Jild 9 № 2 (2026)


						{$identification) ko'rish
Jild 9 № 2 (2026)
Nashr qilingan: 2026-08-05

Maqolalar

NASAFIYNING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI

Robiya AZIMOVA (Muallif)

Movarounnahr zaminida voyaga yetgan yirik alloma, imom, faqih, mufassir va kalom ilmi namoyandasi Abul Barakot Hofizuddin Nasafiy (vaf. 710/1310) oʻz davrining islom ilmlariga ulkan hissa qoʻshgan zabardast ulamolaridan sanaladi. U ilk taʼlimni Buxoro hamda Samarqand ilmiy muhitida olgan. Davrining yetuk faqihlaridan saboq olib, keyinchalik oʻzi ham koʻplab shogirdlar tarbiyalagan. Movarounnahrda hanafiylik va moturidiylik taʼlimotining keng yoyilishida muhim oʻrin tutgan. Allomaning fiqh, aqida va tafsir yoʻnalishlarida qariyb oʻn oltita eʼtiborli va nufuzli asarlari mavjud.

57-61
13
2

ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ДИНИЙ СТЕРЕОТИПЛАР ВА ДИНДОРЛИК ДАРАЖАСИНИНГ ИЖТИМОИЙ ХАВФСИЗЛИККА ТАЪСИРИ: СОЦИОЛОГИК ТАҲЛИЛ

Сухроб Норбутаевич ХИДИРОВ (Muallif)

Мазкур мақолада Янги Ўзбекистон шароитида диний бағрикенглик, конфессиялараро муносабатлар ҳамда диндорлик даражасига оид ижтимоий стереотипларнинг ижтимоий хавфсизликка таъсири социологик таҳлил асосида ўрганилади. Эмпирик социологик сўров натижалари орқали жамиятда диний камситиш ҳолатларининг тарқалиш даражаси, уларнинг шакллари, латент хусусиятлари ҳамда ижтимоий ишончга таъсири баҳоланади. Шунингдек, ижтимоий барқарорликни мустаҳкамлашга қаратилган илмий асосланган тавсиялар ишлаб чиқилади.

113-117
13
3 3

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING IJTIMOIY ONG VA QADRIYATLARGA TA’SIRI

Shuxratjon Sheraliyevich RAJABOV (Muallif)

Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) zamonaviy jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli makon shaxsning dunyoqarashi, axloqiy tushunchalari va ijtimoiy xulq-atvorini shakllantirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va algoritmik filtrlash mexanizmlari orqali axborot oqimining boshqarilishi “echo chamber” effekti va selektiv ong shakllanishiga olib kelishi mumkinligi asoslanadi. Shu bilan birga, AKT tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, global muammolar yuzasidan xabardorlikni oshirish va ijtimoiy tashabbuslarni kengaytirish imkonini beradi. Tadqiqot AKTni nafaqat texnologik vosita, balki ijtimoiy ongni shakllantiruvchi murakkab ijtimoiy mexanizm sifatida talqin qiladi.

109-112
12
3

UNIVERSITETDA O‘QISH DAVRIDA TALABALARNING SHAXSIY YETUKLIK DARAJASI VA SIYOSIY BAG‘RIKENGLIK O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

Timur Sobirovich SATTAROV , Sarvinoz ABDURAHMONOVA (Muallif)

Maqola oliy o‘quv yurtlari talabalarining shaxsiy yetuklik darajasi va siyosiy bag‘rikenglik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning nazariy va empirik tahliliga bag‘ishlangan. Ishda o‘smirlik davridagi umumiy shaxsiy rivojlanish kontekstida shaxsning o‘z qarashlaridan farq qiladigan siyosiy qarashlarni qabul qilish qobiliyatini belgilaydigan psixologik mexanizmlar ko‘rib chiqiladi. Siyosiy bag‘rikenglik yetuk shaxsning integrativ sifati sifatida tahlil qilinadi, u kognitiv murakkablik, hissiy barqarorlik va qadriyat avtonomiyasini o‘z ichiga oladi. Kichik kurslardan yuqori kurslarga o‘tishda bag‘rikeng munosabatlarning rivojlanish dinamikasiga alohida e'tibor qaratilgan. Maqolada oliy ta'limda fuqarolik tarbiyasi dasturlarini loyihalashda shaxsiy yetuklik darajasini hisobga olish zarurligi asoslab berilgan.

105-108
9
2

IJTIHOD TUSHUNCHASI VA MUJTAHIDGA QO‘YILGAN SHARTLAR

Mubina Shavkatjon qizi SADIROVA (Muallif)

Ushbu maqolada ijtihod tushunchasining islom huquqshunosligidagi o‘rni, mohiyati va metodologik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtihodning lug‘aviy va istilohiy ma’nolari, uning Qur’on va Sunnatga asoslangan holda shakllanish jarayoni hamda sahobalar davridan boshlab fiqh tizimidagi rivoji yoritiladi. Shuningdek, mujtahid shaxsiga qo‘yiladigan ilmiy va axloqiy talablar, ijtihod jarayonining bosqichlari va asosiy manbalari – Qur’on, Sunnat, ijmo‘ va qiyosning o‘zaro bog‘liqligi tahlil etiladi.

101-104
12
5

“BAY’AT” TUSHUNCHASINING SIYOSIY-HUQUQIY VA TARIXIY TAHLILI

Habibulloh SAGDIYEV, Bahodir BOTIROV (Muallif)

Maqolada “bay’at” institutining islom huquqi va zamonaviy siyosiy tizimlardagi o‘rni qiyosiy tahlil qilinadi. Unda atamaning etimologik ildizlari, tarixiy, tasavvufiy-ma’naviy qirralari hamda davlat boshqaruvidagi ijtimoiy shartnoma sifatidagi ahamiyati yoritildi. Shuningdek, tarixiy bay’at an’analarining bugungi demokratik saylov jarayonlari va hokimiyat legitimligi tushunchalari bilan o‘zaro mutanosib jihatlari ilmiy asoslab berilgan.

96-100
20
1

QUDDUS PRAVOSLAV PATRIARXLIGINING TARIXIY SHAKLLANISHI VA BOSHQARUV TIZIMI

Zilola Zafar qizi TOIROVA (Muallif)

Ushbu maqolada Quddus Rum Pravoslav Patriarxligining vujudga kelishi, tarixiy shakllanishi hamda turli siyosiy hokimiyatlar davridagi faoliyati tahlil qilinadi. Xususan, cherkovining patriarxlik maqomiga ko‘tarilishi, Xalkidon Soborining bu jarayondagi ahamiyati hamda Vizantiya davrida Quddusning xristian ziyorat markaziga aylanishi masalalari yoritiladi. Vizantiya hukmronligi, arab xalifaligi, salib yurishlari, mamluklar va Usmoniylar hukmronligi ostida bo‘lgan davrida patriarxlikning huquqiy holati, muqaddas joylar bilan bog‘liq vakolatlari va diniy mavqei yoritiladi.

91-95
3
1

TOHIR MAQDISIY ILMIY MEROSINING QIYOSIY DINSHUNOSLIK SOHASIDA TUTGAN O‘RNI

Saidumarxon Sirojiddin o‘g‘li BURGUTXONOV, Sunnatullo Negmat o‘g‘li RAXMONOV (Muallif)

Ushbu maqolada IX – X asrlarda yashab o‘tgan olim Tohir Maqdisiyning hayoti  va faoliyati, olimning qiyosiy dinshunoslikka oid asarlari, bu borada o‘rganilgan tadqiqotlar hamda Tohir Maqdisiyning bizgacha yetib kelgan yagona “al-Bad va-t-tarix” (Ibtido va tarix) nomli asari, hamda asarning boshqa dinlar va ularning manbalarini o‘rganishdagi va bugungi kundagi ahamiyati bayon qilinadi. “Al-Bad va-t-tarix” asari nafaqat tarix uchun, balki, madaniyat va dinlar tarixi, kalom va islom falsafasi uchun ham muhim manba hisoblanadi. Asar yigirma ikki bobdan iborat bo‘lib, asarda ilm, jaholat, aql va hissiyot, aqida, tavhid, payg‘ambarlik, risolat, xalifaliklar, sahobalar, turli dinlar, e’tiqodlar, mazhablar, adashgan firqalar hamda ularga berilgan raddiyalar aks etadi.

82-90
16
4

YOSHLAR ORASIDA RADIKALLASHUVNING OLDINI OLISHDA MA’RIFIY YONDASHUVNING AHAMIYATI

Xamza Ataxanovich ATAXANOV (Muallif)

Maqolada yoshlar orasida radikallashuvning oldini olishda ma’rifiy yondashuvning nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Radikallashuvning ma’naviy, g‘oyaviy va axboriy omillari ochib berilib, unga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda oila, mahalla, ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik tarbiyasining o‘rni va profilaktik imkoniyatlari keng yoritilgan. Yoshlar orasida radikallashuvning oldini olishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan.

77-81
7
2

MUSULMON DUNYOSIDA MAHALLA TIZIMI – IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA DINLARARO MULOQOT PLATFORMASI

Odiljon ERNAZAROV (Muallif)

Mazkur maqolada musulmon dunyosida mahalla tizimining shakllanish tarixi hamda uning ijtimoiy va dinlararo munosabatlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Mahalla nafaqat hududiy birlik, balki ijtimoiy nazorat, o‘zaro yordam, diniy hayot va iqtisodiy hamkorlikni ta’minlovchi muhim institut sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Makka va Madinadagi dastlabki joylashuvlardan boshlab, Umaviylar, Abbosiylar va Usmonlilar davrida mahalla tizimining rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Andalusiya shaharlari misolida turli din vakillarining bir hududda yoki qo‘shni mahallalarda yashash tajribasi tahlil qilinadi. Maqolada mahalla tizimi diniy va etnik farqlarni saqlagan holda ijtimoiy integratsiya, qo‘shnichilik va hamkorlikni ta’minlaganligi asoslab beriladi.

71-76
6
3

НОСИРУДДИН САМАРҚАНДИЙНИНГ “РИЁЗАТ АЛ-АХЛОҚ” АСАРИДА ТАСАВВУФИЙ ТУШУНЧАЛАР ТАЛҚИНИ

Бекзодбек МУХТАРОВ (Muallif)

Мақолада Носируддин Самарқандийнинг ижтимоий муносабатларни тартибга солувчи ахлоқлар борасидаги қарашлари таҳлил этилган. Шунингдек, олимнинг ислом ахлоқини жамлаган тасаввуф илмига доир тавҳид, ризо, зуҳд, сукут, шаҳват каби тушунчалар мазмуни ва уларнинг талқини ҳақида илгари сурган фикрлари келтириб ўтилган. Олим ахлоқий қарашларининг бугунги кунда жамиятдаги ижтимоий аҳамияти ҳамда ёшлар таълим-тарбиясидаги роли очиб берилган.

66-70
4
3

ISMOIL HAQQIY BURSAVIY VA UNING “RUHU-L-BAYON” TASAVVUFIY TAFSIRI

Durbek Obidjonovich RAHIMJONOV (Muallif)

Ushbu maqolada Ismoil Haqqiy Bursaviy va uning “Ruhu-l-bayon” nomli tasavvufiy tafsiri ilmiy va tasavvufiy jihatdan tahlil qilingan. Asarning umumiy tuzilishi, manbalari va o‘ziga xos xususiyatlari keng yoritilgan. Maqolada mazkur tafsirdagi Qur’on oyatlarining zohiriy va botiniy jihatlarini ochib berilishiga alohida e’tibor qaratilgani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, tafsirdagi ishoriy yondashuv va uning tasavvuf ta’limotidagi o‘rni tahlil qilingan. Asarning afzalliklari va ayrim tanqidiy jihatlari ham ko‘rib chiqilgan. Natijada “Ruhu-l-bayon” asarining tafsir ilmidagi ahamiyati ochib berilgan.

62-65
22
4

CHET TILLARINI OʻQITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR: RAQAMLI TAʼLIM MUHITI, METODLAR VA VOSITALAR INTEGRATSIYASI

Yorqin SHUKUROV (Muallif)

Mazkur maqola chet tillarini oʻqitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarning oʻrni va ularni taʼlim jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlariga bagʻishlangan. Unda raqamli taʼlim muhitini yaratishda interaktiv oʻqitish metodlari, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati tahlil etilgan. Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar orqali talabalarda kommunikativ kompetensiya, mustaqil fikrlash va chet tillarga boʻlgan motivatsiyani rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan. Maqola chet tillarini oʻqitishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va yechimlarni oʻz ichiga oladi.

8-11
15
5

XI-XII ASRLARDA XORAZMDAGI ADABIY HAYOT TAHLILI

Odina Obiddin qizi MAHMUDOVA (Muallif)

Mazkur maqolada XI-XII asr Xorazm hududidagi ilmiy va adabiy muhit hamda uning rivojlanish bosqichlari Mahmud Zamaxshariy yashagan davri misolida tahlil qilinadi. Unda Xorazmning Sharq Renessansidagi o‘rni, Xorazmshohlar homiyligi, ilmiy markazlar shakllanishi hamda olim va adiblar merosi asosida davrning umumiy ilmiy manzarasi yoritiladi.

53-56
9
3

МUHAMMAD SHARIF DAVLAT BOSHQARUVI HAQIDA

Yusupdjan Aripovich SADIKOV (Muallif)

Maqolada XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Markaziy Osiyoda oʻzbek davlatchiligi, uning maʼmuriy apparati va usullari taqdim etilgan. Oʻsha davr olimi-faylasuf va shoir Muhammad Sharif Buxoriyning “Favaid Khaqaniya” asarida ifodalangan davlatchilik va davlat boshqaruvi haqidagi qarashlar aks ettirilgan.

50-52
27
2

БУХОРОДА КИТОБАТ ВА ХАТТОТЛИК САНЪАТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИ

Ҳусен Хайруллоевич ДЖУРАЕВ (Muallif)

Мазкур мақолада Мовароуннаҳрда хонликлар даврида Бухоро китобат ва хаттотлик санъати тарихи, китоб ёзиш, тўплаш, безаш соҳасидаги анъаналар XVI-XVIII асрларда ҳам давом этгани, айрим хонлар махсус кутубхоналар яратгани ҳамда унда кўплаб қўлёзмалар тўпланганлиги ҳақида маълумотлар бугунги кунда ушбу санъат соҳибларини ҳаёт ва ижодларни ўрганиш долзарб бўлиб қолмоқда.

42-49
23
6

“ЖАВОМЕЪ АЛ-КАЛИМ” ҲАДИСЛАРИГА ДОИР АСАРЛАР ТАҲЛИЛИ

Оиша Бахром қизи БАҲОДИРОВА (Muallif)

Ushbu maqola Rasululloh (s.a.v.)ga berilgan “Javome’ al-kalim” xususiyati, uning hadislarda aks etishi, xususan imom Buxoriy va imom Muslimdan keltirilgan “Javome’ al-kalim” rivoyatlarini Mulla Aliy Qoriyning “Arbauna hadisan min Javome’ al-kalim” to‘plami misolida aks ettirgan. Mavzuni ochib berishda “Javome’ al-kalim” tushunchasining lug‘aviy, istilohiy ma’nolari, ayrim ulamolarning mazkur tushunchaga bergan ta’riflari keltirilgan. Shuningdek, “Javome’ al-kalim”ga bag‘ishlangan bir necha asar nomlari ham sanab o‘tilib, Mulla Aliy Qoriy jamlagan hadislar bilan boshqa to‘plamlardagi hadis tanlanish uslublari qiyoslangan.

36-41
21
4

INSON MANFAATLARINI ANIQLASHDA NAQL VA AQLNING O‘RNI

Dilfuza Rashid qizi YULDASHEVA (Muallif)

Ushbu maqolada Qur’oni karimda “aql” tushunchasining ifodalanishi, uning fe’l shaklidagi qo‘llanishi va inson tafakkuridagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda aqlning insonni fikrlash, ibrat olish va haqiqatni anglashga yo‘naltiruvchi asosiy vosita ekani Qur’on oyatlari va tafsirlar asosida yoritiladi. Shuningdek, maqolada aqlning axloqiy qarorlar qabul qilishdagi roli hamda uning sezgi va vahiy bilan o‘zaro bog‘liqligi islom falsafasi doirasida ko‘rib chiqiladi. Izz ibn Abdusalom, G‘azzoliy va Shotibiy kabi olimlarning qarashlari asosida aql va vahiy o‘rtasidagi muvozanat hamda maslaha tushunchasining ahamiyati ochib beriladi. Xulosa qilib aytganda, aql va vahiy bir-birini inkor etmaydi, balki insonni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiruvchi uyg‘un tizim sifatida namoyon bo‘ladi.

31-35
13
4

ҲАДИСЛАРНИ ШАРҲЛАШ ИЛМИ ТАРИХИ

Дониёр Махаматвалиевич МУРАТОВ (Muallif)

Ушбу мақолада ҳадисларни шарҳлаш илмининг тарихи, шаклланиши ва ривожланиш босқичлари таҳлил қилинади. Саҳобий ва тобеийлардан бошланган изоҳ анъаналари, классик шарҳчилар мероси ҳамда илмий усуллар ёритилиб, унинг ислом илмлари тизимидаги аҳамияти очиб берилади. Ҳадисларни шарҳлаш илми ҳақида таъриф ҳамда ҳазирги кунда бу илмнинг муҳим экани кўрсатиб берилган.

25-30
16
4

АРАБ АДАБИЁТИДА МАҚОМА ЖАНРИ ШАКЛЛАНИШ БОСҚИЧЛАРИ

Саидахон Мусохон қизи АСҚАРОВА (Muallif)

Ушбу мақолада араб адабиётида ўзига хос ўрин эгаллаган мақома жанрининг пайдо бўлиши, шаклланиш босқичлари, жанрий ва услубий хусусиятлари таҳлил қилинади. Мақомани наср ва назм уйғунлигига асосланган, риторик безаклар ва сўз ўйинлари орқали муаллиф маҳоратини намоён этувчи жанр сифатида тавсифлашга алоҳида эътибор қаратилган. Мақолада Бадиуззамон Ҳамадонийнинг мақома жанрига асос солишдаги ўрни ҳам кўриб чиқилади.

21-24
20
4

ARAB TILIDA TOVUSHLARINING ARTIKULYATSION TAVSIFI

Baxromjon Zakirdjanovich DAMINOV , Dildora Alloqul qizi RAXIMOVA (Muallif)

Mazkur maqolada arab nutqi tovushlarining artikulyatsion xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda tovushlarning hosil bo‘lish jarayonida nutq a’zolarining ishtiroki, tovushlarning hosil bo‘lish o‘rinlari (maxorij al-huruf) hamda ularning tasnifi yoritib beriladi. Shuningdek, arab tiliga xos bo‘lgan halqumiy, til orqa va emfatik tovushlarning artikulyatsion jihatdan o‘ziga xos tomonlari ochib beriladi. Ushbu maqola arab tilini o‘rganuvchilar uchun to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

17-20
25
4

OMONIMIYA FЕNOMЕNI VA UNING JAHON TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI

Nasiba Sayidmaхamadovna SAYIDIRAХIMOVA (Muallif)

Ushbu maqolada omonimiya hodisasining nazariy asoslari, uning til tizimidagi o‘rni va funksional хususiyatlari yoritiladi. Jahon tilshunosligida omonimiyaga oid ilmiy qarashlar, хususan, sеmantik, strukturalistik va kognitiv yo‘nalishlar doirasidagi talqinlar tahlil qilinadi. Omonimlarning lеksik, grammatik hamda sintaktik sathlarda namoyon bo‘lishi ilmiy misollar asosida ko‘rib chiqiladi. SHuningdеk, omonimiyaning nutqdagi kommunikativ ahamiyati va uning ma’no anglash jarayonidagi o‘rni asoslanadi.

3-7
8
4

“FARG‘ONA KELINI”ASARIDA AYOL JASORATI

Mu’tabarxon MADAYEVA, Malika SOBIROVA (Muallif)

Mazkur maqolada Jurji Zaydonning “Farg‘ona kelini” romani misolida Sharq ayolining jamiyatdagi o‘rni, uning ma’naviy qudrati va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilingan. Asardagi Jahon obrazi orqali ayolning sabr-matonati, aql-zakovati va murakkab hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada arab adabiyotidagi “An-Nahda” (Uyg‘onish) davri, uning madaniy va adabiy jarayonlarga ta’siri, ikki asosiy yo‘nalishi — milliy merosni tiklash va g‘arb madaniyati ta’siri tahlil etilgan. Tadqiqotda Jurji Zaydon ijodining ilmiy baholanishi, uning tarixiy roman janrini rivojlantirishdagi o‘rni hamda ayrim tanqidiy qarashlar ham yoritilgan. Asar tahlili orqali ayol obrazining nafaqat badiiy, balki tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

12-16
11
2