Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: {$count}.
  • ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI

    Dr (Muallif)

    Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida ulkan iz qoldirgan, hanafiylik mazhabi nazariy asoslarining shakllanishida o’zining katta hissasini qo’shgan mujtahid olim Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari uning “Kitob al-xaroj” asari asosida tahlil qilingan. “Kitob al-xaroj” islom ta’limotidagi hanafiy mazhabi bo’yicha bitilgan ilk yozma manba hisoblanadi. Uning soliq solish muammolari to‘gʼrisidagi ushbu risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan asar bo’lib, Abu Yusuf VIII asr oxirlarida Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo‘lib ishlagan paytida yozgan.


    Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‘lishgan. Islom shariyati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan o‘z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni tadqiq etilishi yangi bilimlarning rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan.  Horun ar-Rashid davrida bosh qozi bo‘lgan fiqh olimi Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asari buning yorqin dalili hisoblanadi. Unda nafaqat soliqqa tortishning huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalarga ham murojaat etgan.


    Ushbu maqolada Abu Yusufning hayoti va faoliyati, ilk islom davridagi soliq tizimining shakllanishi, iqtisodiy-madaniy hayot, yer va suvdan foydalanish tartibi, xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosat, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarga yechim sifatida berilgan takliflari birma-bir ko’rib chiqilgan. Mavzu keng miqyosda fiqh ilmiga oid manbalar orqali tahlil qilinsa-da, biroq “Kitob al-xaroj”da keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilinadi.


    Maqolada davlat boshqaruvi, xalifalik tarixi va anʼanalari haqida qimmatli maʼlumotlar ham keltirilgan. “Kitob al-xaroj” asari islom davlati hududi kengaygan davrda, turli o‘lkalardagi ayrim masalalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, Аbu Yusuf uni asosan Аbu Hanifaning huquqiy nazariyasiga tayangan holda, shuningdek, eng ishonchli hadislar, sahobalarning aytgan so‘zlari, qo‘llagan usul va qoidalardan foydalanib yozgan. Abu Yusuf mujtahid olim sifatida o’z darining muhim diniy masalalari, jumladan, iqtisodiy soha bilan ham shug’ullanishga majbur bo’lgan. “Kitob al-xaroj” asari undan keyin Yaxyo ibn Odam, Аbu al-Аbbos Muhammad Kotib, Аbu al-Faraj Qudama ibn Jaʼfar, Nasr ibn Muso ar-Romiy, Xasan ibn Ziyod tomonidan ushbu nomda yozilgan kitoblar orasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiyligi va daqiqligi bilan ulardan ajralib turadi. Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asarida bayon etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy-falsafiy va islom soliq tizimiga oid tahliliy ma’lumotlar bilan bir qatorda VIII – IX asrlarda Musulmon sharqidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ilk abbosiylar xalifaligi davrida madaniy-maʼrifiy aloqalar, Abu Yusuf qarashlari xalq farovonligi va ijtimoiy adolat g’oyasining iqtisodiy-falsafiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

    52-64
    315
    29
    18-07-2026
  • ZAMONAVIY ARAB ADABIY TILIDAGI IQTISODIY SOHAGA OID O‘ZLASHTIRMALARI HAQIDA

    Viktoriya MAMADJANOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada zamonaviy adabiy arab tilida iqtisodiy sohalarda qo‘llanib kelayotgan atamalarning bosha chet tilaridan  o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga  alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zlashtirma usuli yordamida  tilga kiritilgan iqtisodiy atamalar – tillararo aloqalar natijasi bo‘lib,  bir tilning leksik birliklari A tilida shakllanib,  B tiliga ko‘chiriladi va unda qo‘llaniladi.


    Bugungi kunda atamalar tildagi so‘zlarning umumiy sonini 25 % shakllantiradi, bu ushbu usulning samaradorligini ko‘rsatadi.   Dunyoning barcha tillariida lug‘at faqatgina asl so‘zlari bilan cheklanmagan, deyarli har bir tilni rivojlantirish uchun so‘zlarni boshqa tillardan olish jarayoni tabiiy va odatiy hisoblanadi. Turli xil tillarda rivojlanishning turli davrlarida, tashqi o‘zlashtirmalarning foiz nisbati o‘zgarib turadi, chunki o‘zlashtirilgan lug‘at lingvistik guruhlar o‘rtasidagi etnik aloqalar, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni tasdiqlaydi. Qadim zamonlardan boshlab turli mamlakatlarning ona tilida so‘zlashuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatgan (savdo, urushlar) va hozirgi davr, globallashuv davri bilan yakunlanib, barcha bunday aloqalar dunyo tillarida aks ettirilgan. O‘rnatilgan aloqalarning tabiati va shartlari qanday o‘zgarganiga qarab, o‘zlashtirmalarning predmet – kontseptual doirasi, tashqi o‘zlashtirmalarga bo‘lgan munosabati va natijada o‘zlashtirmalarni rivojlantirish va o‘zlashtirish darajasi o‘zgargan. Hozirgi vaqtda so‘zlarni o‘zlashtirish jarayoni, odatda, mahalliy so‘zlashuvchilarni xalqaro terminologik tizimlari, xususan, kompyuter texnologiyalari, zamonaviy aloqa vositalari va boshqalar bilan tanishtirish bilan birga olib borilmoqda. O‘zlashtirmalarning muammosi – tillarning o‘zaro ta’siri va til evolutsiyasi jarayonini o‘rganish uchun o‘ta muhim umumiy til muammolaridan biridir. O‘zlashtirmalarni  xalqlar o‘rtasidagi turli aloqalar kontekstida vujudga keladigan yangi voqelik va tushunchalarni belgilash usullaridan biri deb hisoblashimiz mumkin.  O‘zlashtirilgan iqtisodiy atamalar lingvistik talqinning xilma -  xil jihatlari bilan bo‘g‘lik bo‘lib o‘zlashtirmalarning darajasi va tabiati o‘zaro ta’sir qiluvchi madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarning darajasi va xususiyatini aks ettiradi.Tarix masalasi, tuzilishi, tipologiyasi, xorijiy lug‘atlarni o‘zlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari yoritilgan.


    Ushbu maqolada zamonaviy adabiy arab tilidagi  iqtisodiy sohalarda qo‘llaniladigan atamalar tasnifi berilgan hamda ularning kelib chiqish tarixi, tuzilishi, tipologiyasi,  o‘zlashtirilishi masalalari, o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari yoritilgan.   .

    91-99
    331
    29
    16-07-2026
  • XOJA AHROR – KISHILAR OʻRTASIDA TINCHLIK VA HAMJIHATLIK  TARAFDORI

    Nematullo MUKHAMEDOV (Muallif)

    Maqolada Xoja Ahrorning (XV asr) Naqshbandiya tariqatining yetakchisi sifatidagi faoliyati, xususan, oddiy odamlarning hayoti haqida qayg‘urish (ularga yer berish, undiriladigan soliqlarni kamaytirish), temuriylar o‘rtasidagi janjalda yarashtirish, va boshqalar.


    Xoja Axror Naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan rahnamolaridan biri, shuningdek, eng yirik siyosiy arbob va o‘z davrining eng katta boyliklaridan birining sohibi bo‘lgan. Uning nomi Naqshbandiya tariqatining siyosiy-iqtisodiy faoliyatining faollashishi va mafkurasining Markaziy Osiyo chegaralaridan tashqariga tarqalishi bilan chambarchas bog'liq.


    Xoja Ubaydulla Ahror XV asrning buyuk siymolaridan biri, naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan murshidi, o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy hayotida katta iz qoldirgan. Bu davrda uning shuhrati nafaqat Movaraunnahrda, balki keng geografik mintaqada, jumladan, Xorazm, Dashti Qipchoq, Xuroson va Hindistonda ham tarqaldi. Temuriylar hukmdorlari Sulton Abu Said Mirzo va uning o‘g‘li Sulton Ahmad Mirzo o‘rtasida Hoji Ahrorning obro‘-e’tibori shu qadar baland bo‘lganki, ular o‘z murshidlari maslahatidan foydalanmasdan biron-bir masalani hal qilishga shoshilmasdilar.


    Xoja Ahror valiy XV asrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida katta iz qoldirgan, naqshbandiylik tariqatining yirik namoyandasi va nazariyotchisi bo‘lgan aziz siymolardan biridir. O‘sha davrning olimu ulamolari, adiblari Fazlulloh Abullays Samarqandiy, Sa’diddin Koshg‘ariy, Sayid Qosim Anvor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar Xoja Ahrorni «Ka’bai maqsud» (murodlar ka’basi), «Murshidi ofoq» (yorug‘lik yo‘lini ko‘rsatuvchi pir, ustoz) deb e’tirof etganlar, unga bag‘ishlab, she’rlar, dostonlar, risola va boshqa asarlar yozganlar.


    Ushbu maqolada naqshbandiya tariqatining yirik siymosi Xoja Ubaydullo Ahror (1404-1491)  hayoti va faoliyati o‘rta asr  manbalari asosida tadqiq etilgan. Xoja Ahrorning tinchliksevarlik faoliyati hamda kishilar o‘rtasida mehr-oqibat, halollik, saxovat, yaxshilik kabi qadriyatlarni targ‘ib qilgani tahlil etilgan.

    4-10
    314
    23
    15-07-2026
  • TOSHKENT VILOYATI SANOATINI RIVOJLANISHINING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI

    Nilufar Sherkulovna BATIROVA (Muallif)

    Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida viloyat sanoat korxonalarining samarali faoliyat yuritishi davlat boshqaruvining barcha tuzilmalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etdi. Har bir sanoat korxonasi uchun qulay innovatsion sarmoyaviy muhitni ta’minlash, samarali mexanizm yaratish orqaligina viloyat yangilanish va taraqqiyot yo‘liga kirishi mumkin edi. Maqolada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida mintaqa sanoatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish yo‘nalishlari bayon etilgan. Bir qator mexanizmlar va ularning o‘lchovlari berilgan. Innovasion faoliyatni hududiy boshqaruv organlari tomonidan qo‘llab quvvatlash imkoniyatlari keng yoritilgan. Xususan, moliyaviy xavfsizlik va soliq imtiyozlari masalasiga alohida to‘xtalgan. Shuningdek, innovasion markazlarning ahamiyati, texnologik transfer markazlarni ochish zaruriyati batafsil yoritilgan. Texnologik transfer markazlarining vazifalari va ushbu yo‘nalishda qilinadigan ishlar ketma ketligiga ham to‘xtab o‘tilgan. Shuningdek, rivojlantirish fondini tashkil etish, fondning maqsad va vazifalari, faoliyat doirasi hamda bu sohadagi bir qator dasturlar taklif etilgan. Maqolada hudud sanoati majmuasining innovasion tuzilmasi tahlil qilingan bo‘lib, uning bozor, resurs, moliyaviy, innovasion hamda motivasion bloklarning tarkibiy qismlari yoritilgan. Hudud sanoatining rivojlanishi uch bosqichda (boshlang‘ich, o‘rta va yakuniy) batafsil tushuntirilgan. Mintaqa sanoatini rivojlantirish modelini ishlab chiqish zaruriyati va muammolarni qo‘yilish darajasi asoslangan. Hududiy sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Asosiy prinsiplari, mexanizm va vositalari ishlab chiqilgan. Hududiy sanoat klasterlarining faoliyariga sifat va miqdor jihatdan baho berilgan. Shuningdek, hududiy sanoatni rivojlantirish modelining tizimli tahlili amalga oshirilgan. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Xulosa o‘rnida sanoatni rivojlantirish bo‘yiha qo‘yilgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish yo‘nalishlari doirasida takliflar berilgan. Shuningdek, viloyatda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga olgan. Chora-tadbirlar hudud tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar o‘rtsidagi tavofutni qisqartirishga qaratilgan.

    68-76
    207
    23
    23-07-2026
  • MILLIY IQTISODIYOTDA KICHIK BIZNESNING ROLI

    Zokir SODIKOV (Muallif)

    Bu maqolada kichik biznesning milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga, ishlab chiqarishning kengayishiga, tovar va xizmatlar sifati yaxshilanishiga, bandlik darajasining oshishiga, eksport salohiyatini kuchaytirishga, importni samarali tashkil etishga ta’sirlari ko’rsatib berilgan. Shuningdek, bu borada mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar va erishilayotgan natijalarning asoslari tahlil qilingan. Bundan tashqari, kelajakda qilinishi talab etiladigan vazifalar va takomillashtirish yo’nalishlari tavsiya berilgan. Mamlakatimizda zamonaviy ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor jihatlaridan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kuchaytirishdan iborat. Iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda va kichik biznesning rolini oshirish maqsadida tizim barpo qilindi. Tadbirkorlik faoliyatini kafolatlovchi huquqiy-meʼyoriy asoslar va tadbirkorlarga koʼmaklashuvchi tuzilmalar shakllantirildi. Kichik biznes subyektlari yirik kapitalsiz yangi ish joylarini tashkil etish va ayrim tovarlar taqchilligini kamaytirish, hatto, ularni toʼliq taʼminlash imkoniyatiga ega.


    Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashda va aholi farovonligini oshirishda ustuvor ahamiyat kasb etayotgan kichik biznesning rolini mamlakatimiz shart-sharoitlaridan va imkoniyatlaridan kelib chiqib muntazam ravishda tahlil qilib, ular borasida istiqbolli xulosalarni o’rtaga tashlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ayni paytda jadal amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning jamiyatdagi natijasini asoslash va yanada takomillashtirish uchun milliy iqtisodiyotning barcha bo’g’inlari qatori kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish jarayonini muntazam o’rganish talab etiladi. Aynan mazkur maqola ana shu maqsadlarga qaratilgan vazifalarning bajarilishi hisoblanadi.


    Milliy iqtisodiyotda kichik va o’rta biznesni rivojlanishi, xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ishlab chiqarishni jadallashtiradi hamda iste’mol bozori tovarlar bilan barqaror ta’minlanadi. Natijada mamlakatda aholining bandlik darajasi ortadi va mavjud ishchi kuchining qiymay yaratish imkoniyati vujudga keladi. Mazkur jarayon milliy daromadni ko’paytiradi va aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadning o’sishiga olib keladi. Ushbu tendensiya ta’sirida milliy iqtisodiyot rivojlanadi, aholining turmush farovonligi yaxshilanadi va xalqaro miqyosda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy qudrati hamda siyosiy mavqeyi mustahkamlanadi. Shu bois bugungi kunda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni muttasil rivojlantirish, sohada faoliyat olib borayotganlarni muntazam ravishda moliyaviy rag’batlantirish va tashkiliy-huquqiy jihatdan imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida soha bilan bog’liq jarayonlarni izchil tadqiq qilish va uni yanada rivojlantirish borasida ilmiy takliflar berish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

    157 - 166
    250
    24
    04-07-2026
  • 2011-2012 YILLARDA MISRDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY NOROZILIKLARNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI.

    Guzal KADIROVA (Muallif)

    Maqolada “Arab bahori” voqealari tahlil qilingan bo‘lib, uning sabablarining murakkabligi va “demokratiya paradoksi”ning dolzarbligi qayd etilgan. Mazkur maqola 2010-yillarda Yaqin Sharq va Mag‘rib mamlakatlarida hukumatga qarshi bir qator norozilik namoyishlari ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan “Arab bahori” hodisasiga bag‘ishlangan. G‘arb siyosatchilarining fikriga ko‘ra, “Arab bahori” demokratik va adolatli jamiyat qurishga qaratilgan edi. Mintaqa davlatlarida ommaviy noroziliklarga iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sabablar asos bo‘lgan. Aytish mumkinki, ularni ichki siyosiy inqiroz va hokimiyat bilan to‘qnashuv kabi yomon holatlar qo‘zg‘atdi.  


    Maqolada 2010 yilning ikkinchi yarmida yakka tartibdagi norozilik namoyishlari shaklida boshlangan, ammo keyinchalik 2011 yil yanvarida ommaviy namoyishlarga aylangan Misrdagi mazkur jarayon ko‘rilib, tadqiq qilingan.  Misrdagi rejim o‘zgarishi AQShning o‘sha paytda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi asosiy tashqi siyosat aktori sifatidagi faol pozitsiyasi asosida yuz berdi. Muxolifat kuchlarining dastlabki maqsadi amalga oshganligi, ya’ni – H.Muborakning iste’foga chiqishi va G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanganiga qaramay, Misrdagi “Arab bahori” siyosiy va iqtisodiy hayotda kutilgan demokratiyalashuv va liberal islohotlarni olib kelmadi. Misrda “jamiyatni demokratlashtirish” kontseptsiyasini qo‘llagan muxolifat islohotchilari birinchi bosqichda avtokratik yoki harbiy tuzumdan demokratik hukumatga o‘tishni talab qildilar. Norozilik namoyishlari asta-sekin katta va katta jamoatchilik doiralarini jalb qildi, bu esa Misrda deyarli 30 yil davomida mamlakatni boshqargan prezidentning ag‘darilishi va iqtisodiyotning tanazzulga uchrashiga sabab bo‘lgan inqilobga olib keldi. Misrda “Arab bahori”ning ikkinchi bosqichida harbiy kuchlarning bosimi natijasida ikkinchi marotaba hokimiyat almashdi. Tahlil natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, Misrdagi voqealar “demokratiya paradoksiga” olib keldi, ya’ni demokratik jarayonlarning kuchayishi hokimiyatga nodemokratik, bu holda islomiy kuchlarni olib keldi.

    35-45
    305
    27
    17-07-2026
  • MALAYZIYA TARIXIDA  DINIY SINKRETIZM VA  MILLIY  O’ZIGA XOSLIKNING  SHAKLLANISHI

    Guzal SHARIPOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada Malayziyada diniy sinkretizmning evolyutsiyasi va uning ibtidoiy kommunal tizimdan postkolonial davrgacha bo ‘Igan tarixiy davomiylik bo'yicha milliy o'ziga xoslikning shakllanishiga ta’siri о ‘rganilgan. TadqiqotKota Tampan, Nya vaSungai Batudan topilgan arxeologik dalillar, jumladan, assimilyatsiya, migratsiya va madaniyatlararo almashinuvning dastlabki mexanizmlarini ко ‘rsatuvchi artefaktlar bilan tasdiqlangan ko‘p madaniyatli muhit dinamikasiga qaratilgan. Bu jarayonlar Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari orqali hinduiylik, buddaviylik va islom bilan animistik qarashlarning sintezini osonlashtirdi.
    Maqolada milodiy I-V asrlarda qabila jamiyatidan Ganga Negara va Langkasuka kabi dastlabki davlat shakllanishiga o'tish batafsil bayon etilgan, bu yerda urbanizatsiya va ijtimoiy tabaqalanish diniy sinkretizmni rag'batlantirgan. Mustamlakachilikdavrida, XVI-XIXasrlar oralig ’ida, xitoylik, hind va yavalik migrantlarning oqimi bilan etnik xilma-xillik kuchaydi, ammo 1874-yilgi Pangora shartnomasida mustahkamlangan sultonlarning diniy avtonomiyasi tufayli bag ’rikenglik an ’analari saqlanib qoldi. 1957-yildan beri mustaqillikdan keyingi davr konstitutsiyaviy islohotlar, Yangi iqtisodiy siyosat va mo ‘tadil shofiiy mazhabi, dinlararo uyg'unlik va malaylashtirish asosida o'ziga xoslikni mustahkamlagan va ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishga yordam bergan Rukunegara dasturi bilan tavsiflanadi.
    Tadqiqotning metodologik asosi tarixiylik, qiyosiy tarixiy va tizimli tahlil, muammo-xronologik usul va fanlararo yondashuv tamoyillariga asoslangan. Bu esa о z navbatida, Majid Z., Higham C., AndayaB. va boshqalar kabi mutaxassislarning asarlarini, shuningdek, arxiv manbalarini integratsiyalashga yordam beradi.
    Tadqiqot natijalari mandakatning IK.IM va SYARAK kabi davlat institutlarining rolini, mamlakatning tashqi siyosat strategiyalarini vaASEANdagi ishtirokini ta 'kidlaydi. ZOPFAN konsepsiyasiga va lining ко ‘p madaniyatli birga yashashning barqaror modelini ta’minlashdagi roliga alohida e ’tibor qaratish lozim. Yuqoridagi barcha omillar Malayziyaning hozirgi paytda uyg ‘unlik va tinchlik asosiy maqsadlar bo ‘Igan rivojlangan davlat tizimiga ega mamlakat sifatidagi mavqeiga hissa qo ‘shadi.

    58-65
    72
    27
    23-05-2026
  • SIYOSIY  MADANIYATNING  JAMIYAT HAYOTIDAGI  O‘RNI VA  KORRUPSIYAGA QARSHI  KURASHDAGI AHAMIYATI

    Bakhtiyor ARABOV (Muallif)

    Annotatsiya. Hozirgi kunda korrupsiya global muammo sifatida nafaqat ayrim davlatlar, halki jahon hamjamiyatining barqaror rivojlanishiga tahdid solayotgan illatga aylanib ulgurdi. Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida, turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumlarda turlicha ko'rinishlarda namoyon bo‘lib kelgan. Afsuski, bu hodisa barcha davlatlarga xos bo ‘lib, bugungi kunda ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ham uchramoqda.
    Darhaqiqat, korrupsiya barcha davlatlar uchun jiddiy muammo hisoblanadi, и iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini ishdan chiqaradi, ijtimoiy adolat tamoyillarini buzadi va demokratiya asoslarini yemiradi. Hech bir davlat ushbu illatdan butunlay xalos bo'lmagan, biroq ba'zi davlatlar korrupsiya darajasini sezilarli darajada pasaytirishga erishganlar. Bu jarayonda albatta, jamiyat siyosiy madaniyati muhim ahamiyat kash etadi.
    Jamiyat siyosiy madaniyati - bu jamiyatning siyosiy tizimga bo ‘Igan munosabati, uning me yorlarini qabul qilishi, siyosiy faollikning turli shakllari, siyosiy faoliyatning ijobiy va salbiy ко ‘rinishlariga munosabatini о ‘z ichiga oladi. Shu jihatdan, siyosiy madaniyatningyuksak darajasi jamiyatning korrupsiyaga bo 'Igan salbiy munosabati, korrupsiyaga qarshi kurashdagi faol ishtiroki, shaffofiik va ochiqlikka bo'lgan intilishini ta ’minlaydi.
    Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish faqat huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishnigina emas, balki jamiyatning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirishni ham talab etadi. Chunk! siyosiy ong va madaniyat yuksak bo ‘Igan jamiyatda har bir fuqaro о ‘zini davlat va jamiyat ishlarining faol ishtirokchisi deb his etadi, davlat organlari faoliyatining shaffofligini talab qiladi va korrupsiyaga mutlaqo yo 7 qo ‘ymaydi.
    Siyosiy madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyatini, uning jamiyat hayotidagi о ‘rni va ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Siyosiy madaniyat - bu nafaqat siyosiy bilim va qarashlaryig ‘indisi, balki fuqaroning siyosiy faoliyatga, davlat boshqaruviga bo ‘Igan munosabati, unga nisbatan mas 'uliyat hissi va ishonch darajasini ifodalaydi. Bugungi globallashuv va tezkor siyosiy jarayonlar sharoitida siyosiy madaniyat darajasining yuksak bo ‘lishi - davlat va jamiyat о ‘rtasida barqaror, sog 'lorn aloqalarni ta 'minlovchi muhim omillardan biridir.
    Maqolada korrupsiyaning chuqur ildiz otgan jamiyatlarda siyosiy befarqlik, fuqarolarning huquqiy va siyosiy ongining pastligi ushbu illatning ildiz otishiga zamin yaratishini ta 'kidlayman. Shu bois, men siyosiy madaniyatni oshirish - fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz qarashni shakllantirish, adolatga intilish va davlat ishlarida faol ishtirok etish madaniyatini rivojlantirish orqali bu illatga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.
    Maqolada 0‘zbekiston tajribasi asosida olib borilayotgan siyosiy va huquqiy islohotlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi, davlat organlari ochiqligi va hisobdorligini ta'minlashdagi о‘rni tahlil qilingan. Korrupsiyaga qarshi kurashda faqat jazoga asoslangan yondashuv emas, balki ijtimoiy ongni, xususan, siyosiy madaniyatni yuksaltirish orqali barqaror va samarali natijalarga erishish mumkinligi ilgari surilgan.

    67-75
    247
    26
    15-05-2026
  • TEMURIYLAR VA  USMONIYLAR O‘RTASIDAGI  DIPLOMATIK MUNOSABATLAR

    Elyorbek TURDIMIRZAYEV (Muallif)

    Uch mi ng yillik o'zbek davlatchiligi tarixida Temuriylar sulolasi madaniy, iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan eng yuksak bosqichlardan biri sifatida boshqa sulolalardanfarqlanadi. Bu esa nafaqat ichki siyosat va madaniyat taraqqiyoti, balki tashqi siyosat borasida ham katta muvaffaqiyatlar bilan xarakterlanadi.
    Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur (1336-1405) va uning vorisi Shohruh Mirzo (1377-1447) hukmronligi davrida Temuriylar sulolasi Usmoniylar sulolasi bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarda siyosiy va geosiyosiyjihatdan ancha ustun mavqeda bo 'lgan. Bu ustunlik ikki sulola о ‘rtasidagi strategik aloqalarda, harbiy-diplomatik munosabatlarda hamda mintaqaviy kuchlar muvozanatini shakllantirish jarayonida yaqqol namoyon bo ‘Igan.
    Mazkur maqolada arab, fors, usmonli va ovropa manbalariga suyangan holda Temuriylar va Usmoniylar sulolalari о ‘rtasidagi diplomatik munosabatlar qayyo 'sinda olib borilganligi va qanday natijalar bo'lganligi tahlil qilingan.

    30-37
    192
    29
    14-05-2026
  • XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDAISLOM OMILI VA YAQIN SHARQMINTAQASIDAGI GEOSIYOSIYJARAYONLARNING O‘ZIGA XOSXUSUSIYATLARI

    Kamronbek ABDULAZIMOV (Muallif)

    Bugungi kunga kelib xalqaro munosabatlar tizimida islom omili va uning ta’siri ortib bormoqda. Jahon siyosatida yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, eng ko‘p murojaat etilayotgan mavzulardan biri bu islom omili va xususan Yaqin Sharq mintaqasi hisoblanadi.


    Maqola mazmun jihatidan asosan ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismida islom omili ahamiyatining ortishi; e’tiqod qiluvchilarining demografik o‘sishi, musulmon davlatlarining iqtisodiy, ilmiy, siyosiy jihatdan rivojlanayotganligi; bu davlatlarda islomning siyosiylashuvi, so‘nggi yillarda arab davlatlari orasida bo‘lib o‘tayotgan voqealar izohlanadi.


    Ikkinchi qismda geosiyosat tushunchasiga ta’rif berish, Yaqin Sharq mintaqasiga kiruvchi davlatlarning turli siyosiy maktablar tomonidan turlicha belgilanishiga urg‘u berilgan bo‘lsa, undan keyin mintaqaning geosiyosiy jihatdan shakllanishida muhim o‘ringa ega bo‘lgan AQSH, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarning pozitsiyalarini aniq asoslarga ko‘ra yoritishga harakat qilingan. Yaqin Sharq mintaqasi oxirgi ikki asr davomida turli tashqi kuchlar ta’sir doirasining muhim obyektiga aylandi. Mintaqadagi geosiyosiy vaziyat rivojlanishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tashqi kuchlar mintaqadagi diniy konfessiya va millatlararo ziddiyat, qarama-qarshiliklardan mohirona foydalanganlar.


    So‘nggi paytlarda ushbu tashqi kuchlarning o‘z manfaatlari yo‘lida olib borayotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobati mintaqadagi vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keldi. Bularga misol sifatida “Arab bahori”, Suriya va Yamandagi qurolli mojarolar, Isroil va Falastin o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, AQSHning Eronga nisbatan hozirgi munosabatlarini ko‘rsatish mumkin.

    23-30
    319
    21
    22-06-2026
  • 2020 ЙИЛНИНГ ПРОГНОЗЛАШТИРИЛАЁТГАН ГЛОБАЛ ИНҚИРОЗИ: САБАБЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР

    Mohamed EID BALBAA (Muallif)

    Butun dunyo 2008 yilgi inqiroz kabi moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin bo'lgan, kutilayotgan yangi iqtisodiy inqirozni kutayotgan bo'lsa-da, bu maqolada ushbu pasayish ko'rsatkichlari va uning sabablarini, shuningdek, uning kelib chiqishi bilan bog'liq zararlar tahlil qilingan. Mamlakatlar bundan ko'proq zarar ko'radilar va agar bu haqiqatan ham ro'y bersa, uning oldini olish uchun ba'zi tavsiyalarni ishlab chiqishga harakat qilmoqdalar

    182 - 192
    220
    34
    29-06-2026
  • OLIY O’QUV MUASSASALARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TO’G’RISIDA

    Хikmatilla NIGMATOV, Alisher MUHAMMADIYEV (Muallif)

    Ushbu maqola bugungi kunda eng dolzarb, ahamiyatli va zarur hisoblangan mavzulardan hisoblangan axborotlar havfsizligini ta’minlashga bag’shlangan. Bunga sabablardan biri pandemiya sababli butun dunyo aholisi kompyuter tarmoqlari orqali raqamli boshqaruv tizimiga o’tkanligi hisoblanadi. Jumladan, Oliy o’quv uyrtlarimiz, xalq ta’lim muassasalari ham masofaviy tizimida videodarslar olib bormoqdalar.


    Shuning uchun ushbu maqolada oliy o’quv muassasalarining kompyuter tizim va tarmoqlarida ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash uchun qanday himoyalash me’zonidan va vositalaridan foydalanish kerak degan savollarga bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar asosida javob berishga рarakat qilingan.


    Hozirgi kunda barcha o’quv uyrtlari o’zining kompyuter tizimi va tarmoqlariga ega bo’lib, barcha qag’ozli, xisob­kitob va tashkiliy ishlarini, hamda dars berish jarayonini kompyuterlarda bajarmoqdalar. Ana shu kompyuterlarda saqlanayotgan, ma’lumotlarni kommutatsion tarmoqlari orqali uzatish yoki qabul qilish jarayonlarida ularning havfsizligini ta’minlash masalalariga qaratilgan. Maqolada axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni turkumlanishi, axborotni himoyalash tizimimi va ma’lumotlarni optimal boshqarishga suyanib, axborot tizimlarining lokal tarmoqlarida axborot himoyasining masalalari tahlil qilingan.


    Kompyuter tarmoqlarining aloqa kanallari orqali uzatilayotgan ma’lumotlar xato bo’lib va kechikib borishligi tahlil qilinib asosiy me’zon (kriteriya) sifatida qanday parameter va xarakteristikalardan foydalanish kerakligi  yoritilib berilgan. Har bir o’quv muassasasining axborat almashinish strukturasiga nimalar kirishligi ham belgilab berilgan. Oliy o’quv yurtlarida va ilmiy tadqiqot institutlarida ishlatilayotgan kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotlarni himoyalashga katta e’tibor berish kerakligi, havf­xatarlarni va xujumlarni bartaraf etish uchun tashkiliy texnikaviy, tashkiliy huquqiy, kriptografik vositalardan keng foydalanish lozim ekanligi isbotlab berilgan. Axborotlarni himoyalashda texnik va iqtisodiy parametrlarini hisobga oladigan asosiy me’zon sifatida har bir axborotning maxfiyligi, zarurligi, uning qiymati hisobga olish kerakligi taklif etilgan.


    Ushbu maqola kompyuter tizimi va tarmoqlarida axborotlarni havfsizligini boshqarish yonalishi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotganlar uchun mo’ljallangan.

    167 - 174
    276
    24
    04-07-2026
  • TERMINOLOGIYA ZAMONAVIY ADABIY ARAB TILIDA MAXSUS TIL QATLAMI SIFATIDA

    Victoriya MAMADJANOVA (Muallif)

    Ushbu maqola arab mamlakatlarida zamonaviy terminologiyaning shakllanishi  va qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga bag’ishlangan.  Uning leksik – terminologik tarkibini shakllantirish jarayoniga ta’sir ko’rsatgan omillarni aniqlash juda muhim o’rin tutadi. Arab davlatlarining milliy ozodlik harakatlari jadallashgandan so’ng, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, arab tilining rasmiy maqomi masalasi mintaqaviy va global miqyosda bir necha bor ko’tarildi. Ta’limning milliylashtirilishi arab mamlakatlarining til siyosatning asosiy printsipiga aylandi. Gap butun xalq ta’limi tizimining arab tiliga o’tishi, o’rta asrlar mumtoz tilining kundalik aloqa tili sifatida joriy etilishi haqida edi. Arab mintaqasidagi siyosiy vaziyatning o’zgarishi mustamlaka tilidan tizimli ravishda chiqib ketishi, zamonaviy adabiy tilning leksik tarkibini boyitishi, milliy terminologiyaning rivojlanishi bilan birga kechdi. Bu jarayonda jamiyat va ta’lim muassasalari tomonidan qo’llab – quvvatlanadigan an’anaviy maktab nuqtai nazarlari ustunlik qildi. Arab mamlakatlarida tilga nisbatan an’anaviy qarashlardan uzoqlashish urinishlari ma’qullanmadi. Fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi arab tilida ko’plab yangi tushunchalarning paydo bo’lishiga va xorijiy atamalarni jadal o’zlashtirishga olib keldi. Vazifa jahon ilmiy va texnologik taraqqiyot talablariga javob beradigan ta’lim sohasidagi yangi mazmun bilan ta’minlash edi. Moslashuv jarayonida xorijiy atamalar arab tilining amal qilish sharoitlariga moslashtirildi. Mavzular noaniqligi va professional tarjimaning yetishmasligi tufayli juda ko’p sinonim nomlar paydo bo’ldi. Biroq, bu har qanday terminning shakllanishi va faoliyatining ekstralingvistik shartliligini aks ettiruvchi tabiiy hodisa. Arab terminologiyasini o’rganishga sotsiologik yondashuv uning rivojlanishidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi.

    147 - 156
    239
    22
    04-07-2026
  • ZAMONAVIY IJTIMOIY-SIYOSIY O’ZGARISHLARNING DOLZARB MASALALARINI TRANSFORMATSI YASI

    Rustam DJUMAEV (Muallif)

    Maqolada dunyo aholisining davrlar bo’yicha «moddiy turmush darajasi» (umr ko’rish davomiyligi, aholi jon boshiga iste’mol tovarlari, xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi) bo’yicha taxminlar keltirilgan. Jahon tarixida iz qoldirgan ko’plab olimlar va mutaxassislar, siyosatchilar va davlat arboblari «taraqqiyot» tushunchasi haqida o’ylashdi. Ularning aksariyati «taraqqiyot» g’oyasini faqat pastdan yuqoriga qarab qo’llab-quvvatladilar. Biri taraqqiyotning eng yuqori cho’qqisini «Xitoy kommunizmi» deb ta’riflasa, boshqasi uni «G’arb demokratiyasi» deb atagan. Ushbu bir tomonlama tushuntirish «beshta shaxs» nazariyasida aks ettirilgan (ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm yoki g’arbiy demokratiya). Barcha millatlar ushbu shakllanishlardan o’tishlari kerakligi ta’kidlandi.


