DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2024/1/78-85Kalit so‘zlar:
yahudiylik ibroniy Bani Isroil isaviylik anoniylik yudg‘oniylik mushkoniylik somiriylik Tavrot Muso Meyshah Beruniy Andalusiy Shahristoniy Ya’qub Qirqisoniy.Annotasiya
Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri boʼlgan Yahudiylik taxminan mil.avv. 2-ming yillikda Misrda paydo boʼlgan. Ushbu din taʼlimotiga koʼra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr yerlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay togʼida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Yahudiylikning muqaddas kitobi Tavrotga ko‘ra, barcha insonlar bir ajdoddan tarqalgan bo‘lib, Nuh payg‘ambar o‘g‘illari davrigacha odamlar o‘rtasida irqiy kamsitish bo‘lmagan. An’anaviy yahudiy tushunchasiga ko‘ra, Nuh payg‘ambarning Xom, Som va Yofas ismli uchta o‘g‘li bor edi. Ularning har biri bir xalqning ajdodlariga aylandi. Xom xomiylar (qora tanlilar)ning ajdodi, Som somiylar (arab va yahudiylar)ning ajdodi, Yofas esa ajamlarning ajdodi edi. Ular orasida Som va uning nasl-nasabi boshqalardan ajralib turgan. Som avlodidan bo‘lgan Abar Ibrohim payg‘ambarning katta bobosi edi. Shuning uchun Ibrohim payg‘ambar ibroniy (ibri) ya’ni “Abar avlodi” deb atalgan va u gapiradigan til ibroniy (ivrit) deb nomlangan.
Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va paygʼambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik oʼzaro birlashib ketgan boʼlib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas. Barcha dinlarda boʼlgani kabi yahudiylikda ham uzoq tarixiy taraqqiyot davomida ichki boʼlinishlar yuzaga kelgan.
O‘rta asrlarda faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy kabi musulmon dinshunos olimlarining dinlar tarixiga oid asarlarida milliy din hisoblangan yahudiylik dini doirasida paydo bo‘lgan oqimlar e’tiqodlari ham zikr qilingan. Bunda olimlar “73 firqa hadisiga” tayanishgan. Oqimlar aqidasi esa ularning Tavrot va “xaloskor” (Messiah, Meyshah)ga bo‘lgan ishonchlari asosida yoritilgan.
Ushbu maqolada o‘rta asr manbalari asosida yahudiylik oqimlari e’tiqodlarining o‘xshash va farqli jihatlari tahlil etilgan.
Yuklab olishlar
Bibliografik manbalar
Allison, D. C. (1998). Jesus of Nazareth: Millenarian Prophet. – Minneapolis: Fortress, 1998.
Andalusiy, I. H. (2006). Al-Fisol. – Bayrut, 2006.
Beruniy, А. R. (1968). Tanlangan asarlar / tarj. А.Rasulov (Т. 1). – Toshkent: O'zbekiston, 1968.
Bulut, H. I. (2004). Seviyye (Islam Dunyasinda Ortaya Cikan Ilk Yahudi Mezhebi). // Ekev Academic Review, 8.18. – PP. 297 – 318.
Friedlaender, I. (1912). Shiitic Elements in Jewish Sectarianism. // The Jewish Quarterly Review (Vol. 3, No. 2). – PP. 242 – 243.
Gündüz, Ş. (2007). Yashayan dunya Dinleri. – Ankara: Diyanet Ishleri Bashkanlıgı Dini Yayınlar Dairesi Bashkanlıgı, 2007.
Parzen H. (1932/33). The Problem of the Ibrim (“Hebrews”) in the Bible/ // American Journal of Semitic Languages and Literatures. (49). – PP. 254–261.
Joseph Jacobs, M. S. (1913). Isḥaḳ ben Ya'ḳub Obadiah Abu 'Isa al-Isfahani // The Jewish Encyclopaedia (Т. Vol. 6.). – New York: The Kopelman foundation, 1913.
Kutluay, Y. (1965). Islam ve yahudi mezhepleri. – Ankara: Ajans-Turk matbaasi, 1965.
Mansur, A. (2016). Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2016.
Maqdisiy, T. (1919). Аl-Baʼd va-t-tarix // (Т. IV). – Bagʼdod : Maktaba as-saqofa va-d-diniya, 1919.
Marcus, J. R. (1999). The Jew in the Medieval World: A Source book, 315-1791. – Cincinnati: Hebrew Union College Press, 1999.
Muqaddas Kitob. (2016). Toshkent: Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti. –2016.
Musayriy, А. (1999). Mavsua al-yahud va-l-yahudiya va-s-sahyuniya // (Т. V). – Qohira : Dor ash-shuruq, 1999.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. J. 4. (2002). – Toshkent: O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2002.
Qirqisoniy, Y. (2019). Kitob al-anvor va-l-maroqib. – Qohira : Аl-hayʼa al-misriya al-omma li-l-kitab, 2019.
Shahristoniy, A. (2003). Al-Milal va-n-nihal. – Bayrut, 2003.
Yusuf, S. M. (2017). Hadis va Hayot. // J. 20. – Toshkent: Hilol-nashr, 2017.
Murodjon, A. M. M. (2023). THE DEVELOPMENT OF ISLAMIC SCIENCES DURING THE SELJUK SULTAN SANJAR PERIOD. // EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 8 (5). – PP. 437 – 440.
SHAKHRISTANI, I. M. A. M., & WORK, H. NIHAYAT AL-IQDAM FI'ILM AL-KALAM.

