Свет ислама
  • Bosh sahifa
  • Hozirgi
  • Arxivlar
    • Mualliflar uchun
    • Rasmiylashtirish talablari
    • Materiallarni yuborish
    • Jurnal haqida
    • Tahririyat jamoasi
    • Tahririyat siyosati
    • Maxfiylik bayonoti
    • Aloqa
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
  • Kirish
    • ar
    • en
    • ru
    • uz
Kirish
Bosh sahifa Hozirgi Arxivlar
Mualliflar uchun Rasmiylashtirish talablari Materiallarni yuborish
Jurnal haqida Tahririyat jamoasi Tahririyat siyosati Maxfiylik bayonoti Aloqa
  1. Uy
  2. Topish

Topish


Kengaytirilgan filtrlar
Keyin nashr etilgan
Avval chop etilgan

Qidiruv natijalari

##search.searchResults.foundPlural##
  • ABU HAFS NASAFIY TAFSIRIDA QUR’ON VA UNING INSON KAMOLOTI HAMDA JAMIYAT BARQARORLIGIGA TA’SIRI

    Ahrorxon ABDURASHIDOV (Muallif)

    Mazkur maqolada Movarounnahr tafsir maktabining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiyning merosida Qur’oni karimning inson kamoloti hamda jamiyat barqarorligiga ta’siri masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Abu Hafs Nasafiy tafsirida Qur’on oyatlarining insonni ma’naviy, axloqiy va ruhiy jihatdan tarbiyalashdagi o‘rni hamda jamiyatda ijtimoiy adolat, hamjihatlik va barqarorlikni ta’minlashga doir qarashlarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqolada mufassirning oyatlarni sharhlash metodologiyasi, uning aqidaviy va axloqiy qarashlari, Qur’on ta’limotlarini inson hayoti bilan bog‘lash uslubi hamda tafsirga oid merosining ilmiy ahamiyati yoritilgan.


    Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy, tahliliy-sintetik, tavsifiy, matnshunoslik va germenevtik metodlardan foydalanilgan. Abu Hafs Nasafiyning “At-Taysir fit-tafsir” asarida keltirilgan oyatlar tahlili asosida uning inson kamoloti, axloqiy tarbiya, sabr, shukr, taqvo, adolat va ijtimoiy mas’uliyat haqidagi qarashlari o‘rganilgan. Shuningdek, Qur’onda zikr qilingan tarixiy qavmlar misolida jamiyatlarning yuksalishi va tanazzuliga sabab bo‘luvchi omillar tafsiriy manbalar asosida tahlil qilingan.


    Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Abu Hafs Nasafiy tafsirida Qur’on insonni komillikka yetaklovchi asosiy ma’naviy manba sifatida talqin qilingan. Mufassirga ko‘ra, insonning haqiqiy kamoloti iymon va ezgu amallar uyg‘unligi orqali shakllanadi. Adolat, halollik, mas’uliyat va taqvo jamiyat barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar sifatida baholanadi. Nasafiy tarixiy voqealar va qavmlar misolida ma’naviy qadriyatlardan uzoqlashish jamiyat tanazzuliga olib kelishini asoslaydi. Xulosa qilib aytganda, alloma tafsirida Qur’on inson tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va jamiyat taraqqiyotining muhim manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur tadqiqot Abu Hafs Nasafiy tafsirining ilmiy ahamiyatini yoritish bilan birga, uning zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy jarayonlar uchun ham dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.

    27-34
    195
    10
    14-10-2026
  • “FONIY DEVON”IDA TASAVVUFIY QARASHLARNING TALQINI

    Nargiza SHOALIYEVA, Hojjatollah JAVANI (Muallif)

    Mir Alisher Navoiy XV asrning musulmon olamida atoqli, mashhur shoiri va mutafakkiri hisoblanadi. Navoiy asarlaridan soʻfiylik ta’limoti va irfoniy qarashlari uning baytlarida oʻz aksini topgan. Shuningdek, Navoiy oʻz ijodida tasavvufiy ilm va adabiyotiga koʻplab murojaat qilganligini asarlari guvohlik beradi.


    Soʻfiylar va tasavvuf ta’limoti islom dunyosida azaldan muhim oʻrin tutib kelgan. Bu ta’limotlar odamlarning idroki va botiniga ta’sir koʻrsatib, oʻzlikni anglash, nafs va irodani sayqallash va ruhan yuksalish natijasida insonparvarlik, bagʻrikenglik xatti-harakatlarining asosiga xizmat qilgan. Soʻfiy shoir va mutafakkirlar hamda tasaffuv adabiyoti namoyondalari tasavvufiy ta’limotlarning gʻoyalarini taqdim etish orqali odamlarning tafakkuri va ijtimoiy faollik darajasini yuksaltirishga, insonning ma’rifati va ma’naviyati boyitishga harakat qilganlar. Alisher Navoiy koʻzga koʻringan musulmon shoir bolib, uning dunyoqarashi bilan tanishsak, soʻfiylar ta’limotini oʻta puxta va sinchkovlik bilan egallaganini va oʻz asarlarida bu haqda fikrlar yuritganini koʻrsatadi. Darhaqiqat, u soʻfiylar ta’limotining eng quyi darajasi, ya’ni tavbadan tortib, tasavvufning eng yuksak darajalarigacha, ya’ni fano, vahdat (birlik), hayratni oʻz asarlarida, ayniqsa, “Foniy” devonida oʻziga xos va ta’sirchan ifodalaganini guvohi boʻlamiz. Albatta, buning ajablanarli joyi yoʻq, chunki u hazrati Jomiyning shogirdi boʻlishi bilan bir qatorda, Hofiz, Sa’diy, Mavlaviyning qarashlari va ijodidan bahra olgan ogoh ijodkor boʻlgan. Uning oʻzidan oldingi salaflar izidan borishi adabiy uslubdagi mahoratini hamda irfoniy adabiyotga boʻlgan yaqinligini koʻrsatadi.


    Ushbu maqolada Navoiyning “Devon-e Foniy” dagi ayrim gʻazallar baytlarini tahlil qilish asnosida, shoir maqom va holatlarni (Maqomot va Ahvol) hamda koʻplab tasavvufiy atamalarni ishlatgani aniqlangan. Navoiyning forsiy baytlarida yuksak badiiy mahoratdan tashqari tasavvufiy istilohotlar yordamida, mavjudlikning asosi boʻlgan azaliy va abadiy ishqni insonga roʻpara qiladi, insonni tafakkur qilishga undaydi, borliqqa oshiqona qarashga, xudbinlik tamoyilidan xalos boʻlishga chorlaydi, natijada Hofizga oʻxshab rindlikni pesha qilgan inson, ya’ni hurfikrli peshqadam, bagʻrikeng inson uning qahramoni sifatida namoyon boʻladi. U har qanday riyokorlik, xudbinlik, munofiqlikdan xoli boʻlib, har qanaqa nizo va qaygʻulardan qutulib, xudo huzurini anglagan, tavhid va faqru fanoga yetgan inson sifatida gavdalanadi.

    25-38
    299
    20
    20-07-2026
  • FORS MUMTOZ ADABIYOTIDA TATABBU

    Feruza NIZAMOVA (Muallif)

    Maqolaning maqsadi o‘quvchilarga tatabbu haqida asosiy ma’lumotlar berish, g‘azal tahlilini o‘rgatish, tatabbuda yozilgan asarlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; tatabbu va boshqa asarlarga ijodiy taqlid qilish turlarini farqlashga o'rgatishdan iboratdir. Muallif fors mumtoz she’riyatidagi tatabbu an’anasini ham izohlab, Foniy va Jomiy g‘azallarini tahlil qilish misolida har bir g‘azalning umumiy jihati va xususiyatlarini ochib bergan. Foniy uslubini, qanday yangilik kiritganini va hokazolarni aniqlagan. O‘quvchi  g‘azalni birgalikda tahlil qiladi, bu hodisaning asosiy xususiyatlari va tatabbuga qo‘yiladigan talablar aniqlangan.


    Sharq adabiyotini o‘rganuvchi tadqiqotchilar ko‘pincha tatabba yoki naziraga urg‘u berib, bu so‘zlarni ma’nosini ochib bermasdan, hatto tushunmasdan atama sifatida ishlatadilar.


    Ko'pincha bu atamalarni shunchaki taqlid deb tushungan tadqiqotchilar ushbu adabiy hodisaning kelib chiqishini, uning alohida adabiyotlar rivojidagi ahamiyatini tahlil qilmaganlar ham. Adabiyotning rivojlanishi va mustahkamlanishidagi ahamiyati, jahon adabiy jarayonini rivojiga ta’siridir. Tatabbuotni yanada chuqurroq oʻrganish, Sharqdagi naziraguylik anʼanasini oʻrganish ushun ham zarur, tatabbuni nafaqat Sharq adabiyotida, balki dunyoning turli xalqlari adabiyotida namoyon boʻlgan hodisa sifatida u yoki bu shaklda taʼriflash tatabbu ta'rifini shakllantirishga va uning shakllarini o'rnatishga yordam beradi. Bu shoir mahoratining ildizlariga chuqurroq kirib borish, uning ijodini tahlillash, shoir bosib o‘tgan maktabni o‘rganish, uning ijodi misolida turli xalqlar adabiyoti, o‘zaro ta’sirini va o‘zaro ijodiy ta’sir masalalarini o‘rganish imkonini beradi. Biroq, shuni ta‘kidlash kerakki, ular tanqid qilgan yoki parodiya yaratish prototipi sifatida foydalangan she'rga javob sifatida o'zlarining parodiya-satiralarini nazira uslubida yaratganlar. O'rta asrlarda turli xil ma'nodagi asarlar ustida ko'plab she'riy parodiyalar yaratilgan, ular haqida E.E.Bertels shunday degan edi: "Shaharda XIV asrda bu an’anaga tanqidiy munosabatda bo‘lganlar, qasidalarning parodiyalarini va she’riyatda  ishqiy romanlar yaratilgan”. Ular ham shaklan tatabbu yoki naziradan boshqa narsa emas.

    13-24
    293
    18
    20-07-2026
  • МИСРЛИК ТАРИХЧИ ТОЖУДДИН СУБКИЙ «ТАБАҚОТ АШ-ШОФИЪИЯ  АЛ-КУБРА» АСАРИДА ШОШ (ТОШКЕНТ) ОЛИМЛАРИ ФАОЛИЯТИНИНГ ЁРИТИЛИШИ

    Nematullo MUKHAMEDOV (Muallif)

    Фиқҳ – ислом ҳуқуқшунослиги соҳаси сифатида VIII-X асрларда шаклланди ва унинг методологияси вужудга келди. Фиқҳ илми мустақил ҳуқуқшунослик соҳаси сифатида ривожлана бориб, ижтимоий ҳаётнинг барча соҳаларига оид масалаларни қамраб олди. Бу жараён икки ярим аср давом этиб, ислом ҳуқуқшунослигининг шаклланишида “олтин аср” деб номланади. Мовароуннаҳр фиқҳ мактаби олимлари ёзган асарлар туфайли ривожланган Ислом қонуншунослиги халқимиз маънавий­ҳуқуқий меросининг ажралмас қисми сифатида асрлар давомида Марказий Осиё халқлари ҳаётида муҳим омил бўлиб хизмат қилган.


    IX – XII асрлар Марказий Осиёда илм­фан ва маданият, айниқса, ислом илмлари тараққий қилган. Бинобарин, юртимиздаги Бухоро, Самарқанд, Насаф (Қарши), Термиз, Хива, Шош (Тошкент) каби қадимий шаҳарлар ислом дунёсидаги илм­фан ва маданият марказлари сифатида машҳур бўлган. Жумладан, Тошкент – ўрта аср манбаларида Шош деб номланиб, бу ердан ҳадис, фиқҳ каби ислом илмларида кўплаб таниқли олимлар етишиб чиққан.


    Мақолада мисрлик тарихчи Тожуддин Абу Наср Абдулваҳҳоб Субкийнинг “Табақот аш-шофиъия ал-кубра” номли асарида ўрта (IX-XII) асрларда яшаган Шошлик фақиҳларнинг минтақа илмий марказларидаги фаолияти таҳлил қилинган.  Шунингдек, Шош воҳасида фиқҳ илмининг ривожланишида ўрта асрлардаги анъанага мувофиқ Самарқанд, Бухоро, Насаф, Термиз ҳамда минтақадаги Марв, Бағдод каби турли шаҳарлардаги мадрасаларда  фаолият кўрсатган олимлар  ўртасидаги илмий ҳамкорлик масалалари тадқиқ этилган.

    4-11
    375
    19
    18-07-2026
  • ABU YUSUF – BUYUK FAQIH

    Dr Abduqahhor (Muallif)

    Аbu Yusuf VIII asrning so‘nggi choragida yashagan islom olamidagi eng muhim shaxslaridan biridir. U islom ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan mujtahid olim sifatida fiqh ilmi maktablaridan biri bo‘lgan hanafiylik mazhabining nazariy asoslarining shakllanishida beqiyos o’ringa ega.


    Ushbu maqolada Аbu Yusuf yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhit, ilmiy-ma’naviy holat, uning tavalludi va nasl-nasabi, yoshligi, hayoti-faoliyati va ilmiy merosi, kimlardan qanday talim olganligi, shogirdlari, qozilik davri va ayrim fiqhiy qarashlari tadqiq etilgan.


    Abu Yusuf hanafiylik mazhabida Abu Hanifadan keyingi hurmatga sazovor shaxs bo‘lgan va mazhabning usulini belgilovchi juda muhim faqihdir. Afsuski, Abbosiylar davlatida bosh qozi bo‘lib ishlagan, ayni paytda mazhab uslubini bevosita tatbiq etgan va uni qo‘llashning ilk namunalarini ko‘rsatgan Abu Yusuf haqida mamlakatimizda ko‘p tadqiqotlar olib borilmaganini ko‘rishimiz mumkin.


    Yurtimiz musulmonlarining aksariyati hanafiy mazhabiga mansub ekanini hisobga olsak, hanafiy mazhabini keng targ‘ib qilgan imom Abu Yusufning ilmiy merosi va uning fiqh ilmini chuqur bilishi muhim sanaladi. Abu Yusuf nafaqat Abu Hanifaning eng zabardast shogirdi edi, balki u Abu Hanifa usulini amaliy hayotga tatbiq qiluvchi mazhab nazariyotchisi hamdir. U islom olamida ulkan davlat bo‘lgan Abbosiylar xalifaligi davrida bosh qozi sifatida davlat boshqaruv tizimida faoliyat yuritgan. U 100 ga yaqin  shogirdlarni yetishtirgan. Abu Yusufning mana shunday yuksak fazilatlari uning ilmiy merosini har tomonlama tadqiq etishni talab qiladi. Biroq uni bir maqola doirasida har tomonlama ochib berishning iloji yo‘q. Shu bois maqolada u zotning hayoti, ijodi va fiqhiy qarashlari tadqiq etiladi.

    47-56
    263
    26
    17-07-2026
  • O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGI: HAMKORLIK VA ISTIQBOL

    Javoxirxon A. SOBIROV (Muallif)

    Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti, uning rivojlanish bosqichlari va O‘zbekistonning tashkilot doirasidagi ishtiroki yoritilgan. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi yaqin hamkorlik, hozirgi geosiyosiy keskinlik va buning natijasida jahon siyosatidagi notinchlik siyosiylashtirilmagan va noharbiy tashkilotlarning ahamiyati ortib borishida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun muqobil platforma bo‘lishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qilishi yoritib berilgan.


    Turkiy mamlakatlar yangi tashkilotining asosiy vazifasi shundaki, endi son emas, balki sifat ustida ish olib boriladi. Muxtasar qilib aytganda, a’zo davlatlar manfaatlariga haqiqatan ham juda mos keladigan sohalarga e’tibor qaratish va bu boradagi asosiy yo‘nalishlarga urg‘u berish lozim. Agar ushbu sohalarda yaxshi natijalarga erishilsa, bugungi kunda ustuvor bo‘lgan boshqa sohalarni rivojlantirish osonroq kechadi. Masalan, birinchi bosqichda iqtisodiy hamkorlik, transport yo‘laklarini yaratish, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish uchun texnologiyalar almashinuvi masalalariga ko‘proq e’tibor qaratilsa, bu sarmoyaviy hamkorlik manfaatlariga javob beradi. Shundan so‘ngina huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorligi, xavfsizlik sohasidagi hamkorliklarni ko‘rib chiqish mumkinligi bayon qilingan.


    Turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihati hisoblanadi. O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turadi. Tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirishda integratsiya bo‘ladimi yoki qandaydir sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishmi, xullas, o‘zaro fikr almashinuv uchun qulay platforma bo‘lib xizmat qiladi. Qandaydir chuqur integratsiya haqida hali biror narsa deyish qiyin. Ammo ushbu bosqichda a’zolar tashkilot doirasidagi bunday integratsiyaga tayyor emasligi aniq. Shunga qaramay, gap maqolada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ayrim tashabbuslarni ilgari surish va muayyan tashqi siyosiy vazifalarni bajarish uchun bir-birining imkoniyatlaridan foydalanish haqida ketmoqda.

    86-93
    331
    29
    18-07-2026
  • САЛЖУҚИЙЛАР ДАВРИДА БАҒДОД “НИЗОМИЯ” МАДРАСАСИНИНГ ТАШКИЛ ТОПИШ ТАРИХИ

    Muxlisa MIRZAEVA (Muallif)

    1038-1194 йилларда ҳукмронлик қилган Буюк Салжуқийлар давлати умавийлар (661-750) ва аббосийлардан (750-1258) кейинги мусулмон давлатчилиги тарихида учинчи йирик салтанат ҳисобланади. Ана шу улкан турк-мусулмон салтанати ташкил этилганидан сўнг Ислом дунёсининг шарқидаги турли давлатларда араб-форс сулолаларининг таъсири сусая бошлаган янги давр бошланди. Шундан бошлаб кўп асрлар мобайнида Шарқдаги сиёсий раҳнамолик асосан турк сулолалари ихтиёрида бўлиб келди.


    Салжуқийлар давридаги маънавий-маърифий ва маданий соҳаларда амалга оширилган ишлар ўз даври учун тараққиётнинг улкан чўққисини ташкил этди. Минглаб жомеълар, юзлаб мадрасалар ва таълим масканлари давлат ва амалдорлар ҳомийлигида бунёд этилди. Бунинг натижасида мамлакатда таълим тараққий қилди, халқ маърифатли, кишилар эса зиёли бўлиб бордилар. Ўлканинг ҳар тарафида бепул ва илк маротаба идрор (стипендия) асосидаги таълим тизими жорий этилди. Ҳаттоки, энг оддий оиланинг фарзанди ҳам ҳеч бир қийинчиликсиз таълим олиш ҳуқуқига эга бўлди. Бу эса салжуқийлар салтанатидаги тенглик ва ижтимоий адолат тамойиллари устувор бўлганлигидан даракдир.


    Таълимда дин (эътиқод)нинг асосий ғоя сифатида илгари сурилиши Вазир Низомулмулк (1017-1092) олиб келган энг муҳим янгилик бўлди. Бундан аввалги мактаб ва мадрасалар муайян ғояларга эга эмас ва кадрларни етиштириш ҳам мукаммал даражада эмас эди. 1067 йили Бағдодда ташкил этилган “Низомия” мадрасаси ашъарий ва шофеъий таълимотларини ҳимоя қиладиган кучли олимларни тайёрлаш учун қурилди. Мадраса ташкилотчиларининг кўпчилиги вазир Низомулмулк каби сиёсий ёки диний ғояларга эга эдилар. Сунний йўналишда фаолият олиб борган ва асарлар ёзган ҳанафий, шофеъий, моликий ва ҳанбалий мазҳабидаги олимларнинг аксарияти “Низомия” мадрасасида таҳсил олганлар. Уларнинг ёзган асарлари ва ислом цвилизациясига қўшган ҳиссалари бевосита ушбу мадраса фаолияти билан чамбарчас боғлиқ. Мадрасада нафақат диний илмлар, балки табиий фанлардан ташкил топган дунёвий фанлар ҳам ўқитилган. “Дор уш-Шифо” каби марказлар мадраса яқинида жойлашган бўлиб, олинган билимлар амалиёти билан тадбиқ этилган.


    Ушбу мақолада “Низомия” мадрасалари ўзининг нуфузи, олимлари, талабалари ва ҳатто, илмни амалиёти билан жорий этиши жараёнлари тадқиқ этилган. Шунингдек, мақолада Салжуқийлар даврида ташкил этилган Бағдод “Низомия” мадрасаси, унинг тарихи, вақфи, мадрасадаги таълим-тарбия ва бошқарув, устозларнинг тайинланиши,  дарс дастурлари, ўқитиш методлари, кутубхонаси ва мадрасанинг йўқ бўлиб кетиши воқелиги ҳақида маълумотлар таҳлил қилинган

    58-67
    184
    17
    18-09-2026
  • MOVAROUNNAHR ULAMOLARINING ISLOM FANINI RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI

    Shukhrat YOVQOCHEV, Guzal KADIROVA (Muallif)

    Bugungi kunda Movarounnahr (Moverannahr) hududida yashab o‘tgan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini o‘rganish zamonaviy O‘zbekistonning o‘zini-o‘zi anglashi va shakllanishidagi asosiy bosqichlardan biri ekanligi barchamizga ma’lumdir. Ularning asarlari tarixiy, milliy va diniy ildizlarni anglash bilan birga, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, ular, shuningdek, turli tahdidlar yuzaga kelgan yangi sharoitda diniy radikalizmga qarshi kurashish uchun ajoyib faktik va amaliy material bo‘lib xizmat qiladi.


    Maqolaning maqsadi – Movarounnahrning buyuk ilmiy aql-zakovati merosi naqadar boy va qimmatli ekanini, undan ham islom ilmlarini o‘rganishda, ham zamonaviy tahdidlarga adekvat javob sifatida foydalanish, shuningdek, islom ilmining shakllanishi va rivojlanishida Movarounnahr allomalarining o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Mazkur tadqiqotda birlamchi manbalardan ham, XX-XXI-asr boshlari olimlarining tadqiqotlaridan ham keng foydalanilgan.


    Ushbu maqolaning metodik asosi sifatida tarixiy va qiyosiy tahlillar va materiallarni xronologik tizimlashtirish olingan. Maqolaning asosiy natijasi va xulosalaridan biri shundaki, u Movarounnahr ulamo va zohidlarining islom dinining mintaqada yoyilishi va rivojlanishidagi ishlari va erishgan yutuqlari dahosi va serqirraligini haqiqatda yana bir bor namoyon etadi. Shu bilan birga, maqolada mualliflar tasviriy san’at, she’riyat, hunarmandchilik va musiqa san’atining Movarounnahr aholisining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatishga harakat qilingan.


    Asosiy ishlar va ularning qisqacha tavsifi haqida ham ma’lumot berilgan. Maqolada o‘rta asr madaniyat arboblarining bugungi kundagi faoliyatini tahlil qilingan. Maqolaning oxirida umumiy xulosalar berilgan. Ushbu qisqacha maqolada faqat asrlar davomida jahon va islom madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan eng ko‘zga ko‘ringan iste’dod va daholar haqida ma’lumot berilgan.

    4-18
    292
    23
    18-09-2026
  • ARXITEKTURANING ISLOM SIVILIZATSIYASIDAGI O‘RNI

    AVAZBEK GANIYEV (Muallif)

    Ushbu maqolada islom sivilizatsiyasining turli mintaqalardagi arxitektura taraqqiyoti tadqiq qilingan. Bu maqolada Eron, Turkiya, Markaziy Osiyo va Afrika mamlakatlari arxitekturasi kabi hududlar yoritib berilgan. Islom meʼmorligi islom tamoyillaridan kelib chiqqan holda koʻp asrlik  meʼmorchilik  kategoriyasi hisoblanadi. Islom sivilizatsiyasi binolarni tavsiflovchi haykaltaroshlik shakllari va ko’pincha koʻzni qamashtiruvchi bezak detallari Yerdagi eng hayratlanarli qurilgan inshootlarni o’z ichiga oladi.


    Hozirgi islom sivilizatsiyasiga dunyoda ro‘y berayotgan ayrim voqealar, hozirgi ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar nuqtai nazaridan to‘liq baho berib bo‘lmaydi. Sivilizatsiyalar cheklangan vaqtdagi tarixiy voqealar bilan bog’liq emas. Qayd etish joizki, islom sivilizatsiyasi hali ham mavjud va uni ko‘p joylarda kuzatish mumkin. Global o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan bugungi musulmon olami taraqqiyot, ilm-fan va zamonaviy yutuqlarga mos ravishda o‘zining qadimiy qadriyatlarini tiklashga intilmoqda. Shu yo‘sinda islom sivilizatsiyasi tarixida muhim ahamiyatga ega me’morchilik sohasini o‘rganish katta o‘rin tutadi. Keyingi yillarda ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan qator anjumanlar, hamkorliklar o‘tkazilayotgani fikrimizni tasdiqlaydi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, ijobiy tashabbuslarga yetaklovchi omillardan biri hayot bilan jonli madaniy ongdagi qator ijobiy siljishlardir. Bu musulmon dunyosining kelajagini belgilashda hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin. Kontent tahlili metodi ushbu tadqiqotda Markaziy Osiyo, Turkiya, Eron va Afrika mamlakatlarida turli davrlardagi me’morchilik uslublari va ularning vaqt davomida qoʻllanilishini tahlil qilish uchun foydalanilgan.


    Ushbu tadqiqot har bir parametrning mazmunini davrlar bo’yicha ko’rish uchun kichikroq paragraflarga bo’lingan. Kontentni tahlil qilish - bu matnlar yoki matnlar to’plamidagi ma’lum so’zlar yoki tushunchalarning mavjudligini aniqlash uchun ishlatiladigan tadqiqot vositasi. Natijalar ilm-fanning rivojlanishi davlatning har tomonlama rivojlanishi uchun qanchalik samarali bo‘lganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.

    4 - 11
    352
    20
    17-09-2026
  • GLOBALLASHUV SHAROITIDA IJTIMOIY TARMOQ TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYAT XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI

    Zoirkhuja ULMASKHUJAYEV (Muallif)

    Jahonda kechayotgan keskin globallashuv jarayonlarida axborot texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etilmoqda. Jumladan, zamonaviy ommaviy kommunikatsiyalar hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim voqeligiga aylangan, taraqqiy etgan davlatlarda muhim ehtiyoj vositasi hamda ommaviy muloqot subyekti darajasiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda axborot makoni gomogenlashuvining yuzaga kelishi ilmiy-texnikaviy va texnologik yutuqlarning keng tarqalishi, ularning umumiy taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat imijini shakllantirishdagi ya’ni, davlatlarning qo‘lga kiritayotgan olamshumul yutuqlarni jahon media makonida keng targ‘ib qilishdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Biroq, inson qadriyatini noaxloqiy yo‘nalgan ko‘rinishlarining ommalashishi, shaxs dunyoqarashiga nisbatan yot g‘oyalar bilan ta’sir ko‘rsatish insoniyatning milliy zamini va o‘zligidan begonalashuviga olib kelmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu omillarni shaxs dunyoqarashiga ta’siri, oqibati va tahdid yo‘nalishlarini aniqlash dolzarb ahamiyatga ega.


    Rivojlangan davlatlarda fuqarolarning siyosiy madaniyati, xulq-atvori hamda ijtimoiylashuvi jarayonlarini qamrab olgan siyosiy ong, siyosiy qadriyatlar, jamiyatda ishonch omilini mustahkamlovchi fenomen sifatida mafkuraviy tarbiya hamda ijtimoiy tarmoqlar vositasida mamlakat imijini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnolgiyalarni kashf etish va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda dunyoda globallashuv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan g‘oyaviy tuzoqlar va ularning madaniyat omiliga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar orqali inson ongini manipulyatsiya qilish hamda har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarga raxna solish, siyosiy qadriyatlarga tajovuz qilish, insoniyatning tarixiy xotirasini buzishga urinishlarning oldini olishning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yechimlarini tadqiq etish ustuvor ahamiyat kasb etgan. Bu borada axborotlashgan jamiyatni yaratish, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, ushbu sohalarning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir.


    Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini ijobiy tomonga o‘zgartirish, ma’naviy va mafkuraviy qadriyatlar uyg‘unligida amalga oshirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jumladan, mamlakat tarixi va hozirgi yutuqlarini butun dunyoga targ‘ib qilishda va shu orqali davlat imiji, obro‘sini oshirishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, hozirda rivojlanishning yangi davrini boshlagan mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadigan shaxs ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashining shakllanishiga ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tizimli ravishda tadqiq etish ehtiyoji ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi.


    Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ijtimoiy tarmoq tushunchasi mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlardagi ijtimoiy-siyosiy, diniy-mafkuraviy, ommaviy madaniyatning turli ko‘rinishlari va uning jamiyat xavfsizligiga ta’siri masalalari tadqiq qilingan.

    89-99
    312
    23
    17-09-2026
  • «УСУЛ АЛ-ФИҚҲ» ИЛМИНИ ТАДҚИҚ ЭТИШДАГИ ЁНДАШУВЛАР ТАҲЛИЛИ

    Saidahmadkhon GAYBULLAYEV (Muallif)

    Мақолада ислом билимлари ривожланиб, бир неча мустақил соҳаларга бўлиниши натижасида ҳижрий II асрдан бошлаб мусулмон қонунчилиги – усул ал-фиқҳ ҳам алоҳида илм сифатида шаклланиб боргани ва мавзуларни таҳлил қилишда фарқли ёндашувлар юзага келгани тадқиқ қилинган.


    Усулга оид илк асар ҳижрий II аср охирида Муҳаммад ибн Идрис аш-Шофиъий томонидан ёзилган бўлса-да, шаръий матнларни тушуниш ва ундан амалий-ҳуқуқий ҳукмлар олишнинг муайян тартиби, қиёс, носих-мансух, саддуз-зароиъ каби қоидалари амалий ва назарий кўринишда мавжуд эди. Мазкур тартиб умумий тарзда саҳобаларга таълим берилган ва улар шогирдлари – тобеъинларга ўргатиб, амалиётда кўрсатиб беришган. Саҳобалар орасида саноқлилари Қуръон ва ҳадисдан ҳукм олишдек масъулиятли вазифани амалга оширар эдилар. Доктор Салоҳ Абулҳож қайд этишича, уларнинг сони 20 кишидан ортиқ эмас. Қуръон оятлари ва ҳадисларни маъносини билишнинг ўзи улардан ҳукм чиқариш учун етарли эмаслиги, улардан ҳукм чиқариш чуқур мантиқий таҳлил қилишга боғлиқ экани билан изоҳланади. Усул ал-фиқҳ мазкур мантиқий узвийликни ўргатувчи фан бўлиб, унинг қоидаларидан тўлиқ хабардор бўлиш, уларни бир бутунликда ўзаро таҳлил қила олиш малакасига эга бўлган саҳобалар энг ибратли даврда «фақиҳ саҳобалар» номи билан аталган.


    Усул ал-фиқҳ илми ҳижрий IV-V (мил. Х-ХI) асргача ривожланиб, такомиллашиб борган ва унда бир-биридан фарқли асосларга эга иккита йўналиш шаклланган. Улар: Имом Шофиъийнинг усулий қарашлари асосида шаклланган ва калом илми уламолари томонидан ривожлантирилган –«мутакаллимлар йўналиши» (طريقة ,ҳамда Абу Ҳанифа томонидан асос солиниб (المتكلمҳижрий IV-V (мил. Х-ХI) асрда яшаган ҳанафий фақиҳлари томонидан шакллантирилган ва тартибга солинган – «фақиҳлар йўналиши» (طريقة الفقهاء). Кейинчалик, ҳижрий VII (мил. ХIII) асрга келиб мазкур икки йўналишнинг афзал томонларини бирлаштириш, орқали янги бир ёндашув – «мутааххирлар йўналиши» (طريقة المحققين) юзага келган.


    Ушбу мақолада усул ал-фиқҳ илми тарихи, шаклланишига доир ёндашувлар тадқиқ қилинган ва қиёсий ўрганилган.

    59-67
    247
    21
    17-09-2026
  • “HIBATU-L-HAQOYIQ”DA KELGAN BILIM MAVZUSIDAGI TO’RTLIKLARNING MAZMUNIY VA SHAKLIY TAHLILI

    Abdulazizkhan NIG‘MONOV (Muallif)

    Inson hayotiga shakl bergan, uning yashashi va prinsiplarini belgilab bergan eng muhim unsur insoniy qadriyatlardir. Jamiyat a'zolarining hayotida muhim o'rin egallagan qadriyatlar, ta'lim-tarbiya jarayonida ham muhim kategoriya holiga kelgan. Bugungi kunda dunyo ta'lim tizimida har bir jamiyatni bir orada tutgan va tarixan shakllangan qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston ta'lim-tarbiya tizimining eng old vazifalaridan biri ham milliy, ma'naviy, madaniy, insoniy va axloqiy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularda bu qadriyatlarni shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi axborot almashinuvi jadal kechayotgan, kundan kunga yoshlar ongi uchun kurash avj olayotgan davrda bu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish va ularda milliy-ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishning ahamiyati yanada ortmoqda. Jamiyatning mavjudligi ana shu qadriyatlarning barqaror va bardavomligiga bog'liqligi, shubhasizdir. Prezidentimiz tomonidan maʼrifatparvar olim Mahmudxoʼja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʼi maktabdir” degan fikriga alohida urgʼu berganligi va umumiy oʼrta taʼlim tizimida “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini taʼkidlagani bejiz emas. O'zbek jamiyatida oiladan boshlangan qadriyatlar tarbiyasini, tizimli ravishda o'rta va oliy ta'lim tizimida davom ettirilishi sog'lim va ma'nan yuksak naslning shakllanishi uchun zarur bo'lib bormoqda. Ta'limda yoshlarning faqatgina bilim olish va ko'nikmalarni shakllantirishga e'tibor qaratilishi jamiyat ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini saqlanib qolishiga, milliy o'zlikka xavf tug'diradi. Natijada jamiyat xudbin, axloqsiz, ma'nan qashshoq a'zolar sonining ortishi bilan tanazzulga yuz tutib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda ta'limda bilim va ko'nikma naqadar zarur bo'lsa, milliy-ma'naviy, diniy, axloqiy, insoniy va ijtimoiy qadriyatlar tarbiysi ham shu qadar zarurdir.


     Ushbu maqolaning asosiy mavzusi ham ana shunday asarlardan biri bo'lgan "adiblar adibi, fozillar boshi" deya ulug'langan adib Ahmad Yugnakiy tomonidan uzoq yillik ta'lim-tarbiya natijasida qalamga olingan va pandnoma ruhidagi "Hibatu-l-haqoyiq" asarida aks etgan qadriyatlardan ayrimlarini tahlil etish va ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishini baholashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tiborimizni har qanday qadriyatning o'zagi bo'lgan bilim va uning qiymatini, bilimlilik targ'ibi va foydalarini o'zida ifodalagan to'rtliklarga qaratamiz. Zero, axloq va odob, ijtimoiy qadriyatlarning avloddan avlodga ko'chishi bilimga e'tibor berilgan jamiyatdagina bardavom bo'ladi.


    O'zida xalqimizning uzoq yillik ma'naviy-ijtimoiy qadriyatlarini, inson kamoloti borasidagi qarashlarini ifodalagan to'rtliklarning bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llanilishi va kelajak nasllarning ham ulardan foydlanishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

    73-81
    275
    25
    16-07-2026
  • KIBERMAKONDA XRISTIANLIKKA OID DINIY JARAYONLARNI O‘RGANISHNING ILMIY ASOSLARI

    Mohira ABDULLAYEVA, Ibrohim NIGʻMATULLAYEV (Muallif)

    Bugungi kunda internet tarmoqlari ijtimoiy turmush tarzining barcha sohalariga kirib bormoqda va foydalanuvchilarga katta imkoniyat yaratmoqda. Diniy jarayonlar raqamli texnologiyalarda namoyon bo‘lmoqda. Xristian diniy amaliyotlarining kibermakondagi transformatsiyasi jadal davom etmoqda. Xristianlik amaliyotlari onlayn ko‘rinishga olib chiqilmoqda. Mazkur holatlarni diniy amaliyotlar, ya’ni muayyan ibodat va diniy marosimlarni bajarishda kuzatish mumkin. Cherkov amaliyotlarining kibermakonga transformatsiyasi kundan kunga rivojlanib bormoqda.


    Xristianlikning internetga dastlab kirib kelgan oqimlaridan biri –   protestantlik hisoblanadi. Protestantlik oqimlaridan biri bo‘lgan presviterianlikda diniy amaliyotlarning kibermakonga oʻtishi yaqqol namoyon boʻlmoqda.


    Kibermakonda protestantlik oqimlaridan biri bo‘lgan presviterianlik amaliyotlarining o‘ziga xos tomonlari, afzalligi, kamchiligi, sodir boʻlayotgan xristianlik bilan bog‘liq diniy jarayonlarning namoyon boʻlish xususiyatlarini ilmiy asoslangan holda tahlil qilish mavzuning dolzarbligini keltirib chiqaradi.


    Ushbu maqolada “internet cherkov”, “onlayn cherkov”, “kibercherkov” yoki “raqamli (elektron) cherkov” kabi tushunchalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari, rivojlanish tendensiyalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.


    Shuningdek, maqolada kibermakonda xristianlikka oid diniy jarayonlarni o‘rganishning ilmiy asoslari yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur sohada tadqiqot olib borgan   Adair Windham, G.Reyngold, J.Barna, H.Campbell, T.Hutchings kabi olimlarning fikrlari tahlil qilingan, ularning kibermakonda xristianlikka oid diniy jarayonlarni o‘rganishga oid fikrlari bayon qilingan. Diniy amaliyotlarni raqamli texnologiyalarda aks etishi sifatida onlayn ibodat, onlayn din shakllari, diniy ma’lumotlarni onlayn to‘plash, onlayn ibodat va marosimlar, onlayn ishga qabul qilish va missionerlik, onlayn diniy hamjamiyat, din va internet bo‘yicha tadqiqotlar, onlayn din tadqiqotlarining umumiy mavzulari, onlayn diniy jamoa, diniy urf-odatlar xususidagi ma’lumotlar va olimlarning qarashlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada onlayn ibodatni o‘rganish, raqamli yevangelizm (xushxabar) va uning shakllari, onlayn jamoat, raqamli nashrlar va elektron adabiyotlar, ilovalar va o‘yinlarga qaratilgan tadqiqotlarga oid ma’lumotlar berilgan.

    55-61
    201
    18
    16-07-2026
  • TURKISTONDAGI (1867-1920) AN’ANAVIY TA’LIM TIZIMINING OLIY MAKTABLARI

    Abduvakhob UMAROV (Muallif)

    Ushbu maqola Turkiston oʻlkasi anʼanaviy taʼlim tizimining oliy pogʻonasi – madrasalarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada ushbu toifadagi ta’lim muassasalarining soni, ulardagi o‘quvchilar soni, ta’lim shakli, o‘quvchilarning ichki hayoti, madrasalar binolari tuzilishi, kutubxonalar batafsil bayon etilgan. Madrasalarning ikki bosqichli oʻquv dasturiga (qisqa va toʻliq) alohida urg‘u berib o‘tilgan. Maqolada madrasaning toʻliq kursini tamomlagan insonlar nafaqat fiqh va ilohiyot ilmini, shuningdek, falsafa, sheʼriyat, tarix va boshqa ilm sohalaridan chuqur bilimga ega oliy ma’lumotli mutaxassis boʻlib yetishib chiqqanliklari taʼkidlangan.


    Shuningdek, madrasada ayrim talabalar fiqh va ilohiyotdan tashqari amaliy tabobat bilan ham shug‘ullanib, kimyo fanini o‘rganganlar. Tibbiyot bilan shug‘ullanayotgan talabalar mashhur o‘rta asr faylasuf, tabib Ibn Sinoning “Al-qonun fi-t-tibb” asarini o‘rganishgan.


    Maqolada Chor Rossiya maʼmuriyatining mintaqadagi anʼanaviy maktablarga nisbatan siyosati tahlil qilingan. Xususan, chor maʼmuriyati vakillari oʻlkadagi anʼanaviy taʼlim muassasalariga faqat bir tomonlama yondashishgan (anʼanaviy islom maktabini “qoloq” deb hisoblash) va ushbu muassasalarning faoliyat yuritishidan maʼnosi va maqsad yo‘q deb hisoblashgan. Shu bilan birga, an’anaviy ta’lim muassasalarining ta’siri, o‘ziga xosligi va mahalliy aholining hayotidagi muhim o‘rnini e’tibordan chetda qoldirishgan.


    An’anaviy maktablarga e’tibor bermaslikning asosiy sababi – Yevropa va Rossiya imperiyasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan tabiiy fanlarning (fizika, matematika, biologiya va boshqalar) o‘quv rejasida yo‘qligi bo‘lishi mumkin.


    Shunga qaramay, maqolada ta’kidlanadiki, Chor Rossiya ma’muriyati amaldorlari tomonidan mintaqadagi an’anaviy musulmon ta’limi tizimini bir tomonlama qoralash asossizdir. Chunki musulmon maktabi o‘zining ta’lim va tarbiya vazifalarini bajarib, musulmonlarning ma’naviy va hayotiy ehtiyojlarini qondirib kelgan.

    31-37
    269
    18
    16-07-2026
  • ЎЗБЕКИСТОНДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАРДА ДИНИЙ ЭРКИНЛИКЛАРНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ ЎРНИ

    Timur AHMEDOV (Muallif)

    Мақолада Марказий Осиёда диний эркинлик ва қарашлар, уларнинг ривожланишига ҳамда мустақилликнинг дастлабки йилларидаги диний сиёсатга қисқа назар ташланиб, сўнгги йиллларда мамлакатимизда олиб борилган ислоҳотлар Ўзбекистон жамияти ҳаётининг барча жабҳаларига, шу жумладан, диний эркинликларни таъминлаш соҳасига ҳам ўзининг ижобий таъсирини ўтказгани, хусусан, ушбу йўналишдаги асосий вазифалар 2017-2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясида аниқ акс эттирилгани, мамлакатда диний соҳада бошланган ислоҳотлар, аввало, диний эркинлик учун шароит яратишга, фуқароларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилишга қаратилгани хусусида сўз боради.


    Муаллиф фикрига кўра, ўзгаришлар эътиқод эркинлигига оид конституцион ҳуқуқларни амалга ошириш учун қулай ташкилий-ҳуқуқий шароитларни яратди, диний ташкилотлар фаолияти эркинлигининг ҳуқуқий кафолатлари сезиларли даражада мустаҳкамланди. Хусусан, 2020 йил июнь ойида Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикасининг миллий стратегияси тасдиқланди ва унда мамлакатда виждон эркинлигини таъминлашнинг ҳуқуқий механизмлари такомиллаштирилиши назарда тутилди. 2021 йилнинг июль ойида эса Янги таҳрирдаги «Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни қабул қилинди.


    Мақолада таъкидланишича, 2017 йилнинг октябрь ойида БМТнинг Инсон ҳуқуқлари Кенгашининг Дин ва эътиқод эркинлиги масаласи бўйича махсус маърузачиси А.Шаҳид 15 йил давомида Ўзбекистонга илк бор ташриф буюриши ва мазкур ташриф якунлари доирасида билдирилган 12 та тавсия асосида Ўзбекистон Республикаси парламенти томонидан эътиқод эркинлигини таъминлаш бўйича “Йўл харитаси” тасдиқлангани бу борадаги ислоҳотлар ортга қайтмас тус олганидан далолат бермоқда.


    Шунингдек, муаллиф 2020 йилнинг октябрь ойида Ўзбекистон Республикаси БМТ тизимидаги энг нуфузли ҳукуматлараро органлардан бирига – Инсон ҳуқуқлари бўйича кенгашига аъзо сифатида сайланди ва 2021-2023 йиллар даврида ушбу тузилма фаолиятида фаол қатнашиб келаётганига, 2020 йилнинг декабрь ойида эса АҚШ Давлат департаменти халқаро диний эркинликлар бўйича ўзининг матбуот учун баёнотида “сўнгги бир йил ичида Ўзбекистоннинг эришган муҳим, аниқ ютуқлари асосида диний эркинлик бўйича “махсус кузатувдаги давлатлар рўйхати”дан чиқарилганига эътибор қаратмоқда.


    Муаллиф фикрига кўра, бу борадаги ишлар 2022-2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясида ҳам 74- мақсад сифатида жамиятда миллатлараро тотувлик ва динлараро бағрикенглик муҳитини мустаҳкамлаш ва кенгайтириш вазифасида акс этгани диний эркинликларни таъминлаш масаласи ҳукумат кун тартибидан чиқмаганини кўрсатмоқда.


    Шу билан бирга, ушбу қисқа давр ичида диний эркинликларни таъминлаш соҳасида амалга оширилган ислоҳотлар натижаларини чуқур таҳлил қилиш ҳамда уларнинг мазмун-моҳиятини очиб бериш ва кенг жамоатчиликка етказиш бугунги кунда муҳим аҳамият касб этмоқда.

    46-56
    245
    20
    17-07-2026
  • ТАСАВВУФШУНОС ОЛИМ, ПРОФЕССОР НАЖМИДДИН КОМИЛОВНИНГ ИЛМИЙ-МАЪРИФИЙ ФАОЛИЯТИ (БИБЛИОГРАФИК ТАҲЛИЛ)

    Tokhir KHATAMOV (Muallif)

    Тасаввуф тарихини ўрганиш, манбавий асосларини таржима қилиш, шарҳлаш ва халқимизга етказиш масаласи – мустақилликнинг дастлабки йилларида зиёлиларимиз олдидаги муҳим вазифалардан бирига айланди. Ушбу масъулиятли вазифани бажаришда профессор Нажмиддин Комилов ва шогирдларидан иборат жамоа ҳам ўз ҳиссаларини қўшди. Мақолада тасаввуфшунос олим, филология фанлари доктори, профессор Нажмиддин Комиловнинг илмий-маърифий фаолияти тадқиқ этилган. Жумладан, Н.Комилов томонидан нашр этилган асарлар, мақолалар, монографиялар, рисолалар, таржималар, маърузалар, сўзбошилар, тақризлар ҳамда масъул муҳаррирлик, таҳрир ҳайъатидаги иштироки каби жиҳатлар ўрганилган. Ўрганиш жараёнида аниқланган маълумотлар асосида олимнинг тасаввуф соҳаси бўйича олиб борган илмий фаолиятига доир таҳлилий хулосалар берилган. Олимнинг илмий тадқиқот фаолияти серқирра бўлиб, фаннинг турли йўналишларида илмий тадқиқот ишларини олиб борди. Жумладан, адабиёт соҳасида таржима ва қиёсий адабиётшунослик, таржима тарихининг назарий масалалари, матншунослик ва адабий жанрлар тараққиёти билан боғлиқ жиҳатларни тадқиқ этганлиги таъкидлаб ўтилган. Олимнинг “Тасаввуф” бўйича нашр этилган биринчи китобининг истиқлол йилларида тасаввуф таълимоти бўйича илмий аҳамияти ўрганилиб, китобдаги тасаввуф тарихи, тариқатлар, ҳол, маърифат ва ҳақиқат, муҳаббат, каромат, тариқат ва шариат, хилват ва анжуман, футувват, моҳият – инсон учун курашмоқ, комил инсон, тасаввуф ва бадиий ижод каби долзарб масалалар таҳлил этилган. Н.Комилов томонидан асарларга масъул муҳаррирликнинг бажарилиши, шарқ қўлёзма асарларнинг таржималари, маърузалар, сўзбошилар, тақризлар ҳамда таҳрир ҳайъатидаги фаолияти каби кўплаб ишлари алоҳида ўрганилди. Шу билан биргаликда, Н.Комилов илмий фаолиятининг замондошлари эътирофига оид мақолалар рўйҳати шакллантирилиб тақдим этилди. Профессор Нажмиддин Комиловнинг илмий-маърифий фаолиятини ўрганиш уч даврга бўлинди ва ҳар бир давр учун ном берилиб, алоҳида хулосалар тақдим этилди. Олимнинг ўз умри давомида дин, миллат, тарих, адабиёт ва тасаввуф бўйича олиб борган илмий-ижодий изланишлари, бугунги авлод учун ижобий аҳамиятга эга маърифий мерос ҳисобланинишини эътиборга олинди ва имкон даражасида илмий-ижодий фаолияти мазкур мақолада ёритилди.

    77-85
    249
    21
    23-07-2026
  • МАМЛУКЛАР ДАВРИДА МИСРНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ ҲАЁТИДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ АНЪАНАЛАРИ ТАЪСИРИ

    Zukhra ARIPOVA (Muallif)

    Маълумки, 1250-1517 йилларда Мисрда мамлук султонлари ҳукмронлик қилишган. 1250-1382 йилларда асли келиб чиқиши туркийлардан бўлган баҳрий мамлуклар, 1382-1517 йиллар эса кавказликлардан бўлган буржий (черкес) мамлуклари тахтни эгаллашган.


    Ушбу мақолада дастлаб Мисрга туркий мамлукларнинг кириб келиши, туркийлардан Тўлунийлар, Ихшидийлар, мамлуклар фаолияти ўрганилган ва таҳлил қилинган. Миср мамлук султонларининг обрў-эътибори салибчиларнинг қолган кучларини тор-мор қилиб, мўғуллар устидан қозонилган ғалабадан сўнг ошиб кетди. Хоразмшоҳ невараси Султон Қутузнинг бобоси ва тоғаси учун мўғуллардан қасос олиб, уларни тор-мор келтиргани, унинг азалий душмани Зоҳир Бейбарс Қутузни ўлдиргач тахтга ўтиргани, унинг насл-насаби билан боғлиқ маълумотлар таҳлили берилган.


    Ўрганилаётган даврнинг яна ўзига хослиги ва аҳамиятли жиҳати – араб маданиятига жадал равишда туркий унсурларнинг кириб келиши бўлган. Биринчи мамлук султонлари (баҳрийлар) эски туркий тилининг қипчоқ– ўғуз шевасида гаплашишган, чунки уларнинг кўпчилиги араб тилини яхши билишмаган. Девонхоналарда ҳам қипчоқ тили муомалада бўлган. Эски туркий тиллар бўйича мутахассислар шу даврда Мисрда қипчоқ тилини ўрганишга алоҳида эътибор берилган ҳамда қипчоқ тилининг грамматикаси ва лексик бойлигини ўрганишга бағишланган асарлар ёзилганлигини таъкидлайди. Бу тилда китоблар ёзилиб, ҳукмрон мамлук амир ва султонларга ҳадя қилинарди. Бу даврда мамлук султонлари олиму уламоларга эҳтиром кўрсатишгани боис, бу ерга кўпгина мамлакатлардан уламолар келиб, эркин ижод қилишларига имконият яратилди. Яна шуни эътироф этиш керакки, мамлуклар маҳаллий аҳолига уйланишлари мумкин бўлмаган. Бунда улар қон бузилмаслигига эътибор қаратишган. Шу сабабдан улар жорияларни ҳам Мовароуннаҳрдан олиб келиб, озод қилгач уларга уйланишган. Ҳозирги кунда ҳам Қоҳирада ал-Узбакия маҳалласи мавжуд бўлиб, бу маҳалла аҳолиси шошликлар, бухороликлар, фарғоналикларнинг ўша даврдаги вакиллари авлодлари яшамоқда ва ҳали ҳануз шу ном билан аталиши билан боғлиқ тарихий маълумотлар келтирилган.

    19-26
    190
    21
    22-07-2026
  • ТУРКИЙШУНОСЛИКДА ПАРАЛЛЕЛИЗМЛАРНИНГ ЎРГАНИЛИШИ ВА ТАСНИФИ

    Abdulazizkhan NIG‘MONOV (Muallif)

    Бугунги глобаллашув даврида аждодларимиздан қолган бой маънавий, бадиий-адабий меросни ҳар томонлама тадқиқ этиш Учинчи Ренессанс сари интилаётган ўзбек олимлари олдида турган долзарб вазифалардан ҳисобланади. Ёзма манбаларда акс этган ўзига хос поэтик воситаларнинг шаклланиши, такомилини тадқиқ этиш, уларнинг трансформациясини ўрганиш, бу воситаларининг сақланиб қолиши ва бугунги кун адабиётидаги ўрнини белгилашда муҳим ўрин тутади. Ўзбек адабиёти тарихига назар солганда, шубҳасиз, унинг бой адабий меросга эга эканлиги кўзга ташланади. Бу адабиётнинг илдизи узоқ даврларга бориб тақалади. Унинг шаклланиши ва тараққиёти бевосита қадимги туркий адабиёт билан мустаҳкам боғлиқ. Чунки ўзбек адабиёти қадимги туркий адабиёт негизида ривож топган. Қадимги турк давридаги адабий анъана изсиз йўқ бўлиб кетмади, балки ўзида мураккаб эстетик – адабий тизимни гавдалантирадиган мумтоз туркий шеъриятга кириб келди. Қадимги туркий адабиёт намуналари: Ўрхун ёдномалари, “Девону луғати-т-турк”да сақланиб қолган бадиий ижод намуналарининг шаклий – поэтик хусусиятлари илк классик даврдаги туркий адабиётда давом этгани туркий адабиётнинг узлуксиз равишда тараққий этганини кўрсатади. Мақолада туркий ёзма адабиёт тарихида узоқ ўтмишга бориб тақаладиган параллелизм ҳодисасининг шаклланиши, унинг ўзига хос хусусиятларининг ёритилиши, уларни вужудга келтирган воситалар, параллелизмларнинг такомили, уларнинг турли томондан таснифи каби масалалар бўйича қилинган ишлар тадқиқ қилинган ҳамда параллелизмларнинг шаклланиши ва таснифи билан боғлиқ олимлар фикрлари таҳлил этилган. Шунингдек, хорижлик ва маҳаллий олимларнинг ушбу ҳодиса ҳақидаги муҳим фикрлари мисоллар ёрдамида  келтирилган  бўлиб,  параллелизмларни ўрганишда диққат қаратиш лозим бўлган ўринлар ва таснифдаги фарқларга ҳам тўхталиб ўтилган. Кейинги тадқиқотларда нималарга эътибор бериш лозимлиги қайд этилган. Натижада, ушбу ҳодисанинг ўрганилиши ва таснифи билан боғлиқ яхлит мақола вужудга келганки, бу иш тадқиқотчилар ишини енгиллаштиришда муҳим аҳамият касб этиши шубҳасиз.

    67-76
    208
    23
    07-07-2026
  • «ДЕВОНУ ЛУҒАТИ-Т-ТУРК»ДАГИ УЗИНДИЛАРДА ВАРИАЦИЯ ҲОДИСАСИ

    Govhar RAHMATOVA (Muallif)

    Маҳмуд Кошғарийнинг «Девону луғати-т-турк» асари туркий оғзаки шеъриятнинг бугунги кунгача етиб келган энг қадимги намуналарини ўзида жамлаган қимматли манбалардан биридир. Асарда келтирилган шеърлар мавзу кўлами жиҳатидан жангномалар, панднома, севги-муҳаббат шеърлари, табиат тасвирига бағишланган шеърлар, воқеа ва ов тасвирига тасвирига оид парчалар, достон узиндиси, маросим шеърлари, алқовлар каби ўндан ортиқ гуруҳларга бўлинади. Туркий адабий муҳитда куйланган бу мавзулар улар жойлашган кенг ҳудуд билан боғлиқ ҳолда турлича ривожланди ва тараққий этди. Халқ оғзаки ижоди намуналари кенг минтақага ёйилгани боис ўзгарувчанлик хусусиятига эга, яъни улар доимо турғун ҳолатда бўлмайди. Яна бир жиҳати шуки, халқ оғзаки ижоди тилдаги ўзгаришларга муттасил мослашиб боради. Бу ҳолат ҳам уларнинг турғун яшашига қаршилик қилади. Хусусан, «Девону луғати-т-турк»даги узиндиларда келган бирликларнинг мазмунни сақлаган ҳолда бошқа варианти – шевалардаги фарқли шаклини ўрганиш, шеърий узиндилардаги айрим сўзларнинг лингвистик таҳлилини параллелик асосида кўриб чиқиш ва сўз бирликларининг манбалардаги вариантларини солиштириш орқали бунга гувоҳ бўлиш мумкин. Мақолада «Девону луғати-т-турк»да келтирилган шеърларда учрайдиган матний тафовутлар, яъни улардаги вариация ҳодисаси тадқиқ этилган. Туркий халқлар оғзаки ижодида вариациянинг юзага келиши вариантдош сўзларнинг қўлланиши, лаҳжалардаги фонетик ўзгачаликлар (ü>i, a>ï, ä>e, e>y, d=δ) ҳамда шеърдаги бир сўз ёки жумланинг бошқа бир сўз ёки жумла билан алмашиши ҳодисалари билан боғлиқлиги очиб берилган. Таҳлиллар натижаси шуни кўрсатадики, туркий халқлар оғзаки ижодида лаҳжалардаги фонетик ўзгачаликлар, тилдаги грамматик қоидалар (сингармонизм ҳодисасига зид ҳолат) ўз аксини топган. Шеърий узиндиларда учрайдиган матний тафовутлар туркийларнинг ижтимоий ҳамда маънавий ҳаёти билан боғлиқ туркум шеърларда айниқса кўп учрайди. Бу ҳол парчаларнинг қайси қабила ёки шеваларда қўлланиши, туркий қабилалар тилидаги фонетик ўзгачаликларнинг халқ оғзаки ижодидаги ўрнини аниқлашга хизмат қилиши таҳлил қилинган.

    59-66
    130
    18
    07-07-2026
  • СИЁСИЙ ИНСТИТУТЛАР: МОҲИЯТИ, ШАКЛЛАНИШИ ВА ЖАМИЯТ ИЖТИМОИЙ ҲАЁТИДАГИ АҲАМИЯТИ

    Aziz Normirzayevich YULDASHEV (Muallif)

    Мақолада сиёсий институт тушунчаси, унинг моҳияти, шаклланиши ва жамият сиёсий ҳаёти ҳамда тараққиётидаги аҳамиятига доир илмий қарашлар таҳлил этилган. Сиёсий институтларни ўрганиш муаммоси, сиёсий ва ижтимоий ҳодисаларни таҳлил қилишнинг методлари, сиёсий институтларнинг мамлакат тараққиёти учун аҳамияти илмий жиҳатдан ўрганилганган. Институтлар таҳлили методологиясининг генезиси ва ривожланиши тадқиқ қилиш ўта муҳим вазифалардан бири бўлиб қолмоқда ва бу ўз навбатида сиёсий институтларни ўрганишнинг янги методологик тамойилларининг гносеологик ва назарий имкониятларини, уларнинг ижобий жиҳатларини ва камчиликларини бартараф этиш йўлларини кўрсатиб беришга имкон яратади. Аниқ назарий вазифаларни ҳал қилиш билан бир қаторда бу неоинституционал таҳлил доирасида бажарилган ишларнинг татбиқий аҳамиятида ҳам кўринади. Сиёсий институтлар таҳлилининг методологияси генезиси ва ривожланишини англаб етиш, мавжуд методологик муаммоларни кўрсатиб бериш бугунги кунда ҳам ўзининг долзарблигини йўқотмаган. Сиёсий ва ижтимоий воқеликларни тадқиқ қилишнинг методологик тамойиллари ва уларнинг сиёсий, социологик ва бошқа ижтимоий фанлар учун назарий ва амалий аҳамияти олимлар томонидан катта қизиқиш билан тадқиқ қилинган. Сиёсий институтлар, уларнинг келиб чиқиши, ривожланиши ва амал қилиши, ривожланиши ва инқирози сингари масалалар мавзунинг ўрганилганлик даражасида кўрсатилганидек, ҳар доим ҳам олимлар томонидан катта қизиқиш билан ўрганилган. Сиёсий институтнинг мазмунига кирадиган икки асосий компонент биринчидан, муносабатлар тизимининг идеал модели ва иккинчидан, стереотиплар ва модел тузилмаларнинг матрицасига мувофиқ ҳолда жамоавий сиёсий амалиётда ишлаб чиқиладиган ташкилий тузилмалар ҳисобланади. Барқарор ва жипслашган тузилмалар ҳисобланади. Барқарор ва жипслашган характерга эга бўлган аниқ муносаблар тизими мавжудлиги таъкидланган. Ушбу мақолада сиёсий институтларнинг шаклланиш жараёнлари ва уларга доир илмий қарашларнинг вужудга келиши, сиёсий институт мазмунига кирадиган асосий компонентлар, муносабатлар тизимининг идеал модели, модель тузилмасининг стереотиплари ва унинг қолиплари, жамоавий сиёсий тажриба, социумнинг ҳаёт фаолияти аспекти тахлил қилинган.

    50-58
    297
    21
    07-07-2026
  • БАДРУДДИН АЙНИЙ МАЪНАВИЙ МЕРОСИНИНГ ҲАДИСШУНОСЛИКДАГИ ЎРНИ

    Barot M. AMONOV (Muallif)

    Мақолада XIV-XV аср Мамлуклар даврида яшаб ижод қилган Бадруддин Айнийнинг ҳаёти ва илмий меросини ўрганиш билан бирга маънавий меросининг ҳадис илми ривожида тутган ўрни ҳам тадқиқ этилган. Бадруддин Айний диний илм олиб улғайган бўлса-да, Мамлук султонлигининг маъмурий лавозимларда кўп йиллар давомида хизмат қилди. Шу билан бирга султонликдаги диний-илмий муҳитнинг ривожланишига катта ҳисса қўшди. Бундан ташқари, илмий фаолияти давомида тафсир ва Қуръон илми, суннат ва ҳадис илмида, сийрат, тарих ва тарожумда, тилшунослик ва адабиётда, ваъз, хутба ва руқия каби йўналишларда асарлар ёзди. Асарлари орасида Имом Бухорийнинг шоҳ асари “Саҳиҳул Бухорий”га ёзган шарҳи ҳанафий мазҳаби асосида шарҳланганлиги билан ислом манбашунослигида муҳим аҳамият касб этади. Бадриддин Айнийнинг асарлари орасида ислом оламида машҳур “Умдатул Қорий” асари бўлиб, у ҳанафий мазҳаби асосида шарҳланган. Бу асар ҳадис илмига оид энциклопедик асар бўлиб, содда ва аниқ услубда ҳадис матнининг маънолари, фиқҳий масалалари ва илмий жиҳатлари ёритилишидан ташқари, унинг грамматик – синтаксис, морфология қоидалари ва балоғат илмига тегишли жиҳатларига эътибор қаратилган. Дарҳақиқат, Бадриддин Айний ва Имом Бухорий ўртасида саккиз ёки тўққиз санад бўлиб, ишончли ва машҳур ровийлар орқали Фирабрийдан сўнг Бухорийга етиб боради. Фирабрийнинг Имом Бухорийдан “Саҳиҳул Бухорий”ни қилган ривояти Бадруддин Айнийга учта йўл орқали етиб келган. Улар: Абу Ҳайсам Кашмиҳаний (ваф. 389/999), Абу Муҳаммад Сарахсий (ваф. 381/991) ва Абу Али ибн Шибавайҳ орқали етиб келган. Имом Бухорийдан Айнийгача келтирилган санадлар уч йўл билан икки ровий орқали етиб келганини англашимиз мумкин. Натижада, “Умдатул Қорий” икки шайх Зайниддин Ироқий ва Тақийюддин Муҳаммад ибн Маъиниддин Муҳаммад ривоятлари орқали етиб келган Саҳиҳул Бухорий нусхаси асосида шарҳланганлигига амин бўламиз. Айний “Умдатул Қорий” асарини тасниф этишда ундаги масалаларни кенгроқ шарҳлар мақсадида турли китобларга мурожаат қилиб, улардан айримларидан иқтисоб келтириш йўли билан ёки тўғридан-тўғри матнни келтириш орқали 130 га яқин манбалардан фойдаланган. Мазкур мақолада Айнийнинг илмий фаолияти, Султонликда тутган ўрни, диний турли йўналишларда ёзган асарлари, жумладан, ҳадис илми йўналишида асарлари, шоҳ асари “Умдатил Қорий”нинг санади ва асарлари ичида Мовароуннаҳр уламолари асарларига ёзилган шарҳ тўғрисида маълумотлар ёритилган.


     

    24-31
    331
    20
    06-07-2026
  • МУХАЗРАМ – ҲАДИС РОВИЙСИ СИФАТИДА

    Doniyor M. MURATOV, A. Aziza DZHUMABAEVA (Muallif)

    Ушбу мақоланинг мақсади – ҳадис илми тарихида ўзига хос ўринга эга ровий – мухазрамларни ўрганиш, уларнинг ислом тарихида тутган ўрини, шунингдек, саҳобий ва тобиийлардан фарқли жиҳатларини тадқиқ қилишдан иборат. Мухазрамлар Расулуллоҳ (с.а.в.) даврида имон келтиргани жиҳатидан ва У кишини кўрмагани сабабидан саҳобийдан фарқ қилиши ҳамда тобиийлардан ажралиб турадиган томони Пайғамбар (с.а.в.) даврида ҳам яшагани ўрганилган ва таҳлил этилган. Луғат олимлари ва муҳаддислар томонидан мухазрамга берилган таърифда бироз фарқ бўлса-да, муҳаддисларнинг берган истилоҳий маъноси асосий тавсиф сифатида ишлатилади. Улар Расулуллоҳ (с.а.в.)га ўхшаб жоҳилиятда яшаган ёки пайғамбарлик келгандан сўнг ҳам туғилган бўлса-да, У кишини кўрмаган ҳамда вафот этганларидан кейин ҳам яшаган кишига мухазрам дейилади. Шу билан бирга Расулуллоҳ (с.а.в.)ни вафот этганларидан кейин ёки олдин кўрганлар ҳам мухазрам экани таҳлил қилинган. Мухазрамларни саҳобий ёки тобиий экани борасида ҳам баъзи ихтилофларни кўриш мумкин. Ибн Абдулбар ўзининг саҳобийларга бағишлаб ёзган асарида мухазрамларни улар орасига қўшиб зикр қилиб ўтган. Бироқ ҳадис илми назариясига оид асарларда уларни тобиийлар қаторида тилга олинган. Мазкур жиҳатлар ҳам мақолада тадқиқ этилган. Чунончи Мухазрамлар орасида Увайс Қараний каби Расулуллоҳ (с.а.в.) ўз ҳадисларида зикр қилиб ўтганлари бор. Бироқ кўплари ҳадисларда зикр қилинмаган, шундай бўлса-да, муҳаддислар уларни ўз асарларида зикр қилганлар. Масалан, муҳаддислардан Заҳабий, Суютий, тарихчилардан Ибн Саъд каби олимлар улар номини келтирганлар ҳамда “мухазрам”, “топган ва кўрмаган” (Расулуллоҳ (с.а.в.) замонини топган, у кишини кўрмаган) каби иборалар билан мухазрамлардан эканини таъкидлаганлар. Мухазрамларнинг адади борасида ҳам якдил фикр манбаларда келмаган. Масалан, имом Муслим улардан 20 нафарини санаб ўтган, имом Суютий 45 нафар, имом Заҳабий эса, 65 нафар мухазрамни зикр қилган. Замонамиз олимларидан Бурҳониддин Муҳаммад ибн Халил 131 нафарга яқин мухазрамни санаб ўтган. Мухазрамлар саҳобий ва тобиийлардан жуда кам экани билан ҳам ажралиб туради. Шундай бўлса-да, улар орасида саҳобий ва тобиийларда бўлгани каби энг фазилатлиси қайси бири экани борасида олимлар маълумотларни бериб ўтганлар. Ушбу мақолада мухазрамлар ва уларнинг ислом дини ҳамда ҳадис ривоятидаги ўрни бирламчи манбалар асосида таҳлил қилиниб, мухазрамларга доир муаммолар очиб берилган.

    213
    23
    06-07-2026
  • ИМОМ МУСЛИМНИНГ “САҲИҲИ МУСЛИМ” АСАРИДАГИ ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА ОИД ҲАДИСЛАР ТАҲЛИЛИ

    Mahfuzaxon JALOLDINOVA (Muallif)

    Дунёдаги ҳар бир давлатнинг барқарор ривожланиш йўлида ўз олдига қўйган пировард мақсадлари бўлади. Уларни амалга оширишда бир қанча унсурлар асосий рол ўйнайди. Жумладан, кучли давлат ва мустаҳкам жамиятни барпо этиш қонун устуворлиги, адолат, тенглик каби тамойиллар қаторида ижтимоий ҳимоя ҳам давлатнинг мустаҳкамлигини таъминловчи омиллардан ҳисобланади.


    Ижтимоий ҳимоя масалалари доимо ҳар бир давлатнинг ўз олдига қўйган устувор вазифаларидан бири ҳисобланган. Жумладан, ривожланишнинг янги босқичига кўтарилган янги Ўзбекистон тараққиёт йўлида ўз олдига қўйган стратегиялари ичида аҳолини ижтимоий ҳимоясини янада такомиллаштириш алоҳида ўрин эгаллаган.


    Маълумки, ижтимоий ҳимоя мавзуси ҳар бир жамиятда долзарб масалалардан бири ҳисобланади. Буни нафақат тарихий-сиёсий, иқтисодий-ҳуқуқий жиҳатдан, балки диний қадриятлар ўлароқ ислом ҳуқуқи нуқтаи назаридан ҳам ўрганиш муҳим саналади.


    Тадқиқотдан кўзланган асосий мақсад – ислом ҳуқуқида ижтимоий ҳимояга оид қарашларни ўрганиш ҳамда унинг асосий манбаларидан бири ҳисобланган ҳадисларни тадқиқ этишдан иборат. Бу жиҳатдан Имом Муслимнинг “Саҳиҳи Муслим” асари инсонлар ўртасидаги ижтимоий муносабатларга доир ҳадисларни ўз ичига олгани билан муҳим аҳамият касб этади. Имом Муслим Аллома ҳадис илмида ишончли деб эътироф этилган 6 та имомнинг бири ҳисобланади, унинг «Саҳиҳ Муслим» асари эса ислом таълимотининг муҳим манбаларидан бири саналади. Асардаги ижтимоий ҳимоя масалаларига оид ҳадисларни таснифлаш, мақолада уларни мавзуларига кўра таснифлаш ҳамда таҳлил қилиш мақсад қилинган. Ҳадис тўпламлари ичида мўътабар ҳисобланган “Саҳиҳи Муслим” асарида келтирилган ижтимоий ҳимоя ҳақидаги ҳадислар аниқланиб, уларнинг миқдори ва мавзулари ўрганилган ва таҳлил қилинган.


    Тадқиқот натижасида шу нарса аниқландики, ижтимоий ҳимоя мавзусига доир ҳадислар асарнинг асосан 2 жузи 12 бўлими “Закот” китобида келтирилган. Ушбу қисм 56 боб, 2135 дан 2366 гача бўлган жами 231 та ҳадисларни ўз ичига олади. Улар қуйидаги молиявий мавзуларни ўз ичига олади: закот, ушр, фитр, садақа, нафақа каби мавзуларни аҳамияти, унга тарғиб қилиш, фойдалари, улар бажарилмаслигининг оқибатлари ҳамда зарарлари ҳақида сўз юритилган.

    42 - 48
    245
    23
    07-07-2026
  • MUSO VA SOLIH BANDA QISSASINING TA'LIM JARAYONIDAGI O‘RNI VA ROLI

    SHEHATA ABDELRAZEK ABOOSHOSHA (Muallif)

     Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘qitiladigan Muso paygambar va  solih banda faoliyatiga oid qissa tadqiq qilingan. Qur’on qissalari janri keng tarqalgan mavzulardan biridir. Qur'on qissalari bo'yicha ko'plab tadqiqotlar o'tkazildi, chunki ularning filologik jihatdan ojiz qoldiruvchi bayonida, ko'zni qamashtiruvchi didida har qanday jiddiy tadqiqot uchun ma'rifiy boyitish va ma’lumotlar mavjud.
    Qur'onning ulug'vor bayonidagi hikoyaviy mahorat ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun  ko'plab tadqiotlar olib borilgan. 
    Bu turdagi tadqiqotlar yangi ufqlarni ochadi, ta'limga oid fanlarini boyitadi va ularning usullarini yangilaydi, ularning rolini yanada yuksaltiradi.
    Ta'lim va uning institutlari va jamiyat o'rtasidagi uyg'unlik munosabatlari ta'lim muassasalariga yordam beradi va bu munosabatlar o'qituvchilarning ishidan qoniqish orqali erishiladi, bu ularning ma'naviyatini oshiradi va o'z faoliyatini yaxshilashga undaydi.
    Ta'lim jarayonini takomillashtirish uchun o'quv jarayoni: talaba, o'qituvchi, o'quv dasturi va jamoadan iboratdir. Biz buni ta'limdagi integratsiya jarayoni deb atashimiz mumkin. 
    Tadqiqot predmetii “Kahf” surasidagi Muso alayhissalom va solih banda qissasini tadqiq qilish bilan belgilandi,
    Tadqiqotda quyidagilar ko'rib chiqildi va tahlil qilindi:
    Talabaning bilim sifati va uning tarkibiy qismlari, o'qituvchining malakasi, o'quv dasturi va uni o'qitish strategiyasiga muvofiqligi,  jamiyatning ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishdagi roli.
    Bu tadqiqotda Qur’oni karim matnining   kontekstini batafsil tadqiq qilish yo‘lidan borildi. Matn   kontekstining sirlarini ochib berish, yashiringan ma'nolarni ochiqlash, ta’lim-tarbiya uslublarini boyitish uchun Qur’oni karim qissalaridan foydalanilgan.

    31 - 41
    336
    27
    07-07-2026
  • АРАБ ГРАММАТИКАСИДА ЭГА ВА КЕСИМ МУНОСАБАТИ

    Malika NASIROVA (Muallif)

    Мазкур мақола араб тили синтаксисининг муҳим масалаларидан бири бўлмиш эга-кесим муносабатига бағишланган. Маълумки, араб тилининг сарфу наҳви қонун - қоидалари араб тилининг табиий хусусиятларидан келиб чиқиб тузилган.


    Шу боис ушбу тилда учрайдиган айрим грамматик муносабатлар, ҳолатлар бошқа тилларда, табиийки, учрамайди. Бу ҳолатни тушунтириш учун машҳур тилшунос олимларнинг асарларидан фойдаланиб, мисоллар ёрдамида ҳозирги замон ўқувчиси (хорижий тилларни ўрганувчи) эътиборига ҳавола этиш ҳам долзарблик касб этади. Шу нуқтаи назардан ушбу мақолада буюк тилшунос, Мовароуннаҳр тилшунослик мактабининг асосчиси Маҳмуд Замахшарийнинг “Ал-Муфассал фи санъати л-иъраб” асари ҳамда шу мактаб вакилларининг ҳамон ўз долзарблигини йўқотматган асарлари (Malika,Nasirova,2019b.:755) мисолида араб тилидаги эга-кесим масаласи очиб берилган.


    Мақоланинг асосий таҳлил қисмида гап ва унинг турлари, “жумла” ва “калом” атамалари, эганинг турлари, яъни ҳеч қандай аниқловчисиз келадиган ва лафзий омиллардан холи эга. Иккинчиси аниқ ва мажҳул нисбат сифатдошлар, масдар, сифати мушаббаҳа, орттирма даражадаги сифат назарда тутилган “васф” деб номланган эга масаласи тадқиқ этилган.


    Кесим ва унинг турлари ҳам таҳлил доирасига тортилган бўлиб, кесим бир сўз (муфрад), гап (жумла хабар) ва сўз бирикмаси (шибҳи жумла) билан ифодаланганлигига қараб турларга бўлинади.


    Мақолада кесимни эга билан боғловчи воситаларга ҳам тўхтаб ўтилган. Улар: олмошлар, кўрсатиш олмошлари, эга бўлиб келаётган сўзнинг такрорланиши ҳамда умумийлик, яъни кесим вазифасида келаётган гап умумий лафз бўлиши. Шунингдек, бир сўз билан ифодаланган кесимнинг “жомид хабар” ва “муштақ хабар”га бўлиниши мисоллар билан тушунтирилган. Мазкур атамалар изоҳланган.


    Хулоса қисмида эса тадқиқотдан маълум бўлишича, эганинг бош келишикда бўлиши, айнан ўзининг эгалигида, яъни маънавий омил эканлигидир. Бундан бўлак бирорта белгиси йўқ. Кесимда эса унинг бош келишиги бўлиб, айни вақтда эга учун кесим вазифасини ўташ омили, айнан эганинг ўзи, яъни лафзий омил ҳисобланади.

    11 - 18
    234
    20
    07-07-2026
76 - 100 from 153 << < 1 2 3 4 5 6 7 > >> 

Qo'yiladigan talablar 
Tahririy kengash 
Tahririyat siyosati 
Maqolani yuborish 
Mualliflar uchun 

Nashrlar

Международная исламская академия
Barcha nashrlarni ko'rish
Islom ziyosi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining «Islom ziyosi» nomli ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, islomshunoslik, falsafa va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha eʼlon qilingan maqolalar inobatga olinuvchi nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Navigatiya

Jurnal haqida
Yangi son
Arxivlar
Kontaktlar

Mualtarlar uchun

Mualliflar uchun
Maqola dizayni
Materiallarni topshirish
Shaxsiy hisob

Aloqalar

 
100011, Toshkent shahri
Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy
 
(+998 97) 443 14 70
 
info@journals.iiau.uz
Nashriyotchi: O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
© Copyright 2026 Islom ziyosi All Rights Reserved | Developed by in Science | Site create by in Designer
Kirish
Свет ислама
Kirish
* Majburiy
* Majburiy
Parolni unutdingizmi?
Meni eslab qoling