Bu 18-09-2026 tomonidan nashr etilgan eskirgan versiya. Iltimos, eng so‘nggi versiyani o‘qing.

Mualliflar

  • Malika NASIROVA ORIENTAL UNIVERSITY Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2023/4/36-41

Kalit so‘zlar:

fe’l fe’l zamonlari fe’l mayllari prefiks so‘z turkumi

Annotasiya

O‘rta asarlarning buyuk tilshunos olimi, Movarounnahr arab tilshunoslik maktabining asoschisi Mahmud Zamaxshariy 80 ga yaqin ilmiy asarlar muallifi hisoblanadi. Uning qalamiga mansub asarlarning aksariyati davrimizga qadar yetib kelgan, qo‘lyozmalari  dunyoning mashhur  fondlarida saqlanadi.

Allomaning arab tilshunosligiga oid yirik asari “Al-Mufassal fi san’ati-l-e’rob” deb nomlanadi. Mazkur asarda grammatik qoidalar arab tildagi so‘z turkumlari bo‘yicha tushuntiriladi. Shuningdek allomaning sharq madrasalari uchun mo‘ljallngan “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” o‘quv risolasi, ko‘p tilli lug‘ati “Muqaddamatu-l-adab”ning 4 va 5-boblari hamda olimning yaqinda topilgan “Al-Mufid fi-t-tasrif” asarlarida ham fe’l so‘z turkumi va uning katoriyalariga oid qimmatli ma’lumotlar bor.

Arab tilida so‘zlar fe’l o‘zaklaridan yasalishini inobatga oladigan bo‘lsak, fe’l so‘z turkumi  alohida, jiddiy tadqiq qilishga sabab bo‘lishi oydinlashadi.

Arab tilida fe’l turkumi boshqa so‘z turkumlari ichida eng salmoqli o‘rinni egallaydi. Arab tilidagi fe’llarning morfologik xususiyatlarini bilmay turib, boshqa turkumlarga xos ko‘pgina grammatik qoidalarni o‘zlashtirish mumkin emas.

Arab tilida fe’llar ikki guruhga: asosiy va yordamchi, aniqrog‘i ko‘makchi fe’llarga bo‘linadi. Ko‘makchi fe’llar “sub’yektning ish harakatini bildiruvchi yetakchi fe’l bilan birga kelib, unga turlicha qo‘shimcha ma’no beruvchi fe’llar. Arab tilida ko‘makchi fe’llar mavzusi juda keng va murakkab mavzulardan hisoblanadi. Ular ““Bo‘lish” va ”bo‘lib qolish” mazmunini ifodalovchi fe’llar”, “Mulohaza fe’llari”, “O‘zgarish yoki aylanib qolishni ifodalovchi fe’llar”, “Ish-harakatning boshlanishini ifoda etuvchi fe’llar”, “Bo‘sag‘a mazmunini ifodalovchi fe’llar” kabi semantik guruhlarga bo‘linib, asosiy fe’lga mazkur ma’nolarni yuklaydi”(Nasirova,2020:141)

Shuningdek, arab tilidagi fe’llarning turli mayl shakllari ham mavjud bo‘lib, mazkur maqolada ularning asnifi masalasi ilmiy asoslangan. Unga ko‘ra fe’llar darak yoki aniqlik, shart, buyruq, istak hamda kuchaytirma mayl shakllarga ega.

Ushbu maqolada arab tilidagi fe’l mayllari Mahmud Zamaxshariy asarlari asosida tadqiq qilingan

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Tegishli maqolalar

Malika NASIROVA, ARAB TILIDA TUB KO’MAKCHILARNING MA’NOLARI  (AL-MUFASSAL ASARI MISOLIDA ) , Islom ziyosi: Jild 7 № 2 (2024)

Ugiljon S. ABDUVALIYEVA, PASHTU TILIDA KOPULYATIV QO‘SHMA SO‘ZLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TAHLILI , Islom ziyosi: Jild 4 № 3 (2021)

Nematullo NASRULLAYEV, УМРИНИНГ УЧ ЙИЛИНИ БУХОРОДА ЎТКАЗГАН ШАЙХ ХОЖА ҲАСАН БУЛҒОРИЙ: МУХТАСАР ТАЛҚИН ВА ТАҲЛИЛ , Islom ziyosi: Jild 8 № 1 (2025)

Bakhtiyor ARABOV, SIYOSIY  MADANIYATNING  JAMIYAT HAYOTIDAGI  O‘RNI VA  KORRUPSIYAGA QARSHI  KURASHDAGI AHAMIYATI , Islom ziyosi: Jild 8 № 3 (2025)

Farrukh KUSHBAYEV, THE SOCIAL, ECONOMIC AND RELIGIOUS LIFE OF THE CITY OF MECCA BEFORE ISLAM , Islom ziyosi: Jild 1 № 1 (2018)

Ramzjоn ISAKDJANOV, ИБН СИНОНИНГ ТЕОЛОГИК ТАЪЛИМОТИДА РАЦИОНАЛ ТАМОЙИЛЛАР ВА УЛАРНИНГ ШАКЛЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 3 (2019)

Baxriddin SALIMOV, ИЖТИМОИЙ ҲАЁТДАГИ МАЪНАВИЙ ТАҲДИДЛАР ВА УЛАРНИНГ ФАЛСАФИЙ ЕЧИМЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 3 (2019)

Bekzodbek MUKHTAROV, «АЛ-ФИҚҲ АН-НОФЕЪ» АСАРИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИНИНГ КОДИКОЛОГИК ТАҲЛИЛИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 4 (2019)

Aziza QURBONOVA, OVQATDAGI KASHRUT VA HALOL MASALASIDA YAHUDIYLIK VA ISLOM DININING XUSUSIYATLARI , Islom ziyosi: Jild 6 № 4 (2023)

Feruza NIZAMOVA, АМИР ХУСРАВ БАДИИЙ МЕРОСИДА БАДИИЯТ АНЪАНАЛАРИ , Islom ziyosi: Jild 2 № 4 (2019)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.