DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2023/3/%25pKalit so‘zlar:
Isroil Bani Isroil qabul qilingan an'analar Abdulloh ibn Salom Ka'b al- Axbor Vahb ibn Munabbih Tavrot Zabur Injil Qur'onAnnotasiya
Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, maʼrifiy tarixini o‘z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Dinshunoslik fanining yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr Sharqida ham alohida o‘rganilgan va bu fanning ilk asoschilari aynan Sharq zaminidan yetishib chiqqan. Sharq musulmon jamiyatida, dinlarni qiyosiy o‘rganishdagi omillardan biri, rost va yolg‘on xabar va rivoyatlarni ajratish hisoblangan. Bu borada ikki xil qarash mavjud bo‘lib, birinchi qarashga ko‘ra, islom dinini haq din ekanligini isbotlash bo‘lsa, keyingi qarashga ko‘ra, islom dini,xususan, Qur’on tafsirlari va hadislarga kirib kelgan isroiliyot rivoyatlarini tekshirish, ularning ishonchliligini aniqlash uchun yahudiylik va xristianlik manbalari o‘rganilgan. Shu sabablarga asoslangan holda, musulmonlar tomonidan yozilgan asarlarda isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada Qur’on tafsirlari va hadislarni kengroq sharhlash maqsadida yahudiylik va nasroniylik manbalari asosidagi isroiliyot qissalarining kirib kelish sabablari o‘rganilgan. Isroiliyot qissalarining islom dini manblariga kirib kelishining asosiy sababi, Qur’onda zikr etilgan qissalarni kengroq o‘rganish va tahlil qilish hisoblangan. Sahobalar davrida isroiliyot rivoyatlari, Qur’onda keltirilgan qissalarni kengroq tushunish uchun Madinada istiqomat qiluvchi yahudiy va nasroniylardan yoki islom dinini qabul qilgan, dastlab e’tiqod qilgan dinlarining muqaddas manblaridan xabardor bo‘lgan musulmonlardan so‘rab o‘rganishlik natijasida kirib kelgan. Tobeinlar davriga kelib, ishonchsiz xabarlar va qissalardan foydalanish natijasida, keyinchalik barcha isroiliyot roviylari tomonidan rivoyat qilingan qissalardan foydalanilgan tafsirlar ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Ammo, bunga qaramasdan yahudiylik, xristianlik va islom dinlarning asosi va ildizlari bir bo‘lganligi sababli, ushbu dinlarning muqaddas manbalarini qiyosiy tahlil etishda isroiliyot qissalari muhim hisoblanadi.
Musulmon olimlari tomonidan isroiliyot qissalari uch qisimga ajratilgan:
- Mavquf xabarlar. Ularning sahihligi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hadislari orqali tasdiq etilgan bo‘lib, bunga misol sifatida Qur’ondagi Muso payg‘ambar bilan solih kishi qissasidagi shaxsning Xizr payg‘ambar ekanligi Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilgan.
- Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma'lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va ibrat uchun hikoya qilingan. Lekin ularning sahihligiga iymon keltirilmaydi, yolg‘onga ham chiqarilmaydi.
- Inkor etiladigan xabarlar. Bunday xabarlar islom dini aqidasiga zid kelganligi sababli bunday rivoyatlar tasdiq etilmaydi. Bunga misol sifatida, Iso payg‘ambarning xochga mixlangani haqidagi rivoyat.
Maqolada, shuningdek, Qur’on tafsirlarida keng foydalanilgan, isroiliyot qissalari va ularni rivoyat qilgan roviylar haqida ma’lumot berilgan. Bir necha isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
Yuklab olishlar
Bibliografik manbalar
1. Araz, Ö. F. Yahudilikte Tefsir geleneği: midraşik literatürün tarihsel gelişimi. Istanbul: İz Yayıncılık Limited, 2019. -321 s.
2. Calder, N. Tafsir from Ṭabari to Ibn Kathir: Problems in the description of a genre, illustrated with reference to the story of Abraham. -London: Routledge, 2005. -144 p.
3. Dehlaviy. al-favzul kabir fiy usulit-Tafsir. Qohira: “Dorul-maorif”, 1950. -400 s .
4. Demir, Ş. Mitoloji Kur’an kıssaları ve tarihi gerçeklik. -Ankara: Beyan yayınları, 2003. -177 s.
5. Goldenberg, R. The Origins of Judaism: From Canaan to the Rise of Islam. -Cambridge: Cambridge University Press, 2007. -312 p.
6. Haysam Muhammad. Qisas al-Qur’an. Princeton University Press, 1970. -382 p.
7. Husаin, Khаlаf Muhаmmаd. (1964). Аl-Уаhudiуаh bаin Аl-Mаsihiуаh vа Аl-Islam, Mesirаl-Muаssаsаh Аl-Аmmаh.
8. Ibn Jawzi. Kitab al-qussas. -Beirut: Dar al-Machreq, 1986. -200 p.
9. Ibn Hajar Asqaloniy. Fath al-Boriy. -Riyoz: Dor ut-tayba, 2005. 8-jild.
10. Karaalp, Cahit. (2020). İsrâiliyât›in tefsire girişi. İslam Düşüncesi Araştırmaları. Vol. 2019: Iss. 3, Article 3. 11. Bible, K. J. King James Bible. 1996: Vol. 19
12. Mainiyo, A. S., & Shuni, M. D. (2016). The position of isra’iliyyat in the islamic tradition: the emerging trends. Galaxy international interdisciplinary research journal ISSN: 2347-6915. Vol. 4 Iss.10, Article 10.
13. Muhammad Fu’ad Abdul Baqi. Al-Mu’jam Al-Mufahras li Al Faz al-Qur’an Al-Karim. -Cairo: Dar al-Kutub al-Misriyah Press, 1987. -250 s.
14. Muḥammad Abu Shahbah. Al-Isroiliyyat va al-Mawjudat Fi Kutub al-Tafsir. -Cairo: Maktabah al-Sunnah. 1988. -300 s.
15. Mas’udiy. Muruj al-zahab wa ma’adin al-javhar. -Beirut (Lebanon): Lebanese University Publication, 1966. Vol.1
16. Muhammed Izzet Derveze (1990). Havle al-israiliyyat fi kutubi at-tefsir. Mecelletu al-vayi al-Islami. Vol.19. -S. 41–42.
17. Muhammad Husayn Zahabiy. Al-Isroiliyot fit-tafsir val hadis. -Qohira: Dorul-maorif, 1990. -500 s.
18. Muḥammad ibn Idris al-Shafi. Al-Risalah. -Beirut: Dar al-Kutub al-Ilmiyyah, 1995. -400 s.
19. M. Lütfi Sebbаğ (1999). Tefsir Usulu Аrаştırmаlаri. Аnаdоlu Уауinlаri. Izmir
20. Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan O‘zbekiston bibliya jamiyati tomonidan tayyorlangan. -Toshkent: Muqaddas kitobni tarjima qilish instituti, 2020. -2364 b.
21. Netton, Ian Richard. “Al-Qazwini” Encyclopedia of Islamic Civilization and Religion, Oxford: Routledge, 2013. -686 p.
22. Nuryansah, M. (2017, November). Israiliat Contribution In Contemporary Exegesis:(The Effort To Establish Israiliat Which Is Silenced “Mauquf” As A Source Of An Interpretation). In International Conference on Qur’an and Hadith Studies (ICQHS 2017) (pp. 38-42). Atlantis Press.
23. Na’na’ah, R. “al-Isrâ’îliyyat wa Athâruhâ fî Kutub al-Tafsîr”. Cairo: Dar al-Qalam wa al-Dhiya. 1970. -247 p.
24. Qastaloniy. “Sahih al-manquvl fiy hadiysil mavzu”, Qohira: Dorul-maorif, 2000. 2 j.
25. R.Obidov. Qur’on va tafsir ilmlari // Darslik. -Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2003. -179 b.
26. Razali, W. M. F. A. W., & Abd Rahman, M. R. Muslim heritage in religionswissenschaft: a preliminary study on the purposiveness & the non-purposiveness of muslim scholarship. Nordic Journal of Comparative Religion: Vol. 2014. Article 44.
27. Tottoli, R. «İslamî Literatürde İsrâîliyyât Teriminin Kökeni ve Kullanımı», Marife Dini Araştırmalar Dergisi, c. 10, sayı. 2, ss. 201-215, Eyl. 2010, doi:10.5281/zenodo.3344180
28. Tottoli, R. Biblical prophets in the Qur’ān and Muslim literature. -London: Routladge Press, 2002. -213 p.
29. Tottoli, R. Origin, and Use of the Term Isrāʾīliyyāt in Muslim Literature. -Arabica, T. 46, Fasc. 2, 1999. -Р. 193-210.
30. Zakariya Qawiniy. The woders of creation. Iroq: Wasit. 1863. -500 s. https://hdl.loc.gov/loc.wdl/wdl.8962
31. Васильев А. История религий Востока. -М:., 1997. -166 с.

