Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ARAB TILSHUNOSLIGIDA MAONIY ILMIGA XOS QARASHLAR

    Salima RUSTAMIY (Muallif)

    Dunyoda o‘rta asr olimlarining tilga oid nazariy va amaliy masalalarni qamrab olgan tilshunoslikka oid qarashlari adab ilmlari tarkibida lug‘at (leksikologiya), sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), balog‘at ilmlari kabi sertarmoq va murakkab ilmiy nazariyalar majmui sifatida ravojlanib, uning o‘rganish ob’ekti til, til hodisalari va til ifodasi bo‘lgan nutqdan iborat bo‘ldi. Til – murakkab ramzlar tizimi sifatida baholandi. Til hodisalarini nazariy o‘rganish jarayonlarida G‘arb lingvistika maktablari tilning kommunikativ, kognitiv, nominativ va akkumulyativ funksiyalariga e’tibor qaratdi, shu bois G‘arb olamida sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropolingvistika kabi sohalar rivojlandi. Islom uyg‘onish davrida tilshunoslarni ko‘proq tilning emotsional-ekspressiv, ya’ni volyuntativ funksiyasi qiziqtirib, til hissiy-ruhiya ta’sir vositasi sifatida chuqur o‘rganildi. Natijada tilning estetik ta’siri va badiiy tuzilishi haqidagi nazariy qarashlar arab dunyosida balog‘at ilmining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Bugungi kunda jahon tilshunosligida balog‘at ilmining tarixi, tuzilishi, ahamiyati, istilohlar ma’nosi, badiiy vositalarning qo‘llanish usullarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Tadqiqotchilar oldida balog‘at ilmining nazariy asoslari, uning adab ilmida tutgan mavqei, zamonaviy usullar yordamida balog‘at ilmlari tipologiyasini amalga oshirish vazifasi turgan bo‘lib, uning yechimi ilmiy-adabiy qarashlar tizimini anglashga xizmat qiladi.


    Maoniy ilmida kalomning xabar (خبر) va insho (إنشاء) xususiyatlari talqini, musnad (مسند) va musnad ilayhi (مسند إليه) munosabatlari va ularning ifodalanish tarzlari, qasr (قصر) usulining ma’no xoslash xususiyatlari, fasl (فصل) va vasl (وصل) usullarida stilistik va semantik bog‘lanish tartibi, ma’noni iyjoz (إيجاز), itnob (إطناب), musovat (مساواة) usullarida shakllantirish xususiyatlari balog‘at ilmi haqidagi qarashlar asosida tadqiq qilingan. Maoniy ilmida kalomning musnad va musnad ilayhi ruknlari, ularning xossalari haqidagi to‘liq ma’lumot beriladi. Maqolada maoniy ilmi haqida yuqorida ta’kidlangan xabar, insho, musnad va musnad ilayhi masalalari tahlil qilingan.

    4-12
    17
    3
    20-07-2026
  • ZAMONAVIY ARAB TILINING DOLZARB MUAMMOLARI

    Bakhrom DAMINOV (Muallif)

    Maqola arab tilshunosligining bugungi kungacha uning tarixi davomida arablarni qiziqtirgan eng dolzarb muammolarni o’rganishga bag’ishlangan.  Ushbu maqolada arab tilshunosligining turli sohalariga oid masalalarda markaziy o’rinni egallab turgan eng muhim muammolar ko’rib chiqiladi.


    Hozirgi vaqtda arab tilshunosligi leksikografiya, hududiy dialektlar va zamonaviy arab adabiy tilini o’rganish masalasi zamonaviy arabshunoslik uchun muhim vazifalardan hisoblanadi.


    Bahsning dolzarbligi arab tili muammolarini o’rganish zamonaviy tilshunoslik nazariyasining bir qismi ekanligi bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati zamonaviy arab adabiy tilining dialektlar, leksikologiya va fonetikaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan bog’liq bo’lib, ushbu muammoning tarixiy sohasi ham ko’rib o’tiladi.


    Maqola ahamiyatining yana birjihati shundaki unda, arab mamlakatlaridagi lingvistik vaziyatga alohida e’tibor qaratilib, umumiy adabiy tilni yaratishdagi to‘siqlarni yengib o‘tish muammosi, adabiy til va lahjalarning leksikologik xususiyatlari, shuningdek, arab tilshunosligining tarixiy bosqichlari haqida so’z yuritiladi.


    Maqolaning maqsadi, til va uning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan sotsiologik va etnolingvistik jarayonlarning asosiy tuzilmalarini , arab tilshunosligi aspektlarini o’rganishni tahlil qilishdan iborat.


    Muallif hududiy lahjalarni (ayniqsa, Magrib mamlakatlari dialektlarini) farqlashning murakkab muammosiga, fonetika, grammatika va leksikologiyada adabiy tildan qishloq va shahar lahjalari o’rtasidagi keng tafovutga e’tibor qaratadi. Ushbu muammo juda kam o’rganilgan va qo’shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.


    Xulosada arab mintaqasidagi lingvistik vaziyatning mohiyatini ochib berish, arab mamlakatlarida olib borilgan arablashtirish muammolarini tavsiflash, sotsiologiyaning zamonaviy tilshunosligi nuqtai nazaridan arab tilining kelajagi xususida fikr yuritiladi.

    154 - 163
    89
    8
    23-06-2026
  • ZAMONAVIY ARAB ADABIY TILIDAGI IQTISODIY SOHAGA OID O‘ZLASHTIRMALARI HAQIDA

    Viktoriya MAMADJANOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada zamonaviy adabiy arab tilida iqtisodiy sohalarda qo‘llanib kelayotgan atamalarning bosha chet tilaridan  o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga  alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zlashtirma usuli yordamida  tilga kiritilgan iqtisodiy atamalar – tillararo aloqalar natijasi bo‘lib,  bir tilning leksik birliklari A tilida shakllanib,  B tiliga ko‘chiriladi va unda qo‘llaniladi.


    Bugungi kunda atamalar tildagi so‘zlarning umumiy sonini 25 % shakllantiradi, bu ushbu usulning samaradorligini ko‘rsatadi.   Dunyoning barcha tillariida lug‘at faqatgina asl so‘zlari bilan cheklanmagan, deyarli har bir tilni rivojlantirish uchun so‘zlarni boshqa tillardan olish jarayoni tabiiy va odatiy hisoblanadi. Turli xil tillarda rivojlanishning turli davrlarida, tashqi o‘zlashtirmalarning foiz nisbati o‘zgarib turadi, chunki o‘zlashtirilgan lug‘at lingvistik guruhlar o‘rtasidagi etnik aloqalar, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni tasdiqlaydi. Qadim zamonlardan boshlab turli mamlakatlarning ona tilida so‘zlashuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatgan (savdo, urushlar) va hozirgi davr, globallashuv davri bilan yakunlanib, barcha bunday aloqalar dunyo tillarida aks ettirilgan. O‘rnatilgan aloqalarning tabiati va shartlari qanday o‘zgarganiga qarab, o‘zlashtirmalarning predmet – kontseptual doirasi, tashqi o‘zlashtirmalarga bo‘lgan munosabati va natijada o‘zlashtirmalarni rivojlantirish va o‘zlashtirish darajasi o‘zgargan. Hozirgi vaqtda so‘zlarni o‘zlashtirish jarayoni, odatda, mahalliy so‘zlashuvchilarni xalqaro terminologik tizimlari, xususan, kompyuter texnologiyalari, zamonaviy aloqa vositalari va boshqalar bilan tanishtirish bilan birga olib borilmoqda. O‘zlashtirmalarning muammosi – tillarning o‘zaro ta’siri va til evolutsiyasi jarayonini o‘rganish uchun o‘ta muhim umumiy til muammolaridan biridir. O‘zlashtirmalarni  xalqlar o‘rtasidagi turli aloqalar kontekstida vujudga keladigan yangi voqelik va tushunchalarni belgilash usullaridan biri deb hisoblashimiz mumkin.  O‘zlashtirilgan iqtisodiy atamalar lingvistik talqinning xilma -  xil jihatlari bilan bo‘g‘lik bo‘lib o‘zlashtirmalarning darajasi va tabiati o‘zaro ta’sir qiluvchi madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarning darajasi va xususiyatini aks ettiradi.Tarix masalasi, tuzilishi, tipologiyasi, xorijiy lug‘atlarni o‘zlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari yoritilgan.


    Ushbu maqolada zamonaviy adabiy arab tilidagi  iqtisodiy sohalarda qo‘llaniladigan atamalar tasnifi berilgan hamda ularning kelib chiqish tarixi, tuzilishi, tipologiyasi,  o‘zlashtirilishi masalalari, o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari yoritilgan.   .

    91-99
    35
    9
    16-07-2026
  • TERMINOLOGIYA ZAMONAVIY ADABIY ARAB TILIDA MAXSUS TIL QATLAMI SIFATIDA

    Victoriya MAMADJANOVA (Muallif)

    Ushbu maqola arab mamlakatlarida zamonaviy terminologiyaning shakllanishi  va qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga bag’ishlangan.  Uning leksik – terminologik tarkibini shakllantirish jarayoniga ta’sir ko’rsatgan omillarni aniqlash juda muhim o’rin tutadi. Arab davlatlarining milliy ozodlik harakatlari jadallashgandan so’ng, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, arab tilining rasmiy maqomi masalasi mintaqaviy va global miqyosda bir necha bor ko’tarildi. Ta’limning milliylashtirilishi arab mamlakatlarining til siyosatning asosiy printsipiga aylandi. Gap butun xalq ta’limi tizimining arab tiliga o’tishi, o’rta asrlar mumtoz tilining kundalik aloqa tili sifatida joriy etilishi haqida edi. Arab mintaqasidagi siyosiy vaziyatning o’zgarishi mustamlaka tilidan tizimli ravishda chiqib ketishi, zamonaviy adabiy tilning leksik tarkibini boyitishi, milliy terminologiyaning rivojlanishi bilan birga kechdi. Bu jarayonda jamiyat va ta’lim muassasalari tomonidan qo’llab – quvvatlanadigan an’anaviy maktab nuqtai nazarlari ustunlik qildi. Arab mamlakatlarida tilga nisbatan an’anaviy qarashlardan uzoqlashish urinishlari ma’qullanmadi. Fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi arab tilida ko’plab yangi tushunchalarning paydo bo’lishiga va xorijiy atamalarni jadal o’zlashtirishga olib keldi. Vazifa jahon ilmiy va texnologik taraqqiyot talablariga javob beradigan ta’lim sohasidagi yangi mazmun bilan ta’minlash edi. Moslashuv jarayonida xorijiy atamalar arab tilining amal qilish sharoitlariga moslashtirildi. Mavzular noaniqligi va professional tarjimaning yetishmasligi tufayli juda ko’p sinonim nomlar paydo bo’ldi. Biroq, bu har qanday terminning shakllanishi va faoliyatining ekstralingvistik shartliligini aks ettiruvchi tabiiy hodisa. Arab terminologiyasini o’rganishga sotsiologik yondashuv uning rivojlanishidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi.

    147 - 156
    19
    5
    04-07-2026
  • BADIIY DIALOGNING KOGNITIV VA MADANIY TAHLILI

    Gulkhayo ABDUGAFFAROVA (Muallif)

