DOI:
https://doi.org/10.47980/TLOI/2023/1/69-77الكلمات المفتاحية:
Forsiy adabiyot nasr badiiy timsol shoir janr tahlil asar til.الملخص
Bu maqolada fors adabiyotining nasrini o‘rganishga va tahlil qilishga harakat qilingan. Maqolaning maqsadi – IX-XV asr ijodkorlari asarlaridagi mafkuraviy va badiiy usulni o‘rganish, shuningdek, davr nasriy asarlarini tahlil qilish orqali fors-tojik adabiyoti tarixidagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir.
Odatda, fors-tojik klassik adabiyoti haqida gap ketganda, faqat nazm tilga olinadi-yu, nasr esa bir oz e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun qadimgi va o‘rta asr fors-tojik adabiyotida nazm nasrdan ustun bo‘lgan degan fikrlar ham eshitilib qoladi. Darhaqiqat, fors-tojik klassik adabiyoti, avvalo, o‘zining ma’naviy g‘oyalarga boy she’riy asarlari bilan jahon madaniyati xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Firdavsiy, Xayyom, Sa’diy, Hofiz asarlari asrlar osha o‘zining go‘zal tarovatini saqlab kelmoqda. Buning asosiy sababi ularning asarlaridagi nafosat, xalqchillik, insonparvarlik, sharqona fozillik va donishmandlik kabi fazilatlardir.
IX-XV asr fors-tojik poeziyasi o‘zining shakl va mazmuni jihatidangina emas, balki badiiyati nuqtai nazaridan ham eng yuqori darajaga erishgan edi. Shu sababli eronshunos olimlar o‘sha davr poetik asarlarini tadqiq etish va ommalashtirishga katta ahamiyat berishgan. Nasriy asarlar taqdiri bir oz o‘zgachadir. She’riy asarlar qo‘lyozmasi nasriy asarlarga nisbatan bizgacha ko‘proq yetib kelgan va saqlangan. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon fors nasri fors-tojik klassik adabiyoti an’analarini ko‘p jihatdan o‘zida mujassamlashtirgan va singdirgan. Shuning uchun, fors adabiyotining g‘oyasi – ezgulik va yovuzlik kurashi bugungi fors nasrining ham asosiy mavzusi hisoblanadi. Bu adabiy-badiiy vorislik va o‘zaro aloqani mavzu tanlashda yoki munozara, afsona, safarnoma kabi janr shakllaridan foydalanishda ko‘rish mumkin.
IX-XI asrlarda Eron adabiyotida she’riyatning gullab yashnaganligi izoh talab qilmaydi, ammo shu bilan birga, nasr ham davr talabidan orqada qolmaganligini mashhur sharqshunos E.Bertels, S. Braginskiy, Eron olimi va shoiri Malikushshuaro Bahor, Kotibiy, nemis olimi Gyote, tojik olimi Yu.Salimov o‘z ilmiy risolalarida qayd etishgan.
التنزيلات
المراجع
1.Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. I jild. –T.: Fan, 1978. –18 b.
2.Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. II jild. – T.: Fan, 1979.– 449 b.
3.Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik. 2-jild. Lirika. –T.: Fan, 1992. – 247 b.
4.Бертельс Е.Э. (1988) История литературы и культуры Ирана. –М.: Наука, 1988. –559 б.
5.Imomnazarov.M. (2013) X-XV asrlar. Fors mumtoz she’riyati (Davrlashtirish muammolari. Adabiyotning mustaqil ma’naviy mohiyatining shakllanishi). – T., 2013. – B. 310.
6. Izzat Sulton. (1989) Adabiyot nazariyasi . –T.: O‘qituvchi, 1989. -378 b.
7. Muhammadrizo Ruzbeh. Hozirgi zamon Eron adabiyoti. –T., 2012.
8. Muhammadrizo Ro‘zbeh. Hozirgi zamon Eron she’riyati: “yangi she’r”ning tarixiy tahlili. Sino // 2009 yil. –B. 34-35-36.
9. Mallayev N. (1976) O‘zbek adabiyoti tarixi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. 1-kitob. –T.: O‘qituvchi, 1976. – 662 b.
10. Nizamova F. (2019) The history of studying Khusrav Dekhlavi‘s work // The Light of Islam. – 2019. – Т., 2019. – №. 2. – С. 95-99.
11. Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulk. Siyosatnoma. 1091 y.
12. Османов Н. (1970). Тип, метод и стил персидской поэзии Х в. // Ж. Народы Азии и Африки. –1970. – № 1. – 156 б.
13.Osmanov N. (1970). Tip, metod i stil persidskoy poezii X v. // J. Narodы Azii i Afriki. –1970. – № 1. – 156 b.
14. Ochilov E. (2016) Ruboiy tarjimasida shakl va mazmun birligi: fil. fan. nomzodi diss. Avtoref. – T., 1994. – 23 b.
15. Parvin E’tisomi. (2017) She’rlar. Jahon adabiyoti va madaniyati j-li. Mirza Kenjabek tarjimalari. – T., 2017.
16. Parvin haqidagi maqolalar va she’riy xotiralar. (1944) – Tehron, 1944. –B. 6–7.
17. Пригарина Н.И. (1983) Образное содержание байта в поэзии на персидском языке / Восточная поэтика Специфика художественного образа. –М., 1983. –Б. 89–108.
18. Rubinchik Yu.A. (1963) tahriri ostida Persidsko-russkiy slovar. 2 tomlik -M., 1963.
19. Современная иранская проза. Антология иранского рассказа. Том I , II. СПб., 2010.
20. Sulaymonova F. (1997) Sharq va Gʻarb. –T.: O‘zbekiston, 1997.– 465 b.
21. Sulton Izzat. (1986) Adabiyot nazariyasi. –T.: O‘qituvchi, 1986. – 408 b.
22. Said Nafisiy (1323 h.). Parvin E’tisomiy. Payyome non j-li. –№2. 1323 h.y. -B. 99.
23. Turdiyeva O. (2015) Zamonaviy Eron hikoyanavisligi: monigrafiya. –T., 2015.
24. Turdiyeva O. (2020) Eron folklori: oʻquv qoʻllanma. –T., 2020.
25. Shomuhamedov Sh. (1963) Fors-tojik adabiyoti klassiklari. –T.: O‘zdavbadadabnashr, 1963. –99 b.
26.Shomuhamedov Sh. (1968) Fors-tojik adabiyoti klassiklari ijodida gumanizm. –T.: Fan, 1968. – 432 b.
27. Shomuhamedov Sh. (1981) Xazinalar jilosi. – T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – 400 b.
28.Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. –T.: ToshDSHI, 2000. –140 b.
29.Shomuhamedov Sh. (2003) Forsiy she’riyatning asosiy shakllari. –T.: ToshDSHI, 2003. -102 b.
30.Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. –T.: ToshDSHI, 2000. –140 b.
31.Quronov D. (2007) Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: Fan, 2007. – 226 b.
32.Homidiy X., Abdullayeva Sh., Ibroximova S. (1970) Adabiyotshunoslik terminlari lugati. – T.: O‘qituvchi, 1970. -299 b.
33.Quronov D. (2010) Adabiyotshunoslik lug`ati. – T: Akademnashr. 2010. 173 b.
34.Eron shoirlari. -T., 1958. -B. 60-61.
35.Ян Рипка. (1970) История персидской и таджикской литературы. –М., 1970.
36.Shamsulmuluk Javohir Kalom. Islom va Eronning mashhur ayollari. I tom. –B. 7.
37.Shomuhamedov Sh. (2000) Jahonni maftun etgan adabiyot. – T.: TDSHI, 2000. – 140 b.
38. Doneshnome-ye adab-e forsi. Jeld-e avval. Tehron, 1380. C. 1041.
39. Farhangnome-ye adab-e forsi. Tehron, 1381. C.1535.
40. Rashid Yosemi. Adabiyot-e maoser. Tehron.
41. Said Nafisi. Norix-e moxtasari-ye adabiyote Iron. Solnome.

