DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/3/21-28الكلمات المفتاحية:
Naqshband mujaddidiya Zarafshon Dahbed silsila qoʻlyozma irshodnoma murshid murid.الملخص
Maqolada XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasi naqshbandiya tariqati namoyandalari tarixiga oid yozma manbalar tadqiq etilgan. Tariqatda faoliyat koʻrsatgan muayyan shayx-murshidning nasabi, ustozlari haqida, tugʻilgan yoki vafot etgan yili haqida aniq maʼlumot saqlangan. Bu maʼlumotlar manbalarda keltirilgan maʼlumotlarni bevosita toʻldiradi. Bu tariqatning mazkur hududda yetakchi tariqatga aylanishi XV-XIX asrlarda yashab oʻtgan tariqat peshvolari Xoja Alouddin Attor, Xoja Ahror Valiy, Maxdumi Aʼzam Dahbediy, Muhammad Husayn kabi tariqat namoyandalari nomi bilan bogʻliq. Afsuski, ularning hayoti va maʼnaviy merosi, naqshbandiya tariqatidagi faoliyati hanuzgacha alohida tadqiqot mavzusi sifatida toʻliq oʻrganilmagan.
Ushbu maqolada nashqbandiylik tariqat tarixida nomi hali hanuz yozma manbalarda qolayotgan Alouddin Muhammad Buxoriy, Domla Mir Shoh Samarqandiy, Abdurahmon bek, Aflotun Buxoriy, Domla Hakimbek Buxoriy, Muhammad Yusuf xoja va Muhammad Yunus xoja Vobkandiy, Ibrohim xoja Buxoriy, Eshon Shokir xoja Sugʻonchiy, Abdurahim xoja Ofarinkentiy kabi tariqat namoyandalari hayoti va faoliyatiga oid maʼlumotlar tadqiq etilgan. Naqshbandiya tariqatiga yozma manbalarni oʻrganish hanuzgacha nomaʼlum qator axloqiy, maʼnaviy va nazariy masalalarni ochiqlashga yordam beradi. Oʻzbekiston hududidagi turli tarixiy yozma manbalarda saqlanib kelayotgan bitiklar tarixiy manba sifatida oʻtmishning nomaʼlum jihatlarini ochib berib, islom tarixi va manbashunosligi, xronologiya kabi tarmoqlari uchun muhim materiallar taqdim etadi.
التنزيلات
المراجع
1. Abdurahmon Jomiy. Nafahotul uns. IBXITM qoʻlyozmalar fondi inv № 545.
2. Alouddun Muhammad Buxoriy. Hujjatul komilin fiy atvorus solikin. OʻzR FA SHI qoʻlyozmalar fondi. Inv № 4400/II.
3. Abu Tohirxoja. (1991). Samariya. -Toshkent: Kamalak.
4. Jaloliddin Buxoriy. Mukoshiful asror. OʻzR FA SHI qoʻlyozmalar fondi. Inv: № 2085.
5. Irshodnoma. Qoʻlyozma. Forscha. XIX asr. Mavlono Ibrohim xoja avlodi Saida Qayumova xonadonida saqlanadi.
6. Kattayev K. (1994). Maxdumi Aʼzam va Dahbed. Samarqand: Soʻgʻdiyona.
7. Kattayev K. (2016). Maxdumi Aʼzam Dahbediy tarixi va mukammal dahbediylar tariqati. – Toshkent : Mashhur-Press.
8. Kattayev K. (2017). Tasavvuf allomalari. – Toshkent : Gʻafur Gʻulom nashriyoti.
9. Karimov E. (2003). Xoʻja Ahror (hayoti va faoliyati). – Toshkent : Maʼnaviyat.
10. Mavlono Muhammad Mahjuriy. Tazkirai olimoni Samarqand. Qoʻlyozma. Tojikcha. Samarqand Davlat muzeyi qoʻlyozmalar fondi. Inv. № 5653/2.
11. Mirzo Junadulloh Hoziq. (1326/1906). Kulliyot. Qoʻlyozma, fors tilida OʻzR FA SHI qoʻlyozmalar fondi. Inv № 3021.
12. Muminov Ashirbek, Paul Yurgen. (2001). Muxammad Parsa. Islam na territorii bыvshey Rossiyskoy imerii. / Ensiklopedichemkiy slovar. Vypusk 3.
13. Мухамедов Н.А. (2014). Идеи толерантности и гуманизма в деятельности учёных суфиев оазиса Ташкент. The culture of tolerance in the context of globalization: methodology of research, reality and prospect http://sociosphera.com/ files/conference/2014/k-05_13_14.pdf#page=54-57 (in Russ).
14. Mukhamedov, N., & Alidjanova, L. (2020). The role of Khodja Akhrar in socialspiritual Life of Central Asia. // American Journal of Research_https://journalofresearch. us/wp-content/uploads/2020/06/2020_5_6 AJR_10. pdf. P.74-76.
15. Mukhamedov, N. (2023). Khoja Ahrar - peace and consent between people. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (117), 378-383. Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.
16. Nosiriddin Buxoriy. (1324/1916). Tuhfatuz zoyirin. – Buxoro.
17. Navroʻzova G. (2019). Bahouddin Naqshband: manbalar tahlili. Toshkent : Sano-standart.
18. Naqshbandiya tariqatiga oid qoʻlyozmalar fihristi. (1993). -Toshkent: Movarounnahr.
19. Roqimiy Samarqandiy. (1998). Tarixi tomm. -Toshkent: Maʼnaviyat.
20. Sayyid Muhammad Davlat. (2022). Devon. -Samarqand: Mahorat.