    Ushbu maqolada kognitiv va madaniy tilshunoslik nuqtai nazaridan badiiy dialogdagi konseptni tahlil qilish ko’ribchiqilgan. Kognitivvamadaniytilshunoslik tilga nisbatan antropotsentrik paradigma natijasida yuzaga kelgan tilshunoslikning zamonaviy yo’nalishlari hisoblanadi. Ushbu yondashuvda eng asosiysi til va inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar turadi. Shuni ta’kidlashsh joizki, kognitiv va madaniy tilshunoslik o’zining asosiy tushunchalariga egadir va “konsept” tushunchasi kognitiv va madaniy tilshunoslikning asosiy tushunchalaridan biri sifatida qaraladi, shuningdek u tilshunoslikning bir nechta fan sohalarining ham diqqat markazida turadi. “Konsept” tushunchasini aniqlashtirish maqsadida unga turli xil ta’riflar berilgan. Konsept insonning dunyoni idrok etish jarayonida olgan hissiy, jismoniy, tarixiy, shaxsiy va ijtimoiy tajribasi orqali shakllanadi. Konsept tushunchasiga berilgan yana bir ta’rif shundan iboratki, u butun ruhiy shaxsga yoki butun jamoaga tegishli bo’lgan kontseptual dunyo rasmining tarkibiy qismi sifatida, shuningdek murakkab aqliy mohiyatdir. Hozirgi vaqtda kontsept tushunchasiga bir nechta yondashuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Kontsept tushunchasiga ikkita yondashuv mavjud: kognitiv va madaniy. Kognitiv yondashuvga ko’ra, kontsept bu dunyo haqidagi ma’lumotlar, biron bir shaxs yoki jamoat dunyo ob’ektlarini bilishi, taklif qilishi va o’ylashidir. Madaniy yondashuvga ko’ra, kontsept madaniyatga xos va milliy yo’naltirilgan birlik, milliy imidj ko’taruvchi va baholovchi qatlamlardan tashkil topgan va hissiy, ekspressiv komponentlar va assotsiativ aloqalar bilan tavsiflangan ko’p qirrali aqliy tuzilma sifatida tavsiflanadi. Ushbu maqolada, Go’zallik va Sevgi tushunchalari o’rganilishiga ko’ra, tushuncha, tasviriy va baholovchi qatlamlari bilan tahlil qilinadi. Maqolada tuzilishning tarkibiy qismini tashkil etadigan konseptual xususiyatlar tahlilning har bir bosqichida aniqlanadi. Shu munosabat bilan, ikkita tushuncha avvalo lug’aviy ta’riflarga ko’ra tahlil qilinadi. Tasviriy va baholovchi qatlamlar matnlarning badiiy dialoglari qismlarida konseptning xususiyatlariga asoslanadi. Bundan tashqari, kontekstual tahlil lug’at tahlili va frazeologik tahlil darajasida topilmagan kontseptual xususiyatlarni ochib beradi.

    174-182
    35
    5
    03-07-2026
  • FONOLOGIK O‘ZGARISHLARNING SO‘Z TUZILMASIGA TA’SIRI

    Sadiq Hilal Abdul-Razek (Muallif)

    Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslik tadqiqoti fonetik qonuniyatlar va morfologiya o'rtasidagi chuqur bog 'liqlikka e ’tibor qaratiladi. Chunki so ‘z yasalishini fonetika va uning qoidalaridan ajratib о ‘iganish mumkin emas. Bu bog ‘liqlikning eng yaqqol namunasi Qur ’onning sahih qiroatlaridagi farqlarda ko'zga tashlanadi. Bu morfologik farqlar ikkita asosiy omil bilan bog ‘liq: Fonetika qonunlari, ya ’ni tovush uyg ‘unligini fa ’miniash, talaffuzdagi harakatni qisqartirish va bir so ‘z ichida tovushlarning о ‘xshashligi yokifarqliligidan kelib chiqadigan qiyinchiliklardan qochish; Lahjaviy farqlar. Bu farqlar esa nutq organlarining fizik xususiyatlari, ayrim til hodisalariga sodiqlik (madaniy omillar), va qo ‘shni xalqlarning ta ’siridan kelib chiqadigan geografik omillar kabi fonetik sabablarga borib taqaladi.
    Tadqiqot Qur ’on ma nolarini izohlovchi manbalarga asoslangan bo ‘lib. sahih qiroatlardagi farqlar va ularning sabablari tahlil qilingan. Tadqiqotda bu sabablarga zamonaviy fonetika yondashuvi bilan izoh beriladi. Shuningdek, buyruqfe'liningyasalishi. ifta'ala va tafa“ala vaznlaridagi o'zgarishlar, va fonetik ta’sir ostidagi fe’l bablari kabi morfologik masalalar yoritilgan.
    Tadqiqotda tavsifly metoddan foydalanilgan — til hodisalari fonetik qonunlar asosida kuzatilib, tadqiq va tahlil qilingan.
    Tadqiqot yakunida, so ‘z yasalishi (isteqoqdan tashqari) aslida nutq sohibi ongli ravishda emas, fonetik qonunlarni tabiiy qo ‘llashi natijasidayuzaga keladigan tovush farqlariga asoslangan, degan xulosa ilgari suriladi.

    37-43
    24
    8
    01-04-2026
  • HAQIQAT VA  MAJOZ –  BAYON ILMINING ASOSI

    Nigora MULLASODIQOVA (Muallif)

    Annotatsiya. Til inson fikrining boyligi va go'zalligini ifodalovchi asosiy vosita bo ‘lib, badiiy asarlarda majoziy ma 'nolar orqali kuchli obrazlar yaratishga xizmat qiladi. Balog'at ilmida Jikr ifodalashning turli uslublari tahlil qilinadi, jumladan, bir gapning bir necha xil uslublarda ifodalanishi bayon ilmining markaziy masalasi deb e ’tirof etiladi.
    Bayon ilmining asosini tashbih, haqiqat va majoziy ma 'no hamda kinoya mavzulari tashkil etadi. Tashbih bir narsani boshqa bir narsaga о ‘xshatishdir. О 'xshatish vositalari va о 'xshashlik jihatining mavjudligiga qarab tashbih turlari о ‘zgaradi. Kinoya esa gap tagida boshqa bir gapni aytish, ya 'ni qochirim qilish yo ‘llarini о ‘rgatadi. Haqiqat va majoz esa so ‘zlarning asl va ко 'chma та 'no ifodalashini о 'rganadi.
    Mazkur maqolada bayon ilmining asosiy tushunchalaridan biri bo 'lgan haqiqat va majozning stilistik xususiyatlari, ularning til vositasi sifatidagi funksional ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. Maqolada tashbih, haqiqat, majoz, majoz mufrad, majoz murakkab, majoz lug'aviy va majoz aqliy, majoz mursal, istiora, istiora tasrihiyya, istiora makniyya va kinoya kabi bayon vositalari klassik adabiyot namunalari va Qur 'on oyatlari asosida tadqiq etilgan. Haqiqiy ma 'no - so ‘zning asl lug ‘aviy mazmunini bildirsa, majoziy та 'no о 'sha so ‘z orqali ifodalanadigan ко 'chma ma ’noni ifodalaydi.
    Maqolada obrazli ko'chma ma'no lug'aviy majoz tushunchasini tashkil qilishi, mantiqiy ifoda esa aqliy majoz tushunchasini tashkil qilishi haqidagi mulohazalar tahlil qilingan. Shuningdek, lug 'aviy va aqliy majoz о ‘rtasidagi farqlar, ularning qo 'llanish uslublari turli misoliar orqali ochib berilgan. “Istiora ” tushunchasi va uning tasrihiy va makniy turlari, majoz mursalning sabab, natija, qism-butun munosabatidagi turlari misoliar orqali izohlangan.
    Maqolada arab va о ‘zbek adiblarining asarlaridan turli misoliar keltirilib, qiyosiy tahlil qilingan. Bayon ilmining nazariy asoslari bilan birgalikda ularning amaliy ко 'rinishlari ham о 'rganilgan. Shu bilan birga balog 'at ilmining uslubiy imkoniyallarining mantiqiy, estetik va didaklik vazifalari yoritilgan.

