DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2026/3/27-34الكلمات المفتاحية:
Abu Hafs Nasafiy tafsir Qur’on inson kamoloti jamiyat barqarorligi ma’naviy tarbiya axloq adolat Movarounnahr tafsir maktabi ijtimoiy mas’uliyatالملخص
Mazkur maqolada Movarounnahr tafsir maktabining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiyning merosida Qur’oni karimning inson kamoloti hamda jamiyat barqarorligiga ta’siri masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Abu Hafs Nasafiy tafsirida Qur’on oyatlarining insonni ma’naviy, axloqiy va ruhiy jihatdan tarbiyalashdagi o‘rni hamda jamiyatda ijtimoiy adolat, hamjihatlik va barqarorlikni ta’minlashga doir qarashlarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqolada mufassirning oyatlarni sharhlash metodologiyasi, uning aqidaviy va axloqiy qarashlari, Qur’on ta’limotlarini inson hayoti bilan bog‘lash uslubi hamda tafsirga oid merosining ilmiy ahamiyati yoritilgan.
Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy, tahliliy-sintetik, tavsifiy, matnshunoslik va germenevtik metodlardan foydalanilgan. Abu Hafs Nasafiyning “At-Taysir fit-tafsir” asarida keltirilgan oyatlar tahlili asosida uning inson kamoloti, axloqiy tarbiya, sabr, shukr, taqvo, adolat va ijtimoiy mas’uliyat haqidagi qarashlari o‘rganilgan. Shuningdek, Qur’onda zikr qilingan tarixiy qavmlar misolida jamiyatlarning yuksalishi va tanazzuliga sabab bo‘luvchi omillar tafsiriy manbalar asosida tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Abu Hafs Nasafiy tafsirida Qur’on insonni komillikka yetaklovchi asosiy ma’naviy manba sifatida talqin qilingan. Mufassirga ko‘ra, insonning haqiqiy kamoloti iymon va ezgu amallar uyg‘unligi orqali shakllanadi. Adolat, halollik, mas’uliyat va taqvo jamiyat barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar sifatida baholanadi. Nasafiy tarixiy voqealar va qavmlar misolida ma’naviy qadriyatlardan uzoqlashish jamiyat tanazzuliga olib kelishini asoslaydi. Xulosa qilib aytganda, alloma tafsirida Qur’on inson tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va jamiyat taraqqiyotining muhim manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur tadqiqot Abu Hafs Nasafiy tafsirining ilmiy ahamiyatini yoritish bilan birga, uning zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy jarayonlar uchun ham dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
التنزيلات
المراجع
1. Abu Hafs Umar al-Nasafiy. (1999). Al-Qand fi dhikri ulama’i Samarqand. Tehran: Oyinai Meros.
2. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Nasafiy. (2010). Manzumah fi al-Khilafiyyat. Beirut: Dar al-Kutub al-‘Ilmiyyah.
3. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Nasafiy. (2011). Tafsir al-Qur’an al-Karim (Critical edition based on the manuscript). Istanbul: Maktabat al-Irshad.
4. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Nasafiy. (2015). Al-Fawa’id al-Mukhtar. Beirut: Dar Ibn Hazm.
5. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Nasafiy. (2018). Sharh al-Jami‘ al-Kabir. Beirut: Dar al-Kutub al-‘Ilmiyyah.
6. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Nasafiy. (2019). Al-Taysir fi al-Tafsir. Beirut: Dar al-Lubab.
7. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Nasafiy. (2019). Al-Taysir fi al-Tafsir (15 vols.). Istanbul: Dar al-Lubab.
8. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Nasafiy. (2020). Al-‘Aqa’id al-Nasafiyyah. Istanbul: Dar al-Siraj.
9. Abu Hafs Umar ibn Muhammad al-Nasafiy. (2020). Hasr al-Masa’il wa Qasr al-Dala’il. Beirut: Dar al-Fajr.
10. Muratov, A. (2021). Abu Hafs Nasafiy “Al-Taysir fi al-Tafsir” asarining manbashunoslik tadqiqi [Source-critical study of Abu Hafs Nasafiy’s “Al-Taysir fi al-Tafsir”]: Dissertation for the degree of Doctor of Philosophy (PhD) in Islamic Studies. Tashkent: International Islamic Academy of Uzbekistan.
11. Rahimjonov, D. (2010). Abu Hafs Nasafiy. Tashkent: Tashkent Islamic University Publishing and Printing Association.
12. Sa‘d al-Din al-Taftazani. (2020). Sharh al-‘Aqa’id al-Nasafiyyah (Critical ed. by Muhammad Adnan Darwish). Istanbul: Dar al-Siraj.
13. Shaykh Muhammad Sadiq Muhammad Yusuf. (2019). Tafsiri Hilal. Tashkent: Hilol Publishing House.

