Алихонтўра Соғунийнинг (1885-1976) илмий мероси икки турли бўлиб, булар олимнинг ўзи томонидан ёзилган асарлар ва таржима асарларидан иборат. Мазкур мақолада олимнинг таржима асарлари, жумладан, Армени Вамберининг “Бухоро ёҳуд Мовароуннаҳр тарихи”, Дарвеш Али Чангийнинг “Мусиқа рисоласи”, Аҳмад Донишнинг “Наводир ал-вақоеъ”, Амир Темурнинг “Темур тузуклари” асарлари, уларнинг ёзилиш тарихи, мазмуни ва ўзига хос жиҳатлари, тавсифланиб, бирламчи таҳлиллари олиб борилди. Алихонтўра Соғуний шахсияти унинг сиёсий фаолиятлари орқали барчага маълум. Лекин, унинг илмий меъроси ҳали етарли даражада тадқиқ этилмаган.


    Масалан, олимнинг қаламига мансуб “Туркистон қайғуси” ва “Тарихи Муҳаммадий” асарлари бир неча бор нашр этилганига қарамай, алоҳида олиниб, ёзилиш давридаги сиёсий, маърифий ва диний муҳит, манбалари, уларда кўтарилган масалаларнинг бугунги ҳолати каби жиҳатлар синчиклаб ўрганилмаган.


    Ушбу мақолада тавсиф ва таҳлили олиб бориладиган таржима асарлар хусусида тўхталадиган бўлсак, мазкур асарлар ўз йўналишлари бўйича шоҳ асарлар сирасига киради. Масалан, Амир Темурнинг дастлаб, туркий тилда битилган, лекин, бугунги кунда фақат, форсий нусхалари сақланиб қолган “Тузуклар”и ўз соҳаси бўйича тенгсиз ҳисобланади. Чангийнинг “Мусиқа рисоласи”да айтилган етти турдаги нота масаласи эса ушбу асарнинг мусиқа соҳасида нақадар қимматли асар эканлигини кўрсатади.


    Ваҳоланки, Европада битта нота маълум холос. Ўзининг айғоқчилик қобилияти билан, шунингдек, шарқ тиллари билимдони сифатида танилган венгриялик сайёҳ Армени Вамберининг “Бухоро ёҳуд Мовароуннаҳр тарихи” асари Соғуний томонидан ўзбек тилига ўгирилган яна битта тарихий манба саналади. Мазкур асар ўзида Ўрта Осиёнинг энг қадимги даврларидан то ХIХ асрнинг иккинчи ярмигача бўлган тарихини ўз ичига олиши ва кўплаб бирламчи манбалар асосида ёзилиши жиҳатидан алоҳида аҳамиятга эга. Аҳмад Донишнинг Бухоро амирлиги тарихига оид “Наводир ал-вақоеъ” асари Соғунийнинг яна бир кашфиётидир. Мазкур асарнинг аҳамияти хусусида таржимоннинг ўзи китобнинг кириш қисмида батафсил тўхталиб ўтган. Кўриниб турибдики, Алихонтўра Соғуний таржимасига қўл урган асарларнинг барчаси ўзида мужассам этган ноёб маълумотлари билан алоҳида аҳамиятга эгадир.

    74 - 81
    324
    26
    06-07-2026
  • АМИР ТЕМУР СИЁСИЙ ҚАРАШЛАРИДА ДИНИЙ ТАМОЙИЛЛАР

    Tulkin ALIMARDONOV (Muallif)

    Ушбу мақола буюк саркарда ва давлат арбоби Амир Темур сиёсатида дин ва давлат ўртасидаги мувозанатни ўрганади. У ўзининг сиёсий фаолиятида ислом ҳуқуқини дунёвий давлат тамойилларига сингдиришга муваффақ бўлган моҳир шахс бўлганлиги маълум бўлди. Ҳукумат адолатли воситалар ва усулларни яратишда ўқитувчиларининг кўрсатмаларига амал қилганлиги ва бу диний ва фалсафий қарашлар мамлакат тараққиётида муҳим назарий тамойил бўлиб келганлиги қиёсий ўрганилди. Амир Темур миллий давлатчилигининг буюк тарихий ва маданий мерос сифатида ушбу сиёсий фалсафаси бугунги кунда кўп тадқиқотлар мавзусидир. У яратган сиёсий фалсафа манфаатларнинг бирлашувида, халқнинг олий мақсадларига эришишда самарали ва ижобий рол ўйнаши тобора аён бўлмоқда. Бугунги кунда бир қатор манбалар ва нашрларда Амир Темур мероси бошқарув ва давлат бошқарувини такомиллаштириш, кучлар ва манфаатларни мувозанатлаш, барқарор ривожланиш шакллари ва воситаларини жорий этиш, миллатлараро ва динлараро бағрикенглик фалсафасини ўрганишда озод ғояга айланганлиги тўғрисидаги тадқиқотлар таҳлил қилинди.


    Амир Темур жамиятнинг объектив ва субъектив қонуниятлари ривожланишини тушунадиган, бошқарувда анъаналар ва қадриятларни жорий этиш, унинг эҳтиёжларига жавоб берадиган воситаларни яратиш, давлат бошқарувида адолатни жорий этиш учун мукаммал тизим яратган тарихий шахс, буюк шахс сифатида эътироф этилади.

