المؤلفون

  • Nozimakhon AGZAMOVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/2/65-71

الكلمات المفتاحية:

cherkov tarixi davrlashtirish ecclesia Yevseviy Kesariyskiy ilk xristianlik Bibliografik qo‘llanma.

الملخص

Yurtimizda konfessiyalar o‘rtasidagi bag’rikenglikni mustahkamlash, jamiyatda diniy tolerantlikni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu borada aytishimiz mumkinki, xristianlik tarixini o‘rganish qator fanlar doirasida, jumladan, dinshunoslikda, tarixshunoslikda dolzarb masala hisoblanadi. Xristian jamoalari tarixini tadqiq etishning amaliy ahamiyati aholi orasida noislomiy diniy yo‘nalishlar faoliyatiga doir maʼlumotlarning chegaralanganligi sababli, ularning tuzilishi, faoliyat doirasi hamda urf-odatlari bir xil emasligining yoritib berilishida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar nazariy, tarixiy va qiyoslash singari metodlar yordamida ochib berilgan. Tarixni davrlashtirish murakkab vazifalardan biridir, chunki davrlarni hisoblash uchun ularning boshlang‘ich nuqtalarini topish juda qiyin. Tarixchilar xristian cherkovi tarixining boshlanishini turli yondashuvlar bilan o‘rgandilar. Xristianlik tarixida uchta yirik davrni ajratish tabiiydir: ilk xristianlik davri, o‘rta asrlar va yangi xristianlik davridir. Xristianlik tarixi nafaqat siyosiy voqealar, ya’ni xristianlarning ma’lum bir guruhida hokimiyatning o‘zgarishi: papalar yoki butunjahon patriarxlar tarixi, dunyoviy hokimiyat bilan to‘qnashuvlar, balki teologik qarashlar, ta’limotlar tarixi va rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Xristianlik uchun diniy ta’limotdan tashqari, liturgiya, marosimlar tarixi, xristian dindorlari axloqi va xulq-atvori ham katta ahamiyatga ega. Shuningdek, u har bir davr ichida umumiy tarixiy jarayonning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Axloq va xulq-atvor haqida so‘z borganda, xristian madaniyati tarixini, uning o‘ziga xos tomonlarini: musiqa, tasviriy san’at, adabiyot va me’morchilikni esga olishimiz kerak. Bularning barchasini xristianning hayotidan ajratib bo‘lmaydi. Cherkov tarixini o‘rgangan xristianlikning turli yo‘nalishlariga oid tarixchilar o‘ziga xos yondashuvlari bilan davrlanishning yangi qirralarini ochib berishgan. Ulardan Nestor, Yevseviy Kesariyskiy, Lukskiy Bartolomey, Rufim Akvileyskiy, Grigoriy Turskiy, Beda Dostopochtimiy, Flatsiy Illirik, Baroniy, Lebedev, Filaret Chernigorskiy, V.V.Bolotov, R.Rote, G.Gasse, Möhler, Zöckler, Kurts, Mitropolit Filaret, S.V.Sannikovlar yondashuvlari qiyosiy tahlil qilindi.

التنزيلات

تحميل البيانات غير متوفرة حتى الآن.

المراجع

1. Mirziyoyev Sh.M. (2018) “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir” 2-jild. T. : «O‘zbekiston» NMIU.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi. (2017) 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 15.08.2017-yil F-5024-son.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2017) “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 16.08.2017-yil PF-5416-son.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2019) “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2019-yil 4-sentabr PQ-4436-son.

5. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. (2021) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”. 2021-yil 5-iyul O‘RQ-699-son.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2022) “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. 2022-yil 28-yanvar PF-60-son.

7. Akimov V.V. (2012) Istoriya Xristianskoy tserkvi v donikeyskiy period. Minsk : Kovcheg. 266 s.

8. Alimova M., Ernazarov O. (2022) Dinshunoslikning dolzarb muammolari [Matn]/ M.Alimova, О.Еrnazarov. Toshkent: Adast poligraf. 292 b.

9. Alimova M., Ernazarov O. (2023) Millatlararo va diniy bag‘rikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili. Toshkent : O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi. 352 b.

10. Apeabu A.J. (2020) A HISTORY OF THE EARLY CHURCH (05 BC-AD 451). (Ph.D.) Department of Christian Religious Studies Federal College of Education, Zaria.

11. Baroniy Ts. (1588—1607) Tserkovnie annali.

12. Bolotov V.V. (2000) Sobraniye tserkovno-istoricheskix trudov: K stoletiyu so dnya konchini / [Vstup. st. A.I. Sidorova]; Fond «Rus. pravoslaviye». // T. 2: Leksii po istorii drevney tserkvi. Vvedeniye v tserkovnuyu istoriyu. Moskva : Martis, 1999.

13. Desniskiy A.S. (2021) Zarojdeniye xristianstva: chto mi znayem i otkuda? // Oriyentalistika.

14. Islomov Z., Haydarov I. (2020) Xristianlik: ibodatxona, ibodat va marosimlar [Matn] / Z. Islomov, I.Haydarov. Toshkent: Qaqnus-media. 192 b.

15. Matthias F.I. (1574) Centuriae Magdeburgienses.

16. Muratov D., Alimova M., Karimov J. (2019) DINSHUNOSLIK / darslik. Toshkent : Navro‘z.

17. Muqaddas Kitob. (2020) (Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan) Toshkent : Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti.

18. Nizomiddinov N. (2023) Janubiy, Janubi-Sharqiy, Sharqiy va Markaziy Osiyoda xristianlik tarixi (Matn) / Najmiddin Nizomiddinov. Toshkent : “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi.

19. Panteleyev A.D. (2014) Istoriya rannego xristianstva. Xrestomatiya. / Sost. Sankt-Peterburg : SPGU.

20. Sannikov S.B. (2002) Dvadsat vekov xristianstva. Pervoye tisyacheletiye / Uchebnoye posobiye po istorii xristianstva: V 2t. T.1. Odessa: Izd-vo OBS “Bogomisliye”.

المؤلفات المشابهة

Saidumarxon BURGUTXONOV, IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL” ASARIDA XRISTIANLIK OQIMLARI TARIXI , ضياء الإسلام: مجلد 6 عدد 3 (2023)

Saidumarxon BURGUTXONOV, IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI , ضياء الإسلام: مجلد 5 عدد 4 (2022)

Mohira ABDULLAYEVA, Ibrohim NIGʻMATULLAYEV, KIBERMAKONDA XRISTIANLIKKA OID DINIY JARAYONLARNI O‘RGANISHNING ILMIY ASOSLARI , ضياء الإسلام: مجلد 6 عدد 2 (2023)

Kobiljon ZOHIDOV, Zamonaviy fanda islom tarixi muammolari tadqiqi , ضياء الإسلام: مجلد 8 عدد 2 (2025)

Abduqahhor A. RAXMONOV, ABU YUSUFNING “KITOB AL-XAROJ” ASARIDA ISLOM IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI , ضياء الإسلام: مجلد 7 عدد 3 (2024)

Mumin Mirzo ABDUPATTAEV, ABUL MAOLIY MUHAMMAD IBN UBAYDULLOHNING “BAYONUL ADYON” ASARI – SHARQ QIYOSIY DINSHUNOSLIGI MANBASI SIFATIDA , ضياء الإسلام: مجلد 9 عدد 2 (2026)

Dilorom MUMINJONOVA, MUSULMОN DINSHUNОSLIGIDА ISRОILIYОT QISSАLАRINING TАDQIQ ETILISHI , ضياء الإسلام: مجلد 6 عدد 3 (2023)

Xalima HABIBULLAYEVA, TASAVVUFIY TAFSIRLARNING YUZAGA KELISHI VA  RIVOJLANISHI , ضياء الإسلام: مجلد 9 عدد 1 (2026)

Odiljon ERNAZAROV, YAHUDIYLIK DINIY MANBALARI SHAKLLANISHI TARIXI: NEVIIM KITOBI , ضياء الإسلام: مجلد 7 عدد 2 (2024)

Lazizaxon Abbasovna ALIDJANOVA, Lazzat Kasymbekovna RYSBEKOVA, ISLOM TA’LIMOTIDA INSON SALOMATLIGI VA MUSULMON MAMLAKATLARIDA SHIFOXONALAR EVOLYUTSIYASI , ضياء الإسلام: مجلد 7 عدد 1 (2024)

يمكنك أيضاً إبدأ بحثاً متقدماً عن المشابهات لهذا المؤلَّف.