- Uy
- Topish
Topish
Qidiruv natijalari
-
YASHIL IQTISODIYOT O‘ZBEKISTON BARQAROR RIVOJLANISHINING STRATEGIK VEKTORI SIFATIDA: MUAMMOLAR, TASHABBUSLAR VA ISTIQBOLLAR
Лайло ТАШПУЛАТОВА (Muallif)Maqola O‘zbekiston Respublikasida “yashil iqtisodiyot” modeliga o‘tish jarayonini iqlim kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda yashil transformatsiyaning institutsional, huquqiy va iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar, ekologik siyosat, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlar tahlil qilinadi. Risklar qayd etiladi va 2035 yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish prognozlari shakllantiriladi.
24-31402026-09-18 -
O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKKA OID ISLOHOTLAR KAFOLATLANISHINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIDAGI AHAMIYATI
Moxira JUMANIYAZOVA (Muallif)Mazkur maqolada В Mining 80-yubleyi dasturida ko'zda tutilgan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bergan taklif va mulohazlarining tahliliga bag'ishlanadi. Shuningdek, unda Markaziy Osiyoning integratsiyalashuvida 0‘zbekistonda, xususan Qozog ‘istonda gender tenglikka doir davlat siyosatining amalga oshirilishidagi о ‘ziga xosliklar to ‘g ‘risida ham tahliliy xulosalar taqdim etilgan.
66-683322026-05-20 -
“YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISHDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI MISABIDA EKKOLOGIK MUHIT BAQARORLIKNING O‘RNI VA BAHOLANISH.
Сурия ТУРАЕВА (Muallif)Maqolada ekologik barqarorlikning milliy barqaror rivojlanish strategiyalarini baholash mezoni sifatidagi roli ochib berilgan. Xalqaro indekslar asosida mintaqa davlatlarining qiyosiy tahlili o‘tkazildi. Xalqaro hamkorlik, dalillarga asoslangan baholash va miqdoriy ko‘rsatkichlarni siyosatga integratsiyalashuvining ahamiyati ta'kidlangan. Ko‘p faktorli indekslardan foydalanish tabiiy resurslarni boshqarishni optimallashtirish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq samarali ekologik strategiyalarni shakllantirish imkonini beradi.
58-64102026-09-18 -
O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKKA OID ISLOHOTLAR KAFOLATLANISHINING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIDAGI AHAMIYATI
Moxira JUMANIYAZOVA (Muallif)Mazkur maqolada BMTning 80-yubleyi dasturida ko‘zda tutilgan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bergan taklif va mulohazlarining tahliliga bag‘ishlanadi. Shuningdek, unda Markaziy Osiyoning integratsiyalashuvida O‘zbekistonda, xususan Qozog‘istonda gender tenglikka doir davlat siyosatining amalga oshirilishidagi o‘ziga xosliklar to‘g‘risida ham tahliliy xulosalar taqdim etilgan.
66 - 681452026-07-08 -
GLOBAL IQTISODIY RISKLAR VA TURIZMNING BARQAROR RIVOJLANISHI
Abduvali Abduraximovich ISADJANOV (Muallif)COVID-19 pandemiyasi sharoitida turizm industriyasini rivojlantirish xususiyatlari koʻrib chiqildi, turizm sanoatining milliy iqtisodiyotga taʼsiri ochib berildi, barqaror turizmni shakllantirish jarayonlariga global xavflarning taʼsiri koʻrsatildi. hamda global xavf-xatarlar sharoitida barqaror turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berilgan.
110-116922026-08-04 -
“YASHIL” IQTISODIYOT: RIVOJLANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA USTUVORLIKLARI
Abduvali Abduraximovich ISADJANOV (Muallif)Maqolada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, rivojlanishning an’anaviy modeli va yashil o‘sishning xususiyatlari, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish sharoitida yashil transformatsiyaning roliga alohida e’tibor qaratilgan.
13-18202026-09-18 -
O‘ZBEKISTONNING BMT MINBARIDAGI TASHABBUSLARI VA MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY HAMKORLIKNI CHUQURLASHTIRISHDA UNING O‘RNI
Otabek Ramazonovich NAZAROV (Muallif)Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining BMT minbaridan ilgari surayotgan tashabbuslari, xususan, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, barqaror rivojlanish hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalariga doir g‘oyalar yoritilgan. Ushbu tashabbuslar O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlab, mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.
92-95202026-09-19 -
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY MUAMMOLARNI HAL QILISH VA HAYOT SIFATINI OSHIRISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘RNI
Guzal Usmanbekovna SHARIPOVA (Muallif)Mazkur tadqiqot “yashil” iqtisodiyot tamoyillarining O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sohasiga ta’sirini har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda inson salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada ushbu ta'sirning uchta asosiy jihati ko‘rib chiqiladi: yashil ish o‘rinlarini yaratish, sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ta'lim tizimini barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiq o‘zgartirish.
65-67302026-09-18 -
YASHIL TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BOTANIKA VA AGRAR TURIZMNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Zokir Rustamovich SODIKOV (Muallif)Yashil transformatsiya jarayoni ekologik barqarorlikni ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va turizm sohasida yangi, ekologik yo‘nalishlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada botanika va agrar turizmning yashil transformatsiya sharoitida shakllanishi, ularning hududiy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi, shuningdek, bioxilma-xillikni asrash va qishloq joylarda barqaror iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashdagi roli tahlil qilindi. Xususan, agrar turizm orqali mahalliy aholi daromad manbalarini diversifikatsiya qilish imkoniyati, botanika turizmi orqali esa ekologik ta'lim va barqaror iste'mol madaniyatini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
32-36202026-09-18 -
IQTISODIYOTNING EKOLOGIK TRANSFORMATSIYASI: YASHIL TEXNOLOGIYALAR ROLI VA XITOY-OʻZBEKISTON HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI
Ольга Александровна СОРОКИНА (Muallif)Maqola global ekologik transformatsiyada yashil texnologiyalarning o‘rni, xususan Xitoy tajribasi va O‘zbekiston bilan hamkorligi misolida tahlil qilinadi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektromobillar, barqaror suv ta’minoti va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha global tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. “Yashil modernizatsiya”ning xitoycha modeli, “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi eksport salohiyati hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar alohida yoritiladi. Yashil texnologiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish vositasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida tahlil etiladi.
49-53202026-09-18 -
YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASIDA LIDERLIKNING TRANSFORMATSION MODELI: PREZIDENT NUTQINING PSIXOLOGIK TAHLILI
Azamat Sattorovich NAZAROV (Muallif)Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi misolida Yangi O‘zbekiston strategiyasida namoyon bo‘layotgan transformatsion liderlik modeli taҳlil etilgan. Ilmiy taҳlil jarayonida Prezident nutqining psixologik va kommunikativ xususiyatlari, uning jamiyatni modernizatsiya va barqaror rivojlanish sari yetaklovchi strategik lider sifatidagi roli yoritilgan. Maqolada transformatsion liderlik nazariyalari (Dj.Berns, B.Bass) asosida milliy boshqaruv amaliyotining yangi psixologik paradigmasi ko‘rsatib berilgan.
41-45102026-09-19 -
MAHALLA VA OILALARDA MA'NAVIY-AXLOQIY MUHITNI TAKOMILLASHTIRISH TIZIMI
Maloxat Ergashevna AXMEDOVA (Muallif)Mazkur maqolada mahalla va oilalarda barqaror ijtimoiy muhitni va faollikni qaror toptirish, yosh avlodni voyaga yetkazishda aholining ma'naviy-axloqiy-psixologik ijtimoiy muhitini qaror toptirish asosida yot g'oyalarga qarshi kurashish, xalq tinchligini saqlash uchun kurashga jalb etish, o'z faoliyatini insoniyat, mahalla, xalq manfaatlariga yo'naltirish, har bir fuqaroni madaniy va ma'naviy fazilatlarini ijtimoiy muhit jihatdan qaror toptirish va ularning o'z huquqlarini bilishga erishish, kuchli, adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurishga bo'lgan xohish-irodasini mustahkamlash muhim ekanligi ko'rsatib berilgan.
97-1011132026-08-02 -
OʻZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING ASOSIY TAMOYILI: OCHIQ MULOQOT VA KONSTRUKTIV HAMKORLIK
Yorqin SHUKUROV (Muallif)Ushbu maqola Yangi Oʻzbekistonning tashqi siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlarni tahlil qiladi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ochiqlik, oʻzaro tushunish va konstruktiv hamkorlik tamoyillari asosida mintaqaviy va global aloqalarni mustahkamlash strategiyasi koʻrib chiqilgan. Maqola Oʻzbekistonning xalqaro sheriklikni rivojlantirishga qat'iy intilayotganini koʻrsatadi.
46-48302026-09-19 -
YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH VOSITALARINING O‘RNI
Ravshan Vahidovich ABDULLAEV, Gulufar Nizomiddin qizi QODIROVA (Muallif)Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda islomiy moliyalashtirish vositalarining, xususan “yashil” sukuklarning o‘rni tahlil qilinadi. Global miqyosda “yashil” sukuk emissiyalari bo‘yicha yetakchi tajribalar ko‘rib chiqilib, ularning iqtisodiy va ekologik samaradorligi asoslanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishda “yashil” sukukni joriy etish istiqbollari, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
19-23102026-09-18