    163 - 174
    230
    22
    23-06-2026
  • ИМОМ ШАҲРИСТОНИЙ ИЛМИЙ МЕРОСИ ВА ОЛИМ АСАРЛАРИНИ ТАДҚИҚ ЭТИШДАГИ ЁНДАШУВЛАР

    MUMIN MIRZO Abdupattaev (Muallif)

    Бугунги глобаллашув даврида тарихни холисона ўрганиш, миллий ва диний қадриятларни қайта тиклаш, аждодлардан қолган бой, маънавий-маданий меросни асраб-авайлаш, тадқиқ этиш ҳамда уларни келажак авлодларга етказиш долзарб масалалардан ҳисобланади. Бу эса миллатнинг, айниқса, ёшларнинг маънавий баркамол бўлиб етишишида муҳим омилдир.


    Соф исломий эътиқод эгаларини тарбиялаш ва улар орқали кенг халқ оммаси онгига ислом динининг эзгу тушунчаларини етказиш ва турли адашган оқимларга қарши курашиш бугунги кунда юксак вазифага айланди.


    Тарихдан маълумки, ислом динидан турли оқим ва фирқалар ажралиб чиққан. Мовароуннаҳр, Хуросон ва бошқа мусулмон диёрлар олимлари диндан ажралиб чиққан фирқаларнинг турли ғоя ва қарашлари, асл моҳиятини очиб бериш ва уларга соф исломий далиллар билан раддия бериш мақсадида муҳим изланишлар олиб боришган ва бу борада катта ютуқларга эришиб, қимматли асарлар ёзиб қолдирганлар. Мана шундай олимлардан бири – Хуросон минтақасидан чиққан, динлар тарихига оид мўътабар манба қолдирган Абул Фатҳ Шаҳристонийдир. Имом Шаҳристонийнинг “ал-Милал ва-н-ниҳал” асарида нафақат ислом динидан ажралиб чиққан фирқалар ҳақида, балки бошқа динлар ва эътиқодларга доир муҳим маълумотлар келтирилган. Шунинг учун ҳам ҳозирги кунимизда ушбу китоб мазҳаблар тарихини ўрганишда самарали асарлардан бири саналади. Бундан ташқари олим фиқҳ, калом, фалсафа каби илм соҳаларида ҳам асарлар ёзиб қолдирган. Бу асарлар бугунги кунимизда ҳам долзарб саволларга жавоб берувчи бебаҳо манбалар сифатида баҳоланади.


    Ушбу мақолада олимнинг асарлари, муаллиф ҳақидаги уламоларнинг эътирофлари ва олим асарларининг тадқиқ этишдаги ёндашувлар тадқиқ этилган.

    59 - 67
    351
    21
    08-07-2026
  • БАДРУДДИН АЙНИЙ МАЪНАВИЙ МЕРОСИНИНГ ҲАДИСШУНОСЛИКДАГИ ЎРНИ

    Barot M. AMONOV (Muallif)

    Мақолада XIV-XV аср Мамлуклар даврида яшаб ижод қилган Бадруддин Айнийнинг ҳаёти ва илмий меросини ўрганиш билан бирга маънавий меросининг ҳадис илми ривожида тутган ўрни ҳам тадқиқ этилган. Бадруддин Айний диний илм олиб улғайган бўлса-да, Мамлук султонлигининг маъмурий лавозимларда кўп йиллар давомида хизмат қилди. Шу билан бирга султонликдаги диний-илмий муҳитнинг ривожланишига катта ҳисса қўшди. Бундан ташқари, илмий фаолияти давомида тафсир ва Қуръон илми, суннат ва ҳадис илмида, сийрат, тарих ва тарожумда, тилшунослик ва адабиётда, ваъз, хутба ва руқия каби йўналишларда асарлар ёзди. Асарлари орасида Имом Бухорийнинг шоҳ асари “Саҳиҳул Бухорий”га ёзган шарҳи ҳанафий мазҳаби асосида шарҳланганлиги билан ислом манбашунослигида муҳим аҳамият касб этади. Бадриддин Айнийнинг асарлари орасида ислом оламида машҳур “Умдатул Қорий” асари бўлиб, у ҳанафий мазҳаби асосида шарҳланган. Бу асар ҳадис илмига оид энциклопедик асар бўлиб, содда ва аниқ услубда ҳадис матнининг маънолари, фиқҳий масалалари ва илмий жиҳатлари ёритилишидан ташқари, унинг грамматик – синтаксис, морфология қоидалари ва балоғат илмига тегишли жиҳатларига эътибор қаратилган. Дарҳақиқат, Бадриддин Айний ва Имом Бухорий ўртасида саккиз ёки тўққиз санад бўлиб, ишончли ва машҳур ровийлар орқали Фирабрийдан сўнг Бухорийга етиб боради. Фирабрийнинг Имом Бухорийдан “Саҳиҳул Бухорий”ни қилган ривояти Бадруддин Айнийга учта йўл орқали етиб келган. Улар: Абу Ҳайсам Кашмиҳаний (ваф. 389/999), Абу Муҳаммад Сарахсий (ваф. 381/991) ва Абу Али ибн Шибавайҳ орқали етиб келган. Имом Бухорийдан Айнийгача келтирилган санадлар уч йўл билан икки ровий орқали етиб келганини англашимиз мумкин. Натижада, “Умдатул Қорий” икки шайх Зайниддин Ироқий ва Тақийюддин Муҳаммад ибн Маъиниддин Муҳаммад ривоятлари орқали етиб келган Саҳиҳул Бухорий нусхаси асосида шарҳланганлигига амин бўламиз. Айний “Умдатул Қорий” асарини тасниф этишда ундаги масалаларни кенгроқ шарҳлар мақсадида турли китобларга мурожаат қилиб, улардан айримларидан иқтисоб келтириш йўли билан ёки тўғридан-тўғри матнни келтириш орқали 130 га яқин манбалардан фойдаланган. Мазкур мақолада Айнийнинг илмий фаолияти, Султонликда тутган ўрни, диний турли йўналишларда ёзган асарлари, жумладан, ҳадис илми йўналишида асарлари, шоҳ асари “Умдатил Қорий”нинг санади ва асарлари ичида Мовароуннаҳр уламолари асарларига ёзилган шарҳ тўғрисида маълумотлар ёритилган.


     

    24-31
    331
    20
    06-07-2026
  • AMIR XUSRAV DEHLAVIY RUBOIYLARINING O‘RGANILISHI

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Қуйидаги мақолада Амир Хусрав Деҳлавий меросининг қўлёзма манбалари, айниқса Ўз-бекистон Республикаси Фанлар академиясининг Абу Райҳон беруний номидаги Шарқшунослик институтида сақланаётган қўлёзма девонлари ва бошқа қўлёзма нусхалар, улардаги рубоийлар таҳқиқи юзасидан амалга оширилган илмий изланишлар ҳақида маълумотлар келтирилади. биз кўриб чиққан қўлёзма нусхаларда берилган ғазалларнинг қайси девондан олингани бирма-бир зикр этиб борилгани ҳолда, рубоийларнинг қаердан олингани қайд этилмаган. Рубоийларнинг берилиш тартиби кўпгина қўлёзмаларда бирор принципга асосланган эмас. Фақат уларнинг айримларидагина ё рубоийларнинг бош сўздаги биринчи ҳарфга, ёки қофиянинг охирги ҳарфига қараб, алифбо тартибида жойлаштирилгани кузатилади. Қўлёзма нусхаларда бешта девондаги рубоийларнинг аралаш ҳолда берилишини шоир девонларининг кўп вақтдан бери давом этиб келаётган, бир тўпламга жойлашга уриниш тенденцияси билан изоҳлаш мумкинлигини таъкидлаш мумкин. Мақоладаги кузатувларимиздан шуларни англашимиз мумкинки, Амир Хусрав Деҳлавий рубоийлари юзасидан олиб бориладиган тадқиқот учун шоирнинг Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг Абу Райҳон беруний номидаги Шарқшунослик институтида сақланаётган қўлёзма девонлари ва бошқа қўлёзма нусхалар асосий манба бўлиши мумкин. Шунда нашрларидаги нуқсонларини ҳам бартараф этиш ва кенг миқёсдаги рубоийларни таҳлил доирасига тортиш имконига эга бўламиз. Амир Хусрав Деҳлавий рубоийларининг Конпур, Теҳрон ва Душанбе нашри материаллари шоир ижод этган рубоийларни етарли миқдорда қамраб ололмагани туфайли, улардан илмий тадқиқот иши учун фақат ёрдамчи манбалар сифатидагина фойдаланиш мумкин. Ўзбекистон Фанлар академияси Абу Райҳон беруний номидаги Шарқшунослик институти қўлёзмалар хазинасидаги рубоийлар устидаги изланишларимиз шоирнинг бу жанрдаги шеърлари тўпламини яратиш учун ишончли ва салмоқли манба бўла оладиган қўлёзма нусхаларга эга эканини кўрсатади. Амир Хусрав Деҳлавий поэтик меросини тўлалигича йиғиб бўлмаслиги ҳақидаги ўтмиш ва кейинги асрлар ҳамда ҳозирги замон соҳа мутахассисларининг фикрини унинг рубоийларига ҳам тааллуқли деб билиш лозим. Аммо бу фикр республикамиз фонди қўлёзмаларига асосланган ҳолда Амир Хусрав Деҳлавий рубоийларининг миқдор жиҳатдан энг салмоқли тўпламини яратиш имконини тўсиб қўймаслиги керак. Амир Хусрав Деҳлавий қўлёзма нусхаларнинг кўплиги уларда қачон қайси рубоийларни такрор-такрор кўчирилганини аниқлаш орқали замона маънавий-эстетик эҳтиёжини белгилаш юзасидан изланишлар олиб бориш имконини беради.

    150-158
    230
    28
    03-07-2026
  • АХЛОҚИЙ ВОРИСЛИК – ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ, ТАРИХИЙ ҲОДИСА СИФАТИДА

    Matlyuba QAHHOROVA, Mavluda RAXIMSHIKOVA (Muallif)

    Мазкур мақолада фалсафий қонуниятлардан бири ворисликнинг ўзига хос жиҳатлари, унинг хулқ-одоб қадриятларини шакллантиришдаги ўрни ва роли тадқиқ этилган. Ижтимоий тараққиёт ва ворислик қонунияти, ворисликка қонуниятига кўра диалектик ҳамда синергетик ривожланиш масалалари ёритилган. Ворисликнинг асосий турларидан бири ахлоқий қадриятлар ворислиги, унинг мазмун-моҳияти, ривожланиш қонуниниятлари ҳамда замонавий жамият ҳаётидаги аҳамияти маънавий-ахлоқий мерос асосида таҳлил қилинган. Мақолада диалектик, синергетик, тарихий-маданий таҳлил, ворисийлик, фанлараро ёндашув, анализ, синтез ҳамда этнопедагогик усуллардан фойдаланилган. Шунингдек, ахлоқшунослик (этика) категориялари, унинг мезоний тушунчалари, ахлоқий принциплар, ахлоқий норма ва меъёрлар, хулқ, одоб, ахлоқ тушунчаларининг нисбати, уларнинг мазмун моҳияти ва ахлоқий қадриятларнинг жамият ҳаётидаги аҳамияти ворислик қонунияти асосида очиб берилган. Ворисликнинг позитив ва негатив жиҳатлари, уларнинг авлоддан-авлодга ўтиб бориши натижасида жамият муҳитининг шаклланиши ва унинг маънавий қиёфасининг намоён бўлиш тенденциялари таҳлил этилиб қиёсий таҳлил этилган. Мақолада келтирилган натижалар асосида ворислик категориясининг тарихий жиҳатдан объектив, реал идрок этиш, унга назарий ва амалий жиҳатдан тўғри ёндошиш, жамиятда рўй бераётган воқеликни оқилона англашга имкон яратиши асосланган. Муаллиф ахлоқий тараққиётининг негизида ҳам ворислик қонунияти ётиши амалий мисоллар билан изоҳлаб берган. Шу билан бирга унда хулқ-одоб қадриятлари борасидаги ворислик (инсон ахлоқий камолоти) аждодлар яратган маданиятни, маънавиятни ўрганиш, инновацияларни ривожлантириш, ҳаётга татбиқ этишдаги узвийликни ташкил этиши, авлодлар ўтмиш меросини маълум қонуниятлар асосида қабул қилиши ва ўзидан кейинги авлодларга узатиши жараёнлари таҳлил қилинган.

    102-112
    299
    21
    02-07-2026
  • ЖАДИДЛАРНИНГ МАЪРИФАТПАРВАРЛИК ҒОЯЛАРИДА МИЛЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ

    Yulduz NAMAZOVA (Muallif)

    XIX аср охири XX аср бошларида Туркистонда шаклланган таълим фалсафаси бу жадид маърифатпарварларининг миллий педагогик фаолият ва таълим асослари, унинг мақсадлари ва идеаллари, педагогик билимлар методологияси, янги рус тузем мактаблари тизимини яратиш усулларини таҳлил қилувчи тадқиқот соҳаси сифатида талқин қилинади. Шу боисдан ҳам таълим фалсафаси бу даврдаги ижтимоий-институционал шаклга эга бўлган соҳа сифатида жадидларнинг таълим дастурининг мақсади ва вазифалари, тамойилларини ўзида акс эттирган десак хато қилмаган бўламиз. Бизга маълумки, жадид маърифатпарварлиги шаклланган даврда дастлаб АҚШ кейинчалик эса Европада таълим фалсафаси бўйича махсус тадқиқотлар амалга оширилган. Бироқ, ундан анча олдин ҳам таълим фалсафаси бўйича Платон, Аристотел, Ян Амос Коменский, Локк, Гербарт каби файласуф олимлар томонидан алоҳида фалсафий тизим яратилган. Жадидлар учун ислом дини жаҳолатдан қутулиш йўли, маънавий баркамолликка эришиш воситаси ҳисобланган. Туркистонда келажакда умуминсоний ғояларга таянган, парламентаризм асосида бошқариладиган дунёвий давлат қуриш асосий мақсад қилиб қўйилган. Хусусан, буни миллий-ҳудудий автономия бўлган «Туркистон мухторияти» тузишга бўлган сиёсий ҳаракатлар жараёнида кўришимиз мумкин. Мақолада жадидчилик ҳаракатининг таълимга доир қирралари тадқиқ қилинган. Жадид маърифатпарварлари ғоясининг Туркия, татар ва озарбойжон фикрий дунёсига эргашиш орқали Ғарбий Европа маърифатчилигидан ҳам хабардор бўлишга интилиши масалалари таҳлил этилган.

    47-57
    214
    22
    01-07-2026
  • ИМОМ АД-ДОРИМИЙНИНГ ҲАДИС ИЛМИ РИВОЖИГА ҚЎШГАН ҲИССАСИ

    Mahfuza ALIMOVA (Muallif)

    Ишнинг мақсади – Имом ад-Доримийнинг илмий-маънавий меросини таҳлил этиб, унинг ҳадис илми ривожига қўшган ҳиссасини кўрсатишдан иборат. Мақолада алломанинг “Сунан” асари манбашунослик нуқтаи назаридан тадқиқ қилиниб, унинг IX аср ҳадис илми ривожидаги ўрни ва аҳамияти ёритилган.


    Мақолада IX асрда Мовароуннаҳр ва Хуросондан етишиб чиққан буюк муҳаддислар қаторида Имом ад-Доримий ҳам саҳиҳ ҳадисларни саралаш, асарлар яратиш бўйича ислом оламида етакчи ўринни эгаллагани таҳлил қилинга. Шунингдек, унинг ҳадис илми борасидаги илмий мероси атрофлича ёритилиб, “Сунан” асари таркибига киритилган 15 та уч ровийли ҳадислардан ташкил топган “ас-Сулосиййот” асарига доир маълумотлар тадқиқ этилган.

    109 - 116
    159
    85
    28-06-2026
  • МАҲМУД ЗАМАХШАРИЙ “МУҚАДДАМАТУ-Л-АДАБ” АСАРИНИНГ ДУНЁ ФОНДЛАРИДАГИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИНИНГ КОДИКОЛОГИК ТАҲЛИЛИ

    Zohidjon ISLОMOV (Muallif)

    Маҳмуд Замахшарийнинг тилшунослик, луғатшунослик, адабиётшуносликка оид илмий мероси 70 га яқин асарлардан иборат. Мақолада олим илмий меросида “Муқаддаматул-адаб” асарининг алоҳида ўрни тадқиқ қилинган.


    Дастлабки кўптилли луғат сифатида эьтироф этилган ушбу асарнинг арабча-форсча-туркий уч тилли, арабча-форсча-туркий-мўғулча тўрт тилли қўлёзмалари мавжуд. Асар беш қисмдан иборат бўлиб, унинг биринчи қисмига исм сўз туркумига оид сўзлар, иккинчи қисмига феъл ва ундан ясалган сўзларга бағишланган. Унинг учинчи қисми ёрдамчи сўзларга, тўртинчи қисми исмларнинг турланишига ва бешинчи қисми феълларнинг тусланишига оид грамматик қоидалардан иборат.


    Дунё фондларида асарнинг беш қисми жамланган нусхалари, шунингдек, грамматик қисмлари алоҳида кўчи-рилган қўлёзмалари мавжуд. Асарнинг луғат қисмлари ҳажман катта ва муҳим илмий аҳамият касб этади. Айниқ-са, асарнинг туркий сўзлик киритилган қўлёзмаларидаги туркий сўзлик жаҳон тилшунослигида ўрганилмаган ва долзарб мавзулар сирасига киради. “Муқаддамату-л-адаб” луғатининг 10 та нодир қўлёзмаси Тошкент фондла-рида, ҳозирча аниқланган 62 та нусхаси дунё мамлакатлари фондларида сақланмоқда. Уларнинг асосий қисми XIII-XIV асрларда кўчирилган ва мазкур давр туркий тил сўзлигининг бойлиги ва маъно хусусиятларини тадқиқ этишда муҳим манба вазифасини ўтайди.


    Асарнинг энг қадимий қўлёзмаси 1257 йили Хоразмда кўчирилган арабча-форсча-туркий сўзлик киритилган ва ҳозирда Туркиянинг Сулаймония фондида сақланаётган нусха ҳисобланади. Асарнинг дунёдаги ягона арабча-форсча-туркий-мўғулча тўрт тилли 1492 йили Бухорода кўчирилган қўлёзмаси Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Давлат адабиёт музейи фондида сақланади. Мақолада ушбу асарнинг дунё фондларидаги қўлёзмала-рининг кодикологик таҳлили баён этилган.

    30 - 36
    269
    38
    26-06-2026
  • “АЛ-МАВОҲИБ УС-САРМАДИЯ” АСАРИ ВА УНДА КЕЛТИРИЛГАН НАҚШБАНДИЯ ТАРИҚАТИГА ДОИР МАНБАЛАР

    Davronbek Hoshimovich QODIROV (Muallif)

    Мақолада мисрлик шайх Муҳаммад Амин ал-Курдий қаламига мансуб Нақшбандия тариқати силсиласидан жой олган валийларнинг сифати ва ҳаёти, шажаралар тарихи, нақшбандийлик тариқатининг назарияси ва амалиёти тўғрисида баён қилинадиган “Ал-мавоҳиб ус-сармадия” асарида келтирилган тасаввуф ҳамда Нақшбандия тариқатига доир манбаларнинг тарихий аҳамияти таҳлил этилади. Маълумки, суфийлар наздида тасаввуфда ҳақиқатга таълим олиш орқали эмас, балки фақат амалиёт ва риёзатни ўз бошидан кечириш, мистик ва экзистенциал тажриба орқали эришилади. Шайх Муҳаммад Амин ал-Курдийнинг фикрича, тасаввуф аълимотида солиҳлар машойих ёки авлиёни кўрмоқликдан кўра, маънавий, руҳий фойдани уларнинг ҳаёти, ахлоқий сифатлари ва қилган амаллари тўғрисида ўрганиб билиб оладилар. У тасаввуфга доир асарларни ўқиш инсонни ахлоқий ва маънавий жиҳатдан тарбиялайди, деб ҳисоблайди. “Ал-мавоҳиб ус-сармадия” асарида ўзбек илм-фанига номаълум бўлган ва XVII–XIX асрларда Яқин Шарқда яратилган бир нечта тасаввуфий-ирфоний манбалар келтириб ўтилади. Ушбу асарлар нафақат тасаввуф таълимотининг фалсафий қарашлари, усул ва методлари тўғрисида, балки юртимизда яшаган алломаларнинг ҳаёти, фалсафий-тасаввуфий таълимоти ҳамда маънавий меросига доир бой маълумотларни беради. Шу нуқтаи назардан мақолада бу манбалар ва уларнинг муаллифлари қиёсий, тарихий-хронологик ва назарий жиҳатдан тадқиқ этилган

