- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
“AL-FIQH AL-ABSAT” ASARIDA AQIDAVIY MAVZULARNING YORITILISHI
Soatmurod PRIMOV (Muallif)Annotatsiya: Islom dini das flab Arabis ton yarim orolida paydo bo ‘Igan bo ‘Isakeyinchalikxulofoiroshidinlardavrida Fors va Shorn diyorlarigayetib bordi hamda о‘sha yerdagi mahalliy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘Idi. Umar (r.a.) davrida Fors mamlakati fath etildi. Shu qatorida Iroq hududlariga islom dini kirib bordi. Vaholanki, Iroq hududi - ikki daryo oralig'i qadimdan madaniyat markazlaridan biri hisoblanagan. В и mintaqada turli mill at va din vakil lari yashagan. Mahallaiy aholining ко ‘pchilik qismi musulmon bo ‘lishganidan keyin boshqa din va ta ’limoti vaikllari bilan muayyan e 'tiqodiy masalalar borasida turli ixtiloflar kelib chiqdi. Islom diniga mansub asosiy va dastlabki firqalar ham aynan Iroq hududida paydo bo ‘Igan. Xavorij, mo ‘tazila va shia kabi firqalar.
Hanqfiy mazhab asoschisi — I mom Abu Hanifa ham aynan mana shu zaminda yashagan va ijod qilgan. I mom Abu Hanifa ко ‘plab shogirdlariga fiqh va aqida imlarini о ‘rgatish barobarida о ‘sha vaqtda mavjud bo ‘Igan ко ‘plab firqa vakillari bahs-munozalar olib borgan hamda ahli sunna val jamoa aqidasni himoya qilgan. Manhalarda zikr qilinishicha Imom Abu Hanifa turli adashgan firqa vakillari bilan bahs-munozra qilish uchun yigirmadan ortiq marotaba Basra shahriga borgan. Imom Abu Hanifa aqoid ilmiga oid asarlarida ahli sunnaning sof e 'tiqodiy qarashlarni bayon qilish bilan birga adashgan firqalarga raddiyalar bergan. Mana shunday asarlaridan ibri "al-Fiqh al-absat" asari bo‘lib, savol-javoh shaklida aqidaviy masalalar bayon qilingan. Mazkur maqolada dastlab asarning muallifi borasidagi qarashlar tahlil qilingan. Shuningdek, bir nechta ulamolar nisbati berilgan yagona sharhi haqida muhim ma’lumotlar taqdim etilgan. “Al-Fiqh al-absat” asarida bahs yuililgan asosiy aqidaviy masalalar talqiniyoritib berilgan. Imom Abu Hanifa ко ‘plab о ‘rinlarda adashgan firqalaming noto ‘g‘ri aqidalariga raddiya berishda naqliy dalillar birga aqliy dalillarni keltirib о ‘tganini kuzatish mumkin. Asanring e’tiborlijihatlaridan biri uning savol-Javob shaklida yozilganligi. В и holat о 'quvchida aqidaviy masalalarni yanada tushunarli bo ‘lishiga va yodda qolishiga yordam beradi. Mazkur osar hanafiy mazhabiga oid dastlabki aqida matnlari sifatida e 'tirofetilgan.18-262913201-04-2026 -
OVQATDAGI KASHRUT VA HALOL MASALASIDA YAHUDIYLIK VA ISLOM DININING XUSUSIYATLARI
Aziza QURBONOVA (Muallif)Dinlarning asosiy omillaridan biri oziq-ovqat tizimi bo’lib, u geografik, tarixiy, ijtimoiy va madaniy kabi ko’plab jihatlarni qamrab oladi. Umuman dinga qiziqish ortib borayotgan bir sharoitda anʼanaviy diniy
konfessiyalarning samoidentifikatsiyasi, jumladan, diniy jamoalarning birligi va yaxlitligini qoʻllab-quvvatlovchi meʼyoriy mexanizmlarni aniqlashtirish masalalari ayniqsa dolzarb boʻlib qoldi. Har qanday etnik guruhning ovqatlanish tartibi oziq-ovqat uchun ishlatiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, mahsulotlarni tayyorlash va saqlash usullari, ulardan tayyorlanadigan taomlarning navlari, oziq-ovqatning etnik o’ziga xosligi, ular bilan bog’liq urf-odatlar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirish usullari, oziq-ovqat cheklovlari, taqiqlar va afzalliklar, ovqatlanish tartibi va ovqatlar tayyorlanadigan va iste’mol qilinadigan joylar, oziq-ovqat mahsulotlarining milliy xususiyatlari va an’analaridan iborat.
Islom va yahudiylik kabi dinlarda oziq iste’moli qaysidir ma’noda o’xshashdir. Islomda, shuningdek, yahudiylik (iudaizm) dinlarida oziq-ovqat alohida o’rin tutadi va bu xalqlarning ovqatlanish madaniyati ularning diniy manbalarida bayon etilgan ko’plab me’yorlar bilan tartibga solinadi. Shunga qaramay, ushbu dinlar e’tiqodchilarining ovqatlanish madaniyatida diniy omilning rolini har tomonlama va muvofiqlashtirilgan o’rganish haligacha amalga oshirilmagani ushbu yo’nalishdagi tadqiqotlarning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada islom va yahudiylik dinlaridagi asosiy oziq-ovqat ko’rsatmalarini, ularning paydo bo’lishi va rivojlanishi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot mavzusi dolzarb va ilmiy ahamiyatga ega, chunki oziq-ovqat ko’rsatmalari diniy tizimlarning muhim tarkibiy qismidir. Turli e’tiqodlarning ovqatlanish madaniyatini tahlil qilish ular o’rtasidagi bog’liqlik, o’xshashlik va farqli jihatlarini topishga imkon beradi, bu umuman dinni, xususan, uning jamiyatda faoliyat ko’rsatish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Tadqiqotning maqsadi – islom va yahudiylikda ovqatlanish madaniyatidagi diniy omilni tahlil qilishdir. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi: islom va yahudiylik dinlarida iste’mol madaniyatiga oid birlamchi tushunchalarni aniqlash, din va ovqat iste’mol qilish madaniyatini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslarini aniqlash, taqqoslash, diniy an’analarda halol va kashrutning umumiy tamoyillarini tadqiq qilishdir.
78-882402218-09-2026 -
MUSULMОN DINSHUNОSLIGIDА ISRОILIYОT QISSАLАRINING TАDQIQ ETILISHI
Dilorom MUMINJONOVA (Muallif)Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, maʼrifiy tarixini o‘z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Dinshunoslik fanining yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr Sharqida ham alohida o‘rganilgan va bu fanning ilk asoschilari aynan Sharq zaminidan yetishib chiqqan. Sharq musulmon jamiyatida, dinlarni qiyosiy o‘rganishdagi omillardan biri, rost va yolg‘on xabar va rivoyatlarni ajratish hisoblangan. Bu borada ikki xil qarash mavjud bo‘lib, birinchi qarashga ko‘ra, islom dinini haq din ekanligini isbotlash bo‘lsa, keyingi qarashga ko‘ra, islom dini,xususan, Qur’on tafsirlari va hadislarga kirib kelgan isroiliyot rivoyatlarini tekshirish, ularning ishonchliligini aniqlash uchun yahudiylik va xristianlik manbalari o‘rganilgan. Shu sabablarga asoslangan holda, musulmonlar tomonidan yozilgan asarlarda isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
Ushbu maqolada Qur’on tafsirlari va hadislarni kengroq sharhlash maqsadida yahudiylik va nasroniylik manbalari asosidagi isroiliyot qissalarining kirib kelish sabablari o‘rganilgan. Isroiliyot qissalarining islom dini manblariga kirib kelishining asosiy sababi, Qur’onda zikr etilgan qissalarni kengroq o‘rganish va tahlil qilish hisoblangan. Sahobalar davrida isroiliyot rivoyatlari, Qur’onda keltirilgan qissalarni kengroq tushunish uchun Madinada istiqomat qiluvchi yahudiy va nasroniylardan yoki islom dinini qabul qilgan, dastlab e’tiqod qilgan dinlarining muqaddas manblaridan xabardor bo‘lgan musulmonlardan so‘rab o‘rganishlik natijasida kirib kelgan. Tobeinlar davriga kelib, ishonchsiz xabarlar va qissalardan foydalanish natijasida, keyinchalik barcha isroiliyot roviylari tomonidan rivoyat qilingan qissalardan foydalanilgan tafsirlar ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Ammo, bunga qaramasdan yahudiylik, xristianlik va islom dinlarning asosi va ildizlari bir bo‘lganligi sababli, ushbu dinlarning muqaddas manbalarini qiyosiy tahlil etishda isroiliyot qissalari muhim hisoblanadi.
Musulmon olimlari tomonidan isroiliyot qissalari uch qisimga ajratilgan:
- Mavquf xabarlar. Ularning sahihligi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) hadislari orqali tasdiq etilgan bo‘lib, bunga misol sifatida Qur’ondagi Muso payg‘ambar bilan solih kishi qissasidagi shaxsning Xizr payg‘ambar ekanligi Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilgan.
- Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma'lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va ibrat uchun hikoya qilingan. Lekin ularning sahihligiga iymon keltirilmaydi, yolg‘onga ham chiqarilmaydi.
- Inkor etiladigan xabarlar. Bunday xabarlar islom dini aqidasiga zid kelganligi sababli bunday rivoyatlar tasdiq etilmaydi. Bunga misol sifatida, Iso payg‘ambarning xochga mixlangani haqidagi rivoyat.
Maqolada, shuningdek, Qur’on tafsirlarida keng foydalanilgan, isroiliyot qissalari va ularni rivoyat qilgan roviylar haqida ma’lumot berilgan. Bir necha isroiliyot qissalari tadqiq etilgan.
49-582842116-09-2026 -
ИБРОҲИМ САМАРҚАНДИЙ ШАХСИЯТИНИНГ ГЕРМЕНЕВТИК ТАҲЛИЛИ
Feruz KHOLMUMINOV (Muallif)XIV-XV асрларда ислом динининг Индонезия архипелагида кенг тарқалишида асли самарқандлик олимларнинг ҳиссаси катта бўлган. Ушбу олимлардан бири – Малик Иброҳим ас-Самарқандийдир. У асли самарқандлик бўлиб, Индонезия халқи орасида Шайх Жумадул Кубро ёки Жамолиддин Акбар ал-Ҳусайний номлари билан танилган Мавлоно Ҳусайн Жумадил Кубронинг ўғли эканлиги манбаларда келтирилади. Бу икки олим Жануби-Шарқий Осиё минтақаларида ислом дини кенг тарқилашига катта ҳисса қўшган Вали сонго деб номланувчи тўққиз авлиёдан иборат олимлар ҳалқасига киради. Маълумотларга кўра, Иброҳим Самарқандий биринчилардан бўлиб Индонезияда ислом дини таълимотларини ўргатувчи диний мадраса-мактаб ташкил қилгани тўғрисида манбаларда келтирилган. Бугунги кунда ҳам Индонезия Республикасида унинг номи билан аталувчи университет ва институтлар фаолият юритади.
Тадқиқотчилар асарларида айтилишича, дастлаб Ява оролига Мавлоно Жумадил Кубро ўзининг икки ўғли Иброҳим ва Исҳоқлар билан келади. Сўнгра улар ислом динини тарқатиш мақсадида ажралиб турли томонларга тарқалиб кетади. Манбаларга кўра, Жумадил Кубро Ява оролида қолади, Иброҳим Самарқандий Чампага (Ҳозирги Вьетнам ҳудудлари), Мавлоно Исҳоқ эса Суматра оролининг шимолий ҳудуди бўлган Пасайга жўнаб кетади.
Уларнинг кейинги ҳаётлари тўғрисидаги маълумотлар турлича, баъзиларига кўра Иброҳим Самарқандий табиблик ва тижорат билан шуғуллангани, маҳаллий деҳқонларга деҳқончилик маданиятини ўргатгани, маҳаллий ҳукмдорлардан бирининг қизи билан оила қуриб ундан икки фарзанд кўриб сўнгра ўз оиласини ташлаб Ява оролига қайтгани тўғрисида маълумотлар учрайди. У умрининг сўнгини ҳозирги кунда Гресик деб номланувчи қишлоқда ўтказгани ва 1419 йилда вафот этгани айтилади. Ҳозирги кунда унинг мақбараси мавжуд бўлиб маҳаллий аҳоли учун муҳим зиёрат масканларидан бири саналади.
Иброҳим Самарқандий кўплаб маҳаллий аҳолининг ислом динини қабул қилишига сабабчи бўлгани манбаларда келтирилади. Бунинг асосий сабаби сифатида унинг савдогарлик фаолияти натижасида кўплаб зодагон кишилар билан танишгани, улардан ислом динини ёйишда катта ёрдам олгани келтирилади.
Ушбу мақолада Малик Иброҳим Самарқандийнинг шахсияти, насабномаси ва ҳаётий фаолияти ўрганилган. Иброҳим Самарқандийнинг Индонезия архипелагида ислом дини тарқалишининг дастлабки даврида тутган ўрни тадқиқ этилган. Шунингдек, илмий тадқиқот доирасида XIV-XV асрларда Самарқанд минтақаси ва Ява оролида тарқалган ислом динининг ўзига хос боғлиқликлари ҳам очиб берилган.
68 - 802152008-07-2026 -
ЎЗБЕК МУМТОЗ АДАБИЁТИДА ИСЛОМ ТАРИХИ БАДИИЙ ИФОДАЛАНГАН АСАРЛАР ТАСНИФИ (XVII-XIX АСРЛАР)
Lola AZIMOVA (Muallif)Ўзбек мумтоз адабиётида ислом тарихи воқеаларини бадиий ифодалаган асарлар, қиссалар талайгина. Уларда ислом дини, унинг ғоялари, Пайғамбар (с.а.в.) ҳаёти ва фаолияти, саҳобалар, уларнинг эзгу сифатлари ҳамда ислом дини тарғиботи учун фаоллик кўрсатган тарихий шахсларнинг ҳаракатлари кенг ёритилган. Хусусан, ислом тарихи бадиий ифодаланган асарлар, асосан XVII-XIX асрларга оид бўлиб, улар характер-хусусиятига кўра тарихий-жангнома қиссалар ҳисобланади. Асосан, ўзбек мумтоз адабиётда ислом тарихи воқеалари билан бир қаторда ислом тарихида машҳур тарихий шахслар бўлган саҳобалар, Жаъфари Содиқ, Ҳазрат Али, Абу Суфён, Холид ибн Валид, Қусам ибн Аббос, Хажжож кабиларнинг сифатлари, ҳаракатлари, дин йўлидаги жонбозликлари бадиий тарзда қаламга олинган. XVII аср ижодкорларидан Сўфи Оллоёр ва Бобораҳим Машраб ижодида Уҳуд жанги, Карбало воқеалари ҳамда тарихий шахсларнинг жонбозликлари лирик мисраларда бадиий ифодаланса, XVIII-XIX аср ижодкорларидан Собир Сайқалий, Жаҳон отин Увайсий, Холис Тошкандий, Нисо, Мирзахон Хоний, Абдуқаюм Ваҳмий кабилар бевосита тарихий воқеликни қаламга олганликларини кўриш мумкин. Мазкур XVIII-XIX аср ижодкорлари ва ўндан ортиқ халқ ичидан чиққан ижодкорлар ҳам ўз номларини кўрсатмаган ҳолда Ҳазрат Али, Қусам ибн Аббос, Имом Ҳасан, Имом Ҳусайн, Муҳаммад Ҳанифа, Хажжож, Муҳаммад Боқир, Саййид Баттол Ғозий каби тарихий шахслар қаҳрамонликларини маснавий йўли билан бадиий ифодалаб, махсус лиро-эпик қиссалар битганлар. Шу жиҳатдан, ислом тарихи воқеалари ва машҳур шахслар фаолияти бадиий ифодаланган халқ қиссаларининг юздан ортиқ қўлёзма ва тошбосма нусхалари ЎзФА Шарқшунослик қўлёзмалар институти асосий фонди ҳамда Ҳамид Сулаймон фондида сақланиб келмоқда. Дарҳақиқат, ўзбек мумтоз адабиётини ислом дин, унинг бунёдкорликка, инсонпарварликка йўғрилган ғояларисиз тасаввур этиб бўлмайди. Юқорида таъкидланганидек, уларда ислом дини, унинг тарихий воқеаларидан тортиб, тасаввуф таълимотининг бадиий ижоддаги образ ва тамсиллар воситасидаги бадиий талқинини кўриш мумкин. Шу асосда, ўзбек мумтоз адабиётида мавжуд диний характердаги асарларни ўрганиш, уларнинг дидактик жиҳатларини ёритиш, бадиий санъатларни қўлланиш ўрнини кўрсатиш муҳим вазифалардан саналади. Шу жиҳатдан, XVII-XIX асрларга оид ислом тарихига оид асарлар ва уларнинг бадиий хусусиятлари, мазмуний таснифи масалалари Республика фондларда сақланаётган қўлёзма ва тошбосма манбалар асосида тадқиқ этилди ва умумлашма хулосалар берилди.
39-481751920-07-2026 -
Умавий ва Аббосийлар ҳукмронлиги даврида Турон – Анадўли алоқалари: Анадўлида фаолият юритган Туронликлар
Javohir Zafarzoda (Muallif)Мазкур мацолада Умавийлар ва Аббосийлар халифалиги даврида Турон (Марказий Осиё) билан Анадўлу (Кичик Осиё) ўртасида юзага келган тарихий-сиёсий ва маданий алоқалар таҳлил қилинган. Хусусан, ислам тарихининг дастлабки даврларида VII - IX асрларда вужудга келган сиёсии жараёнлар, халифаликнинг кенгайиб бориши ва унинг турли вилоятлар, хусусан, шарқий (Турон) ва гарбий (Анадўлу) ҳудудлар билан ўрнатган муносабатлари тадқиқ этилган. Бу муносабатлар, авваламбор, ҳарбий юришлар, илм-фан тараққиёти, диний даъват ишлари ва бошқарув тизимидаўз ифодасини топган.
Муаллиф, айниқса, Анадўлу ҳудудида фаолият кўрсатган туронлик шахсларнинг тарихи ва уларнинг ролини аниқлашга алоҳида эътибор қаратади. Ушбу шахслар орасида ҳарбий сардорлар, уламолар, даъватчилар ва бошқа маданий фаол шахслар бор бўлиб, уларнинг ушбу минтақадаги ижтимоий-сиёсий жараёнларга қўшган ҳиссаси аник; мисоллар билан кўрсатилади. Улар фақатгина ҳарбии жабҳада эмас, балки маҳаллий бошқарув тизимининг шаклланишида, и слом илм-фанининг тарқалишида ва мусулмон жамоаларининг ташкил топишида ҳам муҳим ўрин тутган.
Тадқиқот жараёнида тавсифлаш, умумлаштириш, таққослаш, тарихий даврлаштириш ва микротарихий таҳлил усулларидан фойдаланилган. Мақола тарихий манбалар, араб ва форс тилларидаги классик асарлар, шунингдек, замонавий тадқиқотлар асосида ёзилган бўлиб, ҳозиргача етарли даражада урганилмаган ушбу мавзуда янги қарашлар ва илмий хулосалар илгари сурилган. Шу тариқа, мақола нафақат илк ислам даври тарихи билан қизиқувчилар учун, балки умумий туркий дунё ва И слом цивилизациям! ўртасидаги алоцаларни ўрганувчи тадқиқотчилар учун ҳам манба сифатида хизмат қилшии мумкин. Муаллиф Турон ва Анадўлу ўртасидаги муштарак тарихий, маданий ва диний алоқаларни очиб бериш ортали, бу ҳудудлар ўртасидаги тарихий бирликни янада равшанлаштиради ҳамда минтақавий ҳамкорлик ва бирдамлик гояларини тарихий асослар билан исботлашга ҳаракат қилган.24-301502712-05-2026 -
ҒАРБДА ТАСАВВУФНИНГ ЎРГАНИЛИШИ ВА ТАСАВВУФШУНОСЛИК МАКТАБЛАРИ
Nilufar TUYCHIEVA (Muallif)Мақолада Ғарбда тасаввуфнинг тарқалиш сабаблари, унинг секуляризация жараёнларига мослашув ҳолатлари, шунингдек, тасаввуфга бўлган қизиқишнинг ортиши билан боғлиқ маълумотлар берилган.
Ғарбдаги йирик тасаввуфшунослик мактаб вакиллари томонидан мазкур соҳани тадқиқ этишдаги муаммолар, йўналишлар, босқичлар ҳамда турли хил қарашлар қиёсий-таҳлилий равишда ўрганилиб, улардаги умумий ва фарқли жиҳатлар кўрсатиб берилган.
Мақолада бугунги кунда Ғарбда фаолият олиб бораётган тариқат вакилларининг тарғибот усуллари, таркибий тузилиши ва анъанавий тариқатлардан фарқли жиҳатларига ҳам тўхталиб ўтилган. Даставвал, Ғарбда замонавий тариқат аъзолари тасаввуфни тарғиб этиш орқали ислом дини кенг тарқалишига сабаб бўлган бўлсалар, бугунги кунга келиб, дин тариқат вакили бўлиши учун тўсқинлик қилмаслигини иддао этишлари кузатилмоқда. Бунинг замирида қандай мақсадлар кўзланганлиги билан боғлиқ масалалар ҳам мақоладан жой олган.
Ғарб давлатларининг ниҳоят даражадаги эркин муҳитида тариқатларнинг фаолияти, жамият ҳаётига таъсири, улардаги ғоявий асосларнинг тубдан ўзгараётгани, ҳатто аслиятдан узоқлашиши ҳолатлари юз бераётгани билан боғлиқ ҳолатлар келтирилган.
Мақоланинг хулоса қисмида эса тасаввуфни ўрганишнинг Ғарбга хос хусусиятлари, замонавий тариқат вакилларининг тасаввуфга муносабати ва ислом динига боғлиқ бўлмаган жиҳатларнинг авж олиши туфайли юзага келадиган муаммолар ҳам акс этган.
63 - 681861823-06-2026 -
МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ИСЛОМ ДИНИНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ ВА МАЪНАВИЙ ҲАЁТГА ТАЪСИРИ
Ilhomjon BEKMIRZAEV, Irodaхon GAFUROVA (Muallif)Ушбу мақолада Марказий Осиё мустақил маънога эга бўлган минтақавий цивилизациялардан бири бўлганлиги, кўп асрлик ривожланиш жараёнида мазкур цивилизация жузъий антропологик, ижтимоий, сиёсий, тил, диний ва бошқа ўзгаришларга қарамасдан доимий ўзига хос қонуниятлари, жиҳатлари шаклланиб борганлиги ҳамда Ўзбекистон ҳудудларида жойлашган марказий шаҳарлар ҳисобланган Бухоро ва Самарқандда миллий қадриятлар ислом цивилизациясининг асосини ташкил этгани, юзлаб авлодлар тажрибаси асосида шаклланган мазкур қадриятлар билан уйғунлашиб кетган бой диний ва тарбиявий тажрибалар тўплангани, Марказий Осиё ҳудудларида VII асрдан бошлаб ислом дини тарқала бошлагандан, минтақада ислом илмларининг миллий маданият билан алоқалари қандай тарихий босқичлар орқали мустаҳкамланиб борганлиги ҳақида бирламчи манба ва тадқиқотларга таяниб таҳлилий маълумотлар илгари сурилади. Шунингдек, ушбу мақолада Марказий Осиё ва ислом маданиятлари ўзаро таъсир этиш ва ўзлаштириш даври ҳамда Марказий Осиё ислом минтақавий формаси шаклланган ва барқарорлашган даврининг ўзига хос жиҳатлари илмий асосланган. Ислом тарихида мазҳаблар вужудга келган даврдан бошлаб (VIII аср охири, IX аср боши), ҳанафийлик мазҳаби конкрет сиёсий-ижтимоий сабабларга кўра Марказий Осиёда етакчи, баъзи ҳолларда эса диний ҳаёт соҳасида ягона кучга айланганлиги учун бу жараёнлар унинг бевосита фаол қатнашуви ва ғоявий етакчилигида ўтганлиги ҳам мақолада илмий асосланган. Ушбу мақола орқали ўқувчи исломнинг Марказий Осиёдаги тарихи, унинг минтақа маданиятидаги ўрни, миллий қадриятлар билан муштараклашув хусусиятларини ўрганишда ҳанафийлик мазҳабининг роли бағоят муҳим бўлганлигини тушиниб етади. Мазкур мақолада яна илк ҳанафийлик мазҳабининг минтақадаги муваффақиятида Бухоро ва Самарқанд шаҳарларининг тарихий-маданий марказ сифатидаги ўрни, Мовароуннаҳрдаги ислом илмлари ривожида минтақанинг турли катта-кичик шаҳарларида етишиб чиққан олимларнинг роли катта бўлганлиги алоҳида таъкидланади
4-153132204-07-2026 -
ИСЛОМ ҲАМКОРЛИК ТАШКИЛОТИНИНГ ТАРАҚҚИЁТ БОСҚИЧЛАРИ (1969-1990)
Fazilat QO‘YSINOVA (Muallif)Мақолада Ислом ҳамкорлик ташкилотининг тараққиёт босқичлари таҳлилга тортилиб, ташкилотнинг вужудга келиши жараёнидаги тарихий воқеликлар, унинг мақсад ва вазифалари, аъзо давлатлар сиёсий консолидациясидаги ўрни, шунингдек, Ислом ҳамкорлик ташкилотининг халқаро ташкилот сифатида шаклланиши ва унинг халқаро муносабатлар тизимида тутган ўрни тадқиқ этилган.
Ислом ҳамкорлик ташкилоти халқаро ташкилот сифатида ўзига хос ўринга эга бўлиб, унинг вужудга келиши мусулмон давлатлари интеграцияси жараёнларига таъсир кўрсатган муҳим институционал ҳолат ҳисобланди. Сиёсий жараёнлардаги динамик ўзгариш, мусулмон бирдамлигининг кучайиши, умумий хавф-хатарга қарши курашда ҳамжиҳатлик, Фаластин халқига ҳамдардлик ва ислом дини омиллари Ислом ҳамкорлик ташкилотининг ташкил этилишига асос бўлган. Ислом ҳамкорлик ташкилоти мусулмон олами сиёсий позициясини акс эттирувчи омил ҳисобланиб, тўрт қитъада жойлашган 57 та давлат аъзоларидан иборат ягона сиёсий платформа бўлиб, халқаро майдонда халқаро муносабатларнинг асосий актори сифатида самарали фаолият олиб бормоқда. Ташкилотнинг асосий фаолияти ижтимоий, иқтисодий, сиёсий, мадани ва илмий соҳаларда мусулмон мамлакатлари ўртасида ҳамжихатлик асосида ўзаро ҳамкорликни йўлга қўйиш, ислом бирдамлигини таъминлаб, халқаро майдондаги фаолиятини ўзаро ҳамжихатлик ва ҳамкорлик асосида ташкил қилиш, мусулмонлар манфаатларини ҳимоя қилиш, ташкилотга аъзо давлатларни ривожланадиган мамлакатлар қаторига қўшилишига кўмаклашиш, давлатлар ўртасидаги сиёсий муаммолар ва зиддиятларни олдини олиш ва бартараф қилишга қаратилган. Ислом ҳамкорлик ташкилоти сиёсий жиҳатдан мусулмон ҳамжиҳатлигини вужудга келтирган, ислом уммасини бирлаштирган, халқаро майдонда уларнинг манфатларини ҳимоя қила олган, бутун мусулмон оламининг интеграциясини таъминлаш мақсадида фаолият юритаётган халқаро ташкилот эканлиги таъкидланган.
Ушбу мақолада Ислом ҳамкорлик ташкилоти тузилиши натижасида мусулмон давлатларининг ҳамкорлик органи вужудга келиб, аъзо давлатлар бирдамлигининг етакчи элементи диний омилга таяниб, ислом умумий мезонлар бўйича интеграциянинг асосий принциплари таҳлил қилинган
63 - 712502104-07-2026 -
“ДИН” СЎЗИНИНГ ЛУҒАВИЙ МАЪНОСИ
Bexzodjon Avazjonovich RO‘ZALIYEV (Muallif)Ушбу мақолада “дин” сўзининг луғавий маъноси араб тилидаги ишончли ва нодир луғатлар, девонлар ҳамда ислом динининг муқаддас китоби – Қуръони каримдан фойдаланиб, батафсил ўрганилди ва атрофлича таҳлил этилди.
Инсоният тарихининг қайси бир даврига назар ташланмасин, ҳеч қачон диний эътиқодлардан узоқ биронта жамият мавжуд бўлгани кўрилмайди. Археологик қазилмалар шуни тасдиқламоқдаки, инсон доимо муайян эътиқод ва ишончга эга ҳолда яшаб ҳаёт кечирган. Бу эса жамият маънавий ҳаётини оёқда тутадиган асосий таянчларнинг аввалида диний дунёқараш жой олишини кўрсатади. Инсоният тарихи ва башарият ҳаётининг ажралмас асоси бўлган “дин” – сўзи нима ўзи, унинг келиб чиқиши ва қандай маъноларни билдиришини ўрганиш, уни тўлиқ қамраб олишда муҳим ўрин тутади.
“Дин” араб тилида феъл шаклида – бўйин эгмоқ, бўйсунмоқ, итоат этмок, итоат қилмоқ, камситилмоқ, хўрланмоқ, азиз бўлмоқ, камситмоқ, хўрламоқ, эга бўлмоқ, соҳиб бўлмоқ, хизмат қилмоқ, эҳсон қилмоқ, бир кишини завқланадиган ва яхши кўрадиган нарсага йўлламоқ, ҳисоб-китобга тортмоқ, жазо ёки мукофот бермоқ, қарз бермоқ, қарз олмоқ каби маъноларни ифодалайди. От шаклида эса, дин, миллат, ислом, мазҳаб, йўл, урф-одат, ҳол-аҳвол, ҳисоб-китоб, мол-мулк, ҳукм, қазо ва қадар, чора-тадбир, итоат, ибодат, шариат, имон, тақво, салтанат ва бошқарув, хизмат, устун келиш, ҳокимият, хорлаш, мажбурлаш, жазо, бадал-эваз-ҳақ, мукофот, доимий ёғадиган ёмғир, бўйсуниш, касаллик, ғалаба, йўқ қилиш, қайғу-алам, истило қилиш, тавҳид каби маъноларни билдиради.
Феъл ва от шаклида Қуръони каримда келган маъноларни тўртта асосий гуруҳда жамлаш мумкин: Биринчиси, энг олий қудратга таслим бўлиш, итоат этиш, бўйин эгиш маъносида; Иккинчиси, охират, мукофот ва жазо, яъни амалларга яраша мукофот ёки жазо бериш куни маъносида; Учинчиси, ҳукм, адолат, шариат ва қонун маъносида; Тўртинчиси, Аллоҳ таоло юборган тавҳид дини маъносида.
Мақолада “дин” сўзининг луғавий маънолари диний манбалар, луғатлар ва турли адабиётлар асосида таҳлил қилинган.
62-722771916-07-2026 -
АЛ-ҲАКИМ АТ-ТЕРМИЗИЙ ЗИЁРАТГОҲИ МОБИЛ ИЛОВАСИНИНГ ДАСТУРИЙ ТАЪМИНОТИ
Mavlyuda XODJAYEVA, Turdali JUMAYEV, Alimjon DADAMUHAMEDOV, Barno SAYDAKHMEDOVA (Muallif)Зиёрат туризмининг барқарор ривожланиши бутун дунё бўйлаб маданий ва инсонпарварлик алоқаларини ривожлантириш бўйича улкан салоҳиятга эга эканлигини эътироф этамиз. Биз ахборот технологияларининг зиёрат туризмига, айниқса реклама, маркетинг, туризм маҳсулотларини реклама қилиш ва ихтисослаштириш соҳасига ўзгаришлар олиб киришини алоҳида таъкидлаймиз. Бундан ташқари, зиёрат туризми шахсларнинг индивидуал ўсиши ҳамда асосий ижтимоий нормалар ва миллий қадриятларни мустаҳкамлашига қатъий ишонишимизни яна бир бор таъкидлаймиз. Дастур Php, Java, C ++ каби замонавий дастурлаш тилларидан фойдаланилган. Ўзбекистон тарихий қадамжоларининг кўплиги билан ҳам машҳур Сурхандарё вилояти Термиз шаҳрида ҳам қадамжолар кўплиги билан машҳур шулардан бир Ал-Ҳаким ат-Термизий зиёратгоҳи. Бу зиёратгоҳга келувчиларнинг сони кундан кунга ортиб бормоқда. Ҳозирги кунда зиёратгоҳга ташриф буюрувчиларга зиёратгоҳ ҳақида маълумотлар беришни ахборот технологиялари ёрдамида яратилган электрон қўлланмага бўлган эҳтиёж бўлиб, уни ҳал қилиниши эса зиёратгоҳ ҳақида ташриф буюрувчиларга ма’лумотлар олишида жуда қулай ҳисобланади. Биз эса ушбу зиёрат ҳақида мобил қурилмалар учун электрон қўлланма ишлаб чиқиш долзарб эканлигидан далолат беради.
176 - 1823152629-06-2026 -
ИСЛОМ БИЛИМ ЮРТЛАРИДА БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР
Alimjon DADAMUXAMEDOV (Muallif)Ахборот ва коммуникация технологиялари ахборотни сақлаш ва олиш учун АКТ воситасидан фойдаланади. Бу эса мамлакат иқтисодий ўсишини таъминлашда муҳим рол ўйнайди. Ҳозирги кунда устувор энг сўнгги технологиялардан бири – булутли ҳисоблашдир. Булутли платформалар дастурий таъминот ва инфратузилма шаклида IT хизматларидан биргаликда фойдаланиш туфайли Ўзбекистондаги таълим муассасалари энди ташқи манбалардан асосий хизматларни олишлари ва талабалар, ўқитувчилар ва бошқа ходимларни зарур воситалар билан таъминлашга кўпроқ эътибор беришлари мумкин. Бу ўз навбатда ўқув, илмий соҳаларда муваффақиятга эришишга ёрдам беради.
Ушбу мақолада АКТни ўрганишда булутли ҳисоб-китобларни қандай қўллаш мумкинлиги масаласи кўриб чиқилган. Ўзбекистон таълим тизимида АКТни ўрганишда булутли ҳисоблашнинг аҳамияти тадқиқ этилган. Шунингдек, сиз булутли ҳисоблаш технологиясидан фойдаланган ҳолда сифатли ва арзон АКТ маълумотларини қандай тақдим этишингиз мумкинлиги таҳлил қилинган. Булутли ҳисоблаш технологиясисиз олдинги тизимни ўрганиш кўриб чиқилди ва булутли ҳисоблаш технологиясидан фойдаланган ҳолда АКТни ўқитишнинг янги модели таклиф қилинган. Мавжуд адабиётлар ва моделларнинг кенг қамровли таҳлили кўриб чиқилиб, янги модел ишлаб чиқилди ва синовдан ўтказилди.
167 - 1762633729-06-2026 -
ЖАМИЯТ БАРҚАРОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА ДАВЛАТ ВА ДИН МУНОСАБАТЛАРИНИ ТАРТИБГА СОЛИШНИНГ АҲАМИЯТИ
Muhammadolim MUKHAMMADSIDIQOV (Muallif)ХХI асрнинг дастлабки йилларидан бошлаб, дунёнинг турли ҳудудларида ислом дини қадриятларининг уй-ғониши, диннинг жамиятдаги ўрни кучайиши билан бирга динга боғлиқ мутлақо янги хавф-хатарлар шакллан-моқда. Бу эса турли минтақаларда сиёсий, диний ва бошқа ижтимоий жараёнларнинг кескинлашувига ҳамда диний конфессиялараро зиддиятларнинг авж олиши минтақавий ва халқаро хавфсизликка таҳдид туғдирмоқда. Бундай хавф-хатарларнинг таҳдиди уларнинг ижтимоий-сиёсий оқибатларини аниқлаш ва таҳлил қилиш, истиқ-болда, олдини олиш чораларини ишлаб чиқиш заруратини янада оширмоқда. Кишилик жамияти ривожининг кейинги босқичларида диннинг сиёсатга бўлган таъсири янада кўпроқ акс эта бошлади. Буларнинг бари диний урушлари каби диний-сиёсий воқеликларда яққол акс этди.
Ушбу мақолада ХХ асрнинг охирги чорагида ислом нафақат глобал тарих ҳамда сиёсат, балки жаҳон миқё-сида майдонга чиқиши ва бугунги мусулмон олами билан боғлиқ ижтимоий-маданий, ғоявий, цивилизация ва ижтимоий-сиёсий унсурлар билан боғлиқ кўплаб саволларнинг келиб чиқиш сабаблари таҳлил қилинган. Айнан шу даврда мусулмон оламидаги сиёсий жараёнлар ислом динининг сиёсий ва ижтимоий имкониятига ниҳоят даражада эътиборни тортди. Ислом дини сиёсий ривожланишнинг умумэътироф этилган нормаларига, унинг дунёвий устунларига хилоф бўлса-да, мусулмон давлатларидаги ўзининг мавқеини йўқотмади. Аксинча, у Эрон, Покистон, Афғонистон, Саудия Арабистони ҳамда Шимолий Африкадаги давлатлар сиёсатида “қайтадан вужу-дга келмоқда”.
Мақолада диннинг ҳамиша жамият ҳаётининг барча соҳаларига таъсир этувчи муҳим омиллардан ҳисобланиб келгани ҳамда дунёда диндорлик даражаси пасаймаётгани, аксинча, замонавий босқичда кўтарилиб бораётгани тадқиқ этилган.
12 - 171713126-06-2026 -
“АРАБ БАҲОРИ”ДАН ОЛДИН МИСРНИНГ СИЁСИЙ ТИЗИМИГА БЎЛГАН ДИНИЙ ОМИЛНИНГ ТАЪСИРИ
Shukhrat YOVKOCHEV (Muallif)Бу мақола замонавий Миср сиёсий тизимига нисбатан диний омилнинг таъсирига бағишланган. Унда сиёсий кучлар, партиялар ва исломий мухолифатнинг сиёсий ҳокимиятга эришиш йўлидаги курашлари, шунингдек, ушбу кураш усул ва воситалари батафсил таҳлил қилинган. Мақолада XX аср охири – XXI аср бошлари, яъни президент Хусни Муборак ҳукмронлик даври тадқиқ этилган. Катта эътибор Мисрдаги исломий мухолифат етакчиси – узоқ сиёсий ва тарихий илдизларга эга бўлган, яширин курашда катта тажрибага эга ва 2005 йилда Миср парламентида 20 % жойларини қўлга киритган ва кейин 2012 йилда бир йил давомида президентлик ҳокимиятга эришган “Мусулмон биродарлари” ташкилоти нинг тактикаси ва стратегиясига қаратилган.
4 - 123012126-06-2026 -
ИСЛОМ МАВЗУСИГА ОИД ДИНИЙ МАЪРИФИЙ ЭЛЕКТРОН ДАСТУРЛАР ЯРАТИШ АЛ-ҲАКИМ АТ-ТЕРМИЗИЙ ЗИЁРАТГОҲИ МИСОЛИДА
Turdali JUMAYEV, Alimjon DADAMUHAMEDOV (Muallif)Зиёрат туризмининг барқарор ривожланиши бутун дунё бўйлаб маданий ва инсонпарварлик алоқаларини ри вожлантириш бўйича улкан салоҳиятга эга эканлигини эътироф этамиз. Биз ахборот технологияларининг зиёрат туризмига, айниқса реклама, маркетинг, туризм маҳсулотларини реклама қилиш ва ихтисослаштириш соҳасига ўзгаришлар олиб киришини алоҳида таъкидлаймиз. Бундан ташқари, зиёрат туризми шахсларнинг индивидуал ўсиши ҳамда асосий ижтимоий нормалар ва миллий қадриятларни мустаҳкамлашига қатъий ишонишимизни яна бир бор таъкидлаймиз. Дастур Php, Java, C ++ каби замонавий дастурлаш тилларидан фойдаланилган. Ўзбекистон тарихий қадамжоларининг кўплиги билан ҳам машҳур. Сурхандарё вилояти Термиз шаҳрида ҳам қадам жолар кўплиги билан машҳур. Шулардан бири Ал-Ҳаким ат-Термизий зиёратгоҳи. Бу зиёратгоҳга келувчиларнинг сони кундан кунга ортиб бормоқда. Ҳозирги кунда зиёратгоҳга ташриф буюрувчиларга зиёратгоҳ ҳақида маълумотлар беришни ахборот технологиялари ёрдамида яратилган электрон қўлланмага бўлган эҳтиёж бўлиб, уни ҳал қили ниши эса зиёратгоҳ ҳақида ташриф буюрувчиларга маълумотлар олишида жуда қулай ҳисобланади. Биз эса, ушбу зиёрат ҳақида мобил қурилмалар учун электрон қўлланма ишлаб чиқиш долзарб эканлигидан далолат беради.
215 - 2222832029-06-2026 -
БОШҚАРУВ ФАОЛИЯТИНИНГ ДИНИЙ ВА ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ТАЛҚИНИ
Baxriddin UMAROV, Jakhongir IBRAGIMOV (Muallif)Бошқарув фаолиятидаги кадрлар салоҳияти, бошқарувчи шахси масаласи юртбошимиз Шавкат Мирзиёев томонидан бир неча марта кўтарилди ва бу соҳага доир изланишлар олиб борилиши лозимлиги таъкидладилар. Шундан келиб чиқиб, тайёрланган мазкур мақолада кўтарилган ғоянинг мақсади - кадрлар танлови ва кадрлар сиёсатига доир чет эл фалсафа, психология ва менежмент фанлари намоёндаларидан Николло Макиавелли, Брайн Трейси ва Xарви Маккей каби олимларнинг фикрлари билан бир қаторда бошқарув фаолияти ва бошқарувчи шахси салоҳиятига доир ислом манбаларидаги маълумотларни таҳлил қилиш ва бошқарув соҳасининг диний ва психологик хусусиятларини таҳлил қилишдир. Шунингдек, мақолада бошқарув фаолиятидаги кадрлар салоҳияти, бошқарувчи шахси масаласи бўйича машҳур диний саҳобалар, тобеинлар ва уламоларнинг ҳаётига боғлиқ мисоллар баён этилган ҳамда илмий хулосалар ўртага ташланган.
122 - 1273722329-06-2026 -
АБУ ҲАФС НАСАФИЙ “АТ-ТАЙСИР ФИ ИЛМИТ-ТАФСИР” АСАРИНИ ТУРКИЯНИНГ “СУЛАЙМОНИЯ” ФОНДИДАГИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИ
Abdushukurjon MURATOV (Muallif)Ўзбекистон қадимдан дунёнинг илм-маърифат ва маънавият ривожланган минтақаларидан ҳисобланган. Унинг тарихи ва мамлакат қўлёзма фондларида сақланаётган юз минглаб асарлар бир томондан аждодларнинг нақадар илм-маърифатга катта аҳамият қаратганларидан далолат қилса, иккинчи жиҳатдан ушбу минтақадан олимларнинг кўплаб етишиб чиққанлигига гувоҳлик беради. Юртимиз фондларида сақланаётган қўлёзма асар-ларнинг катта қисми ислом илмлари, хусусан, тафсир, ҳадис, фиқҳ, ақида, балоғат, мантиқ, араб тилшунослигига оид ҳисобланади. Шундай қўлёзмалардан бири Абу Ҳафс Умар Насафий (467-537/1074-1142 йй.)нинг “Ат-тай-сир фи илмит-тафсир” асаридир. Қўлёзма тафсир илмига бағишланган бўлиб, беш жилддан иборат. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси ҳузуридаги Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик институти фон-дида ушбу асарнинг еттита қўлёзма нусхаси сақланади. Ушбу манбалар илмий нуқтаи назардан таҳлил қилиб чиқилганда, улар тўлиқ ҳолатда бизгача етиб келмагани аниқланди. “Ат-тайсир фи илмит-тафсир” асарининг қўлёзма нусхалари нафақат юртимизда, балки дунёнинг кўплаб фондларида сақланади. Жумладан, Туркиянинг қўлёзмалар сақланадиган фондларида биз сўз юритаётган асарнинг етмиш иккита нусхаси бўлиб, улар бошқа жойдаги нусхалардан анчагина яхши ҳолатда сақланган. Қуйида Туркиянинг “Сулаймония” қўлёзма фондида сақланаётган “Ат-тайсир фи илмит-тафсир” асарининг қўлёзма нусхалари ҳақида сўз юритилади.
60 - 673332327-06-2026 -
ЎЗБЕКИСТОНДА ДИНШУНОСЛИК СОҲАСИ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ДОЛЗАРБ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ
Mahfuza ALIMOVA (Muallif)Мазкур мақолада Ўзбекистонда диншунослик соҳасининг ривожланиш тенденциялари, долзарб муаммолари ва асосий йўналишлари ёритилган. Унда глобаллашув шароитида ёшлар турли бузғунчи ғояларнинг асосий мўлжали бўлиб қолаётгани, бу каби салбий ҳолатларнинг олдини олиш, уларга қарши маънавий иммунитет ҳосил қилиш, ёшларимизнинг маънавий оламида бўшлиқ вужудга келмаслиги учун уларнинг қалби ва онгида соғлом ҳаёт тарзи, миллий ва умуммиллий қадриятларга ҳурмат-эҳтиром туйғусини юксалтиришга алоҳида эътибор қаратилган.
Сўнгги йилларда Ўзбекистонда миллий ва диний қадриятлар янада ривож топиб, аждодларнинг диний-маърифий меросини теран ўрганиш ва таҳлил қилиш, уларнинг илмий анъаналарини муносиб давом эттиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Динга бўлган қизиқишнинг кучайиши бугунги кунда кишилик жамияти олдида турган муаммолар, инсоннинг уларни ҳал қилиш йўллари ҳақидаги ўй-изланишлари, дунёвий ва диний қадриятлар уйғунлигини таъминлаган ҳолда бугунги кундаги мураккаб масалаларга тўлақонли жавоб топишга имкон бериши ёритилган. ХХ асрнинг иккинчи ярмида христианлик, буддавийлик, ислом ва бошқа динлар доирасида юзлаб секталар пайдо бўлган. Бу каби жараёнлар келажакда ҳам давом этишини тахмин қилиш мумкинлиги мақолада ўз аксини топган. Ёшларнинг кибермаконда объектив йўл танлай олишлари ва замонавий ахборот-коммуникация технологиялари тизимидан фойдаланишда уларда диний мазмундаги хабарларга танқидий ва онгли ёндашувни шакллантиришга алоҳида эътибор қаратилган.
332 - 3393322225-06-2026 -
ИСЛОМ МАВЗУСИГА ОИД ДИНИЙ-МАЪРИФИЙ ДАСТУРЛАР ЯРАТИШДА ИНФОРМАЦИОН КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ ЎРНИ
Alimjon DADAMUHAMEDOV (Muallif)Замонавий ахборот технологиялари диний-маърифий дастурлар яратишда салмоқли ҳисса қўшмоқда. Қуръон, хадис, тарихий қўлёзма манбаларни электронлаштириш ҳозирги кунда долзарб масала бўлиб қолмоқда. Ота-боболаримиз томонидан қолдирилган қадимий асарларни дунёга танитиш, келажак авлодга ўз асл ҳолатида кўрсатиш мақсадида яратилган дастурий таъминотлар таҳлил қилинган. Мазкур дастурий комплекслардан ислом билим юртлари, малака ошириш курсларида фойдаланиш мумкин. Ислом мавзусига оид электрон манбаларни ишлаб чиқиш жараёнида Php, WordPress, Yii2 framework, Joomla, Visual Basic, C++ каби замонавий дастурлаш тилларидан фойдаланилган. Ушбу мақола ислом мавзусига оид электрон манбаларни яратиш ва такомиллаштиришга қаратилган замонавий дастурлаш тиллари ва интернет-технологияларни таҳлил қилишга бағишланган. Мақоланинг амалий аҳамияти минтақада ислом мавзусига оид электрон манбаларнинг фаолиятини қўллаб-қувватловчи замонавий ахборот коммуникация технологияларини қўллашдан иборат.
271 – 2783602224-06-2026 -
АҲМАД ЗАКИ ВАЛИДИЙНИНГ ДИНИЙ-ФАЛСАФИЙ МЕРОСИ
Muminjon XUJAEV (Muallif)Мақолада Аҳмад Заки Валидий Тўғоннинг яшаган давридаги ижтимоий ҳаёт тарзи ва диний-фалсафий фикрлари ҳамда ўз даври олимларининг диний-фалсафий фикрлари ислом ва христиан дини таълимоти ҳамда тарихини ўрганишга бўлган эҳтиёжнинг пайдо бўлиши каби фикрлари таҳлил этилган.
Заки Валидий яшаган даврда сиёсий вазиятнинг ёритилиши ҳақидаги фикрларининг таҳлилидан собиқ совет тоталитар сиёсати жамиятни маънавий таназзулга етаклашга, инсонларни маънавий қашшоқлаштиришга, собиқ иттифоқ халқлари қаторида халқимизни ҳам коммунистик мафкуранинг тобеларига айлантирилишига оид фикрларининг таҳлилларидан мисол келтирилган.
207 - 2162952024-06-2026 -
РАҲБАР КАДРЛАР ТАНЛАШ ТИЗИМИНИНГ МАРКАЗИЙ ОСИЁДАГИ ТАРИХИЙ ТАРАҚҚИЁТ БОСҚИЧЛАРИ
Fazliddin RAVSHANOV (Muallif)Мақола давлат бошқаруви, унинг ташкилий тизими, раҳбар кадрлар, уларни сайлаш, танлаш ва тайинлаш масалаларига оид Ўрта Осиё тарихий тажрибаларини тадқиқ этишга қаратилган. Бу соҳадаги маълумотларни эътиборга олган ҳолда муаллиф давлат ва жамият бошқарувига раҳбарлар танлаш тизимига оид миллий анъаналар ва қадриятларнинг шаклланиш ва ривожланишининг асосий эволюцион босқичларини шартли равишда бешта даврга бўлади: биринчи – қадим замонлардан VIII асрга қадар бўлган давр – давлат бошқаруви ва бошқарув тизимига раҳбарлар ва мансабдорларни танлашнинг амалий жиҳатдан шаклланиши даври; иккинчи – IX – XVI асрлар – давлат бошқаруви ва бошқарув тизимига раҳбар ва мансабдорларни танлаш миллий тизимининг ривожланиши, юксалиши ва бу соҳага доир илмий назариялар ҳамда таълимотларнинг юзага келиш даври; учинчи – XVII асрдан XX асрнинг биринчи чорагигача – давлат бошқарувига раҳбарлар ва мансабдорлар танлаш миллий тизимининг турғунлик ва таназзулга юз тутиши даври; тўртинчи – XX аср – 1925–1990 йиллар – давлат бошқарувига раҳбар кадрлар танлашнинг коммунистик тоталитар усулларига ўтилиши ва миллий тизимнинг бутунлай инкор этилиши даври; бешинчи – XX аср охири XXI аср – миллий мустақиллик шароитида раҳбар кадрлар танлаш ва тайёрлаш миллий илдизларининг тикланиши ва жаҳон тажрибалари билан бойитилиши даври.
175 - 18542652023-06-2026 -
АМИР ТЕМУР СИЁСИЙ ҚАРАШЛАРИДА ДИНИЙ ТАМОЙИЛЛАР
Tulkin ALIMARDONOV (Muallif)Ушбу мақола буюк саркарда ва давлат арбоби Амир Темур сиёсатида дин ва давлат ўртасидаги мувозанатни ўрганади. У ўзининг сиёсий фаолиятида ислом ҳуқуқини дунёвий давлат тамойилларига сингдиришга муваффақ бўлган моҳир шахс бўлганлиги маълум бўлди. Ҳукумат адолатли воситалар ва усулларни яратишда ўқитувчиларининг кўрсатмаларига амал қилганлиги ва бу диний ва фалсафий қарашлар мамлакат тараққиётида муҳим назарий тамойил бўлиб келганлиги қиёсий ўрганилди. Амир Темур миллий давлатчилигининг буюк тарихий ва маданий мерос сифатида ушбу сиёсий фалсафаси бугунги кунда кўп тадқиқотлар мавзусидир. У яратган сиёсий фалсафа манфаатларнинг бирлашувида, халқнинг олий мақсадларига эришишда самарали ва ижобий рол ўйнаши тобора аён бўлмоқда. Бугунги кунда бир қатор манбалар ва нашрларда Амир Темур мероси бошқарув ва давлат бошқарувини такомиллаштириш, кучлар ва манфаатларни мувозанатлаш, барқарор ривожланиш шакллари ва воситаларини жорий этиш, миллатлараро ва динлараро бағрикенглик фалсафасини ўрганишда озод ғояга айланганлиги тўғрисидаги тадқиқотлар таҳлил қилинди.
Амир Темур жамиятнинг объектив ва субъектив қонуниятлари ривожланишини тушунадиган, бошқарувда анъаналар ва қадриятларни жорий этиш, унинг эҳтиёжларига жавоб берадиган воситаларни яратиш, давлат бошқарувида адолатни жорий этиш учун мукаммал тизим яратган тарихий шахс, буюк шахс сифатида эътироф этилади.
163 - 1742302223-06-2026 -
ИСЛОМДА АРБИТРАЖ (ТАҲКИМ) ВА МУРОСА (СУЛҲ) - НИЗО БАРТАРАФ ЭТИШНИНГ МУҚОБИЛ УСУЛЛАРИ
Saidilyos KHAKIMOV (Muallif)Ушбу ишдан кўзланган асосий мақсад Ислом асосида низо ҳал этишнинг муқобил усулларига бўлган эҳтиёжни кўрсатиш ва усул қўлланмаларининг фойдалари юзасидан таҳлилларни тақдим этишдир. Муқобил усулларнинг расмий литигацияларга нисбатан эътирофнинг юксалиши ва бу соҳадаги муаммоларга Ислом нуқтаи назаридан мурожаат этилиши кўзда тутилган низолар сони ўсаётгани сабаб мазкур иш бажарилди. Усулларнинг кенг миқиёсида фойдаланишга кириши йигирманчи асрнинг иккинчи ярмидан буён узлуксиз кенгайиб бормоқда. Бир ярим асрлик қонуний институционализация қилинган арбитраж маҳкама (таҳким) ва муроса (сулҳ) асосларини, ва Исломий усуллар ёки муқобил усулларни тарихий ва бугунги ишончли далиллар билан таҳлил ва тақдим қилиш ишнинг мақсадидир. Усулларнинг исломий табияти ва тамойиллари баъзи Қуръон оятлари ва ҳадислар билан асослантирилади. Қолаверса, терминнинг маънолари ва қўлланилиши замонавий истилоҳлар билан баён қилинади ва солиштирилади. Юкланилган вазифадан яна бир мақсад, терминларни классик маъноларини тақдим қилиш ва замонавий маъноларини солиштириш; у билан механизмларнинг ёрдамчи ечим сифатида мослашувчан инеграцияси, киришимлилиги ва баъзи ҳолларда суд платформасига нисбатан энг муносиб танлов эканлигини ёритиб беришдир. Ислом қонунларининг бой тажрибаси, доктриналари ва кўп сонли маҳаллий ва халқаро кейс стадиларининг мавжудлиги мавзуни ёритишда таклиф қилинди. Шу билан бирга, муқобил усулларга оид статистик кўрсаткичлар, айниқса исломга оидлари, расмий судларсиз, қонуний асосларда низоларни ҳал этиш йўлларини кўрсатиш мақсадида муҳокама қилинди. Кенг, бой ва комил ислом тажрибаси низо ҳал этиш дунёсида энг муҳим қўлланма эканлиги аниқдир.
31 - 373063904-07-2026 -
АБУЛ МУЪИН НАСАФИЙ ИЛМИЙМЕРОСИДА АҚИДАДА АДАШГАНОҚИМЛАРГА РАДДИЯЛАР(«БАҲР АЛ-КАЛОМ» АСАРИ АСОСИДА)
Saidmukhtor OKILOV (Muallif)Мазкур мақолада мотуридия таълимотининг машҳур вакили Абул Муин Насафий қаламига мансуб «Баҳр ал-калом» асарининг замонавий нусхалари ҳақида маълумот берилган. «Баҳр ал-калом» асарининг тузилиши, тили ва мавзуларининг енгил ифодаланганлиги билан Абул Муин Насафийнинг шоҳ асари – «Табсират ал-адилла»дан кўра ўқувчига мотуридия таълимотининг осон тушунишида анча қулай экани очиб берилган. «Баҳр ал-калом» асарининг замонавий танқидий учта нашри мавжуд қўлёзмалар асосида манбашунослик нуқтаи назаридан таҳлил қилинган ҳамда замонавий нашрлар орасида энг қулай китоб қайси экани эътироф этилган. Шунингдек, асарда кўтарилган ақидавий мавзуларнинг бугунги кундаги экстремистик оқимларга қарши мафкуравий аҳамияти ҳақида таҳлилий маълумотлар берилган. Мақолада «Баҳр ал-калом» асарида хорижийларнинг нотўғри ақидавий қарашлари ҳамда уларнинг ўз эътиқодларига Қуръон ва ҳадисдан келтирилган далилларни нотўғри талқин қилишлари Абул Муин Насафийнинг фикрлари билан фош қилингани баён қилинган. Шунингдек, суннийлик ақидасига (аҳли сунна вал жамоа) зид бўлган «Ҳизб ат-таҳрир» ва ИШИД экстремистик оқимининг ботил эътиқодларига мафкуравий раддия беришда «Баҳр ал-калом» асарининг манбашунослик аҳамияти илмий таҳлиллар асосида очиб берилган. «Баҳр ал-калом» асарининг нафақат мотуридия таълимоти тарихини ёритишда, балки одоб-ахлоққа тарғиб, ишбилармонликка ундов ва боқимандаликка қарши жиҳатлари ҳам мисоллар ёрдамида кўрсатиб берилган.
5-132681823-06-2026 -
МОВАРОУННАҲРДА ҲАНАФИЙЛИК МАЗҲАБИ РИВОЖИ
Raziya MATIBAYEVA (Muallif)Ҳозирги кунда исломшунослик соҳаси мутахассислари олдидаги масъулиятли вазифа миллий анъана ва қадриятларимизни ўзида мужассам этган ислом дини, хусусан, ҳанафийлик мазҳабини чуқур ўрганиш, унинг бағрикенглик асосларини халқимизга етказиш ва ёшларимизнинг мафкуравий савиясини кучайтиришдир.
Ҳанафийлик Марказий Осиё халқлари эътиқод қиладиган кенг тарқалган мазҳабдир. Суннийликдаги тўрт мазҳаб – ҳанафийлик, моликийлик, шофиийлик ва ҳанбалийлик орасида эътиқод қилувчилар сонининг кўплиги бўйича ҳанафий мазҳаби етакчи ўрин эгаллайди. Зеро, ҳанафийликка хос бағрикенглик тамойиллари унинг ислом оламида кенг ёйилишига сабаб бўлди ва ҳанафий мазҳабини ўрганиш нафақат республикамиз, балки Марказий Осиё минтақаси ва умуман бу мазҳаб тарқалган ҳудудларда долзарб масалалар қаторига кўтарилди.
Ушбу мақолада Имом Абу Ҳанифа асос солган ҳанафийлик мазҳабининг Мовароуннаҳрдаги ривожи ва унинг кенг кўламда тарқалиши сабаблари тадқиқ қилинган. Шунингдек, ушбу мазҳаб моҳияти, таълимоти ва қўллаган услуби ҳаётий масалаларда кўп қулайликлар яратиши таҳлил этилган.
133 - 1414672323-06-2026
