- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
TERMINOLOGIYA ZAMONAVIY ADABIY ARAB TILIDA MAXSUS TIL QATLAMI SIFATIDA
Victoriya MAMADJANOVA (Muallif)Ushbu maqola arab mamlakatlarida zamonaviy terminologiyaning shakllanishi va qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga bag’ishlangan. Uning leksik – terminologik tarkibini shakllantirish jarayoniga ta’sir ko’rsatgan omillarni aniqlash juda muhim o’rin tutadi. Arab davlatlarining milliy ozodlik harakatlari jadallashgandan so’ng, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, arab tilining rasmiy maqomi masalasi mintaqaviy va global miqyosda bir necha bor ko’tarildi. Ta’limning milliylashtirilishi arab mamlakatlarining til siyosatning asosiy printsipiga aylandi. Gap butun xalq ta’limi tizimining arab tiliga o’tishi, o’rta asrlar mumtoz tilining kundalik aloqa tili sifatida joriy etilishi haqida edi. Arab mintaqasidagi siyosiy vaziyatning o’zgarishi mustamlaka tilidan tizimli ravishda chiqib ketishi, zamonaviy adabiy tilning leksik tarkibini boyitishi, milliy terminologiyaning rivojlanishi bilan birga kechdi. Bu jarayonda jamiyat va ta’lim muassasalari tomonidan qo’llab – quvvatlanadigan an’anaviy maktab nuqtai nazarlari ustunlik qildi. Arab mamlakatlarida tilga nisbatan an’anaviy qarashlardan uzoqlashish urinishlari ma’qullanmadi. Fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi arab tilida ko’plab yangi tushunchalarning paydo bo’lishiga va xorijiy atamalarni jadal o’zlashtirishga olib keldi. Vazifa jahon ilmiy va texnologik taraqqiyot talablariga javob beradigan ta’lim sohasidagi yangi mazmun bilan ta’minlash edi. Moslashuv jarayonida xorijiy atamalar arab tilining amal qilish sharoitlariga moslashtirildi. Mavzular noaniqligi va professional tarjimaning yetishmasligi tufayli juda ko’p sinonim nomlar paydo bo’ldi. Biroq, bu har qanday terminning shakllanishi va faoliyatining ekstralingvistik shartliligini aks ettiruvchi tabiiy hodisa. Arab terminologiyasini o’rganishga sotsiologik yondashuv uning rivojlanishidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi.
147 - 1562392204-07-2026 -
IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABALARNING SIYOSIY TARBIYASIGA SALBIY TA'SIRINING PSIXOLOGIK FENOMENI
Timur Sobirovich SATTAROV (Muallif)Ushbu maqolaning maqsadi ijtimoiy tarmoqlarning talabalarning siyosiy tarbiyasiga salbiy ta'sirining psixologik fenomenini kompleks tahlil qilish va Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi kontekstida ushbu ta'sirni minimallashtirish bo'yicha pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqotning metodologik asosini quyidagilar tashkil etadi: siyosiy psixologiya, pedagogika va media tadqiqotlar sohasidagi o'zbek va xorijiy olimlarning ishlarini nazariy tahlil qilish; Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 18–23 yoshdagi 60 nafar talabasi ishtirokida o'tkazilgan empirik so'rovnoma, uchta diagnostik blokni o'z ichiga olgan (siyosiy axborot manbalari, hissiy reaksiyalar, siyosiy muloqotga tayyorlik); «O'zbekiston – 2030» Strategiyasi, «Davlat yoshlar siyosati to'g'risida»gi Qonun va Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasini o'z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar tahlili. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlarning talabalarning siyosiy ongiga halokatli ta'sirining to'rtta asosiy psixologik mexanizmi aniqlandi va batafsil tizimlashtirildi: «eks-kameralari» shakllanishi va algoritmik mafkuraviy qutblanish; klip tafakkurining rivojlanishi va tizimli siyosiy tahlil qobiliyatining pasayishi; dofaminga qaramlik mexanizmlari orqali siyosiy idrokning emotsionallashuvi; siyosiy kontentni yuzaki iste'mol qilish fonida kompetentlik illyuziyasining shakllanishi. Empirik tarzda quyidagilar aniqlandi: respondentlarning 88% siyosiy axborotning asosiy manbai sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi; 63% siyosiy kontentni iste'mol qilishda asosan tashvish va g'azabni boshdan kechiradi; atigi 28% boshqa siyosiy qarashlar egalari bilan konstruktiv muloqotga tayyor; 52% siyosiy opponentlarni dehumanizatsiya qilish elementlarini namoyish etadi. Nazariy va empirik ma'lumotlarning sintezi asosida O'zbekiston oliy ta'lim o'quv jarayoniga mafkuraviy immunitetni shakllantirishning integratsiyalashgan pedagogik modelini joriy etish zarurati asoslab berildi, u kognitiv komponent (media savodxonlik kurslari, faktcheking, algoritmlarni tushunish), hissiy-qadriyat komponenti (interfaol usullar, debatlar, rolli o'yinlar) va xulq-atvor komponentini (real fuqarolik ishtiroki, volontyorlik, talaba o'zini o'zi boshqarish) o'z ichiga oladi. Ishning amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan tavsiyalardan akademik guruhlar kuratorlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar o'qituvchilari, tarbiyaviy ishlar bo'yicha mutaxassislar va O'zbekiston oliy o'quv yurtlarining psixologik xizmatlari faoliyatida foydalanish imkoniyati bilan belgilanadi.
78-873462124-07-2026 -
ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI
Dr (Muallif)Ushbu maqolada islom tafakkuri tarixida ulkan iz qoldirgan, hanafiylik mazhabi nazariy asoslarining shakllanishida o’zining katta hissasini qo’shgan mujtahid olim Yoqub Abu Yusufning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari uning “Kitob al-xaroj” asari asosida tahlil qilingan. “Kitob al-xaroj” islom ta’limotidagi hanafiy mazhabi bo’yicha bitilgan ilk yozma manba hisoblanadi. Uning soliq solish muammolari to‘gʼrisidagi ushbu risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan asar bo’lib, Abu Yusuf VIII asr oxirlarida Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo‘lib ishlagan paytida yozgan.
Islomning ilk davrida musulmon iqtisodchilari fiqh olimlari bo‘lishgan. Islom shariyati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan o‘z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni tadqiq etilishi yangi bilimlarning rivojlanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan. Horun ar-Rashid davrida bosh qozi bo‘lgan fiqh olimi Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asari buning yorqin dalili hisoblanadi. Unda nafaqat soliqqa tortishning huquqiy jihatlariga, balki davlatning iqtisodiy siyosati borasidagi masalalarga ham murojaat etgan.
Ushbu maqolada Abu Yusufning hayoti va faoliyati, ilk islom davridagi soliq tizimining shakllanishi, iqtisodiy-madaniy hayot, yer va suvdan foydalanish tartibi, xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosat, turli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarga yechim sifatida berilgan takliflari birma-bir ko’rib chiqilgan. Mavzu keng miqyosda fiqh ilmiga oid manbalar orqali tahlil qilinsa-da, biroq “Kitob al-xaroj”da keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilinadi.
Maqolada davlat boshqaruvi, xalifalik tarixi va anʼanalari haqida qimmatli maʼlumotlar ham keltirilgan. “Kitob al-xaroj” asari islom davlati hududi kengaygan davrda, turli o‘lkalardagi ayrim masalalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lib, Аbu Yusuf uni asosan Аbu Hanifaning huquqiy nazariyasiga tayangan holda, shuningdek, eng ishonchli hadislar, sahobalarning aytgan so‘zlari, qo‘llagan usul va qoidalardan foydalanib yozgan. Abu Yusuf mujtahid olim sifatida o’z darining muhim diniy masalalari, jumladan, iqtisodiy soha bilan ham shug’ullanishga majbur bo’lgan. “Kitob al-xaroj” asari undan keyin Yaxyo ibn Odam, Аbu al-Аbbos Muhammad Kotib, Аbu al-Faraj Qudama ibn Jaʼfar, Nasr ibn Muso ar-Romiy, Xasan ibn Ziyod tomonidan ushbu nomda yozilgan kitoblar orasida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ilmiyligi va daqiqligi bilan ulardan ajralib turadi. Аbu Yusufning “Kitob al-xaroj” asarida bayon etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy-falsafiy va islom soliq tizimiga oid tahliliy ma’lumotlar bilan bir qatorda VIII – IX asrlarda Musulmon sharqidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ilk abbosiylar xalifaligi davrida madaniy-maʼrifiy aloqalar, Abu Yusuf qarashlari xalq farovonligi va ijtimoiy adolat g’oyasining iqtisodiy-falsafiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
52-643152918-07-2026 -
YAHUDIYLIK DINIY MANBALARI SHAKLLANISHI TARIXI: NEVIIM KITOBI
Odiljon ERNAZAROV (Muallif)Yahudiylik diniy manbalarining aksariyat qismini jamlagan to‘plam TaNaX deb nomlanadi. TaNaX tarkibidagi birinchi qism Tavrotga 5 ta, ikkinchi qism Neviimga 8 ta va uchinchi qism Ketuviimga 11 ta kitob to‘g‘ri keladi. Yahudiylik e’tiqodiga ko‘ra, mazkur kitoblar payg‘ambarlarga vahiy qilingan yoki payg‘ambarlar vasiyati asosida shakllantirilganligi jihatidan “muqaddas” (kanonik) hisoblanadi.
TaNaX tarkibidagi “Neviim” bo‘limi kitoblari yahudiylik tarixini payg‘ambarlar obrazida yoritib bergani uchun uni din tarafdorlari yuksak izzat-hurmat qilinadi. Neviim bo‘limi shartli ravishda ikki qismga taqsimlanadi: "Birinchi Payg'ambarlar” (Neviim Rishonim) va "Keyingi Payg'ambarlar” (Neviim Aharonim). Bu bo‘linish payg'ambarlar xronologiyasiga ko‘ra TaNaXda ularning nomlari paydo bo‘lish tartibini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Neviim tarkibidagi kitoblarda uchraydigan umumiy xususiyat, bu – ularning yozuv uslubidir. Yana bir umumiy xususiyat sifatida kitoblarning mazmunini ko‘rsatish mumkin. “Yunus” kitobidan tashqari, boshqa Neviim kitoblari, odatda, rivoyatlar, bashoratlar va payg'ambar haqidagi kichik ma'lumotlardan iborat. Neviim tarkibidagi matnlarni tanlashda asosiy mezon sifatida xalq og‘zaki ijodida eng ko‘p qo‘llaniladigan rivoyatlar tanlab olingan. Neviim kitoblarini kanonlashtirish jarayonida “banu isroilliklardan Ruach ha-Kodeshning ko‘tarilishi bilan payg'ambarlikning tugaganligi” haqidagi rivoyat, kitoblarning mazmuni va ular yozilgan davr, turli adabiyotlarda ushbu kitoblarga havolalar keltirilishi kabi mezonlar hisobga olingan. Neviim bo‘limi o‘zining yakuniy shaklini olgan sana – “Doniyor kitobi”ning so‘nggi boblari tugallangan deb taxmin qilinadigan miloddan avvalgi II asrga to‘g'ri keladi. TaNaX turli bosqichlardan o‘tib hozirgi ko‘rinishiga yetib kelgan. Sahifalangan va jildlangan shaklda Neviim kichik o‘zgarishlarga duch kelgan. Ushbu jarayonda soferim (muqaddas kitob yozuvchilari) faoliyati katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu ta’sir bosmaxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan yo‘nalishini o‘zgartirdi. Neviimning bosmaxonada bosilgan dastlabki matnlari va bugungi kundagi variant o‘rtasida kitoblarning tartibi va nomlanishida muayyan farqlarni uchratish mumkin. Dastlabki ba’zi qo‘lyozmalarda Neviim bo‘limi kitoblari tartibi Talmudda keltirilgan ro‘yxatga mos kelsa, ba'zilarida Masoret (an'ana) matnlari bo‘yicha shakllantirilgan. Mikra (TaNaX) ilk marotaba 1488 yilda Italiyaning Sonchino shahrida, keyinroq 1493 yilda Breshiyada nashr qilinganda Masoret matnlari va Talmudda zikr qilinaganidan farqli tartibda bosib chiqarilgan. Keyinchalik, bu tartib asos sifatida qabul qilindi va bosmaxona tomonidan ommalashtirildi.
Ushbu maqolada TaNaX tarkibidan joy olgan Neviim bo‘limining shakllanish tarixi, undagi kitoblarning tartiblash shartlari va kanonlashtirish mezonlari hamda bosmaxona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mazkur bo‘lim kitoblari bilan bog‘liq kechgan tarixiy jarayonlar tadqiq va tahlil etilgan.
57-642842617-07-2026 -
INSON FAOLIYATIDA AXLOQIY MEZON VA ME’YORNI SHAKLLANTIPISH TAMOYILLARI
Matlyuba KAKHKHAROVA, Bakhtiyor ABSATTOROV (Muallif)Ushbu maqolada bugungi kun kishisidagi odob, xulq-atvor qoidalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashib borganligi va uning o‘ziga xos kumulyativ jihatlari asoslangan. Soddaroq qilib aytganda, insonning hatti-harakati, xulq-atvori va yurish-turishi hamda ularni doimo nazorat qila olish darajasi, kishilar o‘rtasidagi muomala madaniyati munosabatlarining asosiy belgilari va harakatlantiruvchi indikatorlari tizimlashtirilgan. Maqolada axloqiy madaniyat va insonning o‘z xatti-harakatlarining me’yorini anglash bosqichiga oid ilmiy xulosa munozaraga tashlangan bo‘lib, inson o‘z xatti-harakatini me’yorlarini tanlash jarayonidagi axloqiy tanlov masalasi muhokama qilingan. Axloqiy tanlov – insonning har qanday faoliyati sohasida muhim bosqich va bir vaqtning o‘zida shaxs uchun jiddiy sinov. Uning mohiyati shundaki, individ ichki ishonchiga ko‘ra, gohida avtomatik tarzda qadriyatlar tizimiga nisbatan g‘oyalar va ularni aniq bir xatti-harakat yoki butun xulqiga qanday tatbiq qilishni o‘zi uchun belgilab olishi bilan izohlanadi.
Maqolada huquqiy va axloqiy mezon va me’yorlarning ob’yektlari bir-biriga juda yaqinligi qiyosiy tahlil qilingan. Huquqiy normalar birinchi navbatda jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni tartibga keltiradi ishlab chiqarishni tashkil etishning yuridik asoslarini, shuningdek, ijtimoiy hayotning barcha jihatlari barqarorligini ta’minlasa, axloqiy mezon va me’yorlarning obyekti ham huquqiy normalarniki bilan bir xil, biroq ularning ta’siri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni manzilli tartibga solishga qaratilganligi bilan asoslanadi. Bu ikki normativ tizimning xususiyatlari bir-birlaridan nafaqat tartibga solish obyektlari, balki uni amalga oshirish usullari bilan ham farq qilishi izohlangan.
Bundan tashrari yangi tipdagi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi jarayonida axloqiy mezon va me’yorlarning roli ortib borishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mualliflar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida ayniqsa, ichki, o‘z-o‘zini boshqarish xatti-harakatlarda axloqiy talablarga asoslanish (tashqi regulyatorlarning, ya’ni, huquqiy, ma’muriy va tashkiliy normativlarning insonlar xatti-xapakatlariga ta’sirining susayishi hisobiga amalga oshmasligi) muhim ahamiyatga ega bo‘lishi tahlili amalga oshirilgan.
27-382802416-07-2026 -
MOVAROUNNAHR ULAMOLARINING ISLOM FANINI RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
Shukhrat YOVQOCHEV, Guzal KADIROVA (Muallif)Bugungi kunda Movarounnahr (Moverannahr) hududida yashab o‘tgan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini o‘rganish zamonaviy O‘zbekistonning o‘zini-o‘zi anglashi va shakllanishidagi asosiy bosqichlardan biri ekanligi barchamizga ma’lumdir. Ularning asarlari tarixiy, milliy va diniy ildizlarni anglash bilan birga, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, ular, shuningdek, turli tahdidlar yuzaga kelgan yangi sharoitda diniy radikalizmga qarshi kurashish uchun ajoyib faktik va amaliy material bo‘lib xizmat qiladi.
Maqolaning maqsadi – Movarounnahrning buyuk ilmiy aql-zakovati merosi naqadar boy va qimmatli ekanini, undan ham islom ilmlarini o‘rganishda, ham zamonaviy tahdidlarga adekvat javob sifatida foydalanish, shuningdek, islom ilmining shakllanishi va rivojlanishida Movarounnahr allomalarining o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Mazkur tadqiqotda birlamchi manbalardan ham, XX-XXI-asr boshlari olimlarining tadqiqotlaridan ham keng foydalanilgan.
Ushbu maqolaning metodik asosi sifatida tarixiy va qiyosiy tahlillar va materiallarni xronologik tizimlashtirish olingan. Maqolaning asosiy natijasi va xulosalaridan biri shundaki, u Movarounnahr ulamo va zohidlarining islom dinining mintaqada yoyilishi va rivojlanishidagi ishlari va erishgan yutuqlari dahosi va serqirraligini haqiqatda yana bir bor namoyon etadi. Shu bilan birga, maqolada mualliflar tasviriy san’at, she’riyat, hunarmandchilik va musiqa san’atining Movarounnahr aholisining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatishga harakat qilingan.
Asosiy ishlar va ularning qisqacha tavsifi haqida ham ma’lumot berilgan. Maqolada o‘rta asr madaniyat arboblarining bugungi kundagi faoliyatini tahlil qilingan. Maqolaning oxirida umumiy xulosalar berilgan. Ushbu qisqacha maqolada faqat asrlar davomida jahon va islom madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan eng ko‘zga ko‘ringan iste’dod va daholar haqida ma’lumot berilgan.
4-182922318-09-2026 -
ZAMONAVIY ARAB ADABIY TILIDAGI IQTISODIY SOHAGA OID O‘ZLASHTIRMALARI HAQIDA
Viktoriya MAMADJANOVA (Muallif)Ushbu maqolada zamonaviy adabiy arab tilida iqtisodiy sohalarda qo‘llanib kelayotgan atamalarning bosha chet tilaridan o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zlashtirma usuli yordamida tilga kiritilgan iqtisodiy atamalar – tillararo aloqalar natijasi bo‘lib, bir tilning leksik birliklari A tilida shakllanib, B tiliga ko‘chiriladi va unda qo‘llaniladi.
Bugungi kunda atamalar tildagi so‘zlarning umumiy sonini 25 % shakllantiradi, bu ushbu usulning samaradorligini ko‘rsatadi. Dunyoning barcha tillariida lug‘at faqatgina asl so‘zlari bilan cheklanmagan, deyarli har bir tilni rivojlantirish uchun so‘zlarni boshqa tillardan olish jarayoni tabiiy va odatiy hisoblanadi. Turli xil tillarda rivojlanishning turli davrlarida, tashqi o‘zlashtirmalarning foiz nisbati o‘zgarib turadi, chunki o‘zlashtirilgan lug‘at lingvistik guruhlar o‘rtasidagi etnik aloqalar, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni tasdiqlaydi. Qadim zamonlardan boshlab turli mamlakatlarning ona tilida so‘zlashuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatgan (savdo, urushlar) va hozirgi davr, globallashuv davri bilan yakunlanib, barcha bunday aloqalar dunyo tillarida aks ettirilgan. O‘rnatilgan aloqalarning tabiati va shartlari qanday o‘zgarganiga qarab, o‘zlashtirmalarning predmet – kontseptual doirasi, tashqi o‘zlashtirmalarga bo‘lgan munosabati va natijada o‘zlashtirmalarni rivojlantirish va o‘zlashtirish darajasi o‘zgargan. Hozirgi vaqtda so‘zlarni o‘zlashtirish jarayoni, odatda, mahalliy so‘zlashuvchilarni xalqaro terminologik tizimlari, xususan, kompyuter texnologiyalari, zamonaviy aloqa vositalari va boshqalar bilan tanishtirish bilan birga olib borilmoqda. O‘zlashtirmalarning muammosi – tillarning o‘zaro ta’siri va til evolutsiyasi jarayonini o‘rganish uchun o‘ta muhim umumiy til muammolaridan biridir. O‘zlashtirmalarni xalqlar o‘rtasidagi turli aloqalar kontekstida vujudga keladigan yangi voqelik va tushunchalarni belgilash usullaridan biri deb hisoblashimiz mumkin. O‘zlashtirilgan iqtisodiy atamalar lingvistik talqinning xilma - xil jihatlari bilan bo‘g‘lik bo‘lib o‘zlashtirmalarning darajasi va tabiati o‘zaro ta’sir qiluvchi madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarning darajasi va xususiyatini aks ettiradi.Tarix masalasi, tuzilishi, tipologiyasi, xorijiy lug‘atlarni o‘zlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari yoritilgan.
Ushbu maqolada zamonaviy adabiy arab tilidagi iqtisodiy sohalarda qo‘llaniladigan atamalar tasnifi berilgan hamda ularning kelib chiqish tarixi, tuzilishi, tipologiyasi, o‘zlashtirilishi masalalari, o‘ziga xos xususiyatlari va mexanizmlari yoritilgan. .
91-993312916-07-2026 -
“HIBATU-L-HAQOYIQ”DA KELGAN BILIM MAVZUSIDAGI TO’RTLIKLARNING MAZMUNIY VA SHAKLIY TAHLILI
Abdulazizkhan NIG‘MONOV (Muallif)Inson hayotiga shakl bergan, uning yashashi va prinsiplarini belgilab bergan eng muhim unsur insoniy qadriyatlardir. Jamiyat a'zolarining hayotida muhim o'rin egallagan qadriyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim kategoriya holiga kelgan. Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida har bir jamiyatni bir orada tutgan va tarixan shakllangan qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimining eng old vazifalaridan biri ham milliy, ma'naviy, madaniy, insoniy va axloqiy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularda bu qadriyatlarni shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi axborot almashinuvi jadal kechayotgan, kundan kunga yoshlar ongi uchun kurash avj olayotgan davrda bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish va ularda milliy-ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati yanada ortmoqda. Jamiyatning mavjudligi ana shu qadriyatlarning barqaror va bardavomligiga bog'liqligi, shubhasizdir. Prezidentimiz tomonidan maʼrifatparvar olim Mahmudxoʼja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʼi maktabdir” degan fikriga alohida urgʼu berganligi va umumiy oʼrta taʼlim tizimida “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini taʼkidlagani bejiz emas. O'zbek jamiyatida oiladan boshlangan qadriyatlar tarbiyasini, tizimli ravishda o'rta va oliy ta'lim tizimida davom ettirilishi sog'lim va ma'nan yuksak naslning shakllanishi uchun zarur bo'lib bormoqda. Ta'limda yoshlarning faqatgina bilim olish va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratilishi jamiyat ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini saqlanib qolishiga, milliy o'zlikka xavf tug'diradi. Natijada jamiyat xudbin, axloqsiz, ma'nan qashshoq a'zolar sonining ortishi bilan tanazzulga yuz tutib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda ta'limda bilim va ko'nikma naqadar zarur bo'lsa, milliy-ma'naviy, diniy, axloqiy, insoniy va ijtimoiy qadriyatlar tarbiysi ham shu qadar zarurdir.
Ushbu maqolaning asosiy mavzusi ham ana shunday asarlardan biri bo'lgan "adiblar adibi, fozillar boshi" deya ulug'langan adib Ahmad Yugnakiy tomonidan uzoq yillik ta'lim-tarbiya natijasida qalamga olingan va pandnoma ruhidagi "Hibatu-l-haqoyiq" asarida aks etgan qadriyatlardan ayrimlarini tahlil etish va ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini baholashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tiborimizni har qanday qadriyatning o'zagi bo'lgan bilim va uning qiymatini, bilimlilik targ'ibi va foydalarini o'zida ifodalagan to'rtliklarga qaratamiz. Zero, axloq va odob, ijtimoiy qadriyatlarning avloddan avlodga ko'chishi bilimga e'tibor berilgan jamiyatdagina bardavom bo'ladi.
O'zida xalqimizning uzoq yillik ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini, inson kamoloti borasidagi qarashlarini ifodalagan to'rtliklarning bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishi va kelajak nasllarning ham ulardan foydlanishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
73-812752516-07-2026 -
MUSULMON MAMLAKATLARIDA AHOLINI DERADIKALIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN FATVOLARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLINI ILMIY-USLUBIY O‘RGANISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI
Bakhromjon MAMADIEV (Muallif)Maqolada musulmon mamlakatlarida aholini deradikalizatsiya qilishda qo‘llaniladigan fatvolarning tartibga soluvchi rolini ilmiy-uslubiy tadqiq qilish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ob’ekti – Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari tomonidan aholi ongini deradikalizatsiya qilishga qaratilgan fatvolar va predmeti – fatvolarni tartibga soluvchi roli va qo’llash jarayonlari.
Mavzuni o’rganish tarixiy, teologik, huquqiy, ijtimoiy-psixologik va siyosiy jihatlarni taqdim etadi va qo’yilgan vazifalarni hal qilish uchun bir qator ilmiy yondashuv va usullarni talab qiladi. Teologik va akademik yondashuvlarni qo’llashning ahamiyati asoslanadi.
Teologik yondashuvga ko’ra, ijtimoiy va boshqa barcha jarayonlar ilohiy nuqtai nazardan izohlanadi. Shuning uchun, asosan, jamiyatning real hayoti emas, balki diniy manbalarning tegishli normalari o‘rganiladi. Bu ilmiy yondashuv islom hukmlari va ularning asosiy tarkibiy qismlarini o‘rganishda qo‘l keladi. Tanlangan fatvoning har bir asosi – sura, Qur’on oyati, hadis yoki nufuzli ulamolarning xulosasi avvalo, diniy nuqtai nazardan tahlil va ko’rib chiqilishi kerak. Ammo, agar tadqiqot teologik jihat bilan bir qatorda tadqiqot ob’ekti va predmetining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa xususiyatlarini o’rganishni talab qiladigan radikallashuv muammosini nazarda tutsa, bu yondashuv amaliy xulosalar bermaydi. Shunday qilib, ilohiy yondashuv bilan bir qatorda akademik islomshunoslik yondashuvlarini ham qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
Fatvolarning umumiy shakllari, turlari, munosabatlari, qoida va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ularning shakllanishi, qo‘llanilishi va samaradorligi bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rganuvchi qiyosiy metod ushbu tadqiqotning ilmiy-uslubiy asosining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usul fatvolarning oʻxshash shakllarini, shuningdek, oʻrganilayotgan har bir davlatning holati va sharoitiga qarab farqlarini ochib beradi.