    18-26
    240
    17
    26-06-2026
  • ХУСРАВ ДЕҲЛАВИЙ ИЖОДИНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Мақолада Амир Хусрав Деҳлавийнинг рубоий жанридаги улкан мероси ўрганишга ҳаракат қилинган. Мақо­ланинг мақсади шоир асарларидаги мафкуравий ва бадиий усулни ўрганиш, шоирнинг рубоий жанридаги маҳо­ратини аниқлаш, шунингдек, рубоийларини таҳлил қилиш орқали форс-тожик адабиёти тарихида унинг асар­лари ўрнини аниқлашдан иборатдир. У ислом оламидаги форс ва тожик тилларида ижод қилувчи шоирларнинг асарларига кучли таъсир кўрсатгани илмий ҳақиқатдир. Шоирнинг асарларига, шу жумладан унинг рубоийла­рига қизиқиш шоирнинг ўрта асрларда мустақил мактаб ярата олганлиги билан боғлиқ. Амир Хусрав Деҳлавий ўз даврида форс адабиётининг барча жанрларида ижод қилган. У рубоий ёзиш соҳасида камдан-кам учрайдиган файласуфдир. Шоирнинг барча асарлари Худо, коинот, инсоният, ҳаёт, ер, севги каби фалсафий фикрлар билан тўлалиги ва асарларидаги сўзларнинг мукаммал танлангани туфайли ноёб меросга айланди. Бу доирадаги улкан ютуқлар шоирнинг рубоийларига ҳам тегишлидир. Унинг рубоийларида шеъриятнинг ҳар қайси соҳасига тегишли романтик мавзу асосий омил ҳисоблансада, ижтимоий ва фалсафий фикр доирасида ҳам кенг тарқалди. У ҳар қандай мавзуни ўзининг шеърлари орқали етказиб бера оладиган истеъдод соҳиби эканлиги билан инсонларни ҳайратда қолдиради. Мақолада айтиб ўтилган фикрлар шоир яшаб, ижод этган адабий муҳит ва унинг асарлари­нинг Шарқ адабиёти ривожидаги ўрни ва аҳамиятини очиб беришга қаратилган. 

    95-99
    324
    25
    28-06-2026
  • ИЗЗУДДИН ИБН АЛ-АСИРНИНГ ҲАЁТИ ВА ИЖОДИ

    Zarif XIDIROV (Muallif)

    Мақолада Иззуддин ибн ал-Асирнинг манбаларда келтирилган тўлиқ исми, туғилган йили (ҳижрий-милодий), дунёга келган жойи ва унинг ҳозирги кундаги географик жойлашуви, Ибн ал-Асир ҳақида ўша давр уламолари­нинг фикрлари, бошланғич таълим олган мадраса ва устозлари ҳамда улар билан бўлиб ўтган баъзи воқеалар, кейинги илмий фаолияти ёритилган.


    Шунингдек, Ибн ал-Асирнинг оилавий муҳити, ўз оиласининг Мосул ҳокимлари олдидаги мартабаси ва ну­фузи, бу давлатнинг уларга бўлган алоҳида эҳтироми ҳақида маълумотлар тақдим қилинган ва унда отасининг Ибн Умар оролида идора раиси ва хазиначи бўлиб ишлагани ва кейинчалик Зангийлар амирлигида Мосулда вазир ўринбосари бўлгани, шу билан бирга отаси фарзандларининг илм олишига алоҳида эътибор бергани, акаси Ма­жидуддин ва унинг ҳомийлиги, доимо уларнинг уйларида уламолар ва давлат раҳбарларининг йиғилиши, укаси Зиёвуддин ҳақида ҳам маълумотлар келтирилган.


    Шу билан бирга нима учун Ибн ал-Асир муҳаддис бўлишига қарамасдан тарихчи сифатида машҳур бўлиб кет­гани ва унинг сабаблари, ўша давр сиёсий вазияти, умрининг охирида ўзини илмга бағишлаб барча соҳаларда, жумладан, тарих, насабшунослик ва илмнинг бошқа жабҳаларига ўз ҳиссасини қўшгани қисман ёритилган.


    Мақола якунида Ибн ал-Асирнинг илмий мероси ва ўзидан кейин бизгача етиб келган асарлари рўйхати ва хулосалар берилган.

    86-89
    309
    26
    28-06-2026
  • МАРКАЗИЙ ОСИЁ МУТАФАККИРЛАРИ ШАХС МАЪНАВИЯТИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА МИЛЛИЙ ВА УМУМИНСОНИЙ ҚАДРИЯТЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ҲАҚИДА

    Sayyora TO‘YCHIYEVA (Muallif)

    Ушбу мақолада Марказий Осиёнинг илмий-маънавий мероси билан бошқа ҳудудлардан фарқланиши, алломалар илмий салоҳиятининг юксаклиги фикри очиб берилган. Юртимиз алломаларининг бой илмий меросида шахс маънавиятини ривожлантиришда ўз таъсирига эга бўлган миллий ва умумбашарий қадриятларнинг аҳамияти очиб берилган. Мазкур маънавий-маърифий мероснинг дунё маданияти, маънавиятига кўрсатган таъсири ёритилган. Шунингдек, алломаларимиз маданий меросининг жамият, айниқса, ёшлар маънавиятига таъсири бо­расидаги илмий хулосалар берилган

    81-85
    190
    21
    28-06-2026
  • ХОРИЖИЙ ФОНДЛАРДАГИ «МУҚАДДАМАТУ-Л-АДАБ» ҚЎЛЁЗМАЛАРИНИНГ МАНБАШУНОСЛИК ТАҲЛИЛИ

    Zohidjon ISLOMOV (Muallif)

    Маҳмуд Замахшарийнинг тилшунослик, луғатшунослик, адабиётшуносликка оид илмий мероси 70 га яқин асарлардан иборат. Олим илмий меросида “Муқаддамату-л-адаб” асарининг алоҳида ўрни бор. Дастлабки кўптилли луғат сифатида эьтироф этилган ушбу асарнинг арабча-форсча-туркий уч тилли, арабча-форсча-туркий-мўғулча тўрт тилли қўлёзмалари мавжуд. Асар беш қисмдан иборат бўлиб, унинг биринчи исм сўз туркумига оид сўзлар, иккинчи қисмига феъл ва ундан ясалган сўзларга бағишланган. Унинг учинчи қисми ёрдамчи сўзларга, тўртинчи қисми исмларнинг турланишига ва бешинчи қисми феълларнинг тусланишига оид грамматик қоидалардан иборат. Дунё фондларида асарнинг беш қисми жамланган нусхалари, шунингдек грамматик қисмлари алоҳида кўчирилган қўлёзмалари мавжуд. Асарнинг луғат қисмлари ҳажман катта ва муҳим илмий аҳамият касб этади. Айниқса, асарнинг туркий сўзлик киритилган қўлёзмаларидаги туркий сўзлик жаҳон тилшунослигида ўрганилмаган ва долзарб мавзулар сирасига киради.  “Муқаддамату-л-адаб” луғатининг 10 та нодир қўлёзмаси Тошкент фондларида, ҳозирча аниқланган 62 та нусхаси дунё мамлакатлари фондларида сақланмоқда. Уларнинг асосий қисми XIII-XIY  асрларда кўчирилган ва мазкур давр туркий тил сўзлигининг бойлиги ва маъно хусусиятларини тадқиқ этишда муҳим манба вазифасини ўтайди. Асарнинг энг қадимий қўлёзмаси 1257 йили Хоразмда кўчирилган арабча-форсча-туркий сўзлик киритилган ва ҳозирда Туркиянинг Сулаймония фондида сақланаётган нусха ҳисобланади. Асарнинг дунёдаги ягона арабча-форсча-туркий-мўғулча тўрт тилли 1492 йили Бухорода кўчирилган қўлёзмаси Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Давлат адабиёт музейи фондида сақланади.

    322 - 332
    270
    23
    25-06-2026
  • ЁШ АВЛОДНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ТАРБИЯСИ

    Timur Sobirovich SATTAROV, AKMARAL A. Batayeva, Dauletali AKBARHAN (Muallif)

    Ёш авлоднинг маънавий-маданий шаклланиши мавзуси доимо файласуфлар, диний олимлар, ўқитувчилар ва уни ўрганувчи этник гуруҳларнинг кўплаб вакиллари томонидан яқин фикр юритиш предмети бўлиб келган. Ҳар бир этник гуруҳ ёшларни тарбиялаш (ўқитиш ва тарбиялаш), унинг маънавий-маданий ўзлигини шакллантиришда муайян йўлларни ишлаб чиққан. Турли маданиятлар (Шарқ ва Ғарб) умуминсоний ва ўзига хос этно-миллий жиҳатларни ўз ичига олган таълим, маънавий-маданий тараққиёт ва тарбиянинг ўз модели ва стандартларига эга. Мақолада миллий қадриятларни тиклаш, миллий таълим тизимини такомиллаштириш ва баркамол ривожланган авлодни ватанпарварлик ва Ватанга муҳаббат руҳида тарбиялашга қаратилган. Ўзбекистон Республикаси ёш авлодининг маънавий-ахлоқий тарбияси муаммоси ҳақида сўз юритилган. Шунингдек, ёшларни миллий истиқлол мафкураси руҳида тарбиялашда Ўзбекистон тарихини ўрганишнинг аҳамияти очиб берилади. Маданий ўтмиш йўқолмайди, авлодлар учун сақланиб қолади, бугунги кун учун ишлайди, келажакка пойдевор қўяди. Ўтмиш маданияти маънавият ва ахлоқ инқирозини бошдан кечираётган замонавийлик учун ҳамиша зарурдир. Ҳозирги маданий ривожланишнинг янги тенденциясини танлаш учун ўтмиш билан таққосланиши керак. Мақолада Шарқ мутафаккирлари, Абу Райхон Беруний, ал-Фаробий, Ибн Сино каби маърифатпарвар олимларнинг асарларида ёш авлодни тарбиялаш ғоялари билан боғлиқ бўлиб, уларнинг таълим-тарбияга оид фалсафий қарашлари ва ҳаёт мазмунини топиш, яхшилик ва ёмонликни ўрганиш, адолат, шафқат ва бошқа ҳодисаларни аниқлаш каби ҳаётий вазифаларни таҳлил қилади. Буюк олим, мутафаккир ёш авлодни ватанпарварлик ва юксак ҳуқуқий маданият руҳида тарбиялашда муҳим аҳамиятга эга бўлган сиёсий- ҳуқуқий таълимотларни, Шарқ мутафаккирларининг асарларини ўрганишнинг долзарблигига эътибор беради. Мақолада замонавий ёшларни миллий анъаналарга асосланган ватанпарварлик руҳида тарбиялаш муаммолари кўтарилган.

    35-44
    122
    30
    04-07-2026
  • АМИР ХУСРАВ БАДИИЙ МЕРОСИДА БАДИИЯТ АНЪАНАЛАРИ

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Мақолада Амир Хусрав Деҳлавийнинг рубоий жанридаги улкан меросини ўрганишга ҳаракат қилинган.  Мақоланинг мақсади шоир асарларидаги мафкуравий ва бадиий усулни ўрганиш, шоирнинг рубоий жанрида- ги маҳоратини аниқлаш, шунингдек унинг рубоийларини таҳлил қилиш орқали форс-тожик адабиёти тарихида унинг асарлари ўрнини аниқлашдан иборатдир. У ислом оламидаги форс ва тожик тилларида ижод қилувчи шо- ирларнинг асарларига кучли таъсир кўрсатгани илмий ҳақиқатдир. Шоирнинг асарларига, шу жумладан унинг рубоийларига қизиқиш ўрта асрларда мустақил мактаб ярата олганлиги билан боғлиқ. Амир Хусрав Деҳлавий ўз даврида форс адабиётининг барча жанрларида ижод қилган. У рубоий ёзиш соҳасида камдан-кам учрайдиган файласуфдир. Шоирнинг барча асарлари Худо, коинот, инсоният, ҳаёт, ер, севги каби фалсафий фикрлар билан тўлалиги ва асарларидаги сўзларнинг мукаммал танлангани туфайли ноёб меросга айланди. Бу доирадаги улкан ютуқлар шоирнинг рубоийларига ҳам тегишлидир. Унинг рубоийларида шеъриятнинг ҳар қайси соҳасига те- гишли романтик мавзу асосий омил ҳисобланса-да, ижтимоий ва фалсафий фикр доирасида ҳам кенг тарқалди. У ҳар қандай мавзуни ўзининг шеърлари орқали етказиб бера оладиган истеъдод соҳиблиги билан инсонларни ҳайратда қолдиради. Мақоладаги айтиб ўтилган фикрлар шоир яшаб, ижод этган адабий муҳит ва унинг асарла- рининг Шарқ адабиёти ривожидаги ўрни ва аҳамиятини очиб беришга қаратилган.

    123-129
    334
    20
    23-06-2026
  • ҲАКИМ ТЕРМИЗИЙНИНГ МАРКАЗИЙ ОСИЁ ИЛМИЙ-МАЪНАВИЙ МУҲИТИДАГИ ЎРНИ ҲАМДА ТАФСИР ВА ЛУҒАТ ИЛМИГА ҚЎШГАН ҲИССАСИ

    Zafar FAHRIDDINOV (Muallif)

    Мақола икки қисмдан иборат бўлиб, биринчи қисм «Ҳаким Термизий меросининг Мовароуннаҳр тасаввуф муҳитига таъсири» деб номланган ва унда Муҳаммад ибн Али Ҳаким Термизий (ваф. 932 й.) тасаввуфий қарашларининг Марказий Осиё тасаввуф муҳитига, хусусан футувват ғояларининг кенг ёйилишига таъсири ёритиб берилган. Шунингдек, футувват ғояларининг Ҳаким Термизий асарларида қай тарзда акс этгани манбалар асосида батафсил очиб берилган. Бунинг учун бевосита Ҳаким Термизий асарлари ва Ҳаким Термизий илмий-маънавий меросини ўрганган замонавий олимларнинг асарларига мурожаат қилинган. Бундан ташқари Марказий Осиёда тариқатларнинг шаклланиш даврида нақшбандия тариқати тамойиллари ташкил топишида Ҳаким Термизий ғояларининг таъсири кўрсатиб берилган.


    Мақоланинг иккинчи қисми «Ҳаким Термизийнинг тафсир ва луғат илмида тутган ўрни» деб номланиб, унда Ҳаким Термизийнинг Қуръон тафсири ва диний матнлар луғатини ўрганишга қўшган ҳиссаси ҳақида сўз юритилган. Ҳаким Термизийнинг луғатшуносликка ва тафсир илмига оид бир қатор асарлари тавсиф қилинган. Жумладан, Қуръондаги кўп маъноли сўзларга бағишланган «Таҳсил назоири-л-Қуръон» асари бошқа муаллифларнинг шу мавзуда унга қадар ёзилган асарлари билан қиёслаб кўрсатиб берилган.

    45 - 54
    135
    22
    23-06-2026
1 - 25 from 55 1 2 3 > >> 

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling