Jild 7 № 3 (2024)
Maqolalar
ҲАДИС ТЎПЛАМЛАРИДА ФАРОИЗ ИЛМИ МАСАЛАЛАРИНИНГ ЁРИТИЛИШИ
Тадқиқотчи ушбу мақолада Ўрта асрларда илм-фан марказларига айланган Марказий Осиё шаҳарлари ва бу марказлардан етишиб чиққан ва фаннинг турли соҳалари ривожига катта ҳисса қўшган олимлар ҳақида сўз юритади. Маҳаллий аҳолининг ислом динини қабул қилиши ва Мовароуннҳрдаги сиёсий вазият илм-фан ривожига катта туртки бўлди ва шу сабабдан ҳам ислом илмларининг кўплаб соҳаларида, хусусан, фиқҳ соҳасида кўплаб олимлар етишиб чиқди. Ислом ҳуқуқида мерос масаласи мураккаб, бироқ айни пайтда фиқҳнинг бошқа соҳаларига қараганда ҳуқуқий тизимга кўра маҳорат билан ҳал этилган ҳуқуқий масаладир. Мерос илми Қуръон билан бир қаторда суннат асосида яратилгани сабабли, бу илмнинг ривожига муҳаддисларнинг ҳам салмоқли ҳиссалари қўшилганини кўриш мумкин. Мақолада Имом Бухорий, Имом ат-Термизий ва Имом Доримий каби машҳур муҳаддисларнинг фароиз масаласини ҳал этишда қанчалик ҳисса қўшгани сўз юритилади.
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDAGI AXBOROTLARNING YORITILISHI TENDENSIYASI
Maqolada mamlakatimiz tarixida va bugungi kunida harbiy-vatanparvarlik mavzusining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi misollar asosida tahlil etilgan. Aholi, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga doir axborotlarning ta’sirchanligini oshirish yuzasidan takliflar keltirilgan.
INFOGRAFIK KONTENTLAR YARATISHNI O‘RGATUVCHI PLATFORMALAR ISHLAB CHIQISHDA INFOGRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada ayni globallashuv davrdagi ta’lim jaroyonida interaktiv kontentlarni ishlab chiqish va o‘rgatishni samarali tashkil etish uchun mavjud dasturlardan foydalanib infografika yaratuvchi platforma yaratish keltirib o‘tilgan. Shu qatori oliy ta’lim, o‘rta maxsus, maktab ta’limi muassalarida o‘qitish sifatini yanada oshirish maqsadida zamonaviy interfaol infografika yaratuvchi dasturlardan foydalangan holda infografika yaratishni o‘rgatish haqida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tilgan. Dars mashg‘ulotlari davomida talabalarning ma’lumotlarni infografika yordamida yaratishga bo‘lgan qiziqishi va mavzuni o‘zlashtirishida qo‘llaniladigan eng samarali dasturlar imkoniyatlari keltirib o‘tilgan hamda platforma yaratilgan.
ДИН НИҚОБИ ОСТИДАГИ МАФКУРАВИЙ ТАҲДИДЛАР ВА ДАВЛАТ ХАВФСИЗЛИГИГА ТУҒДИРАЁТГАН ХАВФ-ХАТАРЛАРИНИНГ ТАҲЛИЛИ
Мақолада турли диний-экстремистик оқимлар ва террористик гуруҳлар томонидан ўзларининг бузғунчи мафкурасини асослаш учун фойдаланадиган дин ниқоби остидаги мафкуравий таҳдидларнинг тушунчаси таҳлил қилинган. Давлат хавфсизлиги ва мафкуравий соҳанинг ўзаро муносабати ҳамда боғлиқлиги ўрганилган. Ушбу турдаги мафкуравий таҳдидларни тушунишда турли илмий ёндашувлар таққосланган ва муаллифлик таърифи берилган ҳамда бошқа ғоявий хавф-хатарлардан фарқи асосланган.
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI DOIRASIDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING AHAMIYATI
XXI asrga kelib iqtisodiy globallashuv yanada kengayib bormoqda hamda ilm-fan va texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Dunyoning barcha davlatlari tinchlik va taraqqiyotning tarixiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turli xatarlar va qiyinchiliklarni kamaytirish uchun mintaqaviy hamkorlikka qadam qo‘yishni tezlashtirmoqda. Zamonaviy xalqaro munosabatlar tarixida Shanxay xamkorlik tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi ulkan konstruktiv iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi.
SO‘Z BULUTLARI VA MAVZUGA OID MODELLASHTIRISH ORQALI KO‘L TURIZMI HAQIDAGI FIKR-MULOHAZALAR TAHLILI: KATTA ALMATI KO‘LI MISOLIDA
Ushbu tadqiqotda Katta Almati ko‘li misolida Almati (Qozog‘iston) shahridagi ko‘l turizmini har tomonlama tahlil qilish amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqot matn ma’lumotlaridan foydalangan holda Almatidagi (Qozog‘iston) ko‘l turizmiga tashrif buyuruvchilar sharhlarining novatorlik tadqiqotidir. Katta Almati ko‘lida o‘tkazilgan so‘rovlardan iborat ommaviy ma’lumotlar to‘plami mavjud emasligi sababli, yangi ma’lumotlar to‘plami yaratiladi. Shu maqsadda TripAdvisor ma’lumotlari maxsus veb-brauzer yordamida olinadi.
СУРИЯДАГИ РАДИКАЛЛАШУВ САБАБЛАРИГА ОИД ТАДҚИҚОТЛАРДАГИ ЁНДАШУВЛАР
Мақолада Суриядаги беқарор вазиятга сабаб бўлган омиллар, уларнинг тарихий илдизлари, ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий жараёнларда диний омилнинг ўрни, турли радикал ва экстремистик гуруҳларнинг ғояларининг салбий таъсирлари, бу борада ўтказилган тадқиқотлардаги ёндашувлар ҳамда уларнинг таҳлилларига оид мулоҳазалар келтирилган.
MILLIY VA ETNIK NIZOLARNING OLDINI OLISHDA SIYOSIY KOMMUNIKATSIYA FUNKSIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Insoniyat tarixida milliy va etnik nizolar siyosiy konfliktlarning eng xavflisi sifatida namoyon bo‘lib keladi. Ularning oqibatida davlatlarning hududiy yaxlitligiga jiddiy zarba berilgan, mamlakatlar parchalangan, milliy va etnik birliklar uzoq davom etgan turli darajadagi ziddiyatlarga kirishgan. Muayyan g‘oyalarni targ‘ib qilish, fuqarolarga hissiy ta’sir o‘tkazish orqali ularni qarashlarini o’zgartirish, turli siyosiy kuchlar o’rtasida muloqot muhitini yaratishni maqsad qilgan siyosiy kommunikatsiya va uning funksiyalaridan polietnik mamlakatlarda samarali foydalanish davlatlarning nafaqat siyosiy barqarorligiga, balki ularning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishiga ham kafolat bo‘ladi. Chunki siyosiy kommunikatsiyaning asosiy vazifasi siyosiy hokimiyat uchun kurash bo‘lgani holda turli siyosiy kuchlar undan samarali foydalanishni siyosiy maqsadlarga erishishning asosiy vositasi sifatida qarab keladilar. Polietnik mamlakatlar qatoriga kiradigan O‘zbekiston uchun ham siyosiy kommunikatsiyaning funksiyalaridan samarali foydalanish uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligini saqlashda, fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
ИМОМ АБУ ЮСУФ ВА УНИНГ ҲАНАФИЙ МАЗҲАБИ РИВОЖИДАГИ ЎРНИ
Мақолада ҳанафий мазҳабининг буюк имоми, фақиҳ ва мужтаҳид олим Имом Абу Юсуфнинг ҳаёти, илмий ва амалий фаолияти, унинг мазҳаб ривожидаги ўрни ҳақида сўз юритилган. Олимнинг устоз ва шогирдлари зикр қилиниб, манбаларда унга берилган таърифлар келтирилган. Шунингдек, олим қаламига мансуб асарлар тўғрисида умумий маълумот берилган.
МАҲМУД ЗАМАХШАРИЙ “АЛ-КАШШОФ” ТАФСИРИНИНГ МАНБАВИЙ МУҲИТИ
Мовароуннаҳрда тафсиршунослик ўзига хос шаклланиш ва ривожланиш йўлини босиб ўтган. Маълумки, Маҳмуд Замахшарийнинг “ал-Кашшоф” асари ислом дунёсида филологик тафсир сифатида шуҳрат топган. XII-XIII асрлардан бошлаб мазкур тафсирга турли ҳудудларда яшаган олимлар томонидан қизиқиш ортади. Бунинг натижаси ўлароқ, унга муфассирлар томонидан ҳозирга қадар сақланиб қолган юзга яқин шарҳ, ҳошия, мухтасарлар ёзилган. Бу нодир манбалар тафсиршунослик тарихини ўрганишда муҳим ағамият касб этади.
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA TARIX ILMINING RIVOJLANISHI
Amir Temur faoliyati siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, davlat hayotining turli sohalarida uning amalga oshirgan ishlari haqida jamoatchilik unchalik xabardor emas. Sohibqiron faoliyati aks ettirilgan ilmiy manbalarni o‘qish jarayonida uning hukmronlik davrida ilm-fanning muayyan tarmoqlari nihoyatda rivojlangani, jamiyat taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgani va hukmdorning o‘zi olimlarga homiylik qilganligi haqidagi ma’lumotlarga guvoh bo‘lamiz. Amir Temurning o‘zi ham ilm-fanning turli sohalaridan xabardor, aynan shu bilimlarining zaxirasi unga davlat boshqaruvi jarayonidagi qator muammolarni hal etishda qo‘l kelgani, shuning uchun Temur qiyofasida ma’orifparvar hukmdor namoyon bo‘lishi va uning bu jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganishimiz zarurati yuzaga keladi. Temur o‘zi tarix ilmiga qiziqishi baland bo‘lgani, bu sohaga oid bilimlari unga davlat boshqaruv jarayonida yordam bergani, uning davrida tarixnavislik ilmi rivojlanib qator olimlar yetishib chiqqanligi haqida ma’lumotlar diqqatga sazovordir. Mazkur maqola aynan Temur hukmronligi davrida faoliyat yuritgan tarixnavis olimlar faoliyatini yoritish orqali muayyan tarixiy davrni ma’naviy-ma’rifiy qiyofasini yoritib berishga ham xizmat qiladi.
ХАТТОТЛИК ФАЛСАФАСИ
Мазкур мақолада Бухоро давлат музей-қўриқхонасида ташкил этилган “Хаттотлик ва ундаги фалсафа” кўргазмаси, унинг моҳияти, намойиш этилаётган экспонатлар ва уларнинг тарихи билан боғлиқ қимматли маълумотлар келтирилади. Кўргазмадан ўрин олган китобат санъати намуналарининг фалсафий маънолари хат услублари ва хаттотларнинг фалсафий қарашлари орқали очиб берилади. Хаттотларнинг ижод намуналари бўлган кўплаб экспонатлар алоҳида таҳлил қилинади. Шунингдек, қоғоз тайёрлаш ва асосий хат турлари, уларнинг фойдаланиш соҳалари бўйича маълумот берилади.
TEMURIYLAR DAVRIDA IQTISODIY HAYOT (DEHQONCHILIK, CHORVACHILIK VA SUG‘ORISH TIZIMI)
Bu tadqiqotda temuriylar davlatining ilk yillaridan inqirozga uchrab tarix sahnasidan tushgunigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy hayotning dehqonchilik, sug‘orish tizimi, chorvachilik kabi sahalari tilga olinadi. Mazkur sohalarning rivojlanishi, bu yo‘nalishda amalga oshirilgan islohotlar va yangiliklar haqida so‘z boradi. Temuriylar davlatining markaziy shaharlarida dehqonchilik va chorvachilikni qaysi sohalari yaxshi rivojlandi va qaysi sohasida o‘sish bo‘lmaganligini ko‘rib chiqiladi.
ТОШКЕНТДАГИ ИЛК МИЛЛИЙ ГАЗЕТАЛАР ТАРИХИГА ДОИР
XX аср бошларида Тошкент шаҳрида жадид мутафаккирларининг сайи-ҳаракатлари билан дастлабки миллий газеталар нашр этила бошланди. 1906 йил 27 июнда нашрдан чиққан “Тараққий” газетаси биринчи миллий руҳдаги ўзбек газетаси сифатида тарихда қолди. Шундан сўнг Тошкент шаҳрида миллий руҳдаги мақолалар ва чиқишлар билан “Хуршид”, “Тужжор”, “Шуҳрат”, “Осиё” газеталари ҳам турли муддатларда фаолият юритган.
TURKISTONDAN TURKIYAGA MUHOJIRLIK YO‘LLARI (1917-1924 YILLAR)
Ushbu maqolada, Sovet davrida Turkistondan Turkiyaga ko‘chgan muxojirlarning ko‘chish sabablari, ularning bu yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklari va muxojirlikda qanday hayot kechirishgani haqida ilmiy tadqiqotlarda keltirilgan ma’lumotlarga tayanib mavzuni atroflicha yoritishga harakat qilindi. Bu jarayon nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki bugungi kunda ham turkiy xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi.
MAHMUD ZAMAXSHARIY “NUKATU-L-I’ROB” ASARINING TUZILISHI
Mazkur maqolada Zamaxshariyning hayoti va ilmiy faoliyati qisqacha bayon qilingan. Shuningdek, allomaning “Nukatu-l-i’rob” asari haqida ma’lumot keltirilgan. Maqola muallifi allomaning ilmiy merosi hisoblangan muhim asari tuzilishini tahlil qilgan. “Nukatu-l-i’rob” asarining tilshunoslikda tutgan o‘rni va uning bugungi kundagi ahamiyati haqidagi zaruriy ma’lumotlarni bergan. Shuningdek, asarning dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nusxalari haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
«КАЛИЛА ВА ДИМНА» АСАРИГА ТУРЛИ ДИНИЙ АНЪАНАЛАРНИНГ ТАЪСИРИ
Ушбу мақола «Калила ва Димна»нинг яратилиши ва таржимаси тарихи ўтган турли диний анъаналар унинг ғоявий мазмуни ва бадиий хусусиятларининг шаклланишига қандай таъсир қилганини ўрганишга бағишланган. Муаллиф ҳинд, эрон, араб ва бошқа маданиятларга хос диний эътиқодлар, афсоналар ва рамзлар ушбу эртаклар тўпламининг ҳикоялари ва тасвирларига қандай қўшилганлигини таҳлил қилади.
ZAMONAVIY ARAB VA O‘ZBEK HIKOYALARIDA “YUSUFNOMA” MAVZUSI
Mazkur maqolada zamonaviy arab va o‘zbek adabiyotida, xususan, hikoyanavisligida “Yusufnoma” mavzusi, obrazlar talqini, ma’rifiy g‘oya va mazmun, badiiy-irfoniy talqin va ramziy-majoziy ifoda, adabiy-estetik fikr, epik tavsiflar olami tahlil qilingan. Yozuvchilar payg‘ambarlar hayotiga oid qissalarga murojaatni “talmeh” sanʻatlari orqali ifodaladilar. Bu turdagi asarlarda ijodkorlarning ikki xil usulda yondashuvlarini ko‘rish mumkin: biri Payg‘ambarlar hayotidagi biron bir voqeani asar mazmuniga singdirib yuborish, ikkinchisi, asarda arxetip obrazlarni aks ettirish, ya’ni asar qahramonini o‘sha payg‘ambar ismi bilan atalishi va payg‘ambar hayotidagi voqealarni asar qahramonining hayotiga singdirib yuborish kabi usullar kuzatiladi.

