Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

Natijalar topildi: {$count}.
  • NAJMIDDIN  KUBRONING “TA’VILOT AN­NAJMIYA” ASARIDA  DOVUD PAYG‘AMBAR  OBRAZI:  GERMENEVTIK TAHLIL

    Durbek RAKHIMDJANOV, Ziyoda YAKUBOVA (Muallif)

    Najmiddin Kubroning “Ta’vilot an-Najmiya ” kitobi islom adabiyotida markaziy о ‘rin egallaydi va tasavvujiy tafsirning muhim namunasi hisoblanadi. Muallif Qur ’on matnining ichki, ruhiy vafalsafiy ma ’nolarini ochib berishga intiladi hamda bunda an ’anaviy tarixiy talqin doirasidan chiqmaydi. Najmiddin Kubro asarida payg ‘ambarlar obrazlariga alohida e ’tibor qaratilib, ular insonning ruhiy rivojlanishining ramziy modellar sifatida ко ‘rib chiqilgan. Shu nuqtai nazardan, Dovud (a.s.) qissasi axloqiy-falsafiy jihatlarni о ‘zida mujassam etgan ко ‘p qatlamli talqinga ega.
    Najmiddin Kubro Dovud (a.s.)ni nafaqat tarixiy shaxs, balki podshoh va payg ‘ambar sifatida ham tasvirlaydi, и doimiy ichki kurash holatida bo ‘Igan. Uning hayoti aql va nafs о ‘rtasidagi qarama-qarshilikni ramziy tarzda ifodalaydi. Muallif Dovud (a.s.)ning g‘alabalari va sinovlariga ruhiy mazmun bag‘ishlaydi. Dushmanlar ustidan qozonilgan g ‘alabalar ichki tabiatniyengishni ifodalasa, tavba va ibodat lahzalari ruhiy poklanish va Yaratganga bo ‘Igan muhabbat ramziga aylanadi.
    “Ta’vilat an-Najmiya ” asarida Dovud (a.s.) qissasining yoritilishi Najmiddin Kubro nazarida payg ‘ambarlar yo ‘li ichki о 'zgarishyo ‘li ekanini ко ‘rsatadi; buyo ‘Ida о ‘z ustidan g‘alaba qozonish, tavba va ilohiy muhabbat ma’naviy yuksalishning asosiy unsurlari hisoblanadi.
    Ushbu maqolada Najmiddin Kubroning “Ta’vilot an-Najmiya” asari islom adabiyotida va tasavvufiy tafsirning muhim namunasi ekani о ‘z ifodasini topgan. Maqolada Dovud (a.s.)ni nafaqat tarixiy shaxs, balkipodshoh vapayg'ambar sifatida ham tasvirlagan oyatlar tadqiq qilingan.

    50-57
    132
    7
    23-05-2026
  • FIQHIY MAZHABLARDA OHOD XABARNING HUJJAT SIFATIDAGI O‘RNI

    Nigora Alisherovna KHAKIMOVA, Soliha Obidjon qizi YODGOROVA (Muallif)

    Mazkur maqolada ohod xabar tushunchasi va uning fiqhiy mazhablarda hujjat sifatidagi o‘rni va uni qabul qilishdagi metodologik mezonlar ilmiy-nazariy jihatdan keng qamrovli tahlil qilingan. Ohod xabar (xabar al-vohid) islom huquqi manbalari tizimida zonniy (ehtimoliy) dalil sifatida baholanishiga qaramay, amaliy-shar’iy hukmlarni chiqarishda muhim o‘rin egallashi ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqotda hanafiy, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhablarining ohod xabarni qabul qilish mezonlari va metodologik yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Ohod xabarni qabul qilishning beshta ittifoq qilingan sharti (roviyning musulmon, oqil, adolatli, rostgo‘y va zabt sohibi bo‘lishi) hamda hanafiy va molikiylarning qo‘shimcha talablari batafsil yoritilgan. Molikiylar Madina ahli amaliyotiga (amal ahli Madina) zid bo‘lgan xabarlarni rad etgan bo‘lsalar, hanafiylar xabarning umum al-balvo (har bir musulmonga tegishli masala bo‘lib uning hukmini bilishga butun jamiyat muhtoj bo‘lishi) doirasida bo‘lmasligi, roviyning faqih bo‘lishi, rivoyatning qat’iy sobit bo‘lgan shar’iy asoslarga  zid  bo‘lmasligi kabi qo‘shimcha shartlarni ilgari surganlar. Shofeiy va hanbaliy mazhablari esa sahih isnodni asosiy shart deb bilgan holda, ohod xabarni nisbatan kengroq doirada qabul qilganlar.


    Shuningdek, maqolada ahli ra’y va ahli hadis maktablari o‘rtasidagi metodologik farqlar atroflicha yoritilgan. Ohod xabarning qiyos bilan o‘zaro munosabati, xususan, hanafiy mazhabida Karxiy va Dabusiy o‘rtasidagi roviy faqihligi haqidagi nazariy ixtiloflar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida, mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflarning hadisni inkor etishdan emas, balki uni talqin qilish va huquqiy dalil sifatida qo‘llashdagi yondashuvlardan kelib chiqqani asoslab berilgan.


    Natijada, ohod xabar islom huquqi manbalari tizimida muhim dalil sifatida o‘z o‘rniga ega ekani va mazhabdagi tafovutlar fiqhiy qarashlarning boyligini namoyon etishi xulosa qilingan.

    17-22
    5
    5
    24-07-2026
  • RISOLAT TUSHUNCHASI VA UNING TARIXIY, SIYOSIY VA GʼOYAVIY ROLI

    Farrukh KUSHBAYEV (Muallif)

    Maqolada “risolat” tushunchasining lug’aviy jihatdan mazmun-mohiyati ochib berilgan bo’lib, keying o’rinlarda esa mazkur tushunchaning tarixiy jarayon sifatida arab va musulmon xalqlari hayotida tutgan o’rni tahlil qilingan. xususan, lug’at kitoblarida ushbu so’zning anglatgan ma’nosi va ishlatish o’rinlari hamda islom dinining bosh manbasi bo’lmish Qur’oni karimda uning qo’llanilishi holatlari qiyosiy tarzda o’rganilgan. Qur’on ma’nolarining o’zga tillarga, xususan o’zbek, rus, ingliz tillariga akademmik hamda ana’anaviy tarjima va tafsirlarida risolat so’zi qay tarzda tarjima etilgani ham birma-bir taqqoslash asosida – ilmiy tadqiqotning qiyoslsh uslubidan foydalangan holatda yoritilgan. Shu bilan bir qatorda, o’rta asrlar Arab jamiyatida yuz bergan risolat odamlarning ijtimoiy, madaniy hayotida sodir bo’lgan tub o’zgarishlar tarihiy faktlar va Qur’on oyatlari vositasida qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda, boshqa olimlarning ham ilmiy tadqiqotlaridan foydalanilgan.

    85-92
    22
    3
    02-07-2026
  • IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI

    Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)

    Dinshunoslik fani insoniyatning madaniy, maʼrifiy, fikriy tarixini o‘z ichiga olgan gumanitar fanlar qatoriga kiradi. Bu fanning yirik tarmog‘i hisoblangan qiyosiy dinshunoslik sohasi ham nafaqat G‘arbda, balki, o‘rta asr musulmon Sharqida ham alohida o‘rganilgan. Qiyosiy dinshunoslikning ilk asoschilari ham aynan musulmon olimlari hisoblanadi. Ular qatoriga Beruniy, Ibn Hazm, Shahristoniy, Kalbiy kabi bir qator olimlarni kiritish mumkin. Xususan, Ibn Hazm Andalusiy ham ilk bor dinlarni qiyosiy o‘rgangan musulmon olimlardan biri hisoblanadi. Beruniy va Ibn Hazm islom renessansi davrining yirik namoyondalaridan bo‘lib, ularning qiyosiy dinshunoslik sohasi bo‘yicha yozib qoldirgan asarlari soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Bu ikki qomusiy olimni dinshunoslar “Qiyosiy dinshunoslik sohasining otalari” deya e’tirof etishadi. Ular yozib qoldirgan asarlar hozirgi kunga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va qiyosiy dinshunoslik sohasi tadqiqotchilari uchun asosiy manbalar bo‘lib xizmat qilmoqda.


    Ushbu maqolada musulmon olamida qiyosiy dinshunoslik sohasining asoschilaridan biri hisoblangan Ibn Hazm Andalusiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va diniy muhit, shuningdek, olimning ilmiy merosi, uning bizgacha yetib kelgan asarlari, bir qator islomshunos va dinshunos olimlarning Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabatlari, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarining yozilish tarixi, asarda firqalar tasnifi va bu asarning dinlar va ulardagi firqalar tarixiga oid manbalar orasida tutgan oʻrni haqida ma’lumotlar keltirilgan.


    Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi  ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va ob’yektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar batafsil bayon qilingan.

    41-48
    7
    2
    23-07-2026
  • TURKISTONDAGI (1867-1920) AN’ANAVIY TA’LIM TIZIMINING OLIY MAKTABLARI

    Abduvakhob UMAROV (Muallif)

    Ushbu maqola Turkiston oʻlkasi anʼanaviy taʼlim tizimining oliy pogʻonasi – madrasalarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada ushbu toifadagi ta’lim muassasalarining soni, ulardagi o‘quvchilar soni, ta’lim shakli, o‘quvchilarning ichki hayoti, madrasalar binolari tuzilishi, kutubxonalar batafsil bayon etilgan. Madrasalarning ikki bosqichli oʻquv dasturiga (qisqa va toʻliq) alohida urg‘u berib o‘tilgan. Maqolada madrasaning toʻliq kursini tamomlagan insonlar nafaqat fiqh va ilohiyot ilmini, shuningdek, falsafa, sheʼriyat, tarix va boshqa ilm sohalaridan chuqur bilimga ega oliy ma’lumotli mutaxassis boʻlib yetishib chiqqanliklari taʼkidlangan.


    Shuningdek, madrasada ayrim talabalar fiqh va ilohiyotdan tashqari amaliy tabobat bilan ham shug‘ullanib, kimyo fanini o‘rganganlar. Tibbiyot bilan shug‘ullanayotgan talabalar mashhur o‘rta asr faylasuf, tabib Ibn Sinoning “Al-qonun fi-t-tibb” asarini o‘rganishgan.


    Maqolada Chor Rossiya maʼmuriyatining mintaqadagi anʼanaviy maktablarga nisbatan siyosati tahlil qilingan. Xususan, chor maʼmuriyati vakillari oʻlkadagi anʼanaviy taʼlim muassasalariga faqat bir tomonlama yondashishgan (anʼanaviy islom maktabini “qoloq” deb hisoblash) va ushbu muassasalarning faoliyat yuritishidan maʼnosi va maqsad yo‘q deb hisoblashgan. Shu bilan birga, an’anaviy ta’lim muassasalarining ta’siri, o‘ziga xosligi va mahalliy aholining hayotidagi muhim o‘rnini e’tibordan chetda qoldirishgan.


    An’anaviy maktablarga e’tibor bermaslikning asosiy sababi – Yevropa va Rossiya imperiyasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan tabiiy fanlarning (fizika, matematika, biologiya va boshqalar) o‘quv rejasida yo‘qligi bo‘lishi mumkin.


    Shunga qaramay, maqolada ta’kidlanadiki, Chor Rossiya ma’muriyati amaldorlari tomonidan mintaqadagi an’anaviy musulmon ta’limi tizimini bir tomonlama qoralash asossizdir. Chunki musulmon maktabi o‘zining ta’lim va tarbiya vazifalarini bajarib, musulmonlarning ma’naviy va hayotiy ehtiyojlarini qondirib kelgan.

    31-37
    24
    3
    16-07-2026
  • SALJUQIYLAR DAVRI TARIXI YORITILGAN O‘RTA ASRLARGA OID MANBALAR TAHLILI

    Pirnazar Sardor o‘g‘li RAJAPOV (Muallif)

    Ushbu maqolada saljuqiylar davri tarixi yoritilgan o‘rta asr manbalari tahlil qilingan. Mazkur manbalar musulmon va xristian tarixchilar tomonidan arab, fors, turkiy, yunon, gruzin, arman va suryoniy tillarida yozilgan. Tahlil jarayonida asar muallifi va u yashagan davr ilmiy muhiti, manba yozilgan til, asarning tarkibi va umumiy mazmuni, bugungi kunda manbaning zamonaviy nashrlari va tarjimalari kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.


    Tahlil qilingan asarlarning aksariyatini arab va fors tilidagi manbalar tashkil etadi. Saljuqiylar davri tarixi yoritilgan turk tilidagi o‘rta asr manbalari deyarli uchramaydi. Vizantiya manbalari esa Buyuk Saljuqiylarning tarixi bilan faqatgina Anadolu fathi nuqtai nazaridan bog‘liqdir. Shunga qaramay, Vizantiya manbalari Anadolu Saljuqiylari davri tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.


    Gruzin manbalarida esa nafaqat saljuqiylarning Kavkazga harbiy yurishlari, balki Anadoluda aholining turkiylashuv jarayonlari va saljuqiy turklar haqida yorqin ta’rif va ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, Anadoluda yashagan arman va suryoniy mualliflarning bevosita tarixiy hodisalarda ishtirok etishi ularga saljuqiy turklar haqida to‘g‘ri va xolisona ma’lumotlar berish imkonini bergan.


    Saljuqiylar davri Islom tarixining uch asrini qamrab olgan boʻlsa-da, bu davrda Islom sivilizatsiyasida erishilgan yutuqlar to‘laqonli ochib berilmagan. Buning sababi saljuqiylar davri tarixi yoritilgan manbalarning salmog‘i bilan bog‘liq. Darhaqiqat, saljuqiylar hukmronligining muhim voqealarga boy bo‘lgan dastlabki davri, ya’ni XI-XII asrlarga oid manbalar keyingi asrlardagi manbalarga nisbatan kamroq. Buning ustiga XI-XII asrlarda yozilgan tarixiy asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelmagan.

    38-46
    5
    3
    16-07-2026
  • ИСЛОМДА ҚОЗИЛИК МАҲКАМАЛАРИ ФАОЛИЯТИ (X-XIII АСРЛАР)

    Ilhomjon BEKMIRZAEV (Muallif)

    Maqola dunyo islom va tarixiy ilm-fanning so'nggi yutuqlari, xulosalari va usullariga asoslangan. Tarixiy-qiyosiy usul manbalarni, shu jumladan Hanafiy qonunining turli qo'lyozmalarini va arab tilida yozilgan boshqa manbalarni o'rganish uchun ishlatilgan, ular O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Qo'lyozmalar fondida mavjud.


    Maqola mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning etakchi olimlari Jozef Mine, Monika Gronke, Ulrich Rebstok, Chexata Chafik, Emil Tyan, Chalmeta P tomonidan ilgari surilgan O'rta Osiyo tsivilizatsiyasi tarixiga oid tavsiyalar, tadqiqot natijalari va tushunchalariga asoslanadi; Carriente F., Riberta J., Asin, Janette A. Wakin, Michael Thung, Wael Xallak, Karl Brockelmann.


    Maqolaning maqsadi X-XIII asrlarda Transoksiyada ilohiyotshunoslik fanining rivojlanishida huquqiy hujjatlarga oid adabiyotlarning rolini ta'kidlash. Bundan tashqari, ushbu ishning jamiyatimiz madaniy hayotidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhimligini ta'kidlash. X-XIII asrlarda Islom dunyosida va transoksiyaliklarda jamoat hayotining muhim qismi bo'lgan huquqiy hujjatlarning tarixiy-huquqiy shakllari, nazariy va amaliy asoslarini yoritib berishdir.


     

    98 - 109
    36
    10
    28-06-2026
  • MUSULMON  OLIMLARINING  DINLARNI TADQIQ  ETISHDAGI  USLUBLARI

    Muborakxon IBROHIMOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari tarixiy, nazariy va metodologik jihatdan keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan dinshunoslik yondashuvlarining manbalari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning zamonaviy dinshunoslikfanidagi о ‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Xususan, Qur’on va hadisda boshqa dinlarga munosabat masalasi, ilk musulmon olimlarining ilmiy xolislik va bag ‘rikenglik tamoyillariga asoslangan qarashlari tadqiq etilgan.
    Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Shahristoniy, Ibn Hazm, Farobiy, Ibn Sino kabi buyuk musulmon mutafakkirlarining asarlari asosida tarixiy-taqqoshlash, manbashunoslik, filologik-tahliliy, ratsional-falsafiy, empirik va fenomenologik uslublarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida qo ‘llangan empirik va qiyosiy metodlar, Shahristoniyning «Al-Milal va-n-nihal» asaridagi tizimli tasniflash uslubi, Ibn Hazmning matnshunoslikka asoslangan tanqidiyyondashuvi alohida ilmiy tahlil qilingan. Musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari G'arb dinshunosligi metodlari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy diniy tadqiqotlar, konfessiyalararo muloqot va diniy bag ‘rikenglikni ta ’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bugungi globallashuv sharoitida diniy ekstremizm va mutaassiblikka qarshi ilmiy yondashuvlarni rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kash etadi.
    Mazkiir maqola dinshunoslik, islomshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda mutaxassislar uchun ilmiy-uslubiy manba ho ‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ushhu maqolada musulmon olimlarining dinlarni tadqiq etishdagi uslublari keng qamrovli va ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqotda islom ilmiy an 'anasida shakllangan metodologik yondashuvlar, xususan, isnod va rivoyat tanqidi, usul al-fiqhga tayangan matn tahlili, maqosid ash-shari'a konsepsiyasi, bahs va munozara madaniyati hamda polemik adabiyot an ’analari batafsil yoritilgan. О ‘z navbatida, dinlarni tarixiy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy kontekstda о ‘rganishga asoslangan yondashuvlar ham tahlil qilingan. Maqolada musulmon olimlarining boshqa dinlarga oid ma ’lumotlami asl manbalar orqali о ‘rganishga intilgani, ilmiy xolislik, mantiqiy dalillash va metodologik aniqlik tamoyillariga amal qilgani asoslab berilgan. Tadqiqotjar ayonida dinlarningjamiyat hayotidagi о ‘rni, diniy ta 'limotlarning ijtimoiy va axloqiy funksiyalari ham e’tiborga olingan. Maqola musulmon dinshunoslik merosining zamonaviy qiyosiy dinlar tadqiqoti va umumiy dinshunoslikfanini rivojlantirishdagi nazariy va metodologik ahamiyatini ochib berilgan.

    66-76
    90
    8
    23-05-2026
  • ZOHID  KAVSARIY VA  UNING  ILMIY MEROSINI  O‘RGANISHGA  OID ZAMONAVIY TADQIQOTLAR

    Boburshox XABIBIDINOV (Muallif)

    Mazkur maqolada hanafiy fiqhining so 'nggi davr yirik namoyandalaridan biri — Muhammad Zohid al-Kavsariy (1879-1952) hayoti, ilmiy faoliyati va merosining zamonaviy islomshunoslikdagi o'rni tahlil qilingan. Tadqiqotda olimningfiqh, usuhd-fiqh, kalom, hadis va manbashunoslik sohalaridagi asarlari, ularning ilmiy-metodologik yondashuvlari hamda hanafiy!ik maktabining keyingi rivojlanish bosqichlariga ко ‘rsatgan ta siri chuqur о 'rganilgan. Zohid Kavsariy о 'z davrida diniy tafakkurda ijtihodiy fikr yuritish, ilmni zamon ehtiyojlari bilan uyg 'unlashtirish, shuningdek. shariatni zamonaviy ijtimoiy muammolarga tatbiq etish g 'oyalarini ilgari slogan.
    Uning "Maqolot”, “al-Tanbih al-waqi'at" va “aliiavi fi tarajim al-Hanafiyya ” kabi asarlari nafaqat fiqh ilmi, balki musulmon tafakkurining metodologik asoslarini mustahkamlashda ham muhim о ‘rin tutadi. Kavsariy ilmiy merosida hanafiy fiqhi va kalom о ‘rtasidagi о ‘zaro bog ‘liqlik, diniy-mantiqiy tafakkurning falsafiy asoslari, shuningdek. manbashunoslik yondashuvining yangi tamoyillari yoritilgan. Tadqiqotda tarixiy-taqqosiy, kontent-tahlil va manbashunoslik uslublari qo 'llanilib, Kavsariy merosiga zamonaviy arab, turk va о ‘zbek olimlari tomonidan berilgan baholar tahlil qilingan.
    Maqolada Kavsariy fikrlarining bugungi islomshunoslikda, xususan, fiqhiy yondashuvlarning modernizatsiyasi va ma 'rifiy tafakkurning rivojida tutgan о 'rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ко 'rsatadiki. Muhammad Zohid al-Kavsariy о 'z davrida ilmiy an ’analarni yangicha tafakkur bilan uyg ‘unlashtirgan, ijtihod eshigini ochiq saqlash zarurligini ta'kidlagan va diniy tafakkur mustaqilligini himoya qilgan allomadir. Uning ilmiy merosi bugungi kunda ham hanafiylik metodologiyasini, islom tafakkuri tarixini hamda diniy-ma 'naviy yangilanish g ‘oyalarini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri sifatida e ’tirof etiladi.

    81-88
    77
    5
    18-05-2026
  • HADIS TO‘PLAMLARIDA  AXLOQ VA TARBIYAGA  OID TERMINLARNING  LUG‘AVIY VA  ISTILOHIY TAHLILI

    Muhabbatxon AGZAMOVA (Muallif)

    Islom dini о zining asosiy manbalari Qur 'oni karim va hadislar orqali nafaqat ihodat masalalarini, balki axloqiy fazilatlar, jamiyatda tinch-totuv hayot kechirish, о ‘zaro hurmat, insof sabr, halollik kabi umuminsoniy qadriyatlami ham keng targ ‘ih etadi. Payg ‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning “Men go'zal xulqni mukammallashtirish uchun yuborildim ” — degan so ‘zlari hu dinning markazida axloqiy tarhiyaning turganini aniq ifodalaydi va hadis ilmidagi axloqiy-tarbiyaviy terminlarni о ‘rganish mustaqil ilmiy yo ‘nalish sifatida shakllangan. Hadis to ‘plamlarida keng o‘rin olgan “Kitob al-Adab” bohlari orqali Rasululloh (s.a.v.)ning axloqiy fazilatlari, insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosahatlarga old ко ‘rsatmalari, kundalik hayotga tathiq etilishi lozim ho ‘Igan odob-axloq me ’yorlari hayon etiladi.
    Hadis to ‘plamlarida axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi rivoyatlar alohida kitohlar va boblar shaklida jamlangan. Masalan, Imom Buxoriy о ‘zining “al-Jome ‘ as-Sahih ” asarida “Kitob al-Adab ” bobida J28 kichik bob ostida 250 gayaqin hadis keltirgan ho ‘Isa, “al-Adah al-Mufrad” nomli alohida asarini hutkul axloqiy mavzularga hag ‘ishlagan. Shuningdek, Imom Termiziyda “Kitob al-hirr va as-sila ”, Imom Muslimda “Kitob al-birr”, Imom Abu Dovudda “Kitob al-adab ”, Imom Dorimiyda “Kitab al-raqoiq ” kabi boblar mavjud ho ‘lib, ularda axloqiy-tarbiyaviy hadislarjamlangan.
    Bu hoblarda ко ‘p uchraydigan asosiy tushunchalar - adah, birr, raqoiq, zuhd, xulq, rahm, sabr, shukr kabi lug ‘aviy va istilohiy jihatdan hoy ma ’noga ega terminlar asosida shakllangan. Masalan, “adah ” lug ‘atda “go ‘zal odoh, muomala madaniyati, axloqiy go ‘zallik ” ma 'nolarini hildiradi. Istilohda esa hu - Rasululloh (s.a.v.) sunnatiga asoslangan axloqiy amallar tizimini anglatadi. “Birr ” esa “yaxshilik, ezgulik qilish ” degani bo ‘Isa, istilohda buAllohga itoat, ota-onaga ehtirom, yetimlarga mehr-shafqat kabi keng ijtimoiy xulq-atvorlarni qamrab oladi.
    Turli tnuhaddislar tomonidan tuzilgan mashhur hadis majmualari, jumladan, “Kutub as-sitta ” (old ishonchli hadis to ‘plamijda ushbu mavzuning alohida yoritilishi hadis ilmi doirasida “adab” tushunchasi qanday diniy, axloqiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini yaqqol namoyon etadi. Bu asarlarda faqat fiqhiy уoki aqidaviy masalalar emas, balki axloqiy fazilatlar, odob-axloq qoidalari, ijtimoiy muomala madaniyati va shaxsiy komillik haqidagi hadislar ham alohida bo ‘Hmlardajamlangan. Mazkur bo ‘Hmlarda axloqiy mavzular doirasi juda keng bo jib, rostgo ‘ylik, halollik, sabr-toqat, tavoze, shukr va qanoat, mehr-oqibat, saxovat, о 'zini tiyish, qo ‘shnichilik va qarindoshlik rishtalari, ota-onaga hurmat, bolalar tarbiyasi, jamiyatda tinch-totuvyashash kabi ко ‘plab axloqiy qadriyatlar atroflicha yoritilgan. Bunday mavzularning sahih hadislar asosida yoritilishi ularning din asosidagi muhim о 'rni va zamonaviy axloqning qanday ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ко ‘rsatadi.
    Ushbu maqolada hadis to ‘plamlarida axloq va tarbiyaga oid terminlar, tushunchalar lug ‘aviy va istilohiy tahlili qilingan.

    20-29
    109
    11
    18-05-2026
  • QIROATLARDAGI  MUTAVOTIRLIK SHARTLARI  BORASIDAGI  QARASHLAR TAHLILI

    Sirojiddin SHODMONOV (Muallif)

    Mazkur maqolada mutavotir qiroat tushunchasi, ta 'rifi va bu boradagi ulamolarning qarashlari tadqiq qilingan. Keltirilgan qarashlar orasidagi farqli va о ‘xshash jihatlar tahlil hamda ulardan kelib chiqadigan xulosalar taqqoslash asosida о ‘rganib chiqilgan. Qur ’on qiroatlarining sahih deb e ’tirofetilishi uchun talab qilinadigan uchta asosiy shartlarning oxirgisiga oid qarashlardagi ixtilofning sahablari va bu boradagi tadqiqotchi hamda olimlarningfikrlari bayon qilingan.
    Shu bilan bir qatorda, Ibn Mujohidning "Kitobus sab 'a ” asari atrofidagi fikrlar va qarashlar, mazkur asarda keltirilgan qiroatlarning "yetti half” hadisiga aloqasi bar yoki yo ‘qligi kabilar fundamental asarlar va zamonaviy tadqiqot hamda tahqiqlar asosida tahlil qilingan.
    Bundan tashqari, "yetti harf” hadisi aynan yetti qiroatni anglatmasligi, bu tushuncha na hadis matnida na islom ulamolarining asarlarida zikr qilinmagani, insonlar о ‘rtasida buxato tushunchaning shakllanishiga ta ’sirqilgan asosiy omillardan biri Ibn Mujohidning "Kitobus Sab ’a ” asari hisoblanishi, ushbu asar faqat yetti qiroat bilan cheklanganligi va uning keng shuhrat qozonishi natijasida, oddiy insonlar orasida ushbu yetti qiroat hadisda kelgan "yetti harf” degan asossiz xulosalarga kelinishiga sabab bo jgani bayon qilingan.

    30-38
    54
    11
    18-05-2026
  • MORFOLOGIK  TUZILMA VA  SEMANTIK YO‘NALISH  O‘RTASIDAGI  BOG‘LIQLIK (HADIS TERMINOLOGIYASIDA)

    Abdul-Razek Sadiq HILAL (Muallif)

    Hadis terminologiyasi Islom fanlarida eng muhimlaridan biri hisoblanadi, chunki и boshidanoq Payg ’ambarimizdan (sollallohu alayhi va sallam) rivoyat qilingan hadislarni baholash va tanqid qilishga qaratilgan, xoh matnni (main), xoh roviylarni (isnad) tanqid qilish orqali. Hadisshunoslar о ’zlari kelishib olgan ma 'nolarni ifodalovchi atamalarni ishlab chiqishga intilishgan. Shubhasiz, bu atamalarning morfoiogik tuzilishini о ’rganish har qanday atamani tushunishda juda muhimdir, chunki morfologiya ma ’nolarni aniqlashga sezilarli hissa qo ’shadi. Morfologiya va semantika о ’rtasidagi bog ’liqlik e ’tibordan chetda qoldirib bo ’Imaydigan aniq haqiqatdir. Bu bog ’liqlik, ayniqsa, hosilalarni о 'rganishda yaqqol ко 'rinadi, chunki ularda yangi ma ’nolar qo shadigan qo ’shimchalar mavjud. Hadisshunoslik terminologiyasi hosilalarni tuzilishi va ma ’nosi jihatidan о ’rganishga qaratilgan ushbu tadqiqot uchun boy material taqdim etdi. Tadqiqot shuni ко 'rsatdiki, hadisshunoslar о ’z atamalarining tuzilishini aniq ma ’nolarga yo ’naltirishdan to ’liq xabardor edilar. Ular о ’zgaruvchan har bir narsa uchun faol sifatdoshni va doimiy har bir narsa uchun sifatdosh sifatdoshni ishlatishgan. Shuningdek, ular main uchun roviylarni va uzatish zanjirini tasvirlash uchun foydalanganlaridan farq qiladigan hosilalar va shakllardan foydalanganlar. Tadqiqot shuni ко 'rsatdiki, bir qator muhim topilmalar hadisshunoslar о ’z terminologiyalarini yaratish va chiqarish uchun barcha mavjud lingvistik vositalardan foydalanganlar.

    53-59
    62
    5
    18-05-2026
  • TASAVVUFIY TAFSIRLARNING YUZAGA KELISHI VA  RIVOJLANISHI

    Xalima HABIBULLAYEVA (Muallif)

    Ushbu maqolada islom ilmlarining mu him у о 'nalishlaridan biri - tasawuf va tafsir ilmining shakllanishi hamda ularning о ‘zaro integratsiyasi natijasida tasavvufiy tafsirlarning paydo bo 'lish va rivojlanish bosqichlari ilmiy tahlil qilingan. Ta ’vil va tafsir tushunchalari, tasavvufga berilgan la ’riflar atrqflicha yoritilgan. Tafsir ilmi Qur ’on nozilbo 'Igan ilkdavrdan boshlab, ya’niPayg'ambar (s.a.v.) davri, sahobalar va tobeinlar davridan to hozirgi kunga qadar uzviy taraqqiy etib kelgan. Oyallarning tasavvufiy talqini ham ilk Payg’ambar (s.a.v.) davrlarida uchragani, sahoba va tobeinlar davrida yanada rivojlangani uning shakllanishida muhim asos bo ‘lib xizmat qilgan. Tasavvufiy tqfsirlar Qur ’on oyatlarining ichki, ramziy, majoziy ma ’nolarini anglashga qaratilgan bo 'lib, ushbu tafsirlarda ilhom, kashf kabi vositalardan foydalanish muhim о ‘rin egallaydi. Ishoriy tqfsirlar zohiriy ma ’noga zid bo Tmagan holda Qur ’on mazmunini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
    Tadqiqotda tasavvufiy tqfsirlar rivojlanishining besh bosqichi ajratilgan bo ’lib, ular Payg ‘ambar va sahobalar davri, ilk mutasavviflar davri, o'rta asr softy mufassirlar bosqichi, tasavvufiy tafsirlarning yuksalish davri (XIII-XVIII asrlar) va zamonaviy davr tafsirchilik (XIX asrdan to hozirgi kunga qadar) bosqichlarini о ‘z ichiga oladi. Har bir bosqichda tasavvufiy tafsirning shakli, uslubi va mazmuni tobora takomillashgan. Zamonaviy mutasavviflar tomonidan Qur ’on tafiirining ijtimoiy, axloqiy va ma ’naviyjihatlari bilan uyg ‘unlashgan holatlari ко ‘rib chiqilgan. Maqolada tasawuf ilmining tafsir bilan uzviy bog ‘liqligi, tasavvufiy tafsirlarning dastlabki shakllaridan boshlab, hozirgi kungacha yozilgan yirik ishoriy tafsirlarning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan. Tasavvufiy tafsirlarning qabul qilinishi uchun zarur bo ‘Igan shartlar va bu borada tafsir olimlarining qarashlari muhokama qilingan.

    25-32
    116
    10
    22-05-2026
  • MALAYZIYA TARIXIDA  DINIY SINKRETIZM VA  MILLIY  O’ZIGA XOSLIKNING  SHAKLLANISHI

    Guzal SHARIPOVA (Muallif)

    Ushbu maqolada Malayziyada diniy sinkretizmning evolyutsiyasi va uning ibtidoiy kommunal tizimdan postkolonial davrgacha bo ‘Igan tarixiy davomiylik bo'yicha milliy o'ziga xoslikning shakllanishiga ta’siri о ‘rganilgan. TadqiqotKota Tampan, Nya vaSungai Batudan topilgan arxeologik dalillar, jumladan, assimilyatsiya, migratsiya va madaniyatlararo almashinuvning dastlabki mexanizmlarini ко ‘rsatuvchi artefaktlar bilan tasdiqlangan ko‘p madaniyatli muhit dinamikasiga qaratilgan. Bu jarayonlar Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari orqali hinduiylik, buddaviylik va islom bilan animistik qarashlarning sintezini osonlashtirdi.
    Maqolada milodiy I-V asrlarda qabila jamiyatidan Ganga Negara va Langkasuka kabi dastlabki davlat shakllanishiga o'tish batafsil bayon etilgan, bu yerda urbanizatsiya va ijtimoiy tabaqalanish diniy sinkretizmni rag'batlantirgan. Mustamlakachilikdavrida, XVI-XIXasrlar oralig ’ida, xitoylik, hind va yavalik migrantlarning oqimi bilan etnik xilma-xillik kuchaydi, ammo 1874-yilgi Pangora shartnomasida mustahkamlangan sultonlarning diniy avtonomiyasi tufayli bag ’rikenglik an ’analari saqlanib qoldi. 1957-yildan beri mustaqillikdan keyingi davr konstitutsiyaviy islohotlar, Yangi iqtisodiy siyosat va mo ‘tadil shofiiy mazhabi, dinlararo uyg'unlik va malaylashtirish asosida o'ziga xoslikni mustahkamlagan va ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishga yordam bergan Rukunegara dasturi bilan tavsiflanadi.
    Tadqiqotning metodologik asosi tarixiylik, qiyosiy tarixiy va tizimli tahlil, muammo-xronologik usul va fanlararo yondashuv tamoyillariga asoslangan. Bu esa о z navbatida, Majid Z., Higham C., AndayaB. va boshqalar kabi mutaxassislarning asarlarini, shuningdek, arxiv manbalarini integratsiyalashga yordam beradi.
    Tadqiqot natijalari mandakatning IK.IM va SYARAK kabi davlat institutlarining rolini, mamlakatning tashqi siyosat strategiyalarini vaASEANdagi ishtirokini ta 'kidlaydi. ZOPFAN konsepsiyasiga va lining ко ‘p madaniyatli birga yashashning barqaror modelini ta’minlashdagi roliga alohida e ’tibor qaratish lozim. Yuqoridagi barcha omillar Malayziyaning hozirgi paytda uyg ‘unlik va tinchlik asosiy maqsadlar bo ‘Igan rivojlangan davlat tizimiga ega mamlakat sifatidagi mavqeiga hissa qo ‘shadi.

    58-65
    21
    6
    23-05-2026
  • MAVARANNAHRDA ABU XANIFASHAHSINING SAKRALIZATSIYA VA TRADIONALLASHTIRISH

    Raziya MATIBAEVA (Muallif)

    Numan ibn Sobit Abu Hanifaning hayoti va ijodi puxta o’rganilgan va hanuzgacha o’rganilmoqda. Mustaqil O’zbekistonda ham, Sharq va G’arbda ham uning hayotini ob’ektiv o’rganish yo’lga qo’yilgan. Uning ilmiy ma’naviy merosini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola ushbu muammoni hal qilishga urinishdir: maqtovsiz va axloqiy baholamasdan, uning ilmiy ishini tahlil qilish, doktrinani tarqatish jarayonida unga bir qator muhandislarning munosabati.


    Musulmon dunyosida Abu Hanifa shaxsiga qiziqish qadimgi ildizlarga ega. U haqida birinchi biografik kitob bundan ming yil avval Ahmad ibn Salt tomonidan yozilgan. O’shandan beri olimning tarjimai hollari alohida kitoblar va biografik to’plamlarda maqolalar shaklida ko’p yozilgan. Afsuski, ularning ba’zilari saqlanmagan va ko’pchilik hali nashr etilmagan holda ilmiy айналымga kiritilmagan.

    20-26
    61
    5
    23-06-2026
  • ALI AL-QARINING HAYOTI VA ILMIY MEROSI

    Islom UBAYDULLAYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Ali al-Qarining “Anvorul qur’on va asrorul furqon” asari haqida mulohaza yuritiladi.


    Ali al-Qarining ilmiy merosi va hayoti, ayniqsa, “Anvorul Qur’on va asrorul furqon” asari XVI–XVII asrlarda Movarounnahr va Hijozning ilmiy va ma’naviy rivojlanishida kata ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu maqolada mazkur asarni o‘rganish va tadqiq qilish asnosida Qur’on va hadis ilmi rivojlanishining o‘ziga hos jihatlari va xususiyatlari bayon qilinadi.


    Asarda ilmiy tahlil qilingan hadislarning yoshlar mafkurasi va ongiga, ularning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sirining muhim ahamiyati yoritiladi. Ilmsizlik tufayli bemazhablik yo‘liga kirib qolgan yoshlarni qaytarish, ularni to‘g‘ri tushunchalar bilan tarbiyalash zarur masalalardan biri sifatida qaraladi.


    Maqolada Ali al-Qarining ta’lim olgan ustozlari, ta’lim bergan shogirdlari va yozgan kitoblari, ilm talab qilib ko‘plab yurtlarni kezib chiqqanligi, turli mamlakatlar madaniyatidan ham bohabar bo‘lganligi va nihoyat makkada muqim yashab qolganligi haqida ham batafsil yoritilgan. Bundan tashqari olimning ilmiy merosi Hanafiy mazhabi, undagi arkonlar bo‘yicha ham naqadar nodir namuna ekanligi to‘g‘risida ham ma’lumot beradi.

    67 - 74
    66
    9
    27-06-2026
  • TATARISTON RESPUBLIKASINING MUSULMONLARINING DINI IDORASI VA UNINH TARKIBIY BO’LINMALAR VA MASJIDLARNING IJTIMOIY HAYOTIGAGI HISSASI

    Ramil ADYGAMOV (Muallif)

    Zamonaviy dunyoda dinning o’rni sezilarli darajada oshdi va musulmon diniy tashkilotlar Rossiyaning turli hududlari va xususan Tataristonning ijtimoiy hayotiga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda. Bugungi kunda Tatariston Respublikasida bir qator ijtimoiy loyihalar mavjud. Ulardan ba’zilari bevosita ma’naviy boshqaruv va uning tarkibiy bo’linmalarining tashabbusidir, loyihalarning ikkinchi qismi esa boshqa jamoat tashkilotlari homiyligida rivojlanmoqda. Ammo, ular ham ma’naviy boshqaruv qo’llab-quvvatlash bilan amalga oshirilmoqda. Ma’naviy boshqaruvning tarkibiy bo’linmalari ostida ushbu tadqiqot targ’ibot bo’limi, Zakyat jamg’armasi, kaziyat, muxtasibatlar va masjid-mahallalarni nazarda tutadi. Xayr-ehsonning ikkinchi yo’nalishini rivojlantirish Rossiya federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi kabi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, ammo ushbu tadqiqot doirasida ular tadqiqot mavzusidan tashqariga chiqqani uchun ko’rib chiqilmaydi. Tadqiqot materiallarini o’rganish va tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, bugungi kunda diniy tashkilotlar faoliyati ta’lim, sport, madaniy-ommaviy tadbirlar, xayriya va h.k. sohasiga ta’sir ko’rsatib, zamonaviy jamiyatning turli ijtimoiy muammolarini hal qilishda davlatga katta yordam ko’rsatmoqda. Shu munosabat bilan davlat organlari va Islom diniy tashkilotlarining xayriya, dam olishni tashkil etish, musulmonlarni o’qitish va tarbiyalash masalalarida o’zaro hamkorligi mintaqada barqarorlikni saqlash va mustahkamlashga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin.


    Tadqiqotning maqsadi: musulmon diniy tashkilotlarning Tatariston Respublikasining ijtimoiy hayotiga qo’shgan hissasini aniqlashdan iborat.


    Tadqiqot materiallari: tadqiqot manbasi asosan internetdagi Islomiy diniy tashkilotlarning faoliyati, shuningdek, muallifning faoliyati davomidagi erkin kuzatuvlari bo’yicha nashrlardan iborat.


    Tadqiqot natijasi: tadqiqotimiz natijasida Tatariston Respublikasida diniy tashkilotlarning asosiy faoliyati va ularning ijtimoiy hayotga ta’siri o’rganildi.


    Tadqiqotdagi yangicha yondashuv: ushbu tadqiqot doirasida birinchi marta Islomiy diniy tashkilotlar faoliyatiga oid materiallarning kompleks tahlili amalga oshirildi.

    40 - 45
    9
    3
    06-07-2026
  • MUSULMON MAMLAKATLARIDA AHOLINI DERADIKALIZATSIYA QILISHDA QO‘LLANILADIGAN FATVOLARNING TARTIBGA SOLUVCHI ROLINI ILMIY-USLUBIY O‘RGANISHNING AYRIM XUSUSIYATLARI

    Bakhromjon MAMADIEV (Muallif)

    Maqolada musulmon mamlakatlarida aholini deradikalizatsiya qilishda qo‘llaniladigan fatvolarning tartibga soluvchi rolini ilmiy-uslubiy tadqiq qilish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ob’ekti – Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari tomonidan aholi ongini deradikalizatsiya qilishga qaratilgan fatvolar va predmeti – fatvolarni tartibga soluvchi roli va qo’llash jarayonlari.


    Mavzuni o’rganish tarixiy, teologik, huquqiy, ijtimoiy-psixologik va siyosiy jihatlarni taqdim etadi va qo’yilgan vazifalarni hal qilish uchun bir qator ilmiy yondashuv va usullarni talab qiladi. Teologik va akademik yondashuvlarni qo’llashning ahamiyati asoslanadi.


    Teologik yondashuvga ko’ra, ijtimoiy va boshqa barcha jarayonlar ilohiy nuqtai nazardan izohlanadi. Shuning uchun, asosan, jamiyatning real hayoti emas, balki diniy manbalarning tegishli normalari o‘rganiladi. Bu ilmiy yondashuv islom hukmlari va ularning asosiy tarkibiy qismlarini o‘rganishda qo‘l keladi. Tanlangan fatvoning har bir asosi – sura, Qur’on oyati, hadis yoki nufuzli ulamolarning xulosasi avvalo, diniy nuqtai nazardan tahlil va ko’rib chiqilishi kerak. Ammo, agar tadqiqot teologik jihat bilan bir qatorda tadqiqot ob’ekti va predmetining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa xususiyatlarini o’rganishni talab qiladigan radikallashuv muammosini nazarda tutsa, bu yondashuv amaliy xulosalar bermaydi. Shunday qilib, ilohiy yondashuv bilan bir qatorda akademik islomshunoslik yondashuvlarini ham qo‘llash muhim ahamiyatga ega.


    Fatvolarning umumiy shakllari, turlari, munosabatlari, qoida va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ularning shakllanishi, qo‘llanilishi va samaradorligi bo‘yicha to‘plangan tajribalarni o‘rganuvchi qiyosiy metod ushbu tadqiqotning ilmiy-uslubiy asosining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usul fatvolarning oʻxshash shakllarini, shuningdek, oʻrganilayotgan har bir davlatning holati va sharoitiga qarab farqlarini ochib beradi.


    Fatvolarni shakllantirish xususiyatlarini aniqlash uchun genetik usulni qo’llash kerak, ya’ni, ijtimoiy hodisalarni ularning rivojlanishini tahlil qilish asosida o‘rganish usuli. Ushbu ilmiy usulni qo’llashning ahamiyati birlamchi muammoni - ma’lum bir diniy masala bo’yicha paydo bo’lgan tushunmovchilik yoki nizoni aniqlash zaruratidadir.Fatvoning muhim tarkibiy qismi Qur’on me’yorlari, sunnat va nufuzli ulamolar xulosalariga tayanish bo’lib, chuqur tahlil qilish uchun rivoyat, mazmun tahlili usullarini, shuningdek, empirik yondashuvni qo’llash maqsadga muvofiqdir.

    46 - 55
    22
    3
    06-07-2026
  • IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL” ASARIDA XRISTIANLIK OQIMLARI TARIXI

    Saidumarxon BURGUTXONOV (Muallif)

    Musulmon sharqida dinlarni o‘rganish an’analari boy tajribaga va o‘ziga xos uslubiyat hamda tamoyillariga ega bo‘lib, bu sohaning keyingi rivojiga, uning ko‘p tarmoqli yaxlit fanga aylanishiga mustahkam asos sifatida xizmat qilgan. XIX asr o‘rtalarida G‘arb dinshunosligi vujudga keldi va mustaqil fan sohasi sifatida e’tirof etildi. Natijada, ko‘pgina manba va adabiyotlarda dinshunoslik fani Yevropa mamlakatlarida paydo bo‘lgan, degan fikr ommalashib ketgan. Yevropada dinshunoslik XIX asrga kelibgina shakllana boshlagan bir paytda musulmon sharqi bu borada anchagina taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tib, boy tajribaga ega edi.


    Ushbu maqolada musulmon olimlarining Ibn Hazm Andalusiy ilmiy merosiga munosabati, xususan, uning qalamiga mansub “al-Fisol fil-milal val-ahva van-nihal” asarida xristianlikdagi firqalar tarixi va ta’limotlari yoritilgan. Shuningdek, xristianlik haqida ma’lumot beruvchi asarlar orasida bu asarning tutgan oʻrni tadqiq qilingan. Ibn Hazm Andalusiyning “al-Fisol fi-l-milal va-l-ahva va-n-nihal” sari Sharq qiyosiy dinshunosligiga oid ilk manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar milal va nihal janrida yozilgan asarlar qatoriga kiradi. Asarda yakkaxudolik va ko‘pxudolik dinlari ta’limotlari, ulardagi firqalar, oqim va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Turli dinlardagi ta’limotlar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, farqli va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Muallif dinlar ta’limotlarini bayon qilishda tanqidiy tahlil va obyektiv munosabat bildirgan holda yondashgan. Shuningdek, asarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlari ta’limotlari qiyoslanib, ushbu dinlar doirasida bo‘linish va firqalarning yuzaga kelish tarixi, har bir firqaning qarash va ta’limotlari, ular keltirgan dalillar tahlil etilgan. Ibn Hazm Andalusiy xristianlik firqalarini funksional uzluksizligiga qarab tasniflaganligi, Xristianlik bilan o‘zaro munosabatda shakllangan firqalar haqidagi qarashlari, Ibn Hazm xristianlik firqalarining asoschilari, ularning tarixiy taraqqiyoti va qaysi hududlarda ta’sir ko‘rsatganligi haqida ma’lumot berish bilan birga, manbalarda uchramaydigan ba’zi firqalarning qarashlarini ham tushuntirgan.


    Shuningdek, Ibn Hazm ushbu asarida Xristianlik Oriyoniylik(Arianizm), Bulyoniyya(Paulizm), Makedoniylik(Makedonius), Barbariylik(Barabarizm), Nasturiylik (Nestorianizm), Ya’qubiylik(Yakobizm), Marqyuniylik(Markanizm), Maruniylik(Maronizm) firqalari tarixi va eʼtiqodlari haqida qimmatli maʼlumotlar bergan.

    40-48
    5
    2
    16-09-2026
  • “РАБИЪУЛ-АБРОР” АСАРИДАГИ ҲАДИСЛАРНИНГ АСОСЛИЛИГИ

    Bakhodir PIRMUKHAMEDOV (Muallif)

    Zamaxshariy o'z zamondoshlari, hattoki, o'zidan keyin kelgan olimlar orasida peshqadam va zamonaviy olim edi. U arab kutubxonasini islom ilmlarining turli yo'nalishlariga oid bebaho asarlari bilan boyitdi. Zamaxshariyga zamondoshlari va undan keyin ijod qilgan olimlarning tomonidan qilingan tanqid va malomatlar allomaning ilmiy o'rni va muvaffaqiyatidan dalolat qiladi.   


    Zamaxshariy o'z asarlarida o'ziga xos yo'l tutgan, u o'z fikri q qadrlanishi va mantiqiy natijalarga erishish uchun axloqiy va didaktik ahamiyatga ega bulgan. Uning ko'pgina asarlari hadis, she'r va aforizmlardan ko'plab iqtiboslarni o'z ichiga oladi. Allomaning hadis ilmiga xos asarlari bo'lib, ulardan biri - “al-Foiq fi g'aribi-l-hadis” asaridir. Asar g'arib hadislar uchun eng muhim lug'atlaridan biridir. Hadis ilmining mukammal bilishi, bizni u ko'pgina asarlarida “zaif” va “mavzu” hadislarga tayanadi deydiganlarga qarshi turishga chorlaydi. Ularga javob berish uchun odob-axloq kitoblari sarasidagi muhim kitoblardan hisoblanuvchi “Rabi'u-l-abror va nususu-l-axyor” kitobidagi namunalar asosida izlandik. Alloma bu asarini hadis nabaviy, sahoba, tobe'in, shoir va donishmandlarning fikrlari asosida yaratgan.

    31-37
    14
    7
    18-07-2026
  • ABUL MAOLIY MUHAMMAD IBN UBAYDULLOHNING “BAYONUL ADYON” ASARI – SHARQ QIYOSIY DINSHUNOSLIGI MANBASI SIFATIDA

    Mumin Mirzo ABDUPATTAEV (Muallif)

    Mazkur maqola XI asrda Xurosonda yashagan olim Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh Husayniy Alaviyning fors tilidagi ilk qiyosiy dinshunoslik asari hisoblangan «Bayonul adyon» tahliliga bag‘ishlangan.


    Muallif Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning hayoti haqida manbalarda ma’lumotlar cheklangan bo‘lsa-da, asarning mazmuni va unda keltirilgan ayrim ma’lumotlar olimning G‘aznaviylar saroyiga yaqin, jamiyatda yuksak mavqega ega va chuqur ratsionalistik tafakkurli olim bo‘lganini ko‘rsatadi. Asarda muallifning turli din va firqalarni xolis tahlil qilishi, ayniqsa, “73 firqa” hadisi asosida islomdagi guruhlarni tasniflash uslubi ko‘rib chiqilgan. Maqolada Abul Maoliyning o‘zi sunniy-hanafiy an’anasiga mansubligi asardagi fiqhiy va aqidaviy ishoralar orqali dalillangan.


    Maqolada asarning qo‘lyozma nusxalari taqdiri, xususan, eronlik mashhur muarrix Abbos Iqbol Ashtiyoniy tomonidan amalga oshirilgan ilk tanqidiy nashr va keyinchalik Muhammad Taqiy Donishpajuh tomonidan asarning to‘liq nusxasi topilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar ham batafsil bayon etilgan. «Bayonul adyon» asari umumiy  besh bobdan iborat bo‘lib, u nafaqat diniy ta’limotlar, balki XI asr musulmon dunyosining geografik va antropologik tasavvurlarini ham o‘zida aks ettiradi. Ayniqsa, muallifning turli xalqlar, jumladan, islomdan avvalgi turklar va hindlarning iloh haqidagi tasavvurlari borasidagi kuzatuvlari diqqatga sazovordir. Asar fors tilining eng go‘zal va nodir namunalaridan biri sifatida islom mazhablari tarixi (maqolot) an’anasida o‘chmas iz qoldirgan.


    Shuningdek, “Bayonul adyon” asarining manbalari sifatida Abu Zayd Maqdisiy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Horun Varroq va Abul Hasan Muhammad ibn Yusuf Amiriy Nishopuriy kabi mutafakkirlarning asarlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot yakunida asarning besh bobdan iborat tarkibi, undagi islomdan oldingi dinlar (zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik) hamda g‘ayriilmiy da’volar bilan chiqqan soxta payg‘ambarlar haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati ochib berilgan.

    43-49
    7
    2
    24-07-2026
  • O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGI: HAMKORLIK VA ISTIQBOL

    Javoxirxon A. SOBIROV (Muallif)

    Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti, uning rivojlanish bosqichlari va O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi ishtiroki yoritilgan. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi yaqin hamkorlik, hozirgi geosiyosiy keskinlik va buning natijasida jahon siyosatidagi notinchlik siyosiylashtirilmagan va noharbiy tashkilotlarning ahamiyati ortib borishida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun muqobil platforma bo‘lishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qilishi yoritib berilgan.


    Turkiy mamlakatlar yangi tashkilotining asosiy vazifasi shundaki, endi son emas, balki sifat ustida ish olib boriladi. Muxtasar qilib aytganda, a’zo davlatlar manfaatlariga haqiqatan ham juda mos keladigan sohalarga e’tibor qaratish va bu boradagi asosiy yo‘nalishlarga urg‘u berish lozim. Agar ushbu sohalarda yaxshi natijalarga erishilsa, bugungi kunda ustuvor bo‘lgan boshqa sohalarni rivojlantirish osonroq kechadi. Masalan, birinchi bosqichda iqtisodiy hamkorlik, transport yo‘laklarini yaratish, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun texnologiyalar almashinuvi masalalariga ko‘proq e’tibor qaratilsa, bu sarmoyaviy hamkorlik manfaatlariga javob beradi. Shundan so‘ngina huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorligi, xavfsizlik sohasidagi hamkorliklarni ko‘rib chiqish mumkinligi bayon qilingan.


    Turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihati hisoblanadi. O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turadi. Tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirishda integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qiladi. Qandaydir chuqur integratsiya haqida hali biror narsa deyish qiyin. Ammo ushbu bosqichda a’zolar tashkilot doirasidagi bunday integratsiyaga tayyor emasligi aniq. Shunga qaramay, gap maqolada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ayrim tashabbuslarni ilgari surish va muayyan tashqi siyosiy vazifalarni bajarish uchun bir-birining imkoniyatlaridan foydalanish haqida ketmoqda.

    86-93
    23
    4
    18-07-2026
  • “FONIY DEVON”IDA TASAVVUFIY QARASHLARNING TALQINI

    Nargiza SHOALIYEVA, Hojjatollah JAVANI (Muallif)

    Mir Alisher Navoiy XV asrning musulmon olamida atoqli, mashhur shoiri va mutafakkiri hisoblanadi. Navoiy asarlaridan soʻfiylik ta’limoti va irfoniy qarashlari uning baytlarida oʻz aksini topgan. Shuningdek, Navoiy oʻz ijodida tasavvufiy ilm va adabiyotiga koʻplab murojaat qilganligini asarlari guvohlik beradi.


    Soʻfiylar va tasavvuf ta’limoti islom dunyosida azaldan muhim oʻrin tutib kelgan. Bu ta’limotlar odamlarning idroki va botiniga ta’sir koʻrsatib, oʻzlikni anglash, nafs va irodani sayqallash va ruhan yuksalish natijasida insonparvarlik, bagʻrikenglik xatti-harakatlarining asosiga xizmat qilgan. Soʻfiy shoir va mutafakkirlar hamda tasaffuv adabiyoti namoyondalari tasavvufiy ta’limotlarning gʻoyalarini taqdim etish orqali odamlarning tafakkuri va ijtimoiy faollik darajasini yuksaltirishga, insonning ma’rifati va ma’naviyati boyitishga harakat qilganlar. Alisher Navoiy koʻzga koʻringan musulmon shoir bolib, uning dunyoqarashi bilan tanishsak, soʻfiylar ta’limotini oʻta puxta va sinchkovlik bilan egallaganini va oʻz asarlarida bu haqda fikrlar yuritganini koʻrsatadi. Darhaqiqat, u soʻfiylar ta’limotining eng quyi darajasi, ya’ni tavbadan tortib, tasavvufning eng yuksak darajalarigacha, ya’ni fano, vahdat (birlik), hayratni oʻz asarlarida, ayniqsa, “Foniy” devonida oʻziga xos va ta’sirchan ifodalaganini guvohi boʻlamiz. Albatta, buning ajablanarli joyi yoʻq, chunki u hazrati Jomiyning shogirdi boʻlishi bilan bir qatorda, Hofiz, Sa’diy, Mavlaviyning qarashlari va ijodidan bahra olgan ogoh ijodkor boʻlgan. Uning oʻzidan oldingi salaflar izidan borishi adabiy uslubdagi mahoratini hamda irfoniy adabiyotga boʻlgan yaqinligini koʻrsatadi.


    Ushbu maqolada Navoiyning “Devon-e Foniy” dagi ayrim gʻazallar baytlarini tahlil qilish asnosida, shoir maqom va holatlarni (Maqomot va Ahvol) hamda koʻplab tasavvufiy atamalarni ishlatgani aniqlangan. Navoiyning forsiy baytlarida yuksak badiiy mahoratdan tashqari tasavvufiy istilohotlar yordamida, mavjudlikning asosi boʻlgan azaliy va abadiy ishqni insonga roʻpara qiladi, insonni tafakkur qilishga undaydi, borliqqa oshiqona qarashga, xudbinlik tamoyilidan xalos boʻlishga chorlaydi, natijada Hofizga oʻxshab rindlikni pesha qilgan inson, ya’ni hurfikrli peshqadam, bagʻrikeng inson uning qahramoni sifatida namoyon boʻladi. U har qanday riyokorlik, xudbinlik, munofiqlikdan xoli boʻlib, har qanaqa nizo va qaygʻulardan qutulib, xudo huzurini anglagan, tavhid va faqru fanoga yetgan inson sifatida gavdalanadi.

    25-38
    16
    3
    20-07-2026
  • NAQSHBANDIYLIK TARIQATI NAMOYANDALARI (XV-XIX asrlar Zarafshon vohasi misolida)

    Mekhrojiddin Uzbekovich AMONOV (Muallif)

    Maqolada XV-XIX asrlarda Zarafshon vohasi naqshbandiya tariqati namoyandalari tarixiga oid yozma manbalar tadqiq etilgan. Tariqatda faoliyat koʻrsatgan muayyan shayx-murshidning nasabi, ustozlari haqida, tugʻilgan yoki vafot etgan yili haqida aniq maʼlumot saqlangan. Bu maʼlumotlar manbalarda keltirilgan maʼlumotlarni bevosita toʻldiradi. Bu tariqatning mazkur hududda yetakchi tariqatga aylanishi XV-XIX asrlarda yashab oʻtgan tariqat peshvolari Xoja Alouddin Attor, Xoja Ahror Valiy, Maxdumi Aʼzam Dahbediy, Muhammad Husayn kabi tariqat namoyandalari nomi bilan bogʻliq. Afsuski, ularning hayoti va maʼnaviy merosi, naqshbandiya tariqatidagi faoliyati hanuzgacha alohida tadqiqot mavzusi sifatida toʻliq oʻrganilmagan.


    Ushbu maqolada nashqbandiylik tariqat tarixida nomi hali hanuz yozma manbalarda qolayotgan Alouddin Muhammad Buxoriy, Domla Mir Shoh Samarqandiy, Abdurahmon bek, Aflotun Buxoriy, Domla Hakimbek Buxoriy, Muhammad Yusuf xoja va Muhammad Yunus xoja Vobkandiy, Ibrohim xoja Buxoriy, Eshon Shokir xoja Sugʻonchiy, Abdurahim xoja Ofarinkentiy kabi tariqat namoyandalari hayoti va faoliyatiga oid maʼlumotlar tadqiq etilgan. Naqshbandiya tariqatiga yozma manbalarni oʻrganish hanuzgacha nomaʼlum qator axloqiy, maʼnaviy va nazariy masalalarni ochiqlashga yordam beradi. Oʻzbekiston hududidagi turli tarixiy yozma manbalarda saqlanib kelayotgan bitiklar tarixiy manba sifatida oʻtmishning nomaʼlum jihatlarini ochib berib, islom tarixi va manbashunosligi, xronologiya kabi tarmoqlari uchun muhim materiallar taqdim etadi.

    21-28
    18
    3
    18-07-2026
  • ARAB TILSHUNOSLIGIDA MAONIY ILMIGA XOS QARASHLAR

    Salima RUSTAMIY (Muallif)

    Dunyoda o‘rta asr olimlarining tilga oid nazariy va amaliy masalalarni qamrab olgan tilshunoslikka oid qarashlari adab ilmlari tarkibida lug‘at (leksikologiya), sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), balog‘at ilmlari kabi sertarmoq va murakkab ilmiy nazariyalar majmui sifatida ravojlanib, uning o‘rganish ob’ekti til, til hodisalari va til ifodasi bo‘lgan nutqdan iborat bo‘ldi. Til – murakkab ramzlar tizimi sifatida baholandi. Til hodisalarini nazariy o‘rganish jarayonlarida G‘arb lingvistika maktablari tilning kommunikativ, kognitiv, nominativ va akkumulyativ funksiyalariga e’tibor qaratdi, shu bois G‘arb olamida sotsiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropolingvistika kabi sohalar rivojlandi. Islom uyg‘onish davrida tilshunoslarni ko‘proq tilning emotsional-ekspressiv, ya’ni volyuntativ funksiyasi qiziqtirib, til hissiy-ruhiya ta’sir vositasi sifatida chuqur o‘rganildi. Natijada tilning estetik ta’siri va badiiy tuzilishi haqidagi nazariy qarashlar arab dunyosida balog‘at ilmining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Bugungi kunda jahon tilshunosligida balog‘at ilmining tarixi, tuzilishi, ahamiyati, istilohlar ma’nosi, badiiy vositalarning qo‘llanish usullarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Tadqiqotchilar oldida balog‘at ilmining nazariy asoslari, uning adab ilmida tutgan mavqei, zamonaviy usullar yordamida balog‘at ilmlari tipologiyasini amalga oshirish vazifasi turgan bo‘lib, uning yechimi ilmiy-adabiy qarashlar tizimini anglashga xizmat qiladi.


    Maoniy ilmida kalomning xabar (خبر) va insho (إنشاء) xususiyatlari talqini, musnad (مسند) va musnad ilayhi (مسند إليه) munosabatlari va ularning ifodalanish tarzlari, qasr (قصر) usulining ma’no xoslash xususiyatlari, fasl (فصل) va vasl (وصل) usullarida stilistik va semantik bog‘lanish tartibi, ma’noni iyjoz (إيجاز), itnob (إطناب), musovat (مساواة) usullarida shakllantirish xususiyatlari balog‘at ilmi haqidagi qarashlar asosida tadqiq qilingan. Maoniy ilmida kalomning musnad va musnad ilayhi ruknlari, ularning xossalari haqidagi to‘liq ma’lumot beriladi. Maqolada maoniy ilmi haqida yuqorida ta’kidlangan xabar, insho, musnad va musnad ilayhi masalalari tahlil qilingan.

    4-12
    17
    3
    20-07-2026
26 - 50 from 51 << < 1 2 3 > >> 

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling