- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“HIBATU-L-HAQOYIQ”DA KELGAN BILIM MAVZUSIDAGI TO’RTLIKLARNING MAZMUNIY VA SHAKLIY TAHLILI
Abdulazizkhan NIG‘MONOV (Muallif)Inson hayotiga shakl bergan, uning yashashi va prinsiplarini belgilab bergan eng muhim unsur insoniy qadriyatlardir. Jamiyat a'zolarining hayotida muhim o'rin egallagan qadriyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim kategoriya holiga kelgan. Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida har bir jamiyatni bir orada tutgan va tarixan shakllangan qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimining eng old vazifalaridan biri ham milliy, ma'naviy, madaniy, insoniy va axloqiy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularda bu qadriyatlarni shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi axborot almashinuvi jadal kechayotgan, kundan kunga yoshlar ongi uchun kurash avj olayotgan davrda bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish va ularda milliy-ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati yanada ortmoqda. Jamiyatning mavjudligi ana shu qadriyatlarning barqaror va bardavomligiga bog'liqligi, shubhasizdir. Prezidentimiz tomonidan maʼrifatparvar olim Mahmudxoʼja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʼi maktabdir” degan fikriga alohida urgʼu berganligi va umumiy oʼrta taʼlim tizimida “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini taʼkidlagani bejiz emas. O'zbek jamiyatida oiladan boshlangan qadriyatlar tarbiyasini, tizimli ravishda o'rta va oliy ta'lim tizimida davom ettirilishi sog'lim va ma'nan yuksak naslning shakllanishi uchun zarur bo'lib bormoqda. Ta'limda yoshlarning faqatgina bilim olish va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratilishi jamiyat ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini saqlanib qolishiga, milliy o'zlikka xavf tug'diradi. Natijada jamiyat xudbin, axloqsiz, ma'nan qashshoq a'zolar sonining ortishi bilan tanazzulga yuz tutib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda ta'limda bilim va ko'nikma naqadar zarur bo'lsa, milliy-ma'naviy, diniy, axloqiy, insoniy va ijtimoiy qadriyatlar tarbiysi ham shu qadar zarurdir.
Ushbu maqolaning asosiy mavzusi ham ana shunday asarlardan biri bo'lgan "adiblar adibi, fozillar boshi" deya ulug'langan adib Ahmad Yugnakiy tomonidan uzoq yillik ta'lim-tarbiya natijasida qalamga olingan va pandnoma ruhidagi "Hibatu-l-haqoyiq" asarida aks etgan qadriyatlardan ayrimlarini tahlil etish va ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini baholashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tiborimizni har qanday qadriyatning o'zagi bo'lgan bilim va uning qiymatini, bilimlilik targ'ibi va foydalarini o'zida ifodalagan to'rtliklarga qaratamiz. Zero, axloq va odob, ijtimoiy qadriyatlarning avloddan avlodga ko'chishi bilimga e'tibor berilgan jamiyatdagina bardavom bo'ladi.
O'zida xalqimizning uzoq yillik ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini, inson kamoloti borasidagi qarashlarini ifodalagan to'rtliklarning bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishi va kelajak nasllarning ham ulardan foydlanishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
73-812752516-07-2026 -
GLOBALLASHUV SHAROTIDA HUQUQIY- DEMOKRATIK ISLOHOTLARDA LIBERAL MAFKURANING JAMIYATGA TA’SIRI
Matluba YULDASHEVA (Muallif)Annotatsiya: O'zbekistonda milliy mafkuraning zamonaviy jamiyatdagi о 'rni va ahamiyatini aniqlash, uning asosiyfunks iyalar ini tahlil qilish va ularning ijtimoiy-falsafiyjihatdan qanday о ‘zgarishlar va transformatsiyalarni boshdan kechirganligini о ‘rganishdir. О ‘zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlarida milliy mafkuraning roli, uning milliy о ‘zlikni anglash, ijtimoiy barqarorlikni ta ’miniash, yoshlar tarbiyasida va ma ’naviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi hissasini chuqur о ‘rganishni maqsad qiladi. Shu bilan birga, milliy mafkurani globalizatsiya, axborot xurujlari va zamonaviy tahdidlar sharoitida qayta talqin qilish, yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashtirish va uning istiqboldagi rivojlanish yo jlarini aniqlash ham tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, maqolada analiz va sintez, kompleks yondashuv, tizimli-funksional yondashuv, kontent analiz, retrospektiv tahlil, di a I ekt ik, sinergetik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan hamda quyidagi amaliy natijatari ко 'rsatib о ‘lilgan: “ijtimoiy-siyosiy islohotlar ”ning g ‘oyaviy-majkuraviy mazmun-mohiyatifalsafaning alohidal ik va umumiylik kategoriyalari vositasida nazariy jihatdan asoslangan; jamiyat hayotidagi ijtimoiy-liberal о ‘zgarishlar-majkuraviy transformatsiyasining muhim omili ekanligining kompromistik, demokratik tendensiyalari, obyektiv va subyektiv omillari aniqlangan hamda uni boshqarishning institusional tizimini takomillashtirishga oid metodologik taklifva tavsiyalar ishlab chiqilgan; hozirgi davrda liberal va konservativ mafkuraning uyg 'unlashuvidagi metodologik muammolar tizimli yondashuv asosida turkumlashtirilgan va ularning milliy, mintaqaviy xususiyatlari ochib berilgan.
Maqolada о ‘zbek xalqi milliy mqfkurasi rivojining ma ’naviy-majkuraviy va ijtimoiy-madaniy yo ‘nalishlariga mas ’ul tashkilotlarning nazariy-metodologik, о 'quv-uslubiy faoliyatini innovatsion tarzda takomillashtirishga doir ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi va hozirgi global о ‘zgarishlar sharoitida liberal mafkuraning ijtimoiy ahamiyatijamiyatning murakkabliklariga moslashuvchanligi, О 'zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy-demokratik islohotlarda liberal mafkuraning namoyon bo ‘lishi demokratiya, inson huquqlari, qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvi tamoyillarini ilgari surishga intilishi tadqiq etilgan.52-593812301-04-2026 -
IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL” ASARIDA XRISTIANLIK OQIMLARI TARIXI
Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)Musulmon sharqida dinlarni o‘rganish an’analari boy tajribaga va o‘ziga xos uslubiyat hamda tamoyillariga ega bo‘lib, bu sohaning keyingi rivojiga, uning ko‘p tarmoqli yaxlit fanga aylanishiga mustahkam asos sifatida xizmat qilgan. XIX asr o‘rtalarida G‘arb dinshunosligi vujudga keldi va mustaqil fan sohasi sifatida e’tirof etildi. Natijada, ko‘pgina manba va adabiyotlarda dinshunoslik fani Yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan, degan fikr ommalashib ketgan. Yevropada dinshunoslik XIX asrga kelibgina shakllana boshlagan bir paytda musulmon sharqi bu borada anchagina taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, boy tajribaga ega edi.
Ushbu maqolada musulmon olimlarining Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabati, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarida xristianlikdagi firqalar tarixi va ta’limotlari yoritilgan. Shuningdek, xristianlik haqida ma’lumot beruvchi asarlar orasida bu asarning tutgan oʻrni tadqiq qilingan. Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fi-l-milal va-l-ahva va-n-nihal” sari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va obyektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar tahlil etilgan. Ibn Hazm Andalusiy xristianlik firqalarini funksional uzluksizligiga qarab tasniflaganligi, Xristianlik bilan o‘zaro munosabatda shakllangan firqalar haqidagi qarashlari, Ibn Hazm xristianlik firqalarining asoschilari, ularning tarixiy taraqqiyoti va qaysi hududlarda ta’sir ko‘rsatganligi haqida ma’lumot berish bilan birga, manbalarda uchramaydigan ba’zi firqalarning qarashlarini ham tushuntirgan.
Shuningdek, Ibn Hazm ushbu asarida Xristianlik Oriyoniylik(Arianizm), Bulyoniyya(Paulizm), Makedoniylik(Makedonius), Barbariylik(Barabarizm), Nasturiylik (Nestorianizm), Ya’qubiylik(Yakobizm), Marqyuniylik(Markanizm), Maruniylik(Maronizm) firqalari tarixi va eʼtiqodlari haqida qimmatli maʼlumotlar bergan.
40-482752316-09-2026 -
MALIKUSHSHUARO BAHORNING HAYOTI VA IJODI
Feruza NIZAMOVA (Muallif)Ushbu maqolada XIX asr adabiyoti taniqli namoyandasi, shoira Malikushshuaro Bahorning ijodini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – XIX asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa biroz e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir. XIX asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.XIX asrda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.
