Jild 8 № Special Issue 3 (2025)


						{$identification) ko'rish
Jild 8 № Special Issue 3 (2025)
Nashr qilingan: 2026-08-05

Maqolalar

АТРОФ-МУҲИТНИ АСРАШ МАСЪУЛИЯТИ

Нурислом ТУХЛИЕВ (Muallif)

Мақолада ҳукумат қарорлари ва дастурлари асосида мамлакатимизда атроф-муҳит, экологик вазият борасида юзага келган ҳолат таҳлил қилинган, бу салбий оқибатлардан чиқиб кетиш йўллари, зарурати, мақсад ва вазифаларга тўхталиб ўтилган, Исломда табиатга, мўтадилликка, исрофгарчиликка муносабат ифодасини топган.

2-5
4

ЎЗБЕКИСТОНДА ЯШИЛ ТРАНСФОРМАЦИЯ ЖАРАЁНЛАРИДА "ЯШИЛ" СУКУКНИНГ РОЛИ

Равшан Вахидович АБДУЛЛАЕВ (Muallif)

Мақолада Ўзбекистонда яшил иқтисодиётга ўтиш жараёнларида исломий молиялаштириш воситаларидан ҳисобланган "яшил сукук" салоҳияти кўриб чиқилган. Мамлакатнинг иқтисодий ва молиявий ҳолати, исломий молиялаштириш ва сукук бозорининг жорий аҳволи, "яшил" сукукнинг назарий асослари таҳлил қилинган, шунингдек, ушбу воситани жорий этишнинг имкониятлари аниқланган. Ишда "яшил" сукукни жорий этишга оид меъёрий-ҳуқуқий базани шакллантириш бўйича стратегиялар ва амалий тавсиялар берилган. Ўзбекистонда чиқарилиши режалаштирилаётган биринчи "яшил" сукукнинг "яшил" иқтисодиётга ўтишни таъминлашдаги роли очиб берилган.

6-12
3

“YASHIL” IQTISODIYOT: RIVOJLANISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA USTUVORLIKLARI

Abduvali Abduraximovich ISADJANOV (Muallif)

Maqolada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, rivojlanishning an’anaviy modeli va yashil o‘sishning xususiyatlari, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish sharoitida yashil transformatsiyaning roliga alohida e’tibor qaratilgan.

13-18
2
0

YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH VOSITALARINING O‘RNI

Ravshan Vahidovich ABDULLAEV, Gulufar Nizomiddin qizi QODIROVA (Muallif)

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda islomiy moliyalashtirish vositalarining, xususan “yashil” sukuklarning o‘rni tahlil qilinadi. Global miqyosda “yashil” sukuk emissiyalari bo‘yicha yetakchi tajribalar ko‘rib chiqilib, ularning iqtisodiy va ekologik samaradorligi asoslanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishda “yashil” sukukni joriy etish istiqbollari, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

19-23
1
0

YASHIL IQTISODIYOT O‘ZBEKISTON BARQAROR RIVOJLANISHINING STRATEGIK VEKTORI SIFATIDA: MUAMMOLAR, TASHABBUSLAR VA ISTIQBOLLAR

Лайло ТАШПУЛАТОВА (Muallif)

Maqola O‘zbekiston Respublikasida “yashil iqtisodiyot” modeliga o‘tish jarayonini iqlim kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda yashil transformatsiyaning institutsional, huquqiy va iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar, ekologik siyosat, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlar tahlil qilinadi. Risklar qayd etiladi va 2035 yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish prognozlari shakllantiriladi.

24-31
4
0

YASHIL TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BOTANIKA VA AGRAR TURIZMNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Zokir Rustamovich SODIKOV (Muallif)

Yashil transformatsiya jarayoni ekologik barqarorlikni ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va turizm sohasida yangi, ekologik yo‘nalishlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada botanika va agrar turizmning yashil transformatsiya sharoitida shakllanishi, ularning hududiy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi, shuningdek, bioxilma-xillikni asrash va qishloq joylarda barqaror iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashdagi roli tahlil qilindi. Xususan, agrar turizm orqali mahalliy aholi daromad manbalarini diversifikatsiya qilish imkoniyati, botanika turizmi orqali esa ekologik ta'lim va barqaror iste'mol madaniyatini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

32-36
2
0

O‘ZBEKISTON VA XITOY O‘RTASIDAGI SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIK

Саёра Алимовна ЗАКИРОВА, Жасуржон Махмуджон угли МИРЗАЛИЕВ (Muallif)

Maqola O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Umumiy savdo aylanmasi, investitsiya oqimlari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarga, shuningdek, infratuzilma va energetik loyihalarni amalga oshirishga yordam beruvchi «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusiga alohida e’tibor qaratilgan.

37-44
2
0

ИСЛОМ МАНБАЛАРИДА ТАБИАТНИ АСРАШ МАСАЛАСИ

Саидафзал Саидханбалович САИДЖАЛОЛОВ (Muallif)

Мазкур мақолада ислом дини манбаларида табиатни асрашга бўлган эътибор таҳлил қилинган. Атроф-муҳитни, ўсимликлар, ҳайвонлар, сув ҳавзаларини муҳофаза қилишнинг аҳамияти Қуръон оятлари ва ҳадиси шарифлар асосида очиб берилган.

45-48
1
0

IQTISODIYOTNING EKOLOGIK TRANSFORMATSIYASI: YASHIL TEXNOLOGIYALAR ROLI VA XITOY-OʻZBEKISTON HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI

Ольга Александровна СОРОКИНА (Muallif)

Maqola global ekologik transformatsiyada yashil texnologiyalarning o‘rni, xususan Xitoy tajribasi va O‘zbekiston bilan hamkorligi misolida tahlil qilinadi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, elektromobillar, barqaror suv ta’minoti va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha global tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. “Yashil modernizatsiya”ning xitoycha modeli, “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi eksport salohiyati hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar alohida yoritiladi. Yashil texnologiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish vositasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida tahlil etiladi.

49-53
2
0

YASIL MODERNIZATSIYA: BARQAROR VA ADOLATLI KELAJAKGA YO‘L

Наргиз Иркиновна ДЖУМАЕВА (Muallif)

O‘sib borayotgan iqlim, resurs va ijtimoiy muammolar sharoitida yashil modernizatsiya barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishiga aylanmoqda. Bu ekologik muvozanat, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolatga erishishga qaratilgan iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarini o‘zgartirishning murakkab va ko‘p qirrali jarayonidir. Maqolada yashil modernizatsiyaning asosiy jihatlari, uning maqsadlari, tamoyillari, amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, barqaror kelajak qurish istiqbollari va to‘siqlari ko‘rib chiqiladi.

54-57
2
0

“YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISHDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI MISABIDA EKKOLOGIK MUHIT BAQARORLIKNING O‘RNI VA BAHOLANISH.

Сурия ТУРАЕВА (Muallif)

Maqolada ekologik barqarorlikning milliy barqaror rivojlanish strategiyalarini baholash mezoni sifatidagi roli ochib berilgan. Xalqaro indekslar asosida mintaqa davlatlarining qiyosiy tahlili o‘tkazildi. Xalqaro hamkorlik, dalillarga asoslangan baholash va miqdoriy ko‘rsatkichlarni siyosatga integratsiyalashuvining ahamiyati ta'kidlangan. Ko‘p faktorli indekslardan foydalanish tabiiy resurslarni boshqarishni optimallashtirish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq samarali ekologik strategiyalarni shakllantirish imkonini beradi.

58-64
1
0

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY MUAMMOLARNI HAL QILISH VA HAYOT SIFATINI OSHIRISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘RNI

Guzal Usmanbekovna SHARIPOVA (Muallif)

Mazkur tadqiqot “yashil” iqtisodiyot tamoyillarining O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sohasiga ta’sirini har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda inson salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada ushbu ta'sirning uchta asosiy jihati ko‘rib chiqiladi: yashil ish o‘rinlarini yaratish, sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ta'lim tizimini barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiq o‘zgartirish.

65-67
3
0