Kalit so‘zlar:
sodda fe’llar, prefiksli fe’llar, qo‘shma fe’llar, برداشتن [bar-dāštan] fe’li, leksik-semantik variantlar, leksik variant, funksional ekvivalent, formal variant, ko‘pma’nolilik, ma’no guruhlariAnnotasiya
Maqolada tildagi variantlashuv hodisasida muhim o‘rin tutadigan funksional ekvivalentlik munosabatlari haqida so‘z yuritiladi. Mavzu doirasida yetuk tilshunos olimlarning fikrlari keltiriladi, tahlil qilinadi va xulosalar beriladi. Funksional ekvivalentlar tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda asosiy rollardan birini o‘ynashligi haqida ta’kidlanadi va fors tilidagi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan prefiksli fe’llardan biri sifatida برداشتن [bar-dāštan] fe’li tadqiqot obyekti sifatida keng tadqiq qilinadi, uning leksik-semantik variantlari aniqlanadi. Leksik-semantik variantlari klassifikatsiya qilinib, ma’no guruhlariga ajratiladi va har bir ma’no guruhining funksional-ekvivalentlari aniqlanadi. Aniqlangan funksional ekvivalentlar manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida برداشتن [bar-dāštan] prefiksli fe’lining 18ta leksik-semantik variantlari aniqlanib, ularni to‘rt ma’no guruhiga ajratilada va har bir ma’no guruhining funksionalekvivalentlari taqdim etiladi. Keyingi o‘rinda maqola hajmidan kelib chiqgan holda faqatgina uning ma’nolarining birinchi – “olish” ma’no guruhiga tegishli bo‘lgan (joyidan) olmoq, (joyidan ko‘tarib) olmoq, (qo‘liga) olmoq ma’nosidagi funksional ekvivalentlari to‘g‘risida batafsilroq so‘z yuritiladi. Tadqiqot so‘ngida natijalardan kelib chiqqan holda fors tilida sodda va qo‘shma fe’llarga nisbatan soni ancha kam hisoblangan prefiksli fe’llar ham ko‘pma’nolilik hususiyatiga ega ekanligi haqida xulosa qilinadi.