49-572801918-09-2026 -
САЛЖУҚИЙЛАР ДАВРИДА БАҒДОД “НИЗОМИЯ” МАДРАСАСИНИНГ ТАШКИЛ ТОПИШ ТАРИХИ
Muxlisa MIRZAEVA (Muallif)1038-1194 йилларда ҳукмронлик қилган Буюк Салжуқийлар давлати умавийлар (661-750) ва аббосийлардан (750-1258) кейинги мусулмон давлатчилиги тарихида учинчи йирик салтанат ҳисобланади. Ана шу улкан турк-мусулмон салтанати ташкил этилганидан сўнг Ислом дунёсининг шарқидаги турли давлатларда араб-форс сулолаларининг таъсири сусая бошлаган янги давр бошланди. Шундан бошлаб кўп асрлар мобайнида Шарқдаги сиёсий раҳнамолик асосан турк сулолалари ихтиёрида бўлиб келди.
Салжуқийлар давридаги маънавий-маърифий ва маданий соҳаларда амалга оширилган ишлар ўз даври учун тараққиётнинг улкан чўққисини ташкил этди. Минглаб жомеълар, юзлаб мадрасалар ва таълим масканлари давлат ва амалдорлар ҳомийлигида бунёд этилди. Бунинг натижасида мамлакатда таълим тараққий қилди, халқ маърифатли, кишилар эса зиёли бўлиб бордилар. Ўлканинг ҳар тарафида бепул ва илк маротаба идрор (стипендия) асосидаги таълим тизими жорий этилди. Ҳаттоки, энг оддий оиланинг фарзанди ҳам ҳеч бир қийинчиликсиз таълим олиш ҳуқуқига эга бўлди. Бу эса салжуқийлар салтанатидаги тенглик ва ижтимоий адолат тамойиллари устувор бўлганлигидан даракдир.
Таълимда дин (эътиқод)нинг асосий ғоя сифатида илгари сурилиши Вазир Низомулмулк (1017-1092) олиб келган энг муҳим янгилик бўлди. Бундан аввалги мактаб ва мадрасалар муайян ғояларга эга эмас ва кадрларни етиштириш ҳам мукаммал даражада эмас эди. 1067 йили Бағдодда ташкил этилган “Низомия” мадрасаси ашъарий ва шофеъий таълимотларини ҳимоя қиладиган кучли олимларни тайёрлаш учун қурилди. Мадраса ташкилотчиларининг кўпчилиги вазир Низомулмулк каби сиёсий ёки диний ғояларга эга эдилар. Сунний йўналишда фаолият олиб борган ва асарлар ёзган ҳанафий, шофеъий, моликий ва ҳанбалий мазҳабидаги олимларнинг аксарияти “Низомия” мадрасасида таҳсил олганлар. Уларнинг ёзган асарлари ва ислом цвилизациясига қўшган ҳиссалари бевосита ушбу мадраса фаолияти билан чамбарчас боғлиқ. Мадрасада нафақат диний илмлар, балки табиий фанлардан ташкил топган дунёвий фанлар ҳам ўқитилган. “Дор уш-Шифо” каби марказлар мадраса яқинида жойлашган бўлиб, олинган билимлар амалиёти билан тадбиқ этилган.
Ушбу мақолада “Низомия” мадрасалари ўзининг нуфузи, олимлари, талабалари ва ҳатто, илмни амалиёти билан жорий этиши жараёнлари тадқиқ этилган. Шунингдек, мақолада Салжуқийлар даврида ташкил этилган Бағдод “Низомия” мадрасаси, унинг тарихи, вақфи, мадрасадаги таълим-тарбия ва бошқарув, устозларнинг тайинланиши, дарс дастурлари, ўқитиш методлари, кутубхонаси ва мадрасанинг йўқ бўлиб кетиши воқелиги ҳақида маълумотлар таҳлил қилинган
58-671841718-09-2026 -
ИБН СИНО ВА ҒАЗЗОЛИЙНИНГ ИЛОҲИЁТГА ОИД ҚАРАШЛАРИНИНГ ИСЛОМ ФАЛСАФИЙ ФИКР ТАРАҚҚИЁТИГА ТАЪСИРИ
Ramziddin R. ISAKDJANOV (Muallif)Тарихан ислом цивилизацияси умуминсоний цивилизация ривожига муносиб ҳисса қўшган. Илк ўрта асрларда фаол бўлган аристотелизм, аверроизм ҳаракатлари манбаси айнан мусулмон юртларидир. Ибн Сино ва Ғаззолий каби алломаларнинг асарлари Европа тилларига таржима қилингандан сўнг айнан европаликларда фикрий портлаш юз бергани қайд этилади. Ислом фалсафасига оид асарларнинг гултожи айнан Ибн Сино ва Ғаззолий қаламига мансубдир. Ибн Сино мазкур соҳани тизимлаштирган бўлса, Ғаззолий мантиқий тафаккурнинг асосий муаммоларини кўрсатиб бера олди. Ибн Сино илоҳиётни ўрганишда мантиқий далилларни асос қилган бўлса, Ғаззолий ақлнинг чегараланганлигини, унинг чегараси тугаган ўринда юзага келувчи саволларга илоҳий китоблар жавоб бера олишини исботлашга ҳаракат қилди. Ислом фалсафаси фани назарияси ва методологиясини айнан мазкур икки аллома асарлари барпо қилиши шубҳасиздир.
Ҳозирги даврда диний ва дунёвий фанларни умумлаштиришда дин ва фалсафа синтези муаммоси мавжуд. Бу муаммолар ичида энг асосийси материянинг абадийлиги масаласидир. Ғаззолий ўз асарларида мазкур муаммони кўрсатиб бера олди, Ибн Сино материяни азалий ва абадий эканини мантиқий далиллар билан исботлашга ҳаракат қилди. Шу жиҳатдан замонавий тадқиқотчи ислом фалсафасига қўл урар экан, айнан Ибн Сино фалсафаси ва фалсафа ҳақидаги Ғаззолийнинг қарашларидан тўла воқиф бўлсагина кўзлаган натижасига эришиши мумкин.
Мақолада Ибн Сино, Фаробий, Ибн Арабий, Суҳравардий каби алломаларнинг пантеизм ғоясига оид қарашлари, янгиафлотунча мактабнинг борлиқ ҳақидаги қонуниятлари ва албатта, Имом Ғаззолийнинг баъзи бир масалаларга раддиялари ўрин олган. Нафақат, Марказий Осиё фалсафа тарихида, балки умуман, фалсафа тарихида энг мураккаб ҳисобланган “фалсафа ва дин синтези масаласи” ва “пантеистик қарашнинг теологик-рационал тушуниш масаласи” ҳозирги кунгача дунё тадқиқотчилари томонидан турлича талқин қилинмоқда. Ислом фалсафаси соҳасида мазкур мазкур муаммоли масалага ечим топиш ҳозирги кундаги мафкуравий ёт ғояларни кириб келишини олдини олишда муносиб ўринга эгадир.
39-461952417-07-2026 -
ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI
Dr (Muallif)Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida ulkan iz qoldirgan, hanafiylik mazhabi nazariy asoslarining shakllanishida o’zining katta hissasini qo’shgan mujtahid olim Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari uning “Kitob al-xaroj” asari asosida tahlil qilingan. “Kitob al-xaroj” islom ta’limotidagi hanafiy mazhabi bo’yicha bitilgan ilk yozma manba hisoblanadi. Uning soliq solish muammolari to‘gʼrisidagi ushbu risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan asar bo’lib, Abu Yusuf VIII asr oxirlarida Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo‘lib ishlagan paytida yozgan.
Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‘lishgan. Islom shariyati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan o‘z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni tadqiq etilishi yangi bilimlarning rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan. Horun ar-Rashid davrida bosh qozi bo‘lgan fiqh olimi Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asari buning yorqin dalili hisoblanadi. Unda nafaqat soliqqa tortishning huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalarga ham murojaat etgan.
Ushbu maqolada Abu Yusufning hayoti va faoliyati, ilk islom davridagi soliq tizimining shakllanishi, iqtisodiy-madaniy hayot, yer va suvdan foydalanish tartibi, xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosat, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarga yechim sifatida berilgan takliflari birma-bir ko’rib chiqilgan. Mavzu keng miqyosda fiqh ilmiga oid manbalar orqali tahlil qilinsa-da, biroq “Kitob al-xaroj”da keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilinadi.
Maqolada davlat boshqaruvi, xalifalik tarixi va anʼanalari haqida qimmatli maʼlumotlar ham keltirilgan. “Kitob al-xaroj” asari islom davlati hududi kengaygan davrda, turli o‘lkalardagi ayrim masalalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, Аbu Yusuf uni asosan Аbu Hanifaning huquqiy nazariyasiga tayangan holda, shuningdek, eng ishonchli hadislar, sahobalarning aytgan so‘zlari, qo‘llagan usul va qoidalardan foydalanib yozgan. Abu Yusuf mujtahid olim sifatida o’z darining muhim diniy masalalari, jumladan, iqtisodiy soha bilan ham shug’ullanishga majbur bo’lgan. “Kitob al-xaroj” asari undan keyin Yaxyo ibn Odam, Аbu al-Аbbos Muhammad Kotib, Аbu al-Faraj Qudama ibn Jaʼfar, Nasr ibn Muso ar-Romiy, Xasan ibn Ziyod tomonidan ushbu nomda yozilgan kitoblar orasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiyligi va daqiqligi bilan ulardan ajralib turadi. Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asarida bayon etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy-falsafiy va islom soliq tizimiga oid tahliliy ma’lumotlar bilan bir qatorda VIII – IX asrlarda Musulmon sharqidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ilk abbosiylar xalifaligi davrida madaniy-maʼrifiy aloqalar, Abu Yusuf qarashlari xalq farovonligi va ijtimoiy adolat g’oyasining iqtisodiy-falsafiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
52-643152918-07-2026 -
ЎЗБЕК МУМТОЗ АДАБИЁТИДА ИСЛОМ ТАРИХИ БАДИИЙ ИФОДАЛАНГАН АСАРЛАР ТАСНИФИ (XVII-XIX АСРЛАР)
Lola AZIMOVA (Muallif)Ўзбек мумтоз адабиётида ислом тарихи воқеаларини бадиий ифодалаган асарлар, қиссалар талайгина. Уларда ислом дини, унинг ғоялари, Пайғамбар (с.а.в.) ҳаёти ва фаолияти, саҳобалар, уларнинг эзгу сифатлари ҳамда ислом дини тарғиботи учун фаоллик кўрсатган тарихий шахсларнинг ҳаракатлари кенг ёритилган. Хусусан, ислом тарихи бадиий ифодаланган асарлар, асосан XVII-XIX асрларга оид бўлиб, улар характер-хусусиятига кўра тарихий-жангнома қиссалар ҳисобланади. Асосан, ўзбек мумтоз адабиётда ислом тарихи воқеалари билан бир қаторда ислом тарихида машҳур тарихий шахслар бўлган саҳобалар, Жаъфари Содиқ, Ҳазрат Али, Абу Суфён, Холид ибн Валид, Қусам ибн Аббос, Хажжож кабиларнинг сифатлари, ҳаракатлари, дин йўлидаги жонбозликлари бадиий тарзда қаламга олинган. XVII аср ижодкорларидан Сўфи Оллоёр ва Бобораҳим Машраб ижодида Уҳуд жанги, Карбало воқеалари ҳамда тарихий шахсларнинг жонбозликлари лирик мисраларда бадиий ифодаланса, XVIII-XIX аср ижодкорларидан Собир Сайқалий, Жаҳон отин Увайсий, Холис Тошкандий, Нисо, Мирзахон Хоний, Абдуқаюм Ваҳмий кабилар бевосита тарихий воқеликни қаламга олганликларини кўриш мумкин. Мазкур XVIII-XIX аср ижодкорлари ва ўндан ортиқ халқ ичидан чиққан ижодкорлар ҳам ўз номларини кўрсатмаган ҳолда Ҳазрат Али, Қусам ибн Аббос, Имом Ҳасан, Имом Ҳусайн, Муҳаммад Ҳанифа, Хажжож, Муҳаммад Боқир, Саййид Баттол Ғозий каби тарихий шахслар қаҳрамонликларини маснавий йўли билан бадиий ифодалаб, махсус лиро-эпик қиссалар битганлар. Шу жиҳатдан, ислом тарихи воқеалари ва машҳур шахслар фаолияти бадиий ифодаланган халқ қиссаларининг юздан ортиқ қўлёзма ва тошбосма нусхалари ЎзФА Шарқшунослик қўлёзмалар институти асосий фонди ҳамда Ҳамид Сулаймон фондида сақланиб келмоқда. Дарҳақиқат, ўзбек мумтоз адабиётини ислом дин, унинг бунёдкорликка, инсонпарварликка йўғрилган ғояларисиз тасаввур этиб бўлмайди. Юқорида таъкидланганидек, уларда ислом дини, унинг тарихий воқеаларидан тортиб, тасаввуф таълимотининг бадиий ижоддаги образ ва тамсиллар воситасидаги бадиий талқинини кўриш мумкин. Шу асосда, ўзбек мумтоз адабиётида мавжуд диний характердаги асарларни ўрганиш, уларнинг дидактик жиҳатларини ёритиш, бадиий санъатларни қўлланиш ўрнини кўрсатиш муҳим вазифалардан саналади. Шу жиҳатдан, XVII-XIX асрларга оид ислом тарихига оид асарлар ва уларнинг бадиий хусусиятлари, мазмуний таснифи масалалари Республика фондларда сақланаётган қўлёзма ва тошбосма манбалар асосида тадқиқ этилди ва умумлашма хулосалар берилди.
39-481751920-07-2026