Fatvolarni shakllantirish xususiyatlarini aniqlash uchun genetik usulni qo’llash kerak, ya’ni, ijtimoiy hodisalarni ularning rivojlanishini tahlil qilish asosida o‘rganish usuli. Ushbu ilmiy usulni qo’llashning ahamiyati birlamchi muammoni - ma’lum bir diniy masala bo’yicha paydo bo’lgan tushunmovchilik yoki nizoni aniqlash zaruratidadir.Fatvoning muhim tarkibiy qismi Qur’on me’yorlari, sunnat va nufuzli ulamolar xulosalariga tayanish bo’lib, chuqur tahlil qilish uchun rivoyat, mazmun tahlili usullarini, shuningdek, empirik yondashuvni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
46 - 554382506-07-2026 -
MALAYZIYA TARIXIDA DINIY SINKRETIZM VA MILLIY O’ZIGA XOSLIKNING SHAKLLANISHI
Guzal SHARIPOVA (Muallif)Ushbu maqolada Malayziyada diniy sinkretizmning evolyutsiyasi va uning ibtidoiy kommunal tizimdan postkolonial davrgacha bo ‘Igan tarixiy davomiylik bo'yicha milliy o'ziga xoslikning shakllanishiga ta’siri о ‘rganilgan. TadqiqotKota Tampan, Nya vaSungai Batudan topilgan arxeologik dalillar, jumladan, assimilyatsiya, migratsiya va madaniyatlararo almashinuvning dastlabki mexanizmlarini ко ‘rsatuvchi artefaktlar bilan tasdiqlangan ko‘p madaniyatli muhit dinamikasiga qaratilgan. Bu jarayonlar Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari orqali hinduiylik, buddaviylik va islom bilan animistik qarashlarning sintezini osonlashtirdi.
Maqolada milodiy I-V asrlarda qabila jamiyatidan Ganga Negara va Langkasuka kabi dastlabki davlat shakllanishiga o'tish batafsil bayon etilgan, bu yerda urbanizatsiya va ijtimoiy tabaqalanish diniy sinkretizmni rag'batlantirgan. Mustamlakachilikdavrida, XVI-XIXasrlar oralig ’ida, xitoylik, hind va yavalik migrantlarning oqimi bilan etnik xilma-xillik kuchaydi, ammo 1874-yilgi Pangora shartnomasida mustahkamlangan sultonlarning diniy avtonomiyasi tufayli bag ’rikenglik an ’analari saqlanib qoldi. 1957-yildan beri mustaqillikdan keyingi davr konstitutsiyaviy islohotlar, Yangi iqtisodiy siyosat va mo ‘tadil shofiiy mazhabi, dinlararo uyg'unlik va malaylashtirish asosida o'ziga xoslikni mustahkamlagan va ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishga yordam bergan Rukunegara dasturi bilan tavsiflanadi.
Tadqiqotning metodologik asosi tarixiylik, qiyosiy tarixiy va tizimli tahlil, muammo-xronologik usul va fanlararo yondashuv tamoyillariga asoslangan. Bu esa о z navbatida, Majid Z., Higham C., AndayaB. va boshqalar kabi mutaxassislarning asarlarini, shuningdek, arxiv manbalarini integratsiyalashga yordam beradi.
Tadqiqot natijalari mandakatning IK.IM va SYARAK kabi davlat institutlarining rolini, mamlakatning tashqi siyosat strategiyalarini vaASEANdagi ishtirokini ta 'kidlaydi. ZOPFAN konsepsiyasiga va lining ко ‘p madaniyatli birga yashashning barqaror modelini ta’minlashdagi roliga alohida e ’tibor qaratish lozim. Yuqoridagi barcha omillar Malayziyaning hozirgi paytda uyg ‘unlik va tinchlik asosiy maqsadlar bo ‘Igan rivojlangan davlat tizimiga ega mamlakat sifatidagi mavqeiga hissa qo ‘shadi.58-65722723-05-2026 -
TASAVVUFIY TAFSIRLARNING YUZAGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
Xalima HABIBULLAYEVA (Muallif)Ushbu maqolada islom ilmlarining mu him у о 'nalishlaridan biri - tasawuf va tafsir ilmining shakllanishi hamda ularning о ‘zaro integratsiyasi natijasida tasavvufiy tafsirlarning paydo bo 'lish va rivojlanish bosqichlari ilmiy tahlil qilingan. Ta ’vil va tafsir tushunchalari, tasavvufga berilgan la ’riflar atrqflicha yoritilgan. Tafsir ilmi Qur ’on nozilbo 'Igan ilkdavrdan boshlab, ya’niPayg'ambar (s.a.v.) davri, sahobalar va tobeinlar davridan to hozirgi kunga qadar uzviy taraqqiy etib kelgan. Oyallarning tasavvufiy talqini ham ilk Payg’ambar (s.a.v.) davrlarida uchragani, sahoba va tobeinlar davrida yanada rivojlangani uning shakllanishida muhim asos bo ‘lib xizmat qilgan. Tasavvufiy tqfsirlar Qur ’on oyatlarining ichki, ramziy, majoziy ma ’nolarini anglashga qaratilgan bo 'lib, ushbu tafsirlarda ilhom, kashf kabi vositalardan foydalanish muhim о ‘rin egallaydi. Ishoriy tqfsirlar zohiriy ma ’noga zid bo Tmagan holda Qur ’on mazmunini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Tadqiqotda tasavvufiy tqfsirlar rivojlanishining besh bosqichi ajratilgan bo ’lib, ular Payg ‘ambar va sahobalar davri, ilk mutasavviflar davri, o'rta asr softy mufassirlar bosqichi, tasavvufiy tafsirlarning yuksalish davri (XIII-XVIII asrlar) va zamonaviy davr tafsirchilik (XIX asrdan to hozirgi kunga qadar) bosqichlarini о ‘z ichiga oladi. Har bir bosqichda tasavvufiy tafsirning shakli, uslubi va mazmuni tobora takomillashgan. Zamonaviy mutasavviflar tomonidan Qur ’on tafiirining ijtimoiy, axloqiy va ma ’naviyjihatlari bilan uyg ‘unlashgan holatlari ко ‘rib chiqilgan. Maqolada tasawuf ilmining tafsir bilan uzviy bog ‘liqligi, tasavvufiy tafsirlarning dastlabki shakllaridan boshlab, hozirgi kungacha yozilgan yirik ishoriy tafsirlarning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan. Tasavvufiy tafsirlarning qabul qilinishi uchun zarur bo ‘Igan shartlar va bu borada tafsir olimlarining qarashlari muhokama qilingan.25-324313822-05-2026 -
Zamonaviy fanda islom tarixi muammolari tadqiqi
Kobiljon ZOHIDOV (Muallif)Ushbu ilmiy maqola Rossiya, Sovet Ittifoqi, arab va о ‘zbek sharqshunoslarining islom davlatchiligining ilk shakllanishi va taraqqiyotiga qo ‘shgan hissasini kompleks ravishda tahlil qilishga bag ‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida rus va sovet olimlari, jumladan, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold. A. Yu. Yakubovskiy va I.P. Petrushevskiylaming islom davlatchiligining vujudga kelish sabablari, uning siyosiy tuzilishi, boshqaruv mexanizmlari va xususiyatlari borasidagi qarashlari chuqur tahlil etilgan. Ularning ilmiy maqola va asarlari, nazariy yondashuvlari va islom sivilizatsiyasining siyosiy, ijtimoiy va madaniyjihatlariga oidfikrlari solishtirma ravishda о ‘rganilgan.
Shuningdek, maqolada arab mualliflari, xususan, Muhammad Xudariy, Hasan Ibrohim Hasan, Abdulmuni’m Mojid, Mahmud Shokir, Akrom Ziyo Umariy va Muhammad Sallobiylarning asarlarida islom tarixining turli bosqichlari, siyosiy va ijtimoiy tuzilmalari, boshqaruv an ’analari va tarixiy manbalarga bo'lgan munosabati batafsil ко‘rib chiqilgan. Ushbu olimlarning ilmiy maqola va asarlari islom davlatchiligi tarixi bo ‘yicha muhim manba sifatida baholangan.
Maqolaning muhim qismini о ‘zbek sharqshunoslarining ilmiy maqola va asarlari tashkil etadi. Ushbu qismda Usmonov Mutallib Ahmadovichning Qur oni karim tarjimasi va tafsiri, U.Uvatovning Imom Buxoriy, Imorn Termiziy, Mahmud Zamaxshariy va Abu Mansur Moturidiylarning merosini o‘rganishga bag'ishlangan tadqiqotlari, Sh.S. Kamoliddinovningklassik arab manbalari (“Kitab al-ansab ”, “Futuh al-buldan ”, “Surat al-ard”) tarjimasi va tahlili tadqiq qilingan. A. Hasanovning qadimgi Arabiston, Mamluklar davri va islomning ilk davri tarixiga oid tadqiqotlari, shuningdek, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va hayot” silsilasi va “Islom tarixi ” asarlarining ahamiyali yoritilgan.
Maqolada islom davlatchiligi tarixini diniy va dunyoviy nuqtayi nazardan о ‘rganish, manbashunoslik, tarixshunoslik va diniy tafsirlarning о ‘zaro bog 'liqligiga e ’tibor qaratilgan. Zamonaviy ehtiyojlardan kelib chiqib yaratilgan ommabop asarlarning ahamiyati ham ta ’kidlangan. Tadqiqot natijalari islom sivilizatsiyasi, siyosiy tarix va tarixshunoslik sohalaridagi kelgusi tadqiqotlar uchun muhim asos bo ‘lishi mumkin.13-233724612-05-2026