    38-45
    69
    10
    12-05-2026
  • NAHV VA  USUL  ILMLARI  O‘RTASIDAGI INTEGRATSIYA:  QAROFIYNING “NAFĀʾIS AL-UṢŪL” ASARIDAGI  HURUF AL-MA’ONIY  MISOLIDA

    Abdelwahed Awad MOHAMED Ali (Muallif)

    Ushbu tadqiqot nahv va usul ilmlari о ‘rtasidagi integratsiya muammosini mohir usulchi va ye tuk nahvshunos Shihobiddin al-Qarofiyning merosi misolida tahlil qilingan. U o‘zining «Nafa'is al-usul» asarida ко 'plab nahviy qoidalarni keltirib, ularni usuliy masalalarni boyitishda qo ‘Hagan va bu ilrniy qo ‘shimchalar nahv hamda usulni о ‘rganuvchi talaba uchun zarur manba bo ‘lib qolgan.
    Tadqiqotda Qarofiyning «Nafa'is» asarida ma’no harflari (huriif al-ma am) haqidagi mulohazalari asosiy masala sifatida о ‘rganilgan. U mazkur masalalarda nahv ilmini usul ilmi doirasiga tatbiq etib, ikki fan o'rtasida uyg ‘unlik va integralsiyaga erishishga intilgan.
    Tadqiqotning asosiy maqsadi — ushbu integralsiyaning sabablari, ijobiy jihatlari, matnlami anglash va fiqhiy hukmlarni istinbot etishdagi tasirini ochib berishdan iboratdir. Shuningdek, Qarofiyning mazkur integralsiyaga erishishdagi falsafasi, metodologiyasi va qo‘Hagan mexanizmlari sharhlanadi. U qaysi nahviy ma ’lumotlarni qahul qilgani, qaysilarini rad etgani, nima uchun shunday yo ‘I tutgani hamda ma ’no harflariga о id masalalarda avvalgi nahvshunoslar va usulchilarning qarashlariga qanday qo ‘shimchalar kiritganini tahlil etadi. Shu tariqa Qarofiyning integratsion va tizimli olim sifatidagi maqomi yoritiladi.
    Tadqiqot tahliliy va istinbotiy metodi asosida olib borilgan. Qarofiyning ma ’no harflariga oid qarashlari nahv va usul ilmlari nuqtai nazaridan tahlil qilinib, ulardan nazariy va ma 'rifiy asoslar chiqarib olingan.
    Tadqiqot kirish qismi, to rlta bob va xulosadan iborat. Kirishda mavzu, muammo, savollar, maqsadlar. metodologiya hamda tadqiqotning avvalgi izlanishlar bilan aloqasi bayon etilgan. Birinchi bobda nahv va usul integratsiyasining sabablari va mezonlari hamda Qarofiyning bu boradagi xizmati ко 'rsatib berilgan. Unda usuliylarning nahviy ma'lumotlarga, nahvshunoslarning esa usuliy qo ‘shimchalarga bo ‘Igan ehtiyoji tushuntiriladi. Shuningdek, usuliylar nahviy masalalarni о 'z asarlariga kiritish yoki kiritmaslik mezonlari aniqlanadi.
    Ikkinchi bobda nahv va usul integratsiyasi falsafasi hamda uni ng *”Naja'is”*dagi dalillari tahlil qilinadi. Bu falsqfaning ahamiyati va zamon ruhiga muvofiqligi ochib beriladi. Uchinchi bobda integratsiya metodologiyasi yoritilih, tafsiliy va ijmoliy bayon, qoida qo ‘yish, nahviy masalalarga usuliy xususiyat berish, dalolal va ma ’no nozikliklariga e ’tibor qaratiladi.
    To ‘rtinchi bob Qarofiyning integratsiyani amalga oshirish mexanizmlariga bag'ishlangan. Unda uning tafsilotlarga chuqur e ’tibori, usuliy qoidalarni til masalalariga tatbiq etishi, nahviy qoidalarning shar ’iy qo ‘llanishini ко ‘rsatishi, usuliylarning so ‘zlarini nahvshunoslar qarashlari asosida baholashi, и laming fikrlari о ‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etishi hamda nahviy ma ’lumotlarni usuliylarning dalillarini sharhlashda qo ‘llashi yoritilgan.
    Xulosa qismida tadqiqot natijalari umumlashtirilib, usuliylarning o'z asarlarida nahviy masalalarni ilmiy integratsiyaning ahamiyatini chuqur anglagan holda kiritgani, Qarofiyning esa shariat ilmlaridagi chuqur bilim bilan tilshunoslikdagi ijodkorlikni uyg 'unlashtirib, uni shariat matnlarini to ‘g ‘ri anglash va shar 'iy hukmlarni istinhot etishda samarali qo ‘llaganligi ta 'kidlangan.

    39-52
    145
    6
    18-05-2026
  • PASHTU TILIDA INTERFIKS YORDAMIDA YASALGAN KOPULYATIV QO‘SHMA SO‘ZLAR

    Ugiljon ABDUVALIYEVA (Muallif)

    So‘z yasalishi masalasi hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu masalaning dolzarbligi, ayniqsa, pashtu tili kabi kam o‘rganilgan tillar uchun ortib bormoqda, chunki bu masala tilning lug‘at boyligining zamon talabiga mos ravishda boyib borishi bilan bog‘lanib ketadi. Hayotning turli sohalaridagi taraqqiyot tufayli yuzaga kelayotgan yangi tushunchalarni ifodalash zarurati tilda mavjud bo‘lgan imkoniyat va resurslar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilish zaruratini tug‘dirmoqda. Bu jarayonni ilmiy asosda o‘rganish, uning yo‘nalishlarini aniqlash, o‘ziga xos jihatlarini til materiali tahlili asosida belgilab berish bugungi kunda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Kopulyativ qo‘shma so‘zlar yasalishi mazkur mavzuning har tomonlama qiziqarli va deyarli o‘rganilmagan sohalaridan deyish mumkin. Fanda bu masalaga qisman to‘xtalib o‘tilgan ishlar mavjud, ammo ularning ham eng oxirgilari nashr qilinganiga 40 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bu muddat davomida pashtu tili lug‘at fondi tarkibida, shu jumladan kopulyativ qo‘shma so‘z yasalishi usullarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keldi. Tilning lug‘at fondi dinamik xarakterga ega bo‘lganligi uchun unda kechayotgan jarayonlarni sinxron planda tadqiq etish hamisha ilmiy ahamiyatga molik. Predlog-infikslar hamda bog‘lovchi infiks yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarni tadqiq etish ana shu masalaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqola pashtu tilida په [pә], نا [nā], پر [pәr], له [lә], د [dә] predlog-infikslari bilan birikib, hosil bo‘ladigan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning analitik va sintetik metodlari asosidagi tahlili shuningdek, او [aw] bog‘lovchi-infiksining kopulyativ qo‘shma so‘z yasashdagi o‘rniga bag‘ishlanadi. Maqolada masala konkret shaklda ̶ predlog-infikslar va او [aw] bog‘lovchi infiks yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar tadqiqot predmeti, hozirgi zamon pashtu tili materiallari esa tadqiqot ob’ekti etib belgilangan. Ishning ilmiy yangiligi mana shu masalalarda o‘z ifodasini topgan. Maqolada predlog-infikslar hamda bog‘lovchi infiks orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar         guruhlarga bo‘lib tahlil qilingan.

    159-166
    12
    4
    03-07-2026
  • TA'LIM JARAYONIDA TEST TUZISHNING O'RNI

    Dilbar KHASANOVA, Hugh CARTWRIGHT (Muallif)

    Deyarli har doim "test" so'zi deganda ko’z oldimizga to'rt yoki besh javobga ega savol gavdalanadi. O'quvchilarga test sinovlari topshirish haqida aytilganda, ular odatda bir nechta javobga ega savollarni tushunishadi. Aslida test deganda har xil savol shakllari orqali o'quvchilar bilimini tekshirishga aytiladi. Ushbu maqolada, O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyati tomonidan litsey va kollejlarning 2-kurs o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan oraliq test sinovlari haqida so’z boradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi - sinov savollarini o’rganib chiqish va agar ularning test jarayonlarida olingan natijalari sababi baholash printsiplari bilan bog'liq bo'lsa, ularning alternativ variantini taklif qilishdan iborat. Har ikkala oraliq testlar O'zbekiston Ingliz tili O'qituvchilari Uyushmasi (UZTEA) ma'muriyatining mezonlariga asoslangan testlar sifatida ishlab chiqilgan. Tuzilgan testlar baholashga oson va aniq, shuningdek o'quv rejasiga asoslanganligi, hamda to’rt til kompetensiyasini tekshirishga mo’ljallangan bo’lganligi uchun, bu testni ishonchli va amaliy, testing to’rt prinsipidan ikkitasi rioya qilgan deb aytsak bo’ladi. Shuni aytish joizki, testing qolgan ikkita spetsifikatsiyasi, ya’ni ishlash uchun qulaylik hamda autentiklik darajasi test talablaridan, bizning fikrimizcha biroz uzoq. Garchi oraliq test sinov savollari to'rtta qobiliyatni tekshirishga qaratilgan bo'lsa-da, ushbu tadqiqot faqat talabalarga ishlashda qiyinchilik tug’diradigan qismini o’rganishga yo’naltirilgan, ya’ni o’qib tushunishni tekshirish qism savollarini rijojlantirishga. Maqolada yuqorida qayd etilgan test bo’limlari savollari tilshunos olimlar qarashlarini e’tiborga olgan va test prinsiplariga muvofiq bo’lgan holda tahlil qilinadi. Ingliz tili o'qituvchilari uchun ushbu test tahlili loyihasining ahamiyati shundaki, savollarni test prinsiplari va talablari asosida tuzilish, bo’lajak yoki kutilayotgan natijalarida muhim o’rin kasb etishini ko’rsaib beradi. Tushunarli bo'lishi uchun tayyor testlar va o'zgartirilgan variantlar o'rtasidagi farqlar quyidagi bosqichma bosqich test spetsifikatsiyalariga muvofiq tahlil qilinadi.

    166-174
    21
    3
    03-07-2026
  • ERON ADABIYOTI MALIKASI

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Eronning jahon miqyosida shuhrat qozongan badiiy soʻz ustalari orasida xotin-qiz shoiralar ham kam emas edi. Maqolada ana shu shoiralar osmonining yorqin yulduzlaridan biri Parvin Eʼtisomiyning merosini oʻrganilib, tadqiq qilingan. Parvin Eʼtisomiy 1907-yil 15-martda Tabriz shahrida mashhur adib Yusuf Eʼtisomiy oilasida tugʻildi. Boʻlgʻusi shoiraning otasi oʻqimishli kishi boʻlib, adabiyotga ixlosi baland edi. Maqolaning maqsadi shoira sheʼriyatidagi mafkuraviy va badiiy usulni oʻrganish, mahoratini aniqlash, shuningdek, uning ijodini tahlil qilish orqali eron adabiyoti tarixida uning asarlari oʻrnini aniqlashdan iboratdir. Eron adabiyotshunoslari Rashid Yosimiy, doktor Notil Parviz Xonlariyning aytishlaricha, Parvinning otasi tarjimon va isteʼdodli stilist ham edi. Uning adabiyot sahnasidagi xizmatlaridan biri – “Bahor” jurnalini nashr ettirganligidir. Parvin Yusuf Eʼtisomiyning yagona qizi edi. Yoshlik chogʻida ota-onasi va akasi bilan birga Tehronga koʻchib kelgan Parvin qizlar oʻrta maktabiga kirib oʻqiy boshlaydi. Maktabda Parvin oʻzining favqulodda isteʼdodi, qunti, odobi va kamtarligi bilan ajralib turardi. Maktabni muvaffaqiyat bilan tugatgani tufayli sinfdoshlari orasida yolgʻiz Parvin oʻqituvchilikka tavsiya etiladi. Parvinning dunyoqarashining shakllanishiga, ajoyib talantining gullab-yashnashiga otasi Yusuf Eʼtisomiy katta taʼsir koʻrsatadi. U otasidan fors va arab adabiyoti boʻyicha ham koʻp maʼlumot oldi. Otasi rahbarligida Parvin oʻz xalqi yaratgan boy adabiyot va sanʼatni qunt bilan oʻrgandi. Fransuz, ingliz, turk va arab tillarini yaxshi bilgan Parvin Yevropa va jahon adabiyoti bilan tanishadi. Ana shunday sharoitda ulgʻaygan Parvin yoshligidanoq sheʼr yoza boshlaydi. Eʼtisom-ul-mulkning uyida koʻpgina shoirlar yigʻilishib turardi. Ana shunday yigʻilishlarda qatnashgan Eron shoirlari Malik-ush-shuaro Bahor, Muhammad Qazviniy, Said Nafisiy va boshqalar isteʼdodli shoira Parvinning yangi ijodidan bahramand boʻlardilar. Bu sheʼrlarga ular tomondan berilgan yuksak baho va tahsinlar kamtarin xislatli, uyatchan Parvinni magʻrurlantirmasdan, aksincha isteʼdodli shoirani yanada koʻproq qunt bilan ishlashga undardi. Maqolada Parvin Eʼtisomiyning faoliyati va merosi qator olimlarning tadqiqotlari oʻrganilib, tahlil qilingan.

    68-77
    15
    5
    06-07-2026
  • PASHTU TILIDA KOPULYATIV QO‘SHMA SO‘ZLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TAHLILI

    Ugiljon S. ABDUVALIYEVA (Muallif)

    So‘z yasalish masalasi, xususan, kopulyativ qo‘shma so‘z hosil bo‘lish yo‘llarini zamonaviy metodlar asosida tadqiq qilish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu masalaning dolzarbligi, ayniqsa, pashtu tili kabi kam o‘rganilgan tillar uchun ortib bormoqda, chunki til lug‘at boyligining zamon talabiga mos ravishda boyib borishi bilan bog‘lanib ketadi. Tilning lug‘at fondi dinamik xarakterga ega bo‘lganligi uchun unda kechayotgan jarayonlarni sinxron planda tadqiq etish hamisha ilmiy ahamiyatga molik. Pashtu tili grammatikasi borasida ingliz, rus, afg‘on hamda o‘zbek tilshunos olimlari tomonidan bir qator ishlar turli mavzularda amalga oshirilgan. Lekin aynan kopulyativ qo‘shma so‘zlarga to‘xtalgan joyini topish mushkul. Ko‘rib o‘tilayotgan mazkur ishda hind-yevropa tillar oilasining eroniy tillar guruhiga kiruvchi pashtu tilidagi fe’l so‘z turkumi ishtiroki orqali hosil bo‘lgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning strukturasi va semantikasi kompleks ravishda tadqiq etildi. Mazkur ilmiy maqola pashtu tilidagi ot + fe’l, fe’l + fe’l va aralash turdagi fe’l shakllari orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning tahliliga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ushbu tadqiqot ishi kopulyativ qo‘shma so‘zlarning lug‘aviy qatlamlardagi o‘rni va vazifasini belgilash, ularning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi. Tahlil davomida fe’l so‘z turkumi orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar guruhlarga bo‘lib o‘rganildi. Tadqiqot ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad pashtu tilidagi aynan fe’l so‘z turkumi ishtiroki orqali yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarni struktur va leksik jihatdan tahlil qilishdir. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida pashtu tilidagi fe’l turkumiga oid kopulyativ qo‘shma so‘zlar qanday ifodalanishi, uning faqat shu tilga xos xususiyatlari, nozik jihatlari o‘rganildi. Shuningdek, maqola kopulyativ qo‘shma so‘zlarning analitik va sintetik metodlari asosida tahlil qilindi. Maqolada masala konkret shaklda ̶ ot + fe’l, fe’l + fe’l va aralash turdagi fe’l shakllari yordamida yasalgan kopulyativ qo‘shma so‘zlar tadqiqot predmeti, hozirgi zamon pashtu tili materiallari esa tadqiqot ob’ekti etib belgilangan. Ishning ilmiy yangiligi mana shu masalalarda o‘z ifodasini topgan.

    78-83
    19
    3
    06-07-2026
  • ARAB MAQOLLARI ULARNING XUSUSIYATLARI, AHAMIYATI, TANLASH MEZONLARI VA ARAB TILIDA SO‘ZLASHMAYDIGANLARGA O‘RGATISH USULLARI

    MOHAMED ALI ABDELWAHID (Muallif)

    Maqollar arab tili va adabiyotining ajralmas qismi, arab madaniyatining ko‘zgusi bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida ham muhim rolga ega. Chunki u fikrlarni yaqinlashtiradi, tushunchalarni oydinlashtiradi va vaziyatlarni tushunishga yordam beradi. Shuning uchun u arab tilini o‘rgatish uchun har qanday akademik tarkibda ajralmas hisoblanadi. Bu jihatdan ushbu tadqiqot maqollarning arab tilida  so‘zlashmaydiganlarga o‘rgatishdagi ahamiyatini ko‘rsatib, uning arab tili o‘quvchilari uchun boy va foydali o‘quv materiali bo‘lishini ta’minlaydigan xususiyatlarini oydinlashtirib beradi. Shuningdek, arab tilida so‘zlashmaydiganlar bilishlari kerak bo‘lgan maqollarni tanlashni amalga oshiradigan ba’zi me’yorlarni aniqlashtirib, ularni o‘rgatish uchun mos usullarning ba’zisini tanlash bayon qilinadi.


    Ushby tadqiqotning ba’zi natijalarini ochiqlaydigan bo‘lsa, jumladan, maqollar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular arab tilini ona tili bo‘lmaganlarga o‘rgatishda, ularni o‘quvchi o‘rganayotgan lingvistik materialga integratsiyalashda muhim o‘quv materiali bo‘lib, ular darajasi va mazmuniga ko‘ra o‘zlariga mos mavzular bo‘yicha taqsimlanadi – ma’lumotlarni boyitadi va rivojlantiradi.


    O‘quvchilarning lingvistik, kommunikativ va madaniy kompetentsiyalarini oshiradi. Maqollarning arab tilini ona tili bo‘lmaganlarga o‘rgatishdagi ahamiyati tilning adabiyoti va madaniyatining muhim bo‘lagi ekanligidan kelib chiqadi va o‘quvchiga so‘zlarni tuzatish va kerak bo‘lganda ularni eslab qolish imkonini beradi. Arab madaniyati va adabiyotini tushunishga yordam beradi. Unga yuksak qadriyatlar va chuqur tajribalar berib, bevosita hayot san’atini o‘rgatadi.


    Maqollarga tarbiyaviy nuqtai nazardan yondashishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning lingvistik, kommunikativ va madaniy kompetensiyalarini egallashda maqolning ta’sirchanligiga qaratilishi kerak. Shuning uchun ham tadqiqot davomida maqollarning ta’lim-tarbiyaviy jihatdan tanlab olinadigan 
    bir qator mezonlari aniqlandi. Bu mezonlar maqollarni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishning samarali usulidir.


    Maqollarni o‘rgatishda o‘qituvchining roli faqat ma’nosini tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki arab tilida so‘zlashmaydigan o‘quvchilarga turli o‘rin va sharoitlarga ko‘ra ulardan foydalanish uchun zarur ko‘nikma hosil qilishi kerak. Bu asosga ko‘ra, mazkur tadqiqotda o‘qitish usullari, o‘rgatish texnologiyalari keltiriladi. 
    Bulardan o‘qituvchi maqollarni til sohiblari bo‘lmagan o‘quvchilarga o‘rgatishda foydalanishi mumkin.  

    19 - 30
    17
    6
    07-07-2026
  • FORS BADIIY NASRI HAQIDA

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Bu maqolada fors adabiyotining nasrini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – IX-XV asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir.


    Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa bir oz e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham eshitilib qoladi. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir.


     IX-XV asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.


    IX-XI asrlarda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.

    69-77
    23
    4
    17-07-2026
  • SALJUQIYLAR DAVRI TARIXI YORITILGAN O‘RTA ASRLARGA OID MANBALAR TAHLILI

    Pirnazar Sardor o‘g‘li RAJAPOV (Muallif)

    Ushbu maqolada saljuqiylar davri tarixi yoritilgan o‘rta asr manbalari tahlil qilingan. Mazkur manbalar musulmon va xristian tarixchilar tomonidan arab, fors, turkiy, yunon, gruzin, arman va suryoniy tillarida yozilgan. Tahlil jarayonida asar muallifi va u yashagan davr ilmiy muhiti, manba yozilgan til, asarning tarkibi va umumiy mazmuni, bugungi kunda manbaning zamonaviy nashrlari va tarjimalari kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.


    Tahlil qilingan asarlarning aksariyatini arab va fors tilidagi manbalar tashkil etadi. Saljuqiylar davri tarixi yoritilgan turk tilidagi o‘rta asr manbalari deyarli uchramaydi. Vizantiya manbalari esa Buyuk Saljuqiylarning tarixi bilan faqatgina Anadolu fathi nuqtai nazaridan bog‘liqdir. Shunga qaramay, Vizantiya manbalari Anadolu Saljuqiylari davri tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.


    Gruzin manbalarida esa nafaqat saljuqiylarning Kavkazga harbiy yurishlari, balki Anadoluda aholining turkiylashuv jarayonlari va saljuqiy turklar haqida yorqin ta’rif va ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, Anadoluda yashagan arman va suryoniy mualliflarning bevosita tarixiy hodisalarda ishtirok etishi ularga saljuqiy turklar haqida to‘g‘ri va xolisona ma’lumotlar berish imkonini bergan.


    Saljuqiylar davri Islom tarixining uch asrini qamrab olgan boʻlsa-da, bu davrda Islom sivilizatsiyasida erishilgan yutuqlar to‘laqonli ochib berilmagan. Buning sababi saljuqiylar davri tarixi yoritilgan manbalarning salmog‘i bilan bog‘liq. Darhaqiqat, saljuqiylar hukmronligining muhim voqealarga boy bo‘lgan dastlabki davri, ya’ni XI-XII asrlarga oid manbalar keyingi asrlardagi manbalarga nisbatan kamroq. Buning ustiga XI-XII asrlarda yozilgan tarixiy asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelmagan.

    38-46
    5
    3
    16-07-2026
  • MALIKUSHSHUARO BAHORNING HAYOTI VA IJODI

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada XIX asr adabiyoti taniqli namoyandasi, shoira Malikushshuaro Bahorning ijodini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – XIX asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa biroz  e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir. XIX asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.XIX asrda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.

    49-57
    3
    1
    18-09-2026
  • O‘RTA ASR DINLAR TARIXIGA OID MANBALARDA YAHUDIYLIK OQIMLARI E’TIDOQLARINING AKS ETISHI

    Mumin Mirzo Murodjon ugli ABDUPATTAYEV, Bibigulnar Amalbaevna ERBOSYNOVA (Muallif)

    Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri boʼlgan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2-ming yillikda Misrda paydo boʼlgan. Ushbu din taʼlimotiga koʼra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay togʼida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Yahudiylikning muqaddas kitobi Tavrotga ko‘ra, barcha insonlar bir ajdoddan tarqalgan bo‘lib, Nuh payg‘ambar o‘g‘illari davrigacha odamlar o‘rtasida irqiy kamsitish bo‘lmagan. An’anaviy yahudiy tushunchasiga ko‘ra, Nuh payg‘ambarning Xom, Som va Yofas ismli uchta o‘g‘li bor edi. Ularning har biri bir xalqning ajdodlariga aylandi. Xom xomiylar (qora tanlilar)ning ajdodi, Som somiylar (arab va yahudiylar)ning ajdodi, Yofas esa ajamlarning ajdodi edi. Ular orasida Som va uning nasl-nasabi boshqalardan ajralib turgan. Som avlodidan bo‘lgan Abar Ibrohim payg‘ambarning katta bobosi edi. Shuning uchun Ibrohim payg‘ambar ibroniy (ibri) ya’ni “Abar avlodi” deb atalgan va u gapiradigan til ibroniy (ivrit) deb nomlangan.


    Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va paygʼambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik oʼzaro birlashib ketgan boʼlib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas. Barcha dinlarda boʼlgani kabi yahudiylikda ham uzoq tarixiy taraqqiyot davomida ichki boʼlinishlar yuzaga kelgan.


    O‘rta asrlarda faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy kabi musulmon dinshunos olimlarining dinlar tarixiga oid asarlarida milliy din hisoblangan yahudiylik dini doirasida paydo bo‘lgan oqimlar e’tiqodlari ham zikr qilingan. Bunda olimlar “73 firqa hadisiga” tayanishgan. Oqimlar aqidasi esa ularning Tavrot va “xaloskor” (Messiah, Meyshah)ga bo‘lgan ishonchlari asosida yoritilgan.


    Ushbu maqolada o‘rta asr manbalari asosida yahudiylik oqimlari e’tiqodlarining o‘xshash va farqli jihatlari tahlil etilgan.

    78-85
    18
    4
    18-07-2026
  • O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGI: HAMKORLIK VA ISTIQBOL

    Javoxirxon A. SOBIROV (Muallif)

    Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti, uning rivojlanish bosqichlari va O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi ishtiroki yoritilgan. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi yaqin hamkorlik, hozirgi geosiyosiy keskinlik va buning natijasida jahon siyosatidagi notinchlik siyosiylashtirilmagan va noharbiy tashkilotlarning ahamiyati ortib borishida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun muqobil platforma bo‘lishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qilishi yoritib berilgan.


    Turkiy mamlakatlar yangi tashkilotining asosiy vazifasi shundaki, endi son emas, balki sifat ustida ish olib boriladi. Muxtasar qilib aytganda, a’zo davlatlar manfaatlariga haqiqatan ham juda mos keladigan sohalarga e’tibor qaratish va bu boradagi asosiy yo‘nalishlarga urg‘u berish lozim. Agar ushbu sohalarda yaxshi natijalarga erishilsa, bugungi kunda ustuvor bo‘lgan boshqa sohalarni rivojlantirish osonroq kechadi. Masalan, birinchi bosqichda iqtisodiy hamkorlik, transport yo‘laklarini yaratish, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun texnologiyalar almashinuvi masalalariga ko‘proq e’tibor qaratilsa, bu sarmoyaviy hamkorlik manfaatlariga javob beradi. Shundan so‘ngina huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorligi, xavfsizlik sohasidagi hamkorliklarni ko‘rib chiqish mumkinligi bayon qilingan.


    Turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihati hisoblanadi. O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turadi. Tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirishda integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qiladi. Qandaydir chuqur integratsiya haqida hali biror narsa deyish qiyin. Ammo ushbu bosqichda a’zolar tashkilot doirasidagi bunday integratsiyaga tayyor emasligi aniq. Shunga qaramay, gap maqolada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ayrim tashabbuslarni ilgari surish va muayyan tashqi siyosiy vazifalarni bajarish uchun bir-birining imkoniyatlaridan foydalanish haqida ketmoqda.

    86-93
    23
    4
    18-07-2026
  • FORS MUMTOZ ADABIYOTIDA TATABBU

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Maqolaning maqsadi o‘quvchilarga tatabbu haqida asosiy ma’lumotlar berish, g‘azal tahlilini o‘rgatish, tatabbuda yozilgan asarlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; tatabbu va boshqa asarlarga ijodiy taqlid qilish turlarini farqlashga o'rgatishdan iboratdir. Muallif fors mumtoz she’riyatidagi tatabbu an’anasini ham izohlab, Foniy va Jomiy g‘azallarini tahlil qilish misolida har bir g‘azalning umumiy jihati va xususiyatlarini ochib bergan. Foniy uslubini, qanday yangilik kiritganini va hokazolarni aniqlagan. O‘quvchi  g‘azalni birgalikda tahlil qiladi, bu hodisaning asosiy xususiyatlari va tatabbuga qo‘yiladigan talablar aniqlangan.


    Sharq adabiyotini o‘rganuvchi tadqiqotchilar ko‘pincha tatabba yoki naziraga urg‘u berib, bu so‘zlarni ma’nosini ochib bermasdan, hatto tushunmasdan atama sifatida ishlatadilar.


    Ko'pincha bu atamalarni shunchaki taqlid deb tushungan tadqiqotchilar ushbu adabiy hodisaning kelib chiqishini, uning alohida adabiyotlar rivojidagi ahamiyatini tahlil qilmaganlar ham. Adabiyotning rivojlanishi va mustahkamlanishidagi ahamiyati, jahon adabiy jarayonini rivojiga ta’siridir. Tatabbuotni yanada chuqurroq oʻrganish, Sharqdagi naziraguylik anʼanasini oʻrganish ushun ham zarur, tatabbuni nafaqat Sharq adabiyotida, balki dunyoning turli xalqlari adabiyotida namoyon boʻlgan hodisa sifatida u yoki bu shaklda taʼriflash tatabbu ta'rifini shakllantirishga va uning shakllarini o'rnatishga yordam beradi. Bu shoir mahoratining ildizlariga chuqurroq kirib borish, uning ijodini tahlillash, shoir bosib o‘tgan maktabni o‘rganish, uning ijodi misolida turli xalqlar adabiyoti, o‘zaro ta’sirini va o‘zaro ijodiy ta’sir masalalarini o‘rganish imkonini beradi. Biroq, shuni ta‘kidlash kerakki, ular tanqid qilgan yoki parodiya yaratish prototipi sifatida foydalangan she'rga javob sifatida o'zlarining parodiya-satiralarini nazira uslubida yaratganlar. O'rta asrlarda turli xil ma'nodagi asarlar ustida ko'plab she'riy parodiyalar yaratilgan, ular haqida E.E.Bertels shunday degan edi: "Shaharda XIV asrda bu an’anaga tanqidiy munosabatda bo‘lganlar, qasidalarning parodiyalarini va she’riyatda  ishqiy romanlar yaratilgan”. Ular ham shaklan tatabbu yoki naziradan boshqa narsa emas.

    13-24
    36
    3
    20-07-2026
1 - 19 from 19

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling