Maqolalarga qo'yiladigan talablar
“Islom tafakkuri” jurnaliga maqolalar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:
Maqola nomi, annotatsiya (50 tacha so‘zdan iborat bir abzas), tayanch iboralar (5-7 ta)o‘zbek, rus, ingliz tillarida; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (kamida 10 ta) berilgan bo‘lishi, asosiy matn hajmi 7 sahifadan kam bo‘lmasligi kerak (7-10 bet);
Maqola kirish, asosiy qism va xulosa ruknlariga bo‘linadi. Kirish qismida tadqiqot maqsadi va muammosini aniq ifoda qilish lozim. Maqola nazariy-uslubiy jihatdan puxta, ishonchli manbalar, asosli xulosalar va tavsiyalarga boy, nashr xususiyatidan kelib chiqqan holda ilmiy-tahliliy bo‘lishi lozim.
Maqolalar Word dasturida, “Times New Roman” shriftida, 14 shrift o‘lchamida, 1,5 intervalda, bosma va elektron shakli bilan qabul qilinadi;
Maqolaga muallif ism-sharifi to‘liq, ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni ingliz tilida, muallif e-maili, telefon raqami haqidagi maʼlumotlar ilova qilinishi shart;
Masalan:
Islom Haydarov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy
ўрганиш UNESCO кафедраси доценти,
falsafa doktori PhD. islom_haydarov@iiau.uz
Тел: 243-00-00 уй, (90) 430-00-00 mobil. 244-00-56 ish
Maqolaning ilmiy apparati maqola ichida, iqtibos keltirilgan joyda quyidagicha berilishi lozim; Masalan: [3:8] tarzida. Adabiyotlar ruyxatidagi rakami va nashrdagi beti.
Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (kamida 7 ta mahalliy, kamida 3 ta chet el) alifbo tartibida quyidagi tarzda berilishi zarur:
- muallif va asar nomi;
- asar chop etilgan shahar va nashriyot;
- nashr etilgan yili, beti.
Masalan:
Voronina V.L. K xarakteristike arxitekturi Sredney Azii epoxi Samanidov. «Trudi AN TadjSSR», T. XXVII. 1954. – 245 s.
Denike B.P. Arxitekturniy ornament Sredney Azii. – M.: Izdatelstvo vsesoyuznoy akademii arxitekturi, 1939. – 218 s.
Navro‘zova G.N. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va maʼnaviy meʼrosi. Toshkent: Fan, 2021. – 244 b.

