DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2020/4/157%20-%20166الكلمات المفتاحية:
kichik biznes iqtisodiyot islohot milliy iqtisodiyot liberallashtirish ishlab chiqarish eksport import tashqi savo investitsiya xususiy tadbirkorlik diversifikatsiya qilishالملخص
Bu maqolada kichik biznesning milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga, ishlab chiqarishning kengayishiga, tovar va xizmatlar sifati yaxshilanishiga, bandlik darajasining oshishiga, eksport salohiyatini kuchaytirishga, importni samarali tashkil etishga ta’sirlari ko’rsatib berilgan. Shuningdek, bu borada mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar va erishilayotgan natijalarning asoslari tahlil qilingan. Bundan tashqari, kelajakda qilinishi talab etiladigan vazifalar va takomillashtirish yo’nalishlari tavsiya berilgan. Mamlakatimizda zamonaviy ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor jihatlaridan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kuchaytirishdan iborat. Iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda va kichik biznesning rolini oshirish maqsadida tizim barpo qilindi. Tadbirkorlik faoliyatini kafolatlovchi huquqiy-meʼyoriy asoslar va tadbirkorlarga koʼmaklashuvchi tuzilmalar shakllantirildi. Kichik biznes subyektlari yirik kapitalsiz yangi ish joylarini tashkil etish va ayrim tovarlar taqchilligini kamaytirish, hatto, ularni toʼliq taʼminlash imkoniyatiga ega.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashda va aholi farovonligini oshirishda ustuvor ahamiyat kasb etayotgan kichik biznesning rolini mamlakatimiz shart-sharoitlaridan va imkoniyatlaridan kelib chiqib muntazam ravishda tahlil qilib, ular borasida istiqbolli xulosalarni o’rtaga tashlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ayni paytda jadal amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning jamiyatdagi natijasini asoslash va yanada takomillashtirish uchun milliy iqtisodiyotning barcha bo’g’inlari qatori kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish jarayonini muntazam o’rganish talab etiladi. Aynan mazkur maqola ana shu maqsadlarga qaratilgan vazifalarning bajarilishi hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotda kichik va o’rta biznesni rivojlanishi, xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ishlab chiqarishni jadallashtiradi hamda iste’mol bozori tovarlar bilan barqaror ta’minlanadi. Natijada mamlakatda aholining bandlik darajasi ortadi va mavjud ishchi kuchining qiymay yaratish imkoniyati vujudga keladi. Mazkur jarayon milliy daromadni ko’paytiradi va aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadning o’sishiga olib keladi. Ushbu tendensiya ta’sirida milliy iqtisodiyot rivojlanadi, aholining turmush farovonligi yaxshilanadi va xalqaro miqyosda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy qudrati hamda siyosiy mavqeyi mustahkamlanadi. Shu bois bugungi kunda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni muttasil rivojlantirish, sohada faoliyat olib borayotganlarni muntazam ravishda moliyaviy rag’batlantirish va tashkiliy-huquqiy jihatdan imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida soha bilan bog’liq jarayonlarni izchil tadqiq qilish va uni yanada rivojlantirish borasida ilmiy takliflar berish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
التنزيلات
المراجع
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni (2017 yil 7 fevral, PF-4947-son): –T.: Adolat, 2018. –112 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 24.01.2020.
3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.–T.: O’zbekiston, 2017.
4. Tuxliev N. Osiyo taraqqiyot modeli. – T.: “O‘zbekiston”, 2015. – 126 b.
5. Tuxliev N., Haqberdiev Q., Ermamatov Sh., Xolmatov N. O’zbekiston iqtisodiyoti. Darslik. – T.: “O’zbekiston”, 2018. – 488 b.
6. Sodikov, Z. (2020) Fundamentals of new economic processes. American Journal of Research www.journalofresearch.us 5-6, May-June 2020. https://journalofresearch.us/wp content/uploads/2020/07/2020_5_6-AJR_16.pdf. P. 113-118.
7. Sodikov, Z. (2020) Specific factors of national economic development. International journal of research in economics and social sciences (IJRESS). Publishedby. Euro Asia Research and Development Association Website: http://euroasiapub.org. ISSN(O): 2249 - 7382| Impact Factor: 6.939| Vol. 10 Issue 7, July – 2020. http://euroasiapub. org/category/ijress/ current-ijress/. P. 111-118.
8. Gulyamova Gulnora va b. Opportunities for establishment of transborder free economic zones in Central Asia. Journal Of Social Sciences and Humanities, 4 (16). Retrieved from. (2019). R. 754-761
9. Batirova, N. S., &Tohirov, S. (2019). Importance of foreign economic relations in innovative development of the region’s industry. In european research (pp. 145-149).
10. Batirova, N. S. (2018). Features of the development of the tashkent region in an innovative economy. European Journal of Humanitiesand Social Sciences, (6), 159-162.
11. Batirova, N. (2018). The innovative development of the industry in tashkent region. TheLight of Islam, 2018(4), 51-57.
12. Batirova, N. (2019). Features of industrial development of the tashkent region. The Lightof Islam, 2019(4), 40.
13. Batirova, N. Sh. (2018). Features of development of tashkent region in the conditions of innovative economy. in eurasian economic conference (pp. 184-187).
14. Batirova, N. (2017). Process of industry and its prospects in the republic of Uzbekistan. Theoretical& Applied Science, (8), 12-18.
15. Batirova, N. Sh. (2017). The importance of innovative industry in the development of national economy. Actual scientific research in the modern world, (7-1), 63-66.
16. Batirova, N. Sh. (2017). Role of external economic factor in the process of industrialization in developing countries (on the example of Uzbekistan). In European Scientific Conference (pp. 56-59).
17. Batirova, N. S. (2019). Theoretical aspects of the innovative development of the region. In scienceandeducation: problemsandinnovations (pp. 120-124).
18. Батирова, Н. Ш. (2017). Важность инновационной промышленности в развитии национальной экономики. Актуальные научные исследования в современном мире, (7-1), 63-66.
19. Tukhliev, N., Abdullayev, R., Gulnora, G., Batirova, N., &Uktam, J. (2020). Contemporary Trends in International Economic Integration: Challenges and Prospects. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(2).
20. Batirova, N. (2020). Tendencies of development of high technology industry in Tashkent region. TheLightofIslam, 2020(2), 193-198.
21. Батирова, Н. Ш., &Бозорова, Ш. И. (2019). Роль промышленности в развитие ташкентского области. Актуальные научные исследования в современном мире, (11-2), 21-26.
22. Батирова, Н. Ш. (2019). Теоретические аспекты инновационного развития региона. Актуальные научные исследования в современном мире, (8-1), 26-32.
23. Батирова, Н. Ш. (2019). Минтақа саноати инновацион ривожланишининг назарий жиҳатлари. Экономика и финансы (Узбекистан), (7).
24. Батирова, Н. Ш., & Гуляев, Г. Ю. (2019). Роль внешне экономических отношений в инновационном развитии промышленности региона. in экономика и предпринимательство: актуальные вопросы, тенденции и перспективы развития (pp. 42-47).
25. Батирова, Н. Ш., &Тўлқинов, Д. Қ. (2019). Инновационное развитие промышленности региона. In научные исследования высшей школы (pp. 145-147).
26. Батирова, Н. (2017). Процесс промышленности и его перспективы в республике узбекистан. Theoretical&AppliedScience, (8), 12-18.
27. Батирова, Н. Ш. (2018). Особенности развития ташкентской области в условиях инновационной экономики. In евразийская экономическая конференция (pp. 184-187).
28. Батирова, Н. Ш. (2017). Роль внешне экономического фактора в процессе индустриализации в развивающихся странах (на примере Узбекистана). In European Scientific Conference (pp. 56-59).
29. Абдуллаев, Р. В., &Ботирова, Н. Ш. (2016). Ўзбекистон Республикасида саноатлаштириш жараёни ва унинг истиқболлари. Экономика и финансы (Узбекистан), (9).
30. Abdirashidov A.Hududiy iste’mol tovarlari bozorining shakllanishi va rivojlanishi. Iqtisod va moliya 2019/8 soni. 40-45 b.
31. Xudoyarov, A. (2020). Aspects and possibilities of using the cluster approach in developing the effectiveness of ziyarah tourism. The Light of Islam, 2020(1), 202-209.
32. Xudoyarov, A. A. (2020). Trends in the development of traditional and visiting tourism in the world markets. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(2), 265-270.
33. Xudoyarov PhD, A. (2019). Specific organizational and economic aspects of the development of pilgrimage tourism in uzbekistan. The Light of Islam, 2019(4), 39.
34. www.wto.org.
35. www. Stat.uz.
36. www.cbu.uz.

