Mualliflar

  • Feruza NIZAMOVA INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN Muallif

DOI:

https://doi.org/10.47980/TLOI/2023/4/49-57

Kalit so‘zlar:

Forsiy adabiyot nasr badiiy timsol shoir janr tahlil asar til

Annotasiya

Ushbu maqolada XIX asr adabiyoti taniqli namoyandasi, shoira Malikushshuaro Bahorning ijodini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – XIX asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa biroz  e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir. XIX asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.XIX asrda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Bibliografik manbalar

1. Adabiyot nazariyasi (1978). Ikki jildlik. I jild. –T.: Fan, 1978. –18 b.

2. Adabiyot nazariyasi (1979). Ikki jildlik. II jild. – T.: Fan, 1979.– 449 b.

3. Adabiy turlar va janrlar (1992). Uch jildlik. 2-jild. Lirika. –T.: Fan, 1992. – 247 b.

4. Бертельс Е.Э. (1988) История литературы и культуры Ирана. –М.: Наука, 1988. –559 б.

5. Imomnazarov.M. (2013) X-XV asrlar. Fors mumtoz she’riyati (Davrlashtirish muammolari. Adabiyotning mustaqil ma’naviy mohiyatining shakllanishi). – T., 2013. – B. 310.

6. Izzat Sulton. (1989) Adabiyot nazariyasi . –T.: O‘qituvchi, 1989. -378 b.

7. Muhammadrizo Ruzbeh. (2012) Hozirgi zamon Eron adabiyoti. –T., 2012.

8. Muhammadrizo Ro‘zbeh. (2009) Hozirgi zamon Eron she’riyati: “yangi she’r”ning tarixiy tahlili. Sino // 2009 yil. –B. 34-35-36.

9. Mallayev N. (1976) O‘zbek adabiyoti tarixi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. 1-kitob. –T.: O‘qituvchi, 1976. – 662 b.

10. Nizamova F. (2019) The history of studying Khusrav Dekhlavi‘s work // The Light of Islam. – 2019. – Т., 2019. – №. 2. – С. 95-99.

11. Feruza, Nizamova (2019). Amir Khusrav’s literary heritage in applied art rituals // Theoretical & Applied Science. International Scientific Journal. Philadelphia, USA. 24.09.2019 –Рр. 189-195. http://www.t-science.org/arxivDOI/2019/10-78/PDF/10-78-35.pdf

12. Feruza, Nizamova (2020). Глобализация и литературный процесс // Актуальные вопросы современной науки. Международная научно-практическая конференция (20 августа 2020 г.) –Новосибирск, 2020. –С. 91-95.

13. Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulk. (1091) Siyosatnoma.

14. Османов Н. (1970). Тип, метод и стил персидской поэзии Х в. // Ж. Народы Азии и Африки.

15. Osmanov N. (1970). Tip, metod i stil persidskoy poezii X v. // J. Narodы Azii i Afriki. –1970. – № 1. – 156 b.

16. Ochilov E. (2016) Ruboiy tarjimasida shakl va mazmun birligi: fil. fan. nomzodi diss. Avtoref. – T., 1994. – 23 b.

17. Parvin E’tisomi. (2017) She’rlar. Jahon adabiyoti va madaniyati j-li. Mirza Kenjabek tarjimalari. – T., 2017.

18. Parvin haqidagi maqolalar va she’riy xotiralar. (1944) – Tehron, 1944. –B. 6–7.

19. Пригарина Н.И. (1983) Образное содержание байта в поэзии на персидском языке / Восточная поэтика Специфика художественного образа. –М., 1983. –Б. 89–108.

20. Rubinchik Yu.A. (1963) tahriri ostida Persidsko-russkiy slovar. 2 tomlik -M., 1963.

21. Современная иранская проза. (2010) Антология иранского рассказа. Том I , II. СПб., 2010.

22. Sulaymonova F. (1997) Sharq va Gʻarb. –T.: O‘zbekiston, 1997.– 465 b.

23. Sulton Izzat. (1986) Adabiyot nazariyasi. –T.: O‘qituvchi, 1986. – 408 b.

24. Said Nafisiy (1323 h.). Parvin E’tisomiy. Payyome non j-li. –№2. 1323 h.y. -B. 99.

25. Turdiyeva O. (2015) Zamonaviy Eron hikoyanavisligi: monigrafiya. –T., 2015.

26. Turdiyeva O. (2020) Eron folklori: oʻquv qoʻllanma. –T., 2020.

27. Chaykin K. (1928) Kratkiy ocherk noveyshey persidskoy literaturы. -M., 1928.

28. She’rlar devoni. (1956) 1-jild. -Tehron, 1956. -B.117.

29. She’rlar devoni. (1957) 2-jild. -Tehron, 1957. -B.481.

30. Shomuhamedov Sh. (1963) Fors-tojik adabiyoti klassiklari. –T.: O‘zdavbadadabnashr, 1963. –99 b.

31. Shomuhamedov Sh. (1968) Fors-tojik adabiyoti klassiklari ijodida gumanizm. –T.: Fan, 1968. – 432 b.

32. Shomuhamedov Sh. (1981) Xazinalar jilosi. – T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – 400 b.

33. Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. –T.: ToshDSHI, 2000. –140 b.

34. Shomuhamedov Sh. (2003) Forsiy she’riyatning asosiy shakllari. –T.: ToshDSHI, 2003. -102 b.

35. Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. –T.: ToshDSHI, 2000. –140 b.

36. Quronov D. (2007) Adabiyotshunoslikka kirish.

– T.: Fan, 2007. – 226 b.37. Homidiy X., Abdullayeva Sh., Ibroximova S. (1970) Adabiyotshunoslik terminlari lugati. – T.: O‘qituvchi, 1970. -299 b.

38. Quronov D. (2010) Adabiyotshunoslik lug`ati. – T: Akademnashr. 2010. 173 b.

39. Eron shoirlari. (1958) -T., 1958. -B. 60-61.

40. Ян Рипка. (1970) История персидской и таджикской литературы. –М., 1970.

41. Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. – T.: TDSHI, 2000. – 140 b.

Tegishli maqolalar

Abdurakhmon Anvarjon ogli TURSUNALIYEV, ABUL QOSIM SOID IBN AHMAD AL-ANDALUSIYNING “TABOQOT AL-UMAM” ASARIDA DINSHUNOSLIK MASALALARINING YORITILISHI , Islom ziyosi: Jild 9 № 3 (2026)

Sirojiddin SHODMONOV, QIROATLARDAGI  MUTAVOTIRLIK SHARTLARI  BORASIDAGI  QARASHLAR TAHLILI , Islom ziyosi: Jild 8 № 4 (2025)

Saidumarxon BURGUTXONOV, IBN HAZM ANDALUSIY “AL-FISOL FIL-MILAL VAL-AHVA VAN-NIHAL” ASARINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDAGI AHAMIYATI , Islom ziyosi: Jild 5 № 4 (2022)

Dilbar KHASANOVA, Hugh CARTWRIGHT, TA'LIM JARAYONIDA TEST TUZISHNING O'RNI , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Ahmad SAAD AL-DAMANHURI, SOMONIYLAR DAVLATIDA ILMIY HAYOT JABHALARI VA MOVAROUNNAHR OLIMLARINING ILM-FANGA QO‘SHGAN HISSASI , Islom ziyosi: Jild 5 № 4 (2022)

Mukhlisabonu ISHANKHANOVA, GERMAN FARHAT – «BAHS AL-MATALIB VA HASS AL-TALIB» GRAMMATIK ASARINING MUALLIFI , Islom ziyosi: Jild 6 № 3 (2023)

Mumin Mirzo Murodjon ugli ABDUPATTAYEV, Bibigulnar Amalbaevna ERBOSYNOVA , O‘RTA ASR DINLAR TARIXIGA OID MANBALARDA YAHUDIYLIK OQIMLARI E’TIDOQLARINING AKS ETISHI , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Nozimakhon AGZAMOVA, XRISTIAN TARIXCHILARINING  CHERKOV TARIXI DAVRLANISHI BORASIDAGI YONDASHUVLARI , Islom ziyosi: Jild 7 № 2 (2024)

Bakhodir PIRMUKHAMEDOV, “РАБИЪУЛ-АБРОР” АСАРИДАГИ ҲАДИСЛАРНИНГ АСОСЛИЛИГИ , Islom ziyosi: Jild 7 № 1 (2024)

Ugiljon ABDUVALIYEVA, PASHTU TILIDA INTERFIKS YORDAMIDA YASALGAN KOPULYATIV QO‘SHMA SO‘ZLAR , Islom ziyosi: Jild 3 № 3 (2020)

Bundan tashqari, ushbu maqola uchun shunga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlang mumkin.