    Yigirmanchi asrning oxiri nafaqat G’arbda «uzoq kutilgan» sotsialistik tizimning buzilishi, ikki qutbli dunyoning yo’q bo’lib ketishi va jahon kuch markazlarining paydo bo’lishi, barcha keyingi oqibatlari bilan oldindan aytib bo’lmaydigan aqldan ozgan globallashuv bilan tavsiflandi, ammo, allaqachon aniq bo’lganidek, yangi, ilgari ko’rilmagan tahdidlar va chaqiriqlar paydo bo’lishi bilan nafaqat ayrim mamlakatlarning suverenitetiga, balki, eng avvalo, har bir alohida shaxsning mavjudligiga tahdidlar bilan ta’riflanadi. 21-asrning birinchi choragi, har qachongidan ham, barcha og’riqli muammolarni - atrofmuhit, iqtisodiy, geosiyosiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa muammolarni tashqariga chiqarib qo’ydi va eng yuqori darajaga etkazdi. Nafaqat oddiy, balki birinchi navbatda ilmiy bilimlar darajasida ushbu tahdidlar va tahdidlarni adekvat tahlil qilish, bashorat qilish muammolari to’liq sinovdan o’tkazilmaganligi, uslubiy jihatdan tasdiqlanmaganligi katta tashvish uyg’otmoqda. Tahlil Yerdagi global, milliy xavfsizlik masalasi har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biri ekanligi va hozirgi talablarni o’z vaqtida anglash tahdid omili paydo bo’lishining oldini olishda muhim rol o’ynaydi degan xulosaga kelishimizga imkon berdi. Shunday qilib, davrni anglash tahdid omilining paydo bo’lishining oldini olishdagi eng muhim ehtiyojlardan biridir.

    54 - 59
    400
    20
    05-07-2026
  • MILLIY  MAFKURA –  JAMIYATNI MODERNIZATSIYALASH  JARAYONINING ASOSIY  POYDEVORI

    Matluba YULDASHEVA (Muallif)

    O‘zbekistonda g'oyaviy-mafkuraviy islohotlar diskursini ijtimoiy-falsqfiy nuqtai-nazardan tahlil qilishning asosiy masalalari, bu islohotlarning nafaqat davlat va jamiyat rivojiga, balki milliy ong va ruhiyat shakllanishiga tasirini o'rganishga qaratilgan. G‘oya jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo 'lib, it insonlarning tafakkuri, orzulari, maqsadlariga asoslanadi. Ushbu tushunchajamiyatning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va huquqiy yo ‘nalishlarini belgilah beradi. Falsafiy nuqtai nazardan, g ‘oyajamiyatning umumiy ma "naviy asosi bo 'lib, и bunyodkor yoki vayronkor yo ‘nalishlarda ta sir ко ‘rsatishi mumkin. Milliy mafkura har qanday jamiyatning barqarorligini ta 'minlaydigan va uning istiqboliga yo ‘naltirilgan g ‘oyalar tizimidir. Bu mafkura nafaqat milliy birlikni, balki umuminsoniy qadriyatlarni ham о ‘zida mujassam etadi. О ‘zbekistonning zamonaviy milliy mafkurasi umumiy tinchlik, hamkorlik, va taraqqiyot g'oyalarini о ‘z ichiga olgan bo ‘lib, mamlakatdagi barcha millat vakillarini birlashtirishga qaratilgani ham tadqiqotning asosiy maqsadlaridan hiri hisoblanadi.
    Shuningdek analiz va sintez, kompleks yondashuv, tizimli-funksional yondashuv, kontent analiz, retrospektiv tahlil. dialektik, sinergetik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan hamda quyidagi amaliy natijalari ко 'rsatib о 'tilgan: G'oyalar inson ruhiyatiga ta ’sir qilib, uning ichki dunyosini, jamiyatdagi о ‘mini va maqsadini belgilaydi. Ijtimoiy ruhiyatga ta sir о ‘tkazuvchi g'oyalar turli targ ‘ibot vositalari orqali jamiyatga singdiriladirilishi. falsafaning alohidalik va umumiylik kategoriyalari vositasida nazariy jihatdan asoslangan; Falsafiy nuqtai nazardan, g 'oyalarning jamiyatdagi ta sirchanligi ularning haqiqiy ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelishi bilan belgilanadi. Mqfkuraviy bo ‘shliq yoki zararli g 'oyalarning ta siri jamiyatni ichki qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin. Binobarin, ezgu g ‘oyalar orqali jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni boshqarish muhim ahamiyatga ega. Zero, diniy g ‘oyalar jamiyatda ma’naviy ustunlikni ta’minlaydi, obyektiv va subyektiv omillari aniqlangan hamda uni boshqarishning institusional tizimini takomillashtirishga oid metodologik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; Ilmiy g‘oyalar fan taraqqiyotining asosini tashkil etib, jamiyalni amaliy yutuqlarga erishishga yo ‘naltiradi. Badiiy g ‘oyalar esa jamiyatning madaniy ongini boyitib, insonlarga yetuk shaxs sifatida shakllanish imkoniyatini berishi barobarida tizimli yondashuv asosida turkumlashtirilgan va ularning milliy, mintaqaviy xususiyatlari ochib berilgan.
    Maqolada О ‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarni majkuraviy asoslarini о ‘rganishga oid nazariy va uslubiy yondashuvlar ко 'rib chiqilgan. О 'zbekistonda majkuraviy plyuralizmningzaruriy shartlari aniqlanadi, о ‘zbek xalqidagi demokratik о ‘zgarishlarning majkuraviy yo ‘nalishlari, о ‘zbek xalqi milliy majkurasining tarixiy mafkuradan о ‘zgarishi jarayoni ilmiy-amaliy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.

    382
    18
    13-05-2026
  • O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGI: HAMKORLIK VA ISTIQBOL

    Javoxirxon A. SOBIROV (Muallif)

    Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti, uning rivojlanish bosqichlari va O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi ishtiroki yoritilgan. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi yaqin hamkorlik, hozirgi geosiyosiy keskinlik va buning natijasida jahon siyosatidagi notinchlik siyosiylashtirilmagan va noharbiy tashkilotlarning ahamiyati ortib borishida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun muqobil platforma bo‘lishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qilishi yoritib berilgan.


    Turkiy mamlakatlar yangi tashkilotining asosiy vazifasi shundaki, endi son emas, balki sifat ustida ish olib boriladi. Muxtasar qilib aytganda, a’zo davlatlar manfaatlariga haqiqatan ham juda mos keladigan sohalarga e’tibor qaratish va bu boradagi asosiy yo‘nalishlarga urg‘u berish lozim. Agar ushbu sohalarda yaxshi natijalarga erishilsa, bugungi kunda ustuvor bo‘lgan boshqa sohalarni rivojlantirish osonroq kechadi. Masalan, birinchi bosqichda iqtisodiy hamkorlik, transport yo‘laklarini yaratish, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun texnologiyalar almashinuvi masalalariga ko‘proq e’tibor qaratilsa, bu sarmoyaviy hamkorlik manfaatlariga javob beradi. Shundan so‘ngina huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorligi, xavfsizlik sohasidagi hamkorliklarni ko‘rib chiqish mumkinligi bayon qilingan.


    Turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihati hisoblanadi. O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turadi. Tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirishda integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qiladi. Qandaydir chuqur integratsiya haqida hali biror narsa deyish qiyin. Ammo ushbu bosqichda a’zolar tashkilot doirasidagi bunday integratsiyaga tayyor emasligi aniq. Shunga qaramay, gap maqolada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ayrim tashabbuslarni ilgari surish va muayyan tashqi siyosiy vazifalarni bajarish uchun bir-birining imkoniyatlaridan foydalanish haqida ketmoqda.

    86-93
    331
    29
    18-07-2026
  • INSON FAOLIYATIDA AXLOQIY MEZON VA ME’YORNI SHAKLLANTIPISH TAMOYILLARI

    Matlyuba KAKHKHAROVA, Bakhtiyor ABSATTOROV (Muallif)

    Ushbu maqolada bugungi kun kishisidagi odob, xulq-atvor qoidalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashib borganligi va uning o‘ziga xos kumulyativ jihatlari asoslangan. Soddaroq qilib aytganda, insonning hatti-harakati, xulq-atvori va yurish-turishi hamda ularni doimo nazorat qila olish darajasi, kishilar o‘rtasidagi muomala madaniyati munosabatlarining asosiy belgilari va harakatlantiruvchi indikatorlari tizimlashtirilgan. Maqolada axloqiy madaniyat va insonning o‘z xatti-harakatlarining me’yorini anglash bosqichiga oid ilmiy xulosa munozaraga tashlangan bo‘lib, inson o‘z xatti-harakatini me’yorlarini tanlash jarayonidagi axloqiy tanlov masalasi muhokama qilingan. Axloqiy tanlov – insonning har qanday faoliyati sohasida muhim bosqich va bir vaqtning o‘zida shaxs uchun jiddiy sinov. Uning mohiyati shundaki, individ ichki ishonchiga ko‘ra, gohida avtomatik tarzda qadriyatlar tizimiga nisbatan g‘oyalar va ularni aniq bir xatti-harakat yoki butun xulqiga qanday tatbiq qilishni o‘zi uchun belgilab olishi bilan izohlanadi.


    Maqolada huquqiy va axloqiy mezon va me’yorlarning ob’yektlari bir-biriga juda yaqinligi qiyosiy tahlil qilingan. Huquqiy normalar birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni tartibga keltiradi ishlab chiqarishni tashkil etishning yuridik asoslarini, shuningdek, ijtimoiy hayotning barcha jihatlari barqarorligini ta’minlasa, axloqiy mezon va me’yorlarning obyekti ham huquqiy normalarniki bilan bir xil, biroq ularning ta’siri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni manzilli tartibga solishga qaratilganligi bilan asoslanadi. Bu ikki normativ tizimning xususiyatlari bir-birlaridan nafaqat tartibga solish obyektlari, balki uni amalga oshirish usullari bilan ham farq qilishi izohlangan.


    Bundan tashrari yangi tipdagi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi jarayonida axloqiy mezon va me’yorlarning roli ortib borishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mualliflar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida ayniqsa, ichki, o‘z-o‘zini boshqarish xatti-harakatlarda axloqiy talablarga asoslanish (tashqi regulyatorlarning, ya’ni, huquqiy, ma’muriy va tashkiliy normativlarning insonlar xatti-xapakatlariga ta’sirining susayishi hisobiga amalga oshmasligi) muhim ahamiyatga ega bo‘lishi tahlili amalga oshirilgan.

    27-38
    280
    24
    16-07-2026
  • ZAMONAVIY MISR TASHQI SIYOSATINING ASOSLARI VA TAMOYILLARI (2013-2020)

    Shukhrat Akmalеvich YOVQOCHEV, Guzal Shukhrat qizi KADIROVA (Muallif)

    Maqolada Prezident Abdulfattoh as-Sisi davridagi MAR tashqi siyosatini belgilovchi omillar, uning asoslari, tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. O‘z geosiyosati va ommaviy diplomatiya sohasidagi madaniy-tarixiy merosiga tayanadigan Misr jahonda o‘ziga xos o‘rni va roli borligini bayon etmoqda. Islom omili, davlatning geografik joylashuvi, uning tarixidagi o‘ziga xosliklar, mustamlakada kechgan o‘tmish hamda АQSh, SSSR/Rossiya, Buyuk Britaniya va Frantsiya singari davlatlar bilan o‘zaro munosabatlari, Suvaysh kanalining mavjudligi hamda Nil daryosi suv zaxiralarini taqsimlash muammosi uning tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab beradigan o‘ziga xos jihatlardir. Misr tashqi siyosatining asosiy printsiplari ko‘plab davlatlarga xos qoidalarning anʼanaviy majmuidan iborat bo‘lib, geosiyosiy vaziyati va rivojlanishiga xos xususiyatlari bilangina ajralib turadi.


    Misr Аrab Respublikasining geosiyosiy xususiyatlari, o‘ziga xosligi hamda milliy xavfsizlikni taʼminlash vazifalari uning turli «doiralar»dagi milliy manfaatlari bo‘lishi zarurligini belgilab beradi. Masalan, Misrning «Аrab mamlakatlari doirasi»dagi manfaatlari milliy xavfsizlikni arab davlatlari va Аfrika atrofidagi xavfsizlikka asoslangan holda yanada kengroq tushunishni qamrab oladi. Uning «Аfrika doirasi»dagi manfaatlari mintaqa mamlakatlari, ayniqsa, MАR uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Nil havzasi davlatlari bilan o‘z munosabatlarini iqtisodiy va madaniy sohalarda mustahkamlashga intilishida namoyon bo‘lmoqda. «Islom mamlakatlari doirasi»dagi manfaatlar Misr uchun islom dunyosi muammolarini izlab topish va ularning yechimini topish, islom dinidagi mo‘tadillik va bagʼrikenglik qadriyatlarini yoyish hamda dinlararo muloqotni ragʼbatlantirishni anglatadi. «Osiyo doirasi»dagi manfaatlar boshlanayotgan «Osiyo asri»ning bir qismiga aylanish uchun Osiyoning yetakchi mamlakatlari bilan munosabatlarni mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. «Evropa doirasi»dagi manfaatlar Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarga taalluqlidir. Misrning jahondagi yetakchi davlatlar bilan munosabatlari «Xalqaro doira»dagi manfaatlar yo‘lida shakllantirilmoqda.

    61-68
    316
    16
    20-07-2026
  • DINIY VAZIYATNI O‘RGANISH, TAHLIL ETISH VA BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Utkirbek HASANBOYEV (Muallif)

    Mazkur maqolada “diniy vaziyat” tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda diniy vaziyat tushunchasining zamonaviy dinshunoslik, sotsiologiya va siyosatshunoslikdagi talqinlari o‘rganilib, Pol Tilik, A.N. Leshinskiy, R.A. Lopatkin kabi olimlarning nazariy qarashlari asosida ushbu tushunchaning mohiyati yoritilgan. Muallif diniy vaziyatni muayyan hudud va davrda din bilan bog‘liq jarayonlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy munosabatlar barqarorligiga ta’siri bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy hodisa sifatida tavsiflaydi.


    Maqolada diniy vaziyatning obyekti, predmeti, subyektlari, ichki va tashqi omillari tizimli ravishda tahlil qilinib, davlat va din munosabatlari, konfessiyalararo aloqalar, diniy tashkilotlar faoliyati, ommaviy axborot vositalari va internet makonidagi diniy kontentlarning ta’siri yoritilgan.


    Tadqiqot davomida diniy vaziyatni monitoring qilish, baholash va tahlil etishning milliy xavfsizlik hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Misr, Saudiya Arabistoni va Singapurdagi diniy-siyosiy jarayonlarni tadqiq etuvchi ilmiy markazlar faoliyati misol tariqasida keltirilgan. Shuningdek, diniy vaziyat barqarorligini ta’minlashning asosiy omillari sifatida dunyoviylik tamoyilini mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, diniy sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish, ma’rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda radikallashuv va ekstremizmning oldini olish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari diniy vaziyatni ilmiy asosda boshqarish jamiyatdagi bag‘rikenglik, fuqarolik birdamligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri ekanini ko‘rsatadi.

    23-29
    268
    32
    24-07-2026
  • DINIY OZCHILIK SHAROITIDA MUSULMON JAMOALARINING IJTIMOIY INTEGRATSIYALASHUV XUSUSIYATLARI

    Odiljon ERNAZAROV (Muallif)

    Mazkur maqolada diniy ozchilik sharoitida yashayotgan musulmon jamoalarining ijtimoiy integratsiyalashuv xususiyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda “diniy ozchilik” tushunchasining sotsiologik, siyosiy va dinshunoslikdagi asosiy talqinlari yoritilib, uning xalqaro huquqiy asoslari ham ko‘rib chiqilgan. Muallif musulmon ozchiliklar fenomenining zamonaviy globallashuv sharoitidagi o‘rnini tahlil qilib, Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridagi musulmon jamoalarining integratsion tajribalarini qiyosiy jihatdan o‘rgangan. Xususan, Kanada va AQShdagi musulmon jamoalarining fuqarolik integratsiyasi, multikulturalizm va diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishdagi ijobiy tajribalari yoritilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya va Germaniyada musulmonlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi faolligi demokratik integratsiyaning muhim ko‘rinishi sifatida baholangan.


    Maqolada Fransiya, Hindiston, Xitoy va Myanmadagi musulmon ozchiliklar duch kelayotgan diskriminatsiya, islamofobiya, siyosiy marginalizatsiya, diniy erkinliklarning cheklanishi va identitet inqirozi kabi muammolar ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Toriq Modud (Tariq Modood), Xoselina Kesari (Jocelyne Cesari), Xose Kasanova (José Casanova), Yusuf Qardoviy kabi olimlarning nazariy qarashlari asosida musulmon ozchiliklarning integratsiyasi masalasi yoritilgan. Shuningdek, “fiqh al-aqalliyyāt” konsepsiyasi, inklyuziv sekulyarizm, madaniyatlararo muloqot va fuqarolik integratsiyasi asosida mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari diniy ozchiliklar integratsiyasi zamonaviy demokratik jamiyatlarda ijtimoiy barqarorlik, fuqarolik birdamligi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlovchi muhim omillardan biri ekanini ko‘rsatadi.

    30-34
    324
    45
    24-07-2026
  • MUSULMON MAMLAKATLARIDA AHOLINI DERADIKALIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN FATVOLARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLINI ILMIY-USLUBIY O‘RGANISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI

    Bakhromjon MAMADIEV (Muallif)

    Maqolada musulmon mamlakatlarida aholini deradikalizatsiya qilishda qo‘llaniladigan fatvolarning tartibga soluvchi rolini ilmiy-uslubiy tadqiq qilish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ob’ekti – Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari tomonidan aholi ongini deradikalizatsiya qilishga qaratilgan fatvolar va predmeti – fatvolarni tartibga soluvchi roli va qo’llash jarayonlari.


    Mavzuni o’rganish tarixiy, teologik, huquqiy, ijtimoiy-psixologik va siyosiy jihatlarni taqdim etadi va qo’yilgan vazifalarni hal qilish uchun bir qator ilmiy yondashuv va usullarni talab qiladi. Teologik va akademik yondashuvlarni qo’llashning ahamiyati asoslanadi.


    Teologik yondashuvga ko’ra, ijtimoiy va boshqa barcha jarayonlar ilohiy nuqtai nazardan izohlanadi. Shuning uchun, asosan, jamiyatning real hayoti emas, balki diniy manbalarning tegishli normalari o‘rganiladi. Bu ilmiy yondashuv islom hukmlari va ularning asosiy tarkibiy qismlarini o‘rganishda qo‘l keladi. Tanlangan fatvoning har bir asosi – sura, Qur’on oyati, hadis yoki nufuzli ulamolarning xulosasi avvalo, diniy nuqtai nazardan tahlil va ko’rib chiqilishi kerak. Ammo, agar tadqiqot teologik jihat bilan bir qatorda tadqiqot ob’ekti va predmetining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa xususiyatlarini o’rganishni talab qiladigan radikallashuv muammosini nazarda tutsa, bu yondashuv amaliy xulosalar bermaydi. Shunday qilib, ilohiy yondashuv bilan bir qatorda akademik islomshunoslik yondashuvlarini ham qo‘llash muhim ahamiyatga ega.


    Fatvolarning umumiy shakllari, turlari, munosabatlari, qoida va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ularning shakllanishi, qo‘llanilishi va samaradorligi bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rganuvchi qiyosiy metod ushbu tadqiqotning ilmiy-uslubiy asosining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usul fatvolarning oʻxshash shakllarini, shuningdek, oʻrganilayotgan har bir davlatning holati va sharoitiga qarab farqlarini ochib beradi.


    Fatvolarni shakllantirish xususiyatlarini aniqlash uchun genetik usulni qo’llash kerak, ya’ni, ijtimoiy hodisalarni ularning rivojlanishini tahlil qilish asosida o‘rganish usuli. Ushbu ilmiy usulni qo’llashning ahamiyati birlamchi muammoni - ma’lum bir diniy masala bo’yicha paydo bo’lgan tushunmovchilik yoki nizoni aniqlash zaruratidadir.Fatvoning muhim tarkibiy qismi Qur’on me’yorlari, sunnat va nufuzli ulamolar xulosalariga tayanish bo’lib, chuqur tahlil qilish uchun rivoyat, mazmun tahlili usullarini, shuningdek, empirik yondashuvni qo’llash maqsadga muvofiqdir.

    46 - 55
    438
    25
    06-07-2026
1 - 21 from 21

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